Научная статья на тему 'TA’LIM MUASSASASINI ZAMONAVIY TAMOYILLAR ASOSIDA BOSHQARISH OMILLARI'

TA’LIM MUASSASASINI ZAMONAVIY TAMOYILLAR ASOSIDA BOSHQARISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim muassasasi / tamoyillar / boshqarish omillari / ta’limning yangi modeli / kreativ pedagogik munosabatlar / rahbar kompetetligi / boshqaruv kompetentligi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xakimova Iroda Xayrullayevna

Maqolada ta’lim muassasasini zamonaviy boshqarishga qo‘yilgan talablar, ta’lim muassasasi rahbarining vazifalari, boshqaruv yo‘nalishidagi shakl va vositalar xususida fikr bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM MUASSASASINI ZAMONAVIY TAMOYILLAR ASOSIDA BOSHQARISH OMILLARI»

TA'LIM MUASSASASINI ZAMONAVIY TAMOYILLAR ASOSIDA BOSHQARISH OMILLARI

Xakimova Iroda Xayrullayevna

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Pedagogika fakulteti "Maktab menejmenti" kafedrasi

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11214799

Annotatsiya. Maqolada ta'lim muassasasini zamonaviy boshqarishga qo'yilgan talablar, ta'lim muassasasi rahbarining vazifalari, boshqaruv yo'nalishidagi shakl va vositalar xususida fikr bildirilgan.

Kalitso'zlar: ta'lim muassasasi, tamoyillar, boshqarish omillari, ta'limningyangi modeli, kreativpedagogik munosabatlar, rahbar kompetetligi, boshqaruv kompetentligi.

Аннотация. В статье высказывается мнение о требованиях к современному управлению образовательным учреждением, обязанностях руководителя образовательного учреждения, формах и инструментах направления управления.

Ключевые слова: образовательное учреждение, принципы, факторы управления, новая модель образования, творческие педагогические отношения, лидерская компетентность, управленческая компетентность.

Annotation. The article expresses an opinion on the requirements for modern management of an educational institution, the responsibilities of the head of an educational institution, the forms and tools of management.

Key words: educational institution, principles, management factors, new model of education, creative pedagogical relationships, leadership competence, managerial competence.

Ta'lim-tarbiya sohasida zamonaviy samaradorlikka erishish - ta'lim muassasasini zamonaviy boshqarishning innovasion tamoyillari bilan belgilanadi. Respublikamizda amal qilayotgan ta'limning yangi modeli - ta'lim-tarbiya jarayonini tubdan yangilash bilan bir qatorda, ta'lim muassasasi rahbarlari o'rtasida raqobat muhitini vujudga keltiradi. Bu esa o'quv muassasalarini rivojlantirishning asosiy omilidir. Bugungi kunda ta'lim tashkilotlar oldiga qo'yilayotgan dolzarb vazifalardan biri - o'quvchi yoshlarga sifatli, sermazmun va malakali ta'lim berishni tashkil etishdan iboratdir. Ta'lim sifatini yaxshilash, uni boshqarishning davr talablari asosida tashkil etish mexanizmlarini yaratish hamda ilmiy jihatdan asoslash pedagogika fanining muhim masalalaridan biridir. Ushbu masalani har tomonlama o'rganish va ta'lim muassasasini ilmiy metodik boshqarish modelini tashkil etish hamda amaliyotga tatbiq etish nihoyatda zarur. Uning asosida ta'lim tashkilotida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uni innovasion boshqarish masalasiga tamomila yangicha yondashgan holda faoliyat ko'rsatish yotadi.

Kreativ pedagogik munosabatlarning vujudga kelishi o'quvchi shaxsiga tabaqalashgan yondashuv, ya'ni ta'lim jarayonini individuallashtirish tamoyilini ro'yobga chiqarishni talab etadi. Umumiy o'rta ta'lim muassasalarini ilmiy-metodik boshqarishning asosiy yo'nalishlari, tamoyillari, talablarini hisobga olgan holda, o'qitish qonuniyatlari va prinsiplarini aniqlash, o'qitish samaradorligini oshirish maqsadida ta'lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanishning metodik asoslari, rahbarlarning ilmiy-metodik tayyorgarligini ta'minlashning tarkibiy qismlari, darajalari, ko'rsatkichlari, unga ta'sir ko'rsatadigan pedagogik omillarni belgilash va mazkur tayyorgarlik darajasini rivojlantirish mazmuni, metodi, vosita va

shakllarini ishlab chiqish va amaliyotda qo'llash orqali davr talablariga javob beradigan yuqori malakali, raqobatbardosh, ijodkor va ijtimoiy faol, ma'naviy boy, g'oyaviy-siyosiy yetuk rahbarlarni tayyorlashga erishish. Buning uchun esa uzluksiz metodik xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yish texnologiyalarini yaratish zarur.

Maktab rahbarlarining vazifalari, huquq va burchlari, mas'uliyatlari ilmiy asosda belgilab berilishi va to'la bajarilishi natijasida umumiy o'rta ta'lim muassasalari ilmiy-metodik asosda boshqariladi. Bu borada rahbarlarning e'tiborini o'quv jarayonini innovasion boshqarishni rivojlantirish, takomillashtirish va ularni nazorat qilish bilan bog'liq bo'lgan vazifalarni oldingi o'rinlarga qo'yishni talab etiladi. Masalan:

• o'rta saviyali o'quvchiga nisbatan mo'ljal olishdan voz kechish;

• har bir o'quvchi shaxsining eng yaxshi sifatlarini aniqlash va uni rivojlantirish, ularning qiziqishlari, ehtiyojlari, qobiliyatlari, tanlagan yo'nalishlari, shaxsiy sifatlari, aqliy intellektual xususiyatlarini aniqlash;

• har bir o'quvchining ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatiga yarasha o'quv topshiriqlarini tayyorlash;

• ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchi shaxsining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish

lozim.

Ta'lim tashkilotlarida ta'lim jarayonini ilmiy-metodik asosda tashkil etishning muhim jihati sifatida fan o'qituvchilarining bilim, malaka, kasb mahorati doirasida zamon talablariga muvofiq faoliyat ko'rsatishlarini ta'minlovchi uzluksiz metodik xizmatni vujudga keltirish zarur. O'qitish metodlarining har biri o'zining umumdidaktik mohiyatiga ko'ra, ta'lim jarayonining sub'ektlari o'qituvchi va o'quvchining hamkorligidagi harakat modeli hisoblanadi.

Rahbar kompetetligi:

• ta'lim tizimiga tegishli barcha amaldagi huquqiy-me'yoriy hujjatlarni amaliyotga tatbiq etishni ta'minlaydi;

• ta'lim muassasasini zamonaviy boshqaruv tamoyillaridan, usul va imkoniyatlaridan keng foydalangan holda kompetensiyasiga tegishli barcha vazifalarni talablar darajasida bajarilishini ta'minlaydi;

• pedagogik jamoa a'zolari faoliyatini boshqaradi, nazorat qiladi, qarorlar qabul qiladi, moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlaydi, faol ishlashga undaydi;

• innovatsion ta'limni yo'lga qo'yish asosida ta'lim samaradorligiga erishishni ta'minlaydi;

• ota-onalar, mahalla va keng jamoatchilik bilan hamkorlikni yo'lga qo'yadi;

• ta'lim-tarbiya sohasidagi belgilangan vazifalarni «Kompetent rahbar» darajasida bajaradi.

Ta'lim muassasasi rahbarining boshqaruv kompetentligi:

• rahbarning real holatlarda vujudga keladigan tipik kasbiy muammolarni hal etishi;

• kasbiy-boshqaruv faoliyatining ustunligi va ob'ektiv tarzda masalalarni zudlik bilan hal etishi;

• yuksak salohiyati, rahbar sifatida namunaligi, shaxsiy faoliyati, tajribasi;

• yuqori darajadagi kasbiy intelekti orqali maqsadga erishish darajasidir.

Muassasa rahbarlarning innovasion boshqaruv kompetentligini kichik uch tizim, ya'ni bilish zarur bo'lgan tushunchalar, o'zlashtirilishi zarur bo'lgan ko'nikmalar va ularda shakllantirilishi zarur bo'lgan rahbar faoliyati amaliyotiga ega shaxsiy sifatlar orqali ifodalash mumkin. O'quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari sifat va

samaradorligi, eng avvalo, ularning refleksiv faoliyati va faolligiga hamda o'rganilayotgan ob'ektning belgilangan maqsadga ko'ra to'g'ri tanlanganligi va asoslanganlik darajasiga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan o'quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish texnologiyalariga hamda ulardan maqsadi va vazifasiga ko'ra to'g'ri va samarali foydalanishga bog'liq bo'ladi.

Innovatsion ta'limda klaster texnologiyalaridan foydalanish yaxshi samara berayotganligi e'tirof etilmoqda.

Pedagogik ta'lim klasteri "ta'lim - ilm-fan - ta'lim vositalari - texnologiya - boshqaruv -biznes" innovatsion zanjirini hosil qiladi, uni ilmiy nuqtai nazardan tadqiq qilish bugungi pedagogikamizning oldidagi muhim vazifalardan bo'lib turibdi. Ta'lim majmuasini tashkil qiluvchi bo'g'inlar o'rtasida mavjud tabiiy aloqani manfaatdorlik va samaradorlik nuqtai nazaridan, ma'lum hududning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ta'minlash tobora zaruratga aylanib bormoqda [3].

Ta'lim majmuasining asosiy mahsuloti raqobatbardosh kadrlar va ta'lim xizmatlari hisoblanadi. Ta'lim klasterining pirovard maqsadi ta'lim va ilmiy jarayonlarni takomillashtirishga karatilgan bo'ladi. Bu esa tizimda boshqaruv, tuzilma va sifat bilan bog'liq jiddiy o'zgarishlar bilan birga, mutaxassislar tayyorlash tizimida ayrim tashkiliy va tarkibiy o'zgarishlarni ham talab qiladi. Ayni paytda, bu boradagi ishlarning barcha bosqichlarida yangi shakl va usullarni izlash, ta'limning barcha turlarini maqsadning umumiyligi va manfaatlarning xususiyligi bo'yicha aloqadorligini kuchaytirish, ular o'rtasidagi integratsiyani ta'minlash masalasi yotadi.

Ilmiy adabiyotlarda "klaster" tushunchasi borasida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, "pedagogik ta'lim klasteri" tushunchasiga mahalliy olimlarimiz G.I.Muxamedov va U.N.Xo'jamqulovlar ham quyidagicha ta'rif berganlar:

Pedagogik ta'lim klasteri - muayyan jug'rofiy hududning raqobatbardosh pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida bir-biri bilan uzviy aloqadagi teng huquqli alohida sub'ektlarning, texnologiya va inson resurslarining integratsiyalashuvini kuchaytiruvchi mexanizm [3].

Ushbu ta'rifga hamohang ravishda kafedramiz olimlari tadqiqotimiz mavzusi maqsadi yuzasidan biz ham quyidagicha tarif berishga harakat qildik.

Pedagogik ta'lim klasteri - yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ulardan raqobatbardosh mutaxassis kadrni tayyorlash, globallashuv jarayonida jamiyatimiz uchun fidoyi, tashabbuskor, ijodiy-izlanuvchan shaxslarni shakllantirish borasida maktab, oila, mahalla, tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari va xodimlari hamkorligi faoliyatining tashkiliy, tarbiyaviy jihatdan uyg'unlashuvi (integratsiyasi) demakdir [4].

Ta'lim majmuasining asosiy mahsuloti raqobatbardosh kadrlar va ta'lim xizmatlari hisoblanadi. Ta'lim klasterining pirovard maqsadi ta'lim va ilmiy jarayonlarni takomillashtirishga karatilgan bo'ladi. Bu esa tizimda boshqaruv, tuzilma va sifat bilan bog'liq jiddiy o'zgarishlar bilan birga, mutaxassislar tayyorlash tizimida ayrim tashkiliy va tarkibiy o'zgarishlarni ham talab qiladi.

Bunday bog'liqlik ta'lim muassasalarida o'quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarini tashkil etishga alohida ahamiyat qaratish va unda o'quv faoliyati jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olish zaruratini belgilaydi.

Demak, o'quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirishni tashkil etish va boshqarishga tizimli yondashuv texnologiyasini tatbiq etmasdan o'quv faoliyati jarayonlari sifat va samaradorligini ta'minlashni tasavvur qilib bo'lmaydi. O'quvchilarda darsga ijobiy

munosabatni shakllantirish jarayonlariga tizimli yondashuvning joriy etilishi mazkur jarayonlarda o'quvchilarning o'quv faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. O'quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlariga tizimli yondashuvni tatbiq etish asosida ularning o'quv faoliyati samaradorligini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayonlar (o'rganilayotgan ob'ektning aniqligi, mazmun-mohiyati va ahamiyatini belgilangan maqsadga mos kelishini ta'minlash, izchil va uzviy yangilab borish, o'quvchilarning moyilligini aniqlash, refleksiv faoliyat ko'rsatishga ularda ehtiyojlar shakllantirish va motivlashtirish, yangi ta'limiy dasturlar va ta'lim texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish, o'quv-metodik materiallar bilan ta'minlash, o'quvchilarning o'zaro do'stona munosabatlarga asoslangan ijodiy-tahliliy hamkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish, o'quvchilarning bilimi, dunyoqarashi va o'zaro munosabatlarini nazorat qilish, refleksiv faoliyat jarayonlarini vaziyatlarga ko'ra muvofiqlashtirish) ning majmui yaxlit tizim sifatida inobatga olinishi maqsadga muvofiq. O'quvchilarning o'quv faoliyati samaradorligini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayonlarning o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi, ya'ni tizimga xos xususiyatlarga ega ekanligi o'quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarini bir butun, ya'ni yaxlit holda tasavvur qilish talab etiladi. O'quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari murakkab pedagogik tizim sifatida alohida xususiyatlarga ega bo'lgan bir necha komponentlar majmuidan iborat bo'ladi. Shunday ekan, o'quvchilarning o'quv faoliyati jarayonlari samaradorligini o'rganishda o'quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari o'rtasidagi aloqalar hamda o'zaro bog'liqlik xususiyatlari aniqlanadi, chunki har bir komponent yaxlit tizimning o'zgarishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekicton Recpublikaci Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekicton Recpublikaci oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyacini tacdiqlash" to'g'ricidagi PQ-5847-conli Qarori. https://lex.uz/docs/4545884

2. Yo'ldoshev J.G'., Ucmonov C.A. Ta'lim menejmenti. - Toshkent, 2006.

3. Muxamedov G'.I, Xo'jamqulov U.N., Toshtemirova C.A. Pedagogik ta'lim innovasion klacteri / monografiya -T.: Univercitet, 2020. 280 b.;

4. Musurmonov R. Klaster texnologiyalari asosida o'quv-tarbiya faoliyatini takomillashtirish / monografiya, T. "ZEBO PRINT" 2023.188 b.

5. Химматалиев Д., Султанова Д. Омонова Н. (2023). Развитие творческих компетенций студентов на основе индивидуального подхода в условиях образовательного кластера. Наука и инновации , 2 (В9), 35-38.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.