Научная статья на тему 'TA’LIM MUASSASALARIDA AVTOMOBIL HAYDOVCHILARINI TAYYORLASHDA MOBIL IILOVA VA BULUTLI TIZIMNING O‘RNI'

TA’LIM MUASSASALARIDA AVTOMOBIL HAYDOVCHILARINI TAYYORLASHDA MOBIL IILOVA VA BULUTLI TIZIMNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
43
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Avtomobil haydovchisi / ta’lim usullari / yo‘l harakati qoidalari / bulutli tizim / mobil ilova / o‘yin texnologiyasi / yo‘l-transport hodisalari / inson xavfsizligi / innovatsion o‘qitish / havfsiz harakatlanish. / Car Driver / Methods of Education / Rules of Traffic System / Games Technology / Accidental Trigate / Human Security / Innovative Treatment / Humanitarian Training.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jo‘Rayev Yashnarjon Rovshan O‘G‘Li

Jahon sag‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga asosan odamlar o‘limining asosiy sabablari ro‘yhatida yo‘l-transport hodisalari sakkizinchi o‘rinni egallagan.Avtomaktablarda va oliy ta’lim muassasalarida avtomobil haydovchilarini tayyorlash tizimini rivojlantirish, yo‘l-transport hodisalarida birinchi tibbiy yordamni ko‘rsata olish hamda avtomobil haydovchilariga havfsiz harakatlanish qoidalarini o‘rgatish usullarini ishlab chiqish va tadqiqotlarda ilmiy asoslash zaruriyati yuzaga kelgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ROLE OF MOBILE APPLICATION AND CLOUD SYSTEM IN TRAINING CAR DRIVERS IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS

According to the global mortality rate, road accidents took the eighth place in the list of the main causes of people's deaths. The development of car drivers in higher education institutions, in road accidents The ability to provide primary medical care and develop the rules for safe movement and the need for scientific justification in research.

Текст научной работы на тему «TA’LIM MUASSASALARIDA AVTOMOBIL HAYDOVCHILARINI TAYYORLASHDA MOBIL IILOVA VA BULUTLI TIZIMNING O‘RNI»

TA'LIM MUASSASALARIDA AVTOMOBIL HAYDOVCHILARINI TAYYORLASHDA MOBIL IILOVA VA BULUTLI TIZIMNING O'RNI Jo'rayev Yashnarjon Rovshan o'g'li

Toshkent davlat transport universiteti Yo'l harakakatini tashkil etish kafedrasi, katta o'qituvchisi E-mail : online.j orayev@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo. 7672336

Annotatsiya: Jahon sag'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga asosan odamlar o'limining asosiy sabablari ro'yhatida yo'l-transport hodisalari sakkizinchi o'rinni egallagan.Avtomaktablarda va oliy ta'lim muassasalarida avtomobil haydovchilarini tayyorlash tizimini rivojlantirish, yo'l-transport hodisalarida birinchi tibbiy yordamni ko'rsata olish hamda avtomobil haydovchilariga havfsiz harakatlanish qoidalarini o'rgatish usullarini ishlab chiqish va tadqiqotlarda ilmiy asoslash zaruriyati yuzaga kelgan.

Kalit so'zlar: Avtomobil haydovchisi, ta'lim usullari, yo'l harakati qoidalari, bulutli tizim, mobil ilova, o'yin texnologiyasi, yo'l-transport hodisalari, inson xavfsizligi, innovatsion o'qitish, havfsiz harakatlanish.

ROLE OF MOBILE APPLICATION AND CLOUD SYSTEM IN TRAINING CAR DRIVERS IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS

Abstract: According to the global mortality rate, road accidents took the eighth place in the list of the main causes of people's deaths. The development of car drivers in higher education institutions, in road accidents The ability to provide primary medical care and develop the rules for safe movement and the need for scientific justification in research.

Keywords: Car Driver, Methods of Education, Rules of Traffic System, Games Technology, Accidental Trigate, Human Security, Innovative Treatment, Humanitarian Training.

РОЛЬ МОБИЛЬНЫХ ПРИЛОЖЕНИЙ И ОБЛАЧНЫХ СИСТЕМ В ПОДГОТОВКЕ ВОДИТЕЛЕЙ АВТОМОБИЛЕЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ

Аннотация: Согласно данным Всемирной организации здравоохранения, дорожно-транспортные происшествия занимают восьмое место в списке основных причин смерти людей. Возникла необходимость разработки системы подготовки водителей автомобилей в автошколах и высших учебных заведениях, умения оказывать первую медицинскую помощь при дорожно-транспортных происшествиях, а также разработки методов обучения водителей автомобилей правилам безопасного движения и научного обоснования в исследованиях.

Ключевые слова: водитель автомобиля, методы обучения, правила дорожного движения, облачная система, мобильное приложение, игровые технологии, дорожно-транспортные происшествия, безопасность человека, инновационное обучение, безопасное движение.

Kirish.

Respublikamizda, so'ngi yillarda avtomobil haydovchilarining yo'llarda havfsiz harakatlanishlari davlat siyosati darajasida qaralib, 2022-yil 26 yanvar kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida prezident yo'l harakati qoidalari buzilishi va avariya holatlari keskin oshayotganiga e'tibor qaratdi. Muammoni bartaraf qilish uchun o'qitish tizimini tubdan

takomillashtirish kerakligini takidlab o'tdilar,1 Avtomobil yo'llarida inson xavfsizligini ishonchli ta'minlash va o'lim holatlarini keskin kamaytirish, yo'l harakati xavfsizligi ta'minlash faoliyati uchun kadrlar tayyorlash mexanizmini takomillashtish kerakligini anglatadi. Avtomobil haydovchilari va avtotransport vositalarining yo'llarda ortishi, o'z-o'zidan harakat xavfsizligini ta'minlashga bo'lgan talabni yani dolzarbligini anglatadi. Avtomobil haydovchilarni sifat jihatdan tayyorlashda mazkur dissertatsiya ishi mavzusi dolzarb hisoblanadi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review).

Xorij olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini o'rganish natijasida ma'lum bo'ldiki, avtomobil haydovchilarini tayyorlash bo'yicha qator ilmiy izlanishlar olib borilgan. Xususan, A.N.Nikolayev, S.V. Savchenko, I.I. Lyubimov, Ye.V. Bondarenko, V.I. Rassoxa, R.F.Kalimullin A.G.Asmolov, Ye.V.Berejnova, I.A.Kolesnikova, V. V.Kraevskiy va boshqalarning ishlari talabalar va avtomobil haydovchilarini tayyorlashga qaratilgan.2 Q.X. Azizov, S.N. Azemsha, K.M.Nazarov, S.M. Kodirov, M.N.Usmanova va boshqa mutaxassislar avtomobil yo'llarida harakat xavfsizligi va yo'l transport hodisasi tahlili bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishgan.3

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).

Mamlakatimizda hozirgi kunda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, transport tizimlari, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan O'zbekiston Respublikasi prezidentining 05.10.2020 yildagi «Raqamli O'zbekiston — 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF 6079 sonli farmoni va O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2020 yil 27 martdagi "Oliy ta'lim muassasalarida masofaviy ta'limni joriy etish to'g'risida"gi 233-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash, talabalarning bilim olish darajasini masofadan turib qo'llab-quvvatlash maqsadida "Windows" "android" "IOS" tizimlarining eng ko'p ishlatiladiganlaridan biri android bo'lib, ushbu android tizimida ishlovchi telefonlar uchun "Yo'l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari" fanidan mobil ilova ishlab chiqildi.

Bulutli tizimga asosangan yangi metod ishlab chiqildi: Metodning dars jarayonida qo'lashda talaba va avtomaktab o'quvchilariga mavjud mavzu bo'yicha maruza o'tiladi va darsning o'rtasida o'zlashtirgan bilimlari tekshiriladi.

Talabalar nazoratdan o'tishlari uchun QR-kod yoki oldindan tayyorlab qo'yilgan havolaga (l-rasm.)kiradilar.

1 2022-yil 26 yanvar kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishi, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning so'zlagan nutqlaridan keltirilgan.

2 Николаев А.Н. Подготовка по вождению кандидатов в водители. М.: Аник, 2018. 73 с.; Савченко С.В. Авторская методика практического обучения вождению // Автошкола, 2017. материалы XIV Междунар. конф. М., 2017. С. 267-272.; И.И. Любимов, Е.В. Бондаренко, В.И. Рассоха, Р.Ф. Калимуллин. Методические основы подготовки водителей: учебное пособие М 54. - Оренбург: ГОУ ОГУ, 2008. - 215 с.; Асмолов А.Г. На пути к развивающему вариативному образованию //Педагогический поиск. - 1997. - № 5. - С.1-2.; Бережнова Е.В. Основы учебно-исследовательской деятельности студентов: учебник / Е.В. Бережнова, В.В. Краевский.- М.: «Академия», 2005.- 128с.; . Колесникова, И. А. Коммуникативная деятельность педагога: учеб. пособие для студ. высш. пед. учеб. заведений / И. А. Колесникова; под ред. В.2020.-130с.

3 Азизов ^.Х. "Х,аракат хавфсизлиги хизматлари асослари" укув кулланма. 2009 йил, Тошкент, ТАЙИ - 90 бет.; Аземша С.Н.,.Карасевич.Служба безопасности движения автомобилного перевозчика Гомель,2016.; Кодиров. С.М, К.М.Назаров. Йул-транспорт ходисалари тахлили, Т., ТАЙИ, 2002-84 б.

ichida o'qituvchiga (mobil qunlma,kom] Talabalarning bilmagan savolari olinadi.Bulutli tizim natijalar tayyor hole O'qituvchining guruh bilan yoki 2-rasm. Guruh bo'yicha oling

Baboxonov Zuxriddin

.,„„.,., 6) йулнинг бирон-бир кундэи< ¡Ттган транспорт воситаларикинг со

Йернык ответов: 43 КЗ M

2 ответа без оценки

3-rasm. Talaba yoki avtomaktab o'quvchisi bo'yicha olingan ma'lumotlarini ko'rinishi

Bu metod orqali foydalanganda olingan natija aniq va maqsadli harakatlanish imkoniyati mavjud bo'ladi.Avtomobil haydovchisida esa tayyorgarlik va tajriba, ma'lum bir sohada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun lozim bo'lgan nazariy bilimlar, amaliy ko'nikma, malakalar majmuasini egallagan, jismoniy, aqliy qobiliyatga ega bo'lgan kadr tayyorlash imkoniyati yaratiladi.

Ushbu mobil ilovaning afzalligi quydagilardan iborat:

- internet kerak emasligi, bu esa ortiqcha harajatlar yo'qligi (talabalarga bepul tarqatilshi mo'jalangan) va chekka qishloq joylarida xam o'qish imkoniyatini beradi.

- mobil ilova kitob ko'rinishida emas balki taqdimot sifatida dasturlangan bu esa talabaga o'qish jarayonida qulaylik yaratadi.

- taqdimot so'ngida video maruza joylashtirilganligi talabalarning bilim olish jarayonida qulaylik yaratadi.

- mobil ilova uyali telefonda bo'lganligi uchun barcha joyda olib yurishning imkoniyati mavjudligi.

- ortiqcha harajatlarsiz ko'paytirish imkoniyati mavjud.

Foydalanuvchilarga dasturni ishga tushirish va undan foydalanish tushunarli bo'lishi uchun bajarilandijan amallar quydagicha amalga oshiriladi.

"Yo'l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari" fanidan mobil ilova ishga tushadi (4-rasm). Talaba har bir bob bo'yicha fan mavzusini o'rganish imkoniyatiga ega bo'ladi.

4-rasm. Ilovaning ustki qismi ko'rinishi

Talaba mobil ilovani varaqlab keyingi saxifaga o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ladi va har bir yo'l harakati qoidalaring bandiga aloxida rasmli (3.9-rasm) sharxlar keltirilgan.

Sahifaning so'ngi qismida talabalarga tushunarli bo'lishi uchun video ma'ruza dasturga joylashtirilgan. Ko'rish uchun internet talab etilmaydi. Bu esa o'rganuvchiga qulaylik yaratadi. Darslik va video maruzani o'rgangunicha ko'rish imkoniga ega bo'ladi.

Tahlil va natijalar (Analysis and results).

Ma'lumotni tahlil qilishda olingan ma'lumotlarni vizual - tasvir (jadval, tasvir, rasm, sxema, diagramma, gistogramma) ko'rinishida ixcham holda taqdim etish ularning tushunarli, aniq ifodalanishini ta'minlash bilan birga boshqalar tomonidan oson, tez tushunilishiga yordam beradi. Shu sababli pedagogik tashxislashni amalga oshirayotgan o'qituvchi yoki mutaxassis, ilmiy tadqiqotni olib borayotgan magistr yoki tadqiqotchi ma'lumotlarni vizual ko'rinishda taqdim etish malakasini o'zlashtira olishi zarur. Shuningdek, ular zmonaviy AKT va ularning funksional imkoniyatlaridan yetarlicha xabardor bo'lishlari kerak. Binobarin, zamonaviy sharoitda ma'lumotlarni vizual ko'rinishda taqdim etish AKT, xususan, kompyuter texnologiyasi yordamida amalga oshrildi.

Natijada talabalar va avtomaktab o'quvchilarining yo'l harakati qoidalarini bilish darajasi quydagicha oshirishga erishildi:

w t>

5-rasm. Mobil sahifalarning ko'rinishi

60 50 40 30 20 10 0

M ■H M M a a .J > b a h a a a tr h tr t a r

c "c _ru IE o > o ■a Yo'l-transpor Piyodalarnin "c r al IE (J > ol Q M _Q E a t a > r o M— > IE (J > D r ■M n al c yi "c al lt a a r a o n t a CT M "c "o M "N t yi "c al lt Quvib o'tish a t X 'o t a v _c s a Chorrahalard si it' 'o M ni in r al la d r al la r t si M a m Temir yo v ki ld n al la b ki iT di ir al la h a d y oj ro p s n a r t lh si la Tashqi yoritis ro p s n a r t ki in a Transpor Odam tashish Yuk tashish v d e p o m d e pi Mansabdc Yo'l belgilar Yo'l chiziqlar

ro I Y o t > to o o I Y a r a I 'o 1— d o yi iP o t v < r a r u T n' 'o Y X e S is ol le >

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27

Mavjud metodika Taklif etilgan metodika

6-rasm. Talabalar va avtomobil haydovchilarining yo'l harakati qoidalarini bilish darajasi

Haydovchilarning umumiy vazifalari (14,2 foiz), yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda haydovchining majburiyatlari (20,2 foiz), piyodalarning majburiyatlari (16,2 foiz), yo'lovchilarning majburiyatlari (8,2 foiz), svetofor va tartibga soluvchining ishoralari (23,2 foiz), ogohlantiruvchi va avariya (xavf-xatar) ishoralari (21,2 foiz), harakatlanishni boshlash, manyovr qilish (28,2 foiz), yo'lning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi (11,2 foiz), harakatlanish tezligi (9,2 foiz), quvib o'tish (8,2 foiz), to'xtash va to'xtab turish (14,2 foiz), chorrahalarda harakatlanish (26,2 foiz), piyodalarning o'tish joylari va yo'nalishli transport vositalarining bekatlari (36,2 foiz), temir yo'l kesishmalari orqali harakatlanish (16,2 foiz), avtomagistrallarda harakatlanish (7,2 foiz),turar joy dahalarida harakatlanish (17,2 foiz), tik balandlik va nishabliklarda harakatlanish (8,2 foiz), yo'nalishli transport vositalarining imtiyozlari (9,2 foiz), tashqi yoritish asboblaridan foydalanish (11,2 foiz), mexanik transport vositalarini shatakka olish (11,2 foiz),transport vositalarini boshqarishni o'rgatish (17,2 foiz), odam tashish (17,2 foiz), yuk tashish (19,2 foiz), velosiped, moped va aravalar harakatlanishiga, shuningdek, hayvonlarni haydab o'tishga doir qo'shimcha talablar (21,2 foiz), mansabdor shaxslarning va fuqarolarning yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, transport vositalarini yo'lga chiqarish, raqam va taniqli belgilarini o'rnatish bo'yicha majburiyatlari (8,6 foiz), yo'l belgilari (15,8 foiz), yo'l chiziqlari (10 foiz), darajasining oshganligi test (bulutli tizim) nozorati orqali talabalar va o'quvchilar bilimi oshirishga erishildi.

Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).

Haydovchilarni tayyorlash, ularga bilim berish saviyasini oshirish, uning uslubiyotini takomillashtirish yoki ishlab chiqish haydovchilar malakasini oshirishning innovatsion usulini ishlab chiqish, uni masofada xarajatlarsiz oshirish uslubini ishlab chiqish bugungi kunning talabidir. Sodir etilgan yo'l-transport hodisalarining haydovchilar aybi bilan sodir etilayotganini e'tiborga oladigan bo'lsak, haydovchilarni tayyorlash tizimi, haydovchilarning malakasini oshirish, harakat xavfsizligini ta'minlashga doir qonun, qaror va ularga tegishli o'zgarishlarni muntazam yetkazib turishimiz zarur. Shu sababli ilmiy tadqiqod dasturi to'rt bosqichda amalga oshirish kerak:

Haydovchilarning o'qitishning innovatsion uslubining ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish (dars jarayonini o'zida bilimini nazorat qilish guruhning biladigan bilimi bilan emas balki bilmaydigan bilimi o'rgatishdan iborat. Bulutli tizimga asoslangan holda).

Loyihani amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish (Toshkent davlat transport universitetining yo'l harakati qoidalari fani o'qitiladigan guruhlar o'rtasida amalga oshirish (Talabalarning aksariyat qismi o'qishni bitrgach avtomaktablarda faoliyat olib boradilar), va bir necha avtomaktablarda amalga oshirish rejalashtirildi).

Haydovchilar tayyorlash innovatsion usulini masofada xarajatlarsiz mustaqil ta'limini uslubini ishlab chiqishga oid ilmiy amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Avtomobil haydovchilarini tayyorlash samarali modelini ishlab chiqishdan iborat.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi PQ-3127-sonli "Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-sonli qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 139-sonli qarori.

4. Pedagogika. Izohli lug'at / O'.Asqarova, M.Usmonboeva, X.Raxmatova, F.Ehsonova, F.Asqarova. - Namangan: NamDU, 2014. - 130-b.

5. Pedogagik diagnostika va korreksiya/X.A.Raxmatova, - Namangan 73-120-b.

6. Николаев А.Н. Подготовка по вождению кандидатов в водители. М.: Аник, 2018. 73 с.; Савченко С.В. Авторская методика практического обучения вождению // Автошкола, 2017. материалы XIV Междунар. конф. М., 2017. С. 267-272.;

7. И.И. Любимов, Е.В. Бондаренко, В.И. Рассоха, Р.Ф. Калимуллин. Методические основы подготовки водителей: учебное пособие М 54. - Оренбург: ГОУ ОГУ, 2008.-215 с.;

8. Асмолов А.Г. На пути к развивающему вариативному образованию //Педагогический поиск. - 1997. - № 5. - С.1-2.;

9. Бережнова Е.В. Основы учебно-исследовательской деятельности студентов: учебник / Е.В. Бережнова, В.В. Краевский.- М.: «Академия», 2005.- 128с.; . 10.Колесникова И. А. Коммуникативная деятельность педагога: учеб. пособие для студ. высш. пед. учеб. заведений / И. А. Колесникова; под ред. B.2020.-130c.

11. Azizov Q.X. "Harakat xavfsizligi xizmatlari asoslari" o'quv qo'llanma. 2009 yil, Toshkent, TAYI - 90 bet.;

12. Аземша С.Н.,.Карасевич.Служба безопасности движения автомобилного перевозчика Гомель,2016.;

13. Kodirov. S.M, K.M.Nazarov. Yo'l-transport xodisalari tahlili, T., TAYI, 2002-84 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.