Научная статья на тему 'TA’LIM BOSHQARISHDA RAXBARNING KOMPATENTLIGI.KOMPETENTSIYA VA KOMPETENTLIKNING FARQI'

TA’LIM BOSHQARISHDA RAXBARNING KOMPATENTLIGI.KOMPETENTSIYA VA KOMPETENTLIKNING FARQI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kompetensiya / fan tushunchalari / kreativlik / texnologiya / kommunikativ / kompetentlik / raxbar / qobilyat va boshqalar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Oripova Qumrixon Ulug’Bek Qizi, Valibekov Ulug’Bek Nodirjon O’G’Li, Sobirov Ilyosbek Vohidjon O’G’Li, Nazirova.F.A

Ta'lim jaroyonida raxbarning o'rni sezilarli darajada bo'lib raxbarga ko'lab vazifalar yuklatiladi. Demak raxbarning kompetentligi muhim hisoblanadi Hosh, biz bu haqida nimalar bilamiz. Hayotimizda juda ham ko’p duch keladigon sozimiz kompetentsiya va kompetentlik haqida qanday tushunchalarga egamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM BOSHQARISHDA RAXBARNING KOMPATENTLIGI.KOMPETENTSIYA VA KOMPETENTLIKNING FARQI»

TA'LIM BOSHQARISHDA RAXBARNING KOMPATENTLIGI.KOMPETENTSIYA VA KOMPETENTLIKNING FARQI

1Oripova Qumrixon Ulug'bek qizi, 2Valibekov Ulug'bek Nodirjon o'g'li, 3Sobirov Ilyosbek Vohidjon o'g'li, 4Nazirova.F.A.

1,2,3Qo'qon davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta'lim fakulteti talabalari

4Qo'qon davlat pedagogika instituti, Ta'lim menejmenti kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11182053

Annotatsiya. Ta'lim jaroyonida raxbarning o'rni sezilarli darajada bo'lib raxbarga ko'lab vazifalar yuklatiladi. Demak raxbarning kompetentligi muhim hisoblanadi Hosh, biz bu haqida nimalar bilamiz. Hayotimizda juda ham ko'p duch keladigon sozimiz kompetentsiya va kompetentlik haqida qanday tushunchalarga egamiz.

Kalit so'zlar: kompetensiya, fan tushunchalari, kreativlik, texnologiya, kommunikativ, kompetentlik,raxbar,qobilyat va boshqalar.

Abstract. The leader's role in the educational process is significant, and the leader is assigned various tasks. So the competence of the leader is important. Hosh, what do we know about it? What we have to say about competence and competence is what we encounter a lot in our life.

Key words: competence, concepts of science, creativity, technology, communicative, competence, leader, ability, etc.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil 16 avgust kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to'la qamrab olish bo'yicha muhim vazifalar qo'yildi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda qator yirik hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida"gi PQ-3261-sonli Qarori, 30 sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5198- sonli Farmoni hamda "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi - faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-3305-sonli Qarori qabul qilindi.

Hozirgi globallashuv davrida fan-texnika rivojlanishi umumtalim maktablarida olib boriladigan katta islohotlar talim-tarbiyaning mazmunini ozgartirishni, shuningdek, talim tizimini bugungi zamon talablari asosida boshqarishni talab etmoqda.

Bugungi talim ishtirokchilari bundan 10 yil oldingi talimiy dunyoarashdan, ozlarining oquvchilariga, talimga bolgan munosabatlarini yangicha fikrlash va muloqot qilish orqali tashkil etmoqdalar. Demak, bugungi pedagog hodimlarni boshqarishda yangicha uslubga ega bolgan har tomonlama rahbarlik kompetentligini ozida mujassamlashtirgan shaxs boshqarishini jamiyatning ozi talab etmoqda.

Rahbar kadrlarni, xususan, rahbarlik ishlariga endigina tayinlanayotgan, binobarin, hali bu sohada zarur tajriba, malakaga ega bolmagan yoshlarni rahbar va rahbarlik bobida ular qanday masalalarga etibor qilishi kerak bolgan vazifalari, shu maqsadni amalga oshirish uchun metodik yonalishlar, yosh rahbarlarga tavsiyanomalar ishlab chiqilgan chunki maktab direktorining eski avtoritar usulda maktabni boshqarishi talim-tarbiya ishlari rivojiga salbiy tasir korsatadi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli boshqaruv islohotlarida davlat boshqaruvining turli sohalarida boshqaruv hodimlarini bilim va malakasini rivojlantirish, bu boradagi yondoshuvlarni qayta korib chiqish, ularni tayorlashning mazmuni va texnalogiyalari bilan bogliq muammolar kundan-kunga dolzarblashib bormoqda. Bunday yondoshuvlardan biri sifatida dastlab korporativ boshqaruv va personalni boshqarishda oz aksini topgan kadrlarni tanlash, baholash, oqitish va rivojlantirishni jamlagan kompetentli yondoshuvdan foydalanish tavsiy etilmoqda.

Shunday ekan biz o'zi raxbarning vazifalarini,kompetentlik o'zi nima ekanligini bilamizmi Jamiyat va davlatga faol ijodiy bilimni, talimni, rivojlanishni davom ettirishga qodir mutaxassislar zarur. Ular marakkab hayotiy va kasbiy muammolarni amaliy hal qilish salohiyatiga ega bolishlari lozim. Bu esa olingan bilimlar, malakalar va mahorat bilan birga, qoshimcha sifatlarga bogliqki, ularni ifodalash uchun "kompetensiya" va "kompitentlik" tushunchalari qollaniladi.[2] A.Tashanov fikricha, "kompetensiya" va "kompetentlik" tushunchalari bir-biridan farq qiladi: Kompetensiya - vakolat; Kompetentlik - qobiliyat.

Izohi sifatida, bazan eshitib qolamiz, bu - mening kompetentligim doirasida (men uni hal qila olaman), ammo bu mening kompetentsiyamda emas (buni hal qilishga menga vakolat berilmagan).[3

Kompetensiya va kompetentlik tushunchalari deganda asosan zamonaviy fanda xodimlarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini tahlil qilishda kompetensiya tushunchasiga muhim ahamiyat berilmoqda.

"Kompetentlik" - tushunchasi dastlab ta'lim sohasiga psixologik, pedagogik izlanishlar natijasida kirib kelgan tushuncha bo'lib, zamonaviy atamasifatida qo'llanilib kelinmoqda. «Competentia» lotincha so'zdan olingan bo'lib, o'zbek tilidagi tarjima qilinganda unung lug'aviy ma'nosi «yaxshi biladigan inson», «tajribaga ega bo'lgan kishi» kabi ma'nolarni bildiradi. Shu sababli kompetentlik ta'lim jarayonida sodir bo'ladigan turli xil vaziyatlar, kutilmagan holatlar rahbarning o'zini qanday tutishi, muloqotga kirishuvchanligi, qo'l ostidagilarni ruhiy holatlarini tushuna olish qobiliyatiga ega bo'lishi, raqobaddosh tomonlar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi, noaniq vazifalarda mavjud muammolar ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda rahbar tomonidan o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarni aniq maqsadlar asosida qo'llay olish, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik"ni anglatadi. Kompetensiya - xodimning kompaniyada kutayotgan darajada va belgilangan tarkibda ishlab chiqarish xulqini muntazam ravishda namoyish qilishga tayyorlik qobiliyati. Kompetensiyalar tizimini yaratishda tashkilot xodimlarning faoliyatiga taalluqli muhim mezonlar majmuasini standart talablarga asosan tuzadi. Shuningdek, kompetensiya xodimlarning tashkilotda ham professional, ham ijtimoiy jihatdan tengligi xususida guvohlik beradi. XX asrning 90-yillarida mutaxassislarga malakaviy talablarni quyuvchi "Xalqaro mehnat tashkiloti" malaka oshirish hamda boshqaruv xodimlarni kasbiy qayta tayyorlashda "tayanch kompetensiya"lar degan tushunchani fanga kiritdi.

Shu orinda, rahbar kompetentsiyasi turlari haqida A.Nosirov "Ta'lim menejmenti" jurnalida quyidagicha fikr bildiradi:

- 1. Standart kompitentsiya - ushbu faoliyatga oid doimiy va odatiy vazifalarni bajara olish qobiliyati.

- 2. Asosiy kompitentsiya - ushbu faoliyatga oid innovatsion vazifalarni belgilay olish qobiliyati;

- 3. Yetarli kompitentsiya - kasb faoliyatining yangi turlarini yarata olish qobiliyati;

- 4. Kasbiy kompitentsiya - pedagogika va psixologiyaga oid bilimlarga ega bolish, oz ustida ishlash, oquvchilarda motivatsiyani shakllantirishdan iboratdir".[5]

Hozirgi globallashuv davrida oldingi bilimlar, malakalar va konikmalarning talim paradigmasida asta-sekin insonning global dunyoga kirishi, unga samarali moslashishi vazifalariga munosib talimning yangi maqsadlari bilan boyib bormoqda. Bunday jarayonda kompetentli yondoshuv bilimlar, malaka va konikmalarni bekor qilmaydi, aksincha, amaliyotdagi bilimlar, malaka va harakatlar ortasidagi munosabatlarning ozaro bir-biriga bogliqligini shart qilgan holda bu paradigmani rivojlantiradi. Kompetensiya nima?

Kompetensiya (lotincha "competo" so'zidan olingan bo'lib, "erishaman, muvofiqman, mos kelaman" ma'nolarini beradi) — kishi egallagan muayyan bilim, ko'nikma, malakalar majmuasini anglatadi.

Kompetensiya tushunchasi nisbatan yaqindan boshlab, 1960-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlaridan keng qo'llanila boshlandi.

Kompetensiya - ma'lum bir sohada samarali faoliyat olib borish uchun zarur bo'lgan mutaxassisning ta'limiy tayyorgarligiga qo'yilgan talabdir.

1983 yilda O'zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan chop etilgan ruscha-o'zbekcha lug'atda "kompetentnost" - "chuqur bilimga egalik", "chuqur bilimga asoslanganlik", "xabardorlik", "omilkor lik" deb o'zbek tiliga o'girilgan

. "Kompetentnbiy" - yetarli ma'lumotga ega bo'lgan puxta bilimli, yaxshi biladigan, kompetensiyaga ega bo'lgan, vakolatli, masalani ko'rib chiqishga haqli, ma'nolarida tarjima qilingan. "Kompetensiya" - biron-bir kishi xabardor bo'lgan soha yoki masala, huquq yoki ixtiyor kabi tushunchalarda berilgan

. Dunyo olimlari tavsiya qilayotgan "kompetensiya" va "kompetentlik" tushunchalarini biz yuqorida birlashtirish taklifini kiritdik.

Kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv haqidagi ilmiy ishlarni tahlil qilar ekanmiz, bu ikki tushuncha haqida turli-tuman fikrlar aytilayotganligini yaqqol sezamiz.

A.G.Bermusning fikriga ko'ra, "Kompetentlik takomillashib borayotgan shaxsning barcha hislatlarini, bilimi, tajribasi, umuman olganda, butun borlig'ini yagona tizimga birlashtiradi". "Kompetentlik bu nafaqat shaxsning bilimdon ekanligi, balki o'z bilimlarini uzluksiz ravishda yangilab borishi hamdir, - deydi M.A.Choshanov. M.Aronovning fikricha, kompetentlik mutaxassis ning ma'lum bir faoliyat uchun tayyor ekanligini bildiradi.

Noaniq vaziyatlarda faoliyat ko'rsata olish qobiliyati bu kompetentlikdir, deydi O.Ye.Lebedev. Kompetentlik insonning intellektual shaxsiy, ijtimoiy kasbiy hayotiy faoliyatiga asoslanadi, deb yozadi I.A.Zimnyaya.

A.V.Xutorskiy "kompetnsiya" va "kompetentlik" tushunchalari ni quyidagicha ajratib olish mumkin, deb hisoblaydi. Kompetensiya - insonning shaxsiy sifatlari uzviyligi (bilim, malaka, tajriba, faoliyat usullari) hisoblanib, ma'lum bir doiradagi narsa va jarayonlarga nisbatan shaxsning munosabatida sifatli va samarali faoliyat yurgazishidir. Kompetenlik esa inson tomonidan faoliyat turlariga shaxsiy munosabatini bildiruvchi, talabga javob beradigan kompetensiyalar yig'indisiga ega bo'lishi demakdir.

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, kompetensiya masalasi uning jamiyatdagi o'rni masalasidan qator bahslar davom etmoqda. Ta'limtarbiya sohasida asosiy universal kompetensiya unsurlarini anglab olish zamonaviy pedagogikaning eng asosiy muammolaridan biridir. Asosiy kompetensiya masalasida dunyo pedagoglari tajribasini tatbiq qilish yoki an'anaviy o'zbek pedagogikasi

me'yorlaridan kelib chiqqan holda kompetensiya mezonlarini belgilashda fikrlar xilma-xil bo'lib, hali yechilmagan masalalar talaygina.

A.Avloniy nomidagi O'qituvchilar malakasini oshirish instituti pedagog olimasi L.T.Xurvalieva: "Kompetensiya - bilim, ko'nikma,malaka, qarashlar, individning qadriyati va shaxsiy sifatlari kvalifikatsiyaning namoyon bo'lishi yoki ta'sir ko'rsatish qobiliyati", - deb ta'riflaydi. Shunday ekan har bir raxbar asosan yetuk bir shaxs bo'lishi lozim .

Darhaqiqat, Personalni boshqarish alohida ahamiyat kasb etib, tashkilotda kishilarga ta'sir ko'rsatuvchi uchta asosiy omilga alohida diqqat-e'tiborni qaratish maqsadga muvofiq sanaladi. Bular tashkilotning iyerarxik tuzilmasi, madaniyat, bozor omillaridir. Ushbu ta'sir ko'rsatish omillari juda murakkab tushunchalar bo'lib, amaliyotda kamdan-kam hollarda bir-biridan alohida ravishda qo'llanadi. Ulardan birontasi qanchalik ustuvor bo'lsa, tashkilotdagi iqtisodiy vaziyat qiyofasi ham shunday bo'ladi. Ko'pincha kundalik muloqotda biz "kompetensiya" yoki "bilimdonlik" tushunchalarini teztez ishlatamiz. Ayniqsa, "professional kompetensiya" tushunchasi ko'proq diqqatni tortadi. Lekin, ba'zan insonlar bilan ishlash borasida "kommunikativ kompetensiya" tushunchasi ham ishlatiladi. Bu aslida o'zgalar bilan til topisha bilish, o'z nutqini ravon va bir tekisda tuzish orqali fikrlarini boshqalarga yetkaza olish kabi muhim xususiyatlar bilan bog'lanadi. Psixologiya fanida, xususan, uning "Boshqaruv psixologiyasi" sohasida oxirgi paytlarda "ijtimoiypsixologik kompetensiya" fenomeni ajratilmoqdaki, mohiyatan u -kommunikativ kompetensiyadan kengroq va ko'pqamrovliroqdir. Professional faoliyat shaxsdan juda ko'p bilimlarni hamda malakalarni talab qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab yetgan shaxs (motivlar muammosi), endi o'z faoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va o'z ustida muttasil ishlab, malakalarini orttirib borishi shart. Professional kompetensiya shu nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatining shunday yo'nalishiki, unga faqat kasbiga taalluqli bo'lgan bilimlardan tashqari, shu bilimlarning hosil bo'lish yo'llari va malakalarning takomillashuvini ta'minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni bilishni ham taqozo etadi. Bu psixologiyada bilish jarayonlari, ularning mohiyati va kechishini anglash demakdir. Kasbga doir topshiriq va vazifalarni echish, o'quv-tarbiya jarayonini boshqarishda pedagogik-psixologik yondashish ta'lim-tarbiyani modellashtirish to'g'risidagi ma'lumotlar ham mazmunidan keng o'rinda foydalanishlari zamonaviy ta'lim tizimi rahbarlarining zimmasiga yuklatilmoqda. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda bevosita ta'lim tizimi rahbarlariga xos kasbiy kompetentlik va uning o'ziga xos jihatlari tadqiq etilib, o'rganilgan. Bu boradagi pedogogikpsixologik kasbiy kompetentlik yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarni bir qator olimlar xususan, V.M.Karimova tomonidan olib borilgan izlanishlar tadqiqot davomida alohida ahamiyat kasb etadi. Kasbiy faoliyatni tashkil etishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan kompetentlikning asosiy elementlari davlat ta'lim standartlarida o'z ifodasini topgan. Kompetentlik tushunchasi nafaqat aniq bilim va ko'nikmalar, balki aniq strategiya, mos emotsiya va munosabat, xuddi shuningdek, butun bir tizimni boshqarish mexanizmi mavjud ekanligi talab etiladigan murakkab amaliy masalalarni hal etish bilan bog'liq. U o'z ichiga nafaqat kognitiv tashkil etuvchini, balki qadriyatli yo'nalganlikning motivatsion, etik, ijtimoiy va ahloqiy tizimlarini ham oladi. Barcha ijtimoiy tarmoqlar borki boshqaruvga muhtojlik sezadi. Agar boshqaruv jarayoni sustkashlik asosida qurilgan bolsa boshqaruvda samaradorlik bolmaydi. Rahbarningboshqaruvdagi roli past bo'ladi va iskicha yondoshuvlar asosida ta'lim jarayonini tashkil etgan, yoki boshqaruvga qobiliyati yuq deb qaraladi. Bugungi kunda zamonaviy boshqaruvgaxos kompetensiyalar farqlanadi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Barakaevich, K. S. (2020). Improvement of Vocational Training of Pupils in Secondary Schools. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(1).

2. Qoraev, S. (2016). Specific features of interdisciplinary coherence and interoperability. "Education, Science and Innovation," 2 (2), 45-50.

3. ^ораев, С. (2016). Фанлараро узвийлик ва узаро алокани таъминлашнинг узига хос хусусиятлари. "Таълим, фан ва ннновация", 2(2), 45- 50.

4. Elmurzaeva, N. K., & Qorayev, S. B. (2021). Pedagogical Requirements for the Organization of the Educational Process in Specialized State Educational Institutions. Psychology and Education Journal, 58(1), 1078-1084.

5. ^ораев, С. Б. (2020). Профессионал таълимда укув амалиётларини ташкил этишнинг узига хос хусусиятлари. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 1281-1286.

6. Barakayevich, Q. S., & Baxtiyorovna, A. S. (2021). Xalqaro dastur talabalari asosida innovatsion ta'lim muhitini yaratish. Integration of science, education and practice. scientific-methodical journal, 1(02), 132-137.

7. Adbujalilova, S. A., & Koraev, S. B. (2020). Талабалар илмий дунёкарашини шакллантиришда педагогик технологияларнинг урни. Academic research in educational sciences, (4).

8. Караев, С. Б. (2018). Современные пути совершенствования учебнопроизводственных комплексов, специализированных на профессиональной подготовке учащихся. In Психология и педагогика на современном этапе (pp. 30-36).

9. ^ораев, С. Б., & Жолдасов, И. С. (2021). Касб-хунар мактаблари фаолиятини амалий машгулотлар самарадорлигини ошириш оркали такомиллаштириш масалалари. Academic research in educational sciences, 2(2).

10. Tilakova, M., & Qoraev, S. (2020). Recommendations for students 'creative ability development. Academic Research in Educational Sciences, 1 (4), 184-189.

11. Abdujalilova, S. A., & Qorayev, S. B. (2020). The Role Of Pedagogical Technologies In The Formation Of Students' Scientific Outlook. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(03), 2020.

12. Тилакова, М., & ^ораев, С. (2020). Укувчилар креативлик кобилиятларини ривожлантириш буйича тавсиялар. Academic Research in Educational Sciences, 1 (4), 184-189.

13. ^ораев, С. Б. (2016). Фанларни укитишда табакалаштирилган таълим технологиясини жорий этиш масалалари. Таълим технологиялари, 2, 45-50

14. Qorayev, S. B., & Janbayeva, M. S. (2021). Boshlang'ich sinf o'qish darslarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish. academic research in educational sciences, 2(4), 149-153.

15. Qorayev, S. B., & Allayorova, S. B. (2021). Boshlang'ich sinf o'quvchilarini pirls xalqaro baholash dasturi tizimiga tayyorlash jarayonini takomillashtirish masalalari. Academic research in educational sciences, 2(2), 443-448.

16. ^ораев, С. Б. (2018). Умумий урта таълим муассасаларида укув-ишлаб чикариш мажмуаларини ташкил этишнинг долзарблиги. Таълим, фан ва инновация , 4, 28-31.

17. Мухамедов, Г. И., & ^ораев, С. Б. (2019). Укув-ишлаб чикариш мажмуа машгулотларини олиб боришда педагогмухандисларнинг касбий

функцияларини ошириш тамойиллари. Мугаллим х,эм Y3ликсиз

билимлендириу, 2, 71-74.

18. ^ораев, С. Б. (2020). Профессионал таълимда укувчиларни касб-хунарга тайёрлаш жараёнини такомиллаштириш йуллари. Узлуксиз таълим, 1, 88-92.

19. ^ораев, C. Б. (2021). Профессионал таълимда касбий амалий машгулотлар мазмуни ва уни такомиллаштириш йуллари. Academic research in educational sciences, 2(4), 15731581.

20. ^урбонова, М., & ^ораев, С. (2020). Бошлангич таълимда укувчиларнинг укув-билиш компетенцияларини шакллантириш. Academic Research in

Educational Sciences, 1(4), 795-801.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.