Научная статья на тему 'TA’LIM BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH YO‘NALISHLARI'

TA’LIM BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshqaruv / xodimlar / psixologik muhit / rahbar / menejment / ta'lim muassasasi / psixologik iqlim / boshqaruv usullari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ganiyev Murodjon Madaminovich

Ta’limda samarali boshqaruvni tashkil etish va boshqarishda psixologik muhitning roli va uning psixologik asoslari, psixologik me’zonlari, psixologik muhit barqarorligini boshqarish xususiyatlari hamda unda rahbarning o’rnini ilmiy nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish, o’rganish asosida jamoada psixologik muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan taklif, tavsiyalar hamda ilmiy xulosalarni ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH YO‘NALISHLARI»

TA'LIM BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH YO'NALISHLARI

Ganiyev Murodjon Madaminovich

QDPI Talim menejmenti kafedrasi oqituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11184721

Annotasiya. Ta'limda samarali boshqaruvni tashkil etish va boshqarishda psixologik muhitning roli va uning psixologik asoslari, psixologik me 'zonlari, psixologik muhit barqarorligini boshqarish xususiyatlari hamda unda rahbarning o'rnini ilmiy - nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish, o'rganish asosida jamoadapsixologik muhit barqarorligini ta'minlashga qaratilgan taklif, tavsiyalar hamda ilmiy xulosalarni ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: boshqaruv, xodimlar, psixologik muhit, rahbar, menejment, ta'lim muassasasi, psixologik iqlim, boshqaruv usullari.

Abstract. The role of the psychological environment in the organization and management of effective management in education and its psychological foundations, psychological criteria, the characteristics of managing the stability of the psychological environment and the place of the leader in it from a scientific, theoretical and practical point of view, the stability of the psychological environment in the team based on research and study proposals, recommendations and scientific conclusions aimed at providing.

Key words: management, employees, psychological environment, leader, management, educational institution, psychological climate, management methods.

Bizga ma'lumki, inson psixologiyasini o'rganish juda murakkab masaladir. Rahbar jamoa a'zolarini o'ziga qarata olishi, ular bilan til topisha olishi bu katta san'atdir. Shuning uchun rahbar kuchli psixolog bo'lishi lozim. SHu sababli rahbarning asosiy maqsadi va vazifalari mehnat jamoalarida psixologik iqlimni yaxshilashi lozim. Jamoa a'zolari orasidagi nizolarning ko'pchiligi ishlab chiqarishning qoniqarsiz tashkil qilinganligi, rahbarlarning ish sharoitida o'ziga bo'ysunuvchi jamoa a'zolarining psixologik holatlarini hisobga olmaganligi, zarur ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi.

Psixologik vaziyat - bu korxona va tashkilot xodimlariga ta' sir qiluvchi ko'pgina omillarning ta'siridan keladigan jamlama samaradir. U mehnat qilish jarayonida, xodimlarning muomalasida, ularning shaxslararo va guruxiy aloqalarida o'z ifodasini topadi. Bu munosabatlarning normal vaziyati har bir xodimga o'zini jamoaning bir zarrasi deb his qilish imkonini beradi, uning ishga bo'lgan qiziqishini va zarur ruhiy kayfiyatini ta'minlaydi, yutuqlar va yo'l qo'yilgan kamchiliklarga adolatli baho berishga undaydi.[1]

Mehnat jamoasining psixologik vaziyati uchta asosiy tarkibiy qismdan iboratdir: xodimlarning ruhan mos kelishi, ularning ijtimoiy intilishlari, ahloqiy tarbiyalanganligidir. Bu tarkibiy qismlar insoniy muomalaning eng nozik torlariga, aql-idrok, iroda va his-tuyg'ularga taalluqli bo'ladi, ko'p jixatdan shaxsning foydali ishiga, ijodiy faoliyatiga, boshqalar bilan hamkorlik qilishi va jipsligiga yordam beradi. Ijtimoiy-ruhiy vaziyat xodimlarning birgalikda mehnat qilishi va bir-birlariga munosabatini ifodalab, birinchi o'ringa shunday sabablarni, chunonchi, moddiy rag'batlantirish va iqtisodiy foyda kabi omillarni qo'yadi, va natijada, xodimni rag'batlantiradi, unda kuch-quvvatning ortishini yoki pasayishini, mehnatga g'ayratini yoki unga qiziqmaslikni, ishdan manfaatdorligini yoki befarqligini ifodalaydi.

Psixologik muhit- jamoaning hissiy ruhiy kayfiyati tushuniladi, unda jamoa a'zolarining qadriyatlari, ma'naviy normalari va mafaatlari bilan belgilanadigan hissiy darajadagi shaxsiy va amaliy o'zaro munasabatlarda aks etadi.

Odamlarda o'zaro ta'sirning 4 ta asosiy usuli mavjud

1. Ishontirish.

2. Taqlid qilish

3. Uqtirish

4. Ergashtirish

Jamoaning psixologik muhitni muvofiqlashtirib turish bevosita korxona rahbariga bog'liqdir. [2]

Boshqaruv jarayoni bilan bog'liq psixologik muammolarning keng ko'lamli masalalar majmuidan iboratligi uning funktsiyalaridan ham ma'lum. SHuning uchun jamoani boshqaruvchi yoki rahbarlik qiluvchi shaxs unga bog'liq psixologiya muammolarni tahlil qila olishi va bilimlarga ega bo'lishi muhim. Bugungi kunda boshqaruv muammosini psixologik o'rganish masalasi bir necha xil qarashlarga tayanadi. Chunki boshqaruv tizimi serqirrali va ijtimoiy guruhlarning xarakteridan kelib chiqqan holda bir necha bosqichlarga ham ega. Boshqaruv jarayonining psixologik masalalari bir necha muammolarni o'zida qamrab olinishini inobatga olgan holda ularning qisqacha va asosiy mazmunini beruvchi ayrim jihatlarini ketma-ketlikda yoritib berish maqsadga muvofiq.

Muassasadagi menejerni faoliyatini tashkil qilishda psixologik usullarning boshqa usullar bilan majmuali ravishda qo'llash hamkorlik faoliyatini yo'lga qo'yishning eng samarali asosi hisoblanadi. Menejer tavsifnomasi, uning qobiliyati va iste'dodining darajalari , shaxsiy fazilatlari faoliyatini samarali amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi. Menejer faoliyatining psixologik qirralarini o'rganishda qo'yidagilarga javob topish orqali erishish mumkin:

• Tarjimaiy holning tavsifnomasiga binoan:

• qobiliyat va iste'dodga taalluqli;

• Shaxsiy fazilatlariga ko'ra

Menejer faoliyati muvaffaqiyatli amalga oshirishda tarjimai hol tavsifnomasining o'ziga xos ahamiyati mavjud.

Frantsiyadagi "Mukammal boshqaruv" tizimi bo'yicha o'tkazilgan so'rovnomalarning ko'rsatishicha, eng tajribali menejerlar rahbar talantiga xos xususiyatlarni qayd etdilar. [1]

Rivojlangan davlatlarda o'tkazilgan testlarning ko'rsatishicha rahbar shaxsiga xos quyidagi sifatlarni ajratib ko'rsatishdi.

Demak, mehnat jamoasidagi psixologik muhit rahbar shaxsiyatiga, ijrochilarning bilimdonligiga va jamoa ishining bajarishda ularning bir-biriga mosligiga bog'liq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Конфликтология: Учебник. Изд.2-е, испр./ Под ред. А.С.Кармина. СПб.: Издательство «Лань», 2000.

2. Машков В Н. Психология управления. - Спб., ЮНИТИ ДАНА, 2000

3. Saidova, X. R. "EFFECTIVENESS OF QUALITY MANAGEMENT IN THE ORGANIZATION OF ACTIVITIES OF EDUCATIONAL INSTITUTIONS." PublishingHouse "BaltijaPublishing" (2023).

4. Saidova, X. R. "Mechanism For Attracting Staff To Improve The Quality Of Education." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630Impact factor: 7.429 11.07 (2022): 59-67.

5. Ustadjalilova, K. (2022). IMPROVING THE MECHANISMS OF THE SYSTEM OF ADVANCED TRAINING OF UNIVERSITY TEACHERS USING ALTERNATIVE METHODS. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(8).

6. Ustadjalilova, X. (2023). PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METODLARI VA STATISTIK GIPOTEZALARNING NAZARTY JIHATLARI. Scientific journal of the Fergana State University, (6), 21-21.

7. Umarovna, Radjabova Gavhar. "FEATURES OF THE MARKET OF EDUCATIONAL SERVICES AND THE PROBLEM OF INTERACTION OF HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS WITH EMPLOYERS." E Conference Zone. 2022.

8. Umarovna, Rajabova Gavkhar. "CONCEPTUAL FOUNDATIONS FOR IMPROVING THE ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC MECHANISM OF THE UNIVERSITY MANAGEMENT SYSTEM. " International Journal of Early Childhood Special Education 14.8 (2022).

9. Xusnida, Madaminova. "SPECIFIC ASPECTS OF THE DEVELOPMENT OF TEACHERS'PROFESSIONAL DEVELOPMENT IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.12 (2023): 176-181.

10. Rashidovna, MadaminovaKhusnida. "DEVELOPMENT OF INDEPENDENT THINKING SKILLS OF CHILDREN IN A PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 44-47.

11. NURMATOVA, MI. "THE NATURE AND THEORETICAL DESCRIPTION OF THE CONCEPT OF" ECONOMIC COMPETENCE"." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 IMPACT FACTOR: 7.429 11.07 (2022): 16-20.

12. НУРМАТОВА, М. И. "ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ ОПИСАНИЕ ПОНЯТИЯ "ЭКОНОМИЧЕСКАЯ КОМПЕНСАЦИЯ"." СОВРЕМЕННАЯ НАУКА: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ. 2022

13. RAHMONOVA, MANZURA. "THE UNDERSTANDING OF HUMAN CAPITAL INDEX AND ANALYSIS OF ITS SITUATION IN UZBEKISTAN." INTERPRETATIONANDRESEARCHES 1 (2023).

14. SHOKIROVNA, R. M. (2024). SMART TEXNOLOGIYALAR" NING ILG 'OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAGI O 'RNI VA ILMIY NAZARIY ASOSLARI "TA'LIM MENEJMENTI" FANI TAHLILIDA. SCIENCE AND INNOVATION, 3(SPECIAL ISSUE 18), 694-697.

15. SULTONMURODOVNA, OTAJONOVA MAFTUNA. "FORMATION OF INDEPENDENT EDUCATION OF STUDENTS BASED ON TIME MANAGEMENT TECHNOLOGIES." OPEN ACCESS REPOSITORY 9.12 (2022): 143-149.

16. Sultanmurodovna, Otajonova Maftuna. "Essential Characteristic and Advantage of "Time Management"." Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance 3.10 (2022): 32-36.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.