Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONLARIDA «TALIS XALQARO BAHOLASH DASTURI»DAN FOYDALANISH'

TA’LIM JARAYONLARIDA «TALIS XALQARO BAHOLASH DASTURI»DAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2080
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
«Talis» / xalqaro baholash dasturi / ta’lim sifati / g‘oya / ijodkorlik / o‘qitish / pedagogik jarayon.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilshoda Jalilova Ural Qizi, Shaxnoza Jalilova Ural Qizi

Mazkur maqola bugungi kunda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etishning ahamiyati; xalqaro aloqalarni o‘rnatishdan ko‘zlangan yuksak maqsad; o‘quv-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini, kelajak avlod vakillarining ijodkorlik borasidagi ilg‘or g‘oyalarini va ijodkorligini har tomonlama quvvatlash va shuning barobarida rag‘batlantirish ishlari haqida mulohaza yuritadi. Xususan, hozirgi vaqtda davlatimiz maktablarida xalqaro baholash dasturlaridan foydalanishning samarasi qanday bo‘lishi va aynan, «TALIS» xalqaro baholash dasturiga murojaat etish sabablarini o‘rganadi va tahlil qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONLARIDA «TALIS XALQARO BAHOLASH DASTURI»DAN FOYDALANISH»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

TA'LIM JARAYONLARIDA «TALIS XALQARO BAHOLASH DASTURI»DAN

FOYDALANISH JDilshoda Jalilova Ural qizi 2Shaxnoza Jalilova Ural qizi

1Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi 330-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich ta'lim fanlar o 'qituvchisi 2Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zMU 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10040578

Annotatsiya. Mazkur maqola bugungi kunda xalq ttflimi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etishning ahamiyati; xalqaro aloqalarni o'rnatishdan ko'zlangan yuksak maqsad; o'quv-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini, kelajak avlod vakillarining ijodkorlik borasidagi ilg' or g' oyalarini va ijodkorligini har tomonlama quvvatlash va shuning barobarida rag' batlantirish ishlari haqida mulohaza yuritadi. Xususan, hozirgi vaqtda davlatimiz maktablarida xalqaro baholash dasturlaridan foydalanishning samarasi qanday bo' lishi va aynan, «TALIS» xalqaro baholash dasturiga murojaat etish sabablarini o rganadi va tahlil qiladi.

Kalit so'lar: «Talis», xalqaro baholash dasturi, ta'lim sifati, g' oya, ijodkorlik, o' qitish, pedagogik jarayon.

Аннотация. В данной статье рассматривается важность организации международных исследований в области оценки качества образования в системе народного образования на сегодняшний день; высокая цель установления международных отношений; обсуждается работа по поддержке и поощрению исследовательской и инновационной деятельности студентов, прогрессивных идей и творчества подрастающего поколения. В частности, изучается и анализируется эффективность использования международных программ оценивания в общеобразовательных школах и причины обращения в международную программу оценивания «ТАЛИС».

Ключевые слов: Талис, международная программа оценки, качество образования, идеи, творчество, преподавание, педагогический процесс.

Abstract. This article discusses the importance of organizing international research in the field of assessing the quality of education in the public education system today; the high goal of establishing international relations; discusses work to support and promote research and innovation activities of students, progressive ideas and creativity of the younger generation. In particular, the effectiveness of the use of international assessment programs in general education schools and the reasons for applying to the international assessment program "TALIS" is studied and analyzed.

Keywords: Talis, international assessment program, quality of education, ideas, creativity, teaching, pedagogical process.

Mamlakatimizda so' nggi yillarda amalga oshirilgan ta'lim tizimidagi islohotlar va yangiliklarning barchasi kelajak avlod vakillarining ilg ' or texnologiyalar va innovatsiyalar davrida mukammal bilim olishlarida to ' sqinlikka uchramasliklari uchun zamin bo ' lib kelmoqda. Ushbu islohotlar berayotgan natija yuksak iqtisodiy o ' sish ko ' rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malaka jihatidan yetuk kadrlar va mutaxassislarga bo ' lgan ehtiyoj-u talabning yanada oshishiga sabab bo ' lmoqda. Ayni shuning uchun ham eng avvalo, xalq ta'limi tizimiga ko ' proq e'tibor qaratilishi joiz deb bilindi. Bu bilan o ' quvchi-yoshlarning dars jarayonlariga nisbatan qiziqish xususiyatini orttirish hamda buning uchun o ' qituvchilarimizdan har tomonlama ta'lim-

56l|

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

tarbiya ishlariga bo'lgan e'tiborlarini oshirishni, kuchaytirishni va albatta, buning ijrosini amalda to'liq joriy qilishni talab qiladi.

Yuqorida ta'kidlangan talablarning ta'lim tizimi uchun ahamiyati yuqori ekanini aksariyat xorijiy davlatlarning ta'lim tizimida, nainki, fan sohalarida erishayotgan yutuqlaridan rag'bat olishni amalda ko'rsatadi, ular joriy qilgan ayrim baholash dasturlari va monitoring ishlari orqali ta'lim sifatini, o'qitish darajasini oshirishga qaratilgan yuqori tajribalarni davlatimiz ta'lim sohasiga jalb etish bilan samaraga erishish mumkinligi anglatadi.

Bugunda butun dunyo bo'ylab xalqaro baholash dasturlarining ta'lim sohasidagi o'rni va ahamiyati yuksaklab bormoqda. Buni to'g'ri tushunib va to'g'ri anglagan Respublika ta'lim markazi mutasaddilari, faol xodimlari milliy ta'lim tizimimizda islohot olib borish zarurligini, pedagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini yuksaltirish dasturlarini takomillashuvini ta'minlash hamda soha mutaxassislari tomonidan ayni vaqtda amalda bo'lgan darsliklarning yangi avlodini yaratishda xalqaro baholash dasturlariga o'z o'rnida murojaat etmoqdalar va shular singari murojaatlarning amaliy tasvirini Milliy o'quv dasturini butunjahon malaka dasturi asosida takomillashtirilayotgani kabi ishlarda ko'rishimiz mumkin. Quyida so'zimizning davomi sifatida xalqaro baholash dasturlarining bir bo'lagi bo'lmish «Talis» haqida mulohaza yuritish bilan bir qatorda uning davlatimiz hududida mavjud o'qitish sifatiga bo'lgan ta'siri haqida fikr bildirishni joiz bildik.

Xalqaro baholash dasturlarining turi sifatida qaraladigan «Talis» baholash dasturi o'qitish va o'rganish xalqaro tadqiqotidir. Boshqa xalqaro baholash dasturlari qatorida «Talis» ham rivojlangan mamlakatlardagi ta'lim sifatini yanada oshirish va o'qitish sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatish maqsadidagi mezon sifatida qo'llanilmoqda.

«Talis (Teaching and Learning International Survey)» — bu turfa mamlakatlar hududida tashkil bo'ladigan pedagogik jarayonlarning xalqaro qiyosiy tahliliga asoslangan tadqiqot sanalib, Xalqaro iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tahskilotining tashabbusi bilan ta'sis etilgan. Biz mamlakatimiz ta'lim tizimida ushbu tadqiqot usuli yordamida pedagog-kadrlarning mavqeini oshirishga erishishimiz mumkin. Ya'ni o'qituvchilarning kasbiy jihatdan tayyorgargini takomillashtirish maqsadida foydalanadigan bo'lsak, nafaqat kasbiy tayyorgarliklarini, balki ijtimoiy mavqeini yuksaltirishga erishish ham mumkin; pedagogika sohasi uchun iqtidorli yoshlarni tanlab olishda ham yaxshigina ko'mak beradi; moderator o'qituvchilarning tanlab olinishida ham rol o'ynaydi; uzluksiz malaka oshirish jarayonini takomillashtirishda ham anchayin xizmati singgadi.

REFERENCES

1. Abduqodirov A.A. Masofali o'qitish modellari va ularning sinflari. // J. Fizika, matematika va informatika. - Toshkent, 2004. - № 5. -B. 50-56.

2. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi «Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3755-sonli Qarori.

4. Muslimov N.A. Bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarini kasbiy shakllantirish. Monografiya. -Toshkent: Fan, 2004. - 128 b.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

5. Xamdamov R.X. O probleme podgotovki kadrov v oblasti informatsionnix texnologiy v Respublike Uzbekistan // J. Izvestiya Mejdunarodnoy Akademii nauk visshey shkoli. -Moskva, 2002. - № 1 - S. 130-142.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.