Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNING AMALIY BILIMLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI'

TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNING AMALIY BILIMLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
934
96
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekiston Respublikasida / oliy ta’lim / amaliy mashg‘ulot. / in the Republic of Uzbekistan / higher education / practical training

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — No‘Manova, Soxiba Ergashboyevna

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida talabalarning amaliy bilimlarini rivojlantirish, Amaliy mashg‘ulotlar samaradorligi va ta’lim oluvchilarni amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish sifatlari xaqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF DEVELOPING PRACTICAL KNOWLEDGE OF STUDENTS IN THE EDUCATIONAL PROCESS

This article describes the development of students' practical knowledge in the educational process, the effectiveness of practical training and the qualities of preparing students for practical training.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNING AMALIY BILIMLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

TA'LIM JARAYONIDA TALABALARNING AMALIY BILIMLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

No'manova Soxiba Ergashboyevna

Namangan muhandislik-qurilish instituti "Bino va inshootlar qurilishi" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim jarayonida talabalarning amaliy bilimlarini rivojlantirish, Amaliy mashg'ulotlar samaradorligi va ta'lim oluvchilarni amaliy mashg 'ulotga tayyorlanish sifatlari xaqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: O 'zbekiston Respublikasida ,oliy ta 'lim ,amaliy mashg 'ulot.

ABSTRACT

This article describes the development of students' practical knowledge in the educational process, the effectiveness of practical training and the qualities of preparing students for practical training.

Keywords: in the Republic of Uzbekistan, higher education, practical training

АННОТАЦИЯ

В статье описывается развитие практических знаний учебном процессе, эффективность практических занятий подготовки студентов к практическим занятиям.

Ключевые слова: в Республике Узбекистан, высшее производственная практика

KIRISH

O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

a) O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o'rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagilar nazarda tutilsin:

oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog'lom raqobat muhitini yaratish;

585

студентов в и качества

образование,

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

O'zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarining flagmaniga aylantirish;

respublikadagi kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga, shu jumladan O'zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga kiritish;

oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tkazish;

xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta'limning ilg'or standartlarini joriy etish, jumladan o'quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo'naltirilgan ta'limdan amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim tizimiga bosqichma-bosqich o'tish;

oliy ta'lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo'shadigan, mehnat bozorida o'z o'rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish;

oliy ta'lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta'minlash;

xorijiy investisiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko'lamini kengaytirish va boshqa byudjetdan tashqari mablag'lar hisobiga oliy ta'lim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqish;

oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik ko'rsatkichlari oshishi, shuningdek respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta'minlash;

O'zbekiston oliy ta'lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi «xab»ga aylantirish;

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Amaliy mashg'ulot darslarini ikki turga ajratish mumkin. Bular ma'ruza darsi mavjud bo'lgan va ma'ruza darsi mavjud bo'lmagan fanlardan (masalan, chet tillar)

o'tkaziladigan amaliy mashg'ulotlar. Amaliy mashg'ulot darslari fan dasturlari va

586

Scientific Journal Impact Factor

0

ishchi dasturlari hamda kalendar tematik rejalariga qat'iy amal qilingan holda o'tkaziladi. Amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish bo'yicha zarur adabiyotlar ro'yxati beriladi. Ma'ruza darsi mavjud bo'lgan amaliy mashg'ulotlarda asosan ma'ruza darslarida o'tilgan materiallar mashqlar bajarish yordamida mustahkamlanadi.

Amaliy mashg'ulot quyidagi maqsadlarga erishish uchun qo'llaniladi: -nazariy materialni tartibga solish. -ko'nikmalarni hosil qilish. -bilimlarni nazorat qilish.

Amaliy mashg'ulotlar samaradorligi ta'lim oluvchilarni amaliy mashg'ulotga tayyorlanish sifati bilan aniqlanadi. Ma'ruza va yangiliklar bilan chiquvchi, ta'lim oluvchilarning tayyorgarligi ahamiyatga ega bo'ladi. Har bir mashg'ulot uchun texnologik xaritalar ishlab chiqiladi.

O'quv maqsadlari muayyan ta'lim jarayoni yakunida ta'lim oluvchi tomonidan o'zlashtirilishi, yangi hosil qilinishi lozim bo'lgan bilim, hatti-harakat bilan bog'liq bo'lgan amaliy topshiriqni uddalay olish mahorati, shaxsiy fazilatlar va xulqni belgilaydi. Har bir fanning o'quv maqsadlari to'g'ri belgilanishi muhim ahamiyatga ega. Umumiy o'quv maqsadlarining mazmuni yo'naltiruvchi maqsadlardan kelib chiqib belgilanadi. O'qituvchi tomonidan amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish texnologiyasi, dars ishlanmasi va texnologik xaritasi ishlab chiqiladi. Har bir mashg'ulot bo'yicha dars ishlanmalari va texnologik xaritalarni ishlab chiqish o'quv jarayonini to'laqonli loyihalashtirish hamda samarali tashkil qilish imkonini beradi. Talabalar mustaqil ishini baholash. TMI natijalari amaldagi "Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'grisidagi Nizom"ga1 asosan baholab boriladi.

Har bir fan bo'yicha talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish yuklamasi professor - o'qituvchi shaxsiy ish rejasining o'quv ishlari bo'limida qayd etiladi. Kurs ishi (loyiha) malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyasi tayyorlashga ajratilgan soatlar, professor - o'qituvchi shaxsiy ish rejasining o'quv ishlari bo'limida qayd etiladi. Talabaning mustaqil ishiga rahbarlik qilish kafedraga tuziladigan va fakul'tet dekani tomonidan tasdiqlanadigan konsultatsiyalar jadvali asosida amalga oshiriladi. Talaba mustaqil ishi JB,OB va YaB turlarida baholanadi va talabaning umumiy reytingiga kiritiladi. Talabalar reyting daftarchasi qayd etiladigan mustaqil ishlarini baholash «Talabalar bilimini baholashning reyting tizimi to'g'risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. Talabalar reyting ko'rsatkichlari, shu jumladan mustaqil ishi bo'yicha, an'anaviy guruh reyting oynasiga va (yoki) fakul'tetning maxsus

Scientific Journal Impact Factor

0

elektron tarmog'ida yoritib boriladi. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish turlari va uni baholash mezonlari tegishli kafedra tomonidan belgilanadi va fakul'tet kengashida tasdiqlanadi. Mustaqil ishlarni baholash mezonlari talabalarni o'quv yili (semestri) boshlanishi oldidan metodik materiallar bilan tarqatiladi. Talaba mustaqil ishi bo'yicha belgilangan maksimal ballning 55% i dan kam bo'lmagan ball to'plashi lozim, aks holda yakuniy nazoratga ruxsat etilmaydi. Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ro'yxatga olinadi va o'quv yili mobaynida saqlanadi. Talabaning kurs ishi (loyihasi)ni hamda malakaviy bitiruv ishi yoki magistrlik dissertatsiyasini ro'yxatga olish va saqlash tartibi tegishli me'yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Amaliy mashg'ulotlar samaradorligi ta'lim oluvchilarni amaliy mashg'ulotga tayyorlanish sifati bilan aniqlanadi. Ma'ruza va yangiliklar bilan chiquvchi, ta'lim oluvchilarning tayyorgarligi ahamiyatga ega bo'ladi. Xar bir mashg'ulot uchun texnologik xaritalar ishlab chiqiladi. O'quv maqsadlari muayyan ta'lim jarayoni yakunida ta'lim oluvchi tomonidan o'zlashtirilishi, yangi hosil qilinishi lozim bo'lgan bilim, hatti-harakat bilan bog'liq bo'lgan amaliy topshiriqni uddalay olish mahorati, shaxsiy fazilatlar va xulqni belgilaydi.

Har bir fanning o'quv maqsadlari to'g'ri belgilanishi muhim ahamiyatga ega. Umumiy o'quv maqsadlarining mazmuni yo'naltiruvchi maqsadlardan kelib chiqib belgilanadi. O'qituvchi tomonidan amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish texnologiyasi, dars ishlanmasi va texnologik xaritasi ishlab chiqiladi. Har bir mashg'ulot bo'yicha dars ishlanmalari va texnologik xaritalarni ishlab chiqish o'quv jarayonini to'laqonli loyihalashtirish hamda samarali tashkil qilish imkonini beradi. Talaba tomonidan mustaqil ishni bajarishda ularning faoliyati tizimida ko'rsatilgan har bir elementlarning muvaffaqiyatli harakatlanishi o'qituvchini quyidagi boshqaruv harakatlarini aniqlaydi: rejalashtirish, tashkillashtirish hamda monitoring va baholash. O'zini o'zi tekshirish uchun har bir o'quv mashg'ulotiga tavsiya etilayotgan topshirik (test, savol, vazifa va mashqlar) joriy pedagogik nazoratni va talaba tomonidan kuzatilgan ta'limiy maqsadlarga erishish darajasini doimiy o'zi baholanish ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Azizxo'jayeva.N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat.T.: 2003.

2. Karimov I.A. Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. T: «Sharq» nashriyoti, 1998 y.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

о

3. Karimov I.A. O'zbekistoning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li.T.:"O'zbekiston" 1992

y.

4. Бегимкулов У. Ш. Педагогик таълимда замонавий ахборот технологияларини жорий этишнинг илмий-назарий асослари. Монография. - Тошкент: Фан, 2007 й.

5. Беспалько В.П. Слагаемые педагогической технологии.М.: Педагогика 1989г.

6. Йулдошев Ж. F. Янги педагогик технология: йуналишлари, муаммолари, ечимлари. - Хал; таълими журнали, 1999, №4.

7. Кларин В.М. Педагогическая технология в учебном процессе.М.: Знание

1989г.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.