Научная статья на тему 'SUV YO’LLARINING HOZIRGI KUNDAGI AHVOLI VA QO’LLANILISH SOHALARI'

SUV YO’LLARINING HOZIRGI KUNDAGI AHVOLI VA QO’LLANILISH SOHALARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
456
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SUV YO'LI / DARYO / SHLYUZ / YUK / SUV OMBORLARI

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Ergashev X.E., Mirzayev M.A.

Ushbu maqolada suv yo’llaring vazifasi va shu bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiy rivojlanishida suv yo’llaring ahamiyati yuzasidan malumotlar keltirib o’tilgan.Shu jumladan O’zbekiston Respublikasida suv yo’llaring hozirgi holati va suv yo’llariga qo’yiladigan asosiy talablar belgilanib, “Termiz ” suv porti to’g’risida bir qancha malumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CURRENT CONDITION OF WATERWAYS AND AREAS OF APPLICATION

This article provides information on the role of waterways, as well as the role of waterways in the economic development of the country, including the current state of waterways in the Republic of Uzbekistan and the main requirements for waterways., Some information about Termez water port.

Текст научной работы на тему «SUV YO’LLARINING HOZIRGI KUNDAGI AHVOLI VA QO’LLANILISH SOHALARI»

UDC 627.03

Ergashev X.E. stajor-o'qituvchi Mirzayev M.A. stajor-o'qituvchi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo 'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy Tadqiqot Universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish

instituti

SUV YO'LLARINING HOZIRGI KUNDAGI AHVOLI VA QO'LLANILISH SOHALARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada suv yo'llaring vazifasi va shu bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiy rivojlanishida suv yo'llaring ahamiyati yuzasidan malumotlar keltirib o'tilgan.Shu jumladan O'zbekiston Respublikasida suv yo 'llaring hozirgi holati va suv yo 'llariga qo 'yiladigan asosiy talablar belgilanib, "Termiz " suvporti to 'g'risida bir qancha malumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: suv yo 'li; port; prichal; daryo; shlyuz; yuk; suv omborlari.

Ergashev Kh. trainee teacher Mirzayev M.A. trainee teacher

Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers

National Research University Bukhara Institute of Natural Resources Management

CURRENT CONDITION OF WATERWAYS AND AREAS OF

APPLICATION

Annotation. This article provides information on the role of waterways, as well as the role of waterways in the economic development of the country, including the current state of waterways in the Republic of Uzbekistan and the main requirements for waterways., Some information about Termez water port.

Keywords: waterway; port; prichal; river; gateway; load; reservoirs.

Suv yo'llari yuklarni tashishda kemalar harakatlanishi maqsadida kerak bo'lgan suv havzasi bo'lib, okean, dengiz, ko'l, suv omborlari, daryolar va uning irmoqlari, kanallar hisoblanadi. Suv yo'llari odatda tashqi okeandagi, dengizdagi va ichki daryodagii, ko'llardagilarga bo'linadi. Ichki suv yo'llari o'z navbatida tabiiy va su'niy suv yo'llariga bo'linadi. Tabiiy ichki suv yo'llariga tabiiy holatdagi daryo va ko'llar kiradi. Su'niy suv yo'llariga esa shlyuzlangan daryo va suv omborlari hamda kema yuradigan kanallar kiradi.

Ichki suv yo'llarida u yoki bu yuklami tashishining maqsadga muvofiqligi bu suv yo'larning chegaralari va texnik xususiyatlariga bog'liq. Suv yo'llarning geografik xususiyati bo'lib uning daryo tarmog'ida planda joylashuvi gidrografiya bilan aniqlanishi tushuniladi. Shu sababli ichki suv yo'llarida yo'lni uzaytirish koeffitsienti, quruqliklardagi transpotga qaraganda katta.

Suv yo'llarning asosiy texnik xususiyati bo'lib, kichkina qarshilik va ularda kemalarning uncha katta bo'lmagan tezlikda harakatlanishi, yuklarni suvda tashish aralash suzadigan kemalarda («daryo-dengiz»), har xil dengiz havzalari portlari orasida tashish yoki dengiz va daryo portlari orasida tashish ham tejamli va maqsadga muvofiqdir.

Hozirgi kunda kelib bir davlatdan ikkinchi bir davlatga yuklarni oldi -sotdi ishlarini amalga oshirishda, yuklarni yetkazib berish hizmati asosiy o'rinni egallaydi.Shu bilan bir qatorda yo'l harajatlari va yuklarni yetkazib berishga ketadigan vaqt muhim ahamiyat kasb etadi.O'zbekistonning Termiz shahrida joylashgan "Termiz" suv porti O'zbekiston hududidan o'tgan Amu daryo havzasida joylashgan mayda tumanlar va qo'shni davlatlar o'rtasida suv transporti vazifasini bajarmoqda.

Termiz daryo porti- Amudaryoning yuqori oqimida, Termiz shahrida joylashgan daryto porti; xo'jalik faoliyati bilan shug'ullanadigan ishlab chiqarish. birlashmasi. 1994-yilda tashkil etilgan. Tarkibida "Termiz" daryo porti, suv yo'lining Termiz uchastkasi, kema ta'mirlash ustaxonalari bor. Maydoni 20,5 ga. 1953-yilda qurilgan.Hozirda tashqi savdo yuklariga mo'ljallangan sig'imi 10 ming t bo'lgan yopiq va 100 ming t yukka mo'ljallangan ochiq omborlarga ega. Portga kiraverishda fumigatsiya kameralariga ega bo'lgan "Termiz port eksport" t.y. stansiyasi, 6 km uzunlikdagi ichki port shoxobcha yo'li, quvvati 7000 tG'sutka bo'lgan neft quyish prichali bor.

Port tashqi savdo eksport import tranzit va gumanitar yuklarni ortish tushirish, yuklarni omborxonalarda saqlash, daryo floti yordamida yuklarni Afg'onistonning Sherxon va Hayraton portlariga yetkazib berish, belgilangan tariflarga ko'ra, yo'lovchilarni tashish va boshqa vazifalarni bajaradi. Termiz daryo porti. Jahon xalqaro yuk tashuvchi va xalqaro ekspeditor dengiz va daryo portlari ro'yxatiga kiritilgan. Termiz daryo portining yuk o'tkazish yillik quvvati 600 ming t, yuklarni tushirish ortish quvvati 900 ming t. Turli maqsadlardagi 17 ta teploxod va yuk barjalariga, 10 ga yaqin port kranlariga ega.

Shuni aytish joizki har bir lagistika xizmatining o'ziga xos bo'lgan talab va qoidalari mavjud hisoblanadi.

Umumiy transport tizimida ichki suv yo'llarining rolini baholash uchun transportga qo'yiladigan talablarni ko'rib chiqamiz.

Zamonaviy transportga quyidagi talablar qo'yiladi:

-tashishning tezkorligi;

-passajir va yuklarni tashishning xavfsizligi;

-tashishning umumiyligi;

-tashishning doimiyligi va regulyarligi.

Daryo transporti uning to'g'ri tashkil qilganda boshqa transport turlaridan quyidagi sabablarga ko'ra eng arzon hisolanadi:

-birinchidan, boshqa transport turlariga qaraganda yuklarni tashish uchun energiya sarfi kamligi, (yoqilg'iga kam sarf bo'ladi);

-ikkinchidan, harakatlanuvchi tarkibga kam harajat bo'ladi, o'lik yukning (taraning) kamligi;

-uchinchidan,suv yo'lini qurish uchun temir yo'lga nisbatan kam harajat bo'lishi.

Harakatning xavfsizligi bo'yicha statistika ma'lumotlari shuni ko'rsatdiki, daryo transporti temir yo'l, avtomobil aviatsiya transportlariga qaraganda ancha oldinlarda turadi.

Yukni tashishning umumiyligi deganda bir tomonlama, transportning har xil turdagi yuklarni tashishga moslangani, boshqa tomonlama esa, bir paytda katta qiymatdagi bitta turdagi yuklarni tashish qobiliyatini tushunish mumkin. Daryo transporti bu talablarga to'liq javob beradi.

Birinchi iqlim sharoitida tashishning doimiyligi va reguliyarligini daryo transporti to'liq qoniqtiradi.

Yuqoridagi talablarni inobatga olgan holda "Termiz" suv portini yanada kengaytirish va qo'shni chegara davlatlarni suv porti bilan bog'lash vazifasini ilgari surish lozim.

Adabiyotlar:

1. A Krutov, B Norkulov, P Nurmatov, M Mirzaev, "Applicability of zero-dimensional equations to forecast nonconservative components concentration in water bodies" IOP Conference Series: Materials Science and Engineering 2020, volume 883 https://iopscience.iop.org/issue/1757-899X/883/1

2. B Uralov, K Isabaev, F Jamolov, M Akhmadi, M Mirzaev. "The influence of the shape the living section of the pressureless machine channel and the roughness of its wetted surface on the hydraulic resistance" International Scientific Conference Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering (CONMECHYDRO - 2020) 23-25 April 2020, Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers, Tashkent, Uzbekistan https://iopscience.iop.org/issue/1757-899X/883/1

3. IA Ibragimov, UA Juraev, DI Inomov. Hydromorphological dependences of the meandring riverbed forms in the lower course of the Amudarya river. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. (2022-01-18, Volume: 949, 1-8 p.) https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1755-1315/949/1/012090

4. H Ismagilov, I Ibragimov. Hydraulic parameters on the curvilinear section of the river channel in conditions of regulated water flow. Conferinta "Cadastru si Drept" Lucräri §tiin|ifice, Chisinäu, Moldova. (2013. Volume: 33, 69-72 б.) https://ibn.idsi.md/sites/default/files/imag_file/69-72_5.pdf

5. Х.А Исмагилов, И.А. Ибрагимов. Рекомендации по гидравлическому расчету и креплению берегов русла реки Амударья, в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: Проблемы механики. (2014/3. №1. 66-69 c.)

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0DZ EakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ:xtRiw3GOFMkC

6. ХА Исмагилов, ИА Ибрагимов. Движение паводковых вод в руслах в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: Проблемы механики. (2014. №1. 69-71 c.) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0DZ EakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ:tS2w5q8j5-wC

7. ИА Ибрагимов. Морфологические параметры на криволинейном участке реки в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: Проблемы механики. (2014. №1. 65-68 c.) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0DZ EakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ:maZDTaKrznsC

8. ХА Исмагилов, ИА Ибрагимов. К вопросу о коэффициенте шероховатости русел рек в условиях зарегулированного стока воды. Журнал: ГИДРОТЕХНИКА. (2013. №4. 40-45 c.) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0DZ EakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ: 1 sJd4Hv_s6UC

9. HA ISMAGILOV, IA IBRAGIMOV. Hydromorphological relations of channels under regulated runoff conditions. Journal Problem's of Mechanics, Tashkent. (2011. №1. 35-37 p.) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0DZ EakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ:pqnbT2bcN3wC

10. ХА Исмагилов, ИА Ибрагимов. Гидроморфологические зависимости русел рек в условиях зарегулированного стока воды. Проблемы механики. (2011. №1. 35-37 c.) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=B0DZ EakAAAAJ&citation_for_view=B0DZEakAAAAJ:TQgYirikUcIC

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.