Научная статья на тему 'SUV-BO‘YOQ TEXNIKASIDA AKVAREL VA GUASH MATERIALINING AHAMIYATI'

SUV-BO‘YOQ TEXNIKASIDA AKVAREL VA GUASH MATERIALINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
291
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Akvarel / guash / suvli bo‘yoqlar / torshon / texnologiya / bardoshli / texnik usul / rangtasvir / etyud / grafika / shaffof / lessirovka / qatlamli usul / mua'yan tartib / meyyor / hususiyat / bilim / tajriba / ko‘nikma / metodika / tahlil / tur / dastgohli rangtasvir / qayta ta’mirlash / ko‘rgazma / namoish / loyqa rang / tus / ijod. / Watercolor / gouache / watercolor / torchon / technology / durable / technical method / painting / study / graphics / transparent / lessing / layered method / specific order / standard / feature / knowledge / experience / skill / methodology / analysis / type / easel painting / repair / exhibition / exposition / blur / color / creativity.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Yunusaliyev, M.T.

Talabalarning amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlarini suv bo‘yoq bilan bajarish jarayonini nazoratga olib kuzatilganda, ular tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan texnologik xatolarga munosabat bildirib, shuni ma’lum qilamanki, ko‘pchilik talabalar akvarel bo‘yoqlari bilan guash bo‘yog‘i xususiyatlarining texnologik jihatlaridagi nozik farqni his etmaganliklari tufayli bajargan ishlarida akvarelning shaffoflik xususiyatiga putur yetgan. Ranglar qo‘yiq berilib, natijada ko‘p ishlar loyqalangan. Ular suv-bo‘yoq turlari va ularning xususiyatlari haqida to‘liq amaliy tajriba va ma’lumotga ega emasliklari ma’lum bo‘ldi. Bundan ko‘rinib turipdiki usbu mavzu yuzasidan ularda yetarli darajada tajriba va ko‘nikma yo‘q. Shuni nazarda tutgan holda quyida, talabalar amaliy mashg‘ulotlar jarayonida qatiy rioya qilishlari shart bo‘lgan bir qator amallar hamda ushbu mavzuga oid suvbo‘yoqda akvarel va guash bo‘yoqlarining hususiyatlari hamda ularni ishlash texnikasi bo‘yicha ayrim nazariy jixatlari hususida talabalarga maslahatlar berildi. Yuqorida ko‘rsatilgan ushbu muammoni bartaraf etish uchun akvarel hamda guash bo‘yoqlarida galma-gal etyudlar yozishni doimiy ravishda yo‘lga qo‘yish juda muhim bo‘lib, unda akvarel bo‘qlarida nozik qatlamlar bilan, guash bo‘yog‘ida esa qo‘yiq qatlamda ishlashni, talabadan ma’lum bir vaqtgacha yo‘lga qo‘yish talab qilinadi. Faqat shundagina talabalar ma’lum bir tajribaga ega bo‘lib, yuqorida aytib o‘tilgan xato va kamchiliklardan holi bo‘ladilar. Natijada ushbu mavzu yuzasidan ularda amaliy bilim va ko‘nikma hosil bo‘ladi. Ushbu maqolada akvarel va guash bo‘yoqlari hamda ularda ishlash texnikasining o‘ziga hos hususiyatlaridagi farqi yuzasidan muammoli vaziyatni yechimlari tahlili berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE VALUE OF WATERCOLOR AND GOUACHE MATERIAL IN THE TECHNIQUE OF WATER-BASED PAINT.

Observing the process of students performing practical classes and independent study tasks in watercolor, reacting to the technological mistakes they made, I inform you that most students are watercolorists due to the fact that they did not feel a subtle difference in the technological aspects of the properties of gouache, the transparency property of watercolor in their work was disrupted. Colors are washed out, causing much of the work to be washed out. It turned out that they do not have full practical experience and knowledge about the types of watercolors and their characteristics. It is clear that they do not have enough experience and skills in this matter. With this in mind, below, a number of actions that students must strictly follow during practical training, as well as some theoretical aspects of the characteristics of watercolor and gouache paints in watercolor related to this topic, as well as some theoretical aspects of their working techniques, were given to students. To overcome the above problem, it is very important to constantly create alternating sketches in watercolor and gouache, in which watercolor is applied in a thin layer, and gouache. To work with a thick layer, the student is required to set a certain time. Only then will students gain some experience and be free from the above errors and shortcomings. As a result, they will gain practical knowledge and skills on this topic. This article presents an analysis of options for solving a problem situation regarding the differences between watercolors and gouache and the features of the technique of working with them.

Текст научной работы на тему «SUV-BO‘YOQ TEXNIKASIDA AKVAREL VA GUASH MATERIALINING AHAMIYATI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

SUV-BO'YOQ TEXNIKASIDA AKVAREL VA GUASH MATERIALINING

AHAMIYATI

Talabalarning amaliy mashg'ulotlar va mustaqil ta'lim topshiriqlarini suv bo 'yoq bilan bajarish jarayonini nazoratga olib kuzatilganda, ular tomonidan yo 'l qo'yilayotgan texnologik xatolarga munosabat bildirib, shuni ma'lum qilamanki, ko'pchilik talabalar akvarel bo'yoqlari bilan guash bo'yog'i xususiyatlarining texnologik jihatlaridagi nozik farqni his etmaganliklari tufayli bajargan ishlarida akvarelning shaffoflik xususiyatiga putur yetgan. Ranglar qo 'yiq berilib, natijada ko 'p ishlar loyqalangan. Ular suv-bo 'yoq turlari va ularning xususiyatlari haqida to 'liq amaliy tajriba va ma 'lumotga ega emasliklari ma 'lum bo 'ldi. Bundan ko 'rinib turipdiki usbu mavzu yuzasidan ularda yetarli darajada tajriba va ko 'nikma yo 'q. Shuni nazarda tutgan holda quyida, talabalar amaliy mashg 'ulotlar jarayonida qatiy rioya qilishlari shart bo'lgan bir qator amallar hamda ushbu mavzuga oid suvbo'yoqda akvarel va guash bo'yoqlarining hususiyatlari hamda ularni ishlash texnikasi bo 'yicha ayrim nazariy jixatlari hususida talabalarga maslahatlar berildi. Yuqorida ko 'rsatilgan ushbu muammoni bartaraf etish uchun akvarel hamda guash bo'yoqlarida galma-gal etyudlar yozishni doimiy ravishda yo'lga qo'yish juda muhim bo 'lib, unda akvarel bo 'qlarida nozik qatlamlar bilan, guash bo 'yog'ida esa qo'yiq qatlamda ishlashni, talabadan ma'lum bir vaqtgacha yo'lga qo'yish talab qilinadi. Faqat shundagina talabalar ma'lum bir tajribaga ega bo'lib, yuqorida aytib o'tilgan xato va kamchiliklardan holi bo'ladilar. Natijada ushbu mavzu yuzasidan ularda amaliy bilim va ko 'nikma hosil bo 'ladi. Ushbu maqolada akvarel va guash bo 'yoqlari hamda ularda ishlash texnikasining o 'ziga hos hususiyatlaridagi farqi yuzasidan muammoli vaziyatni yechimlari tahlili berilgan.

Kalit so'zlar: Akvarel, guash, suvli bo'yoqlar, torshon, texnologiya, bardoshli, texnik usul, rangtasvir, etyud, grafika, shaffof, lessirovka, qatlamli usul, mua'yan tartib, meyyor, hususiyat, bilim, tajriba, ko'nikma, metodika, tahlil, tur, dastgohli rangtasvir, qayta ta 'mirlash, ko 'rgazma, namoish, loyqa rang, tus, ijod.

M.T.Yunusaliyev

Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Tasviriy san'at kafedrasi katta o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

THE VALUE OF WATERCOLOR AND GOUACHE MATERIAL IN THE TECHNIQUE OF WATER-BASED PAINT.

ABSTRACT

Observing the process of students performing practical classes and independent study tasks in watercolor, reacting to the technological mistakes they made, I inform you that most students are watercolorists due to the fact that they did not feel a subtle difference in the technological aspects of the properties of gouache, the transparency property of watercolor in their work was disrupted. Colors are washed out, causing much of the work to be washed out. It turned out that they do not have full practical experience and knowledge about the types of watercolors and their characteristics. It is clear that they do not have enough experience and skills in this matter. With this in mind, below, a number of actions that students must strictly follow during practical training, as well as some theoretical aspects of the characteristics of watercolor and gouache paints in watercolor related to this topic, as well as some theoretical aspects of their working techniques, were given to students. To overcome the above problem, it is very important to constantly create alternating sketches in watercolor and gouache, in which watercolor is applied in a thin layer, and gouache. To work with a thick layer, the student is required to set a certain time. Only then will students gain some experience and be free from the above errors and shortcomings. As a result, they will gain practical knowledge and skills on this topic. This article presents an analysis of options for solving a problem situation regarding the differences between watercolors and gouache and the features of the technique of working with them.

Keywords: Watercolor, gouache, watercolor, torchon, technology, durable, technical method, painting, study, graphics, transparent, lessing, layered method, specific order, standard, feature, knowledge, experience, skill, methodology, analysis, type, easel painting, repair, exhibition, exposition, blur, color, creativity.

Abu Nasr Forobiyning kasb-hunar egallash bobidagi fikrini eslash o'rinlidir:

"... Kimda eng go'zal va foydali narsani kashf qilish fazilati bo'lsa, agar u kashf etgan narsa haqiqatan ham uning xohishiga va boshqa birovning xohishiga mos kelsa demak boshqalarning xohishiga mos keladi, degan gumon bo'lsa, kashf qilingan yoki yaratilgan narsa haqiqatan ham yaxshi va foydalidir". Bu fikr har bir ustaning qalbida.

Akvarel suvga asoslangan bo'yoqlar bo'lib, suv bilan bajariladigan rasm turidir. Akvarel qadim zamonlardan beri ma'lum. Akvarel Misr papiruslarida, Movaraunahr mojaz (miniatyura) san'at asarlarida va Vizantiya miniatyuralarida ham ishlatilgan.

KIRISH.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

Dyurerning akvarellari o'rta asrlardan beri ma'lum. Uyg'onish davrida akvarel ko'pincha freskalar va dastgohli rangtasvir san'atida eskizlar yaratish uchun ishlatilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

Hozirgi kungacha Behzod, Rafael, Rubens va boshqa rassomlarning akvarel bo'yoqlarida ishlagan rasmlari saqlanib qolgan. XII asrda ijod qilgan ozarbayjon miniatyurachi va husnixat ustasi Sodiqbek Afshariy o'z tajribalarining tarixi kitobida suvli rang - bo'yoqlar haqida shunday yozadi: «Agar sen suvli bo'yoqlar tayyorlaganingda elim kam qo'shilgan bo'lsa, bunday rang bo'yoq qurigach to'kilib ketadi, bordi-yu yelim haddan ziyod ko'p qo'shib qo'yilgan bo'lsa, rang bo'yoq qurib yelim yuzaga chiqib qoladi. Demak, meyyorni topib olishing kerak.Shuning uchun siz muvozanatni topishingiz kerak.»

"Qo'lyozma kitoblarni bezash" (XIII-XVIII asrlar) kitobida Sodiqbek yana shuni ma'lum qiladi: "Asarlaringga yog'li qo'li tegsa, asta-sekin suyak yelimi bilan yuvib, quritgandan keyin qayta bo'yab turish kerak. bir xil bo'yoq. Quritgandan keyin uni tekislang.

Yog' dog'larini olib tashlaydigan yana boshqa usullar ham bor deb yozadi XVI-XVII asr husnihat ustasi Mir Imad Kazvin o'zining "Odab-ul-mashq" kitobida:

«Ozgina so'nmagan ohak olib, qog'ozning dog' bo'lgan yuzasiga sepiladi, ustidan toza oq qog'oz qo'yib, tekis tosh bilan bostirib qo'yiladi, qarabsiz-ki, biroz vaqt o'tgach, ifloslangan dog'li qog'oz yuzasi asl holiga kelib qoladi.»

Bulardan bizga shu narsa ma'lumki, suvli bo'yoqlar bilan O'rta Osiyo xalqlari qadim-qadimdan muloqotda bo'lganlar, ammo diniy aqidalarning noto'g'ri talqini tufayli, rang-tasvir davomchilari kamayib ketgan.

Akvarel dastlab XVII asrda Angliyada, so'ng XIX asr boshlaridan Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham rassomlikning mustaqil turiga aylandi.

Akvarel rassomligi Rossiyada juda boy an'analarga ega. U Rossiyada XVIII asrda shakllanadi. XIX asr boshlarida A. A. Ivanov, K. I. Brubel va Fedotovlar asarlarida yuksak darajada rivojlandi.

1880 yilda Rossiyada birinchi "Akvarel rassomlari jamiyati" tashkil etildi. Ushbu jamiyat har yili akvarel rassomlarining ko'rgazmalarini o'tkazadi. I. E. Repin, I. Surikov, A. Serov, M. A. Vrubel, I. Levitan kabi rus rangtasvirining buyuk ustalari san'atning turli janrlarida akvarel rangtasvirining durdonalarini yaratdilar.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida akvarel rassomligida hilma-hil ijodiy oqimlar juda ko'p bo'lib, bularning barchasi rus akvarel maktabining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdilar. Bizning davrimizda akvarel mustaqil yaxshi ishlab chiqilgan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(8), August, 2023

xom ashyo hisoblanadi. Bugungi kunda o'zbek rangtasvir ustalarining ham ko'pchiligi akvarelda ijod namunalarini asarlar yaratmoqdalar.

«Akvarel ko'zni ranglarni to'g'ri ko'rishga, qo'lni to'g'ri va dadil mo'yqalam tortishga, ongni esa rang qonunlarini hisob-kitob qilish va chuqur tushunishga o'rgatishi kerak» - degan edi P. P. Chistyakov.

NATIJALAR.

Birinchi kursda rangtasvirni o'rganish akvareldan boshlanadi. Akvarelda ishlash uchun mahsus «Torshon» qog'ozi yoki suvga chidamli va bardoshli toza oq qog'oz bo'lishi, hamda uni planshetga mustahkam qadab tortilgan holda qo'llaniladi. Amaliy mashg'ulot odatda 60x80 sm. o'lchamdagi qog'ozda bajariladi. Qog'oz yuqorida aytib o'tilgandek qattiq bo'lishi va surtiladigan bir necha suvli bo'yoq qatlamlariga chidamli va bardoshli bo'lishi hamda yuvilganda shishib bujmayib ketmasligi kerak. Suvni o'ziga yutuvchi yupqa qog'oz uzoq muddatli akvarelda rangtasvir ishlash uchun yaramaydi. Hozirgi davrda akvarel rassomligi uchun mahsus ishlab chiqarilayotgan «Torchon» qog'ozi hisoblanadi. Akvarel mo'yqalamlari suvga botirilganda o'tkir uchli yumshoq bo'lishi kerak. Bunday mo'yqalamlar suvsar yungidan tayyorlanadi. Akvarel bo'yoqlari suvda yaxshi eriydi. Bu hol suv bilan yupqa qatlamli ishlov berishda unga alohida tiniqlik va shaffoflik bag'ishlaydi. Agar qog'oz yuzasiga bir oz quyuq rang tusi berilsa, akvarel o'z

xarakterini yo'qotadi.

Akvarel usulidagi yana boshqa bir qiyinchilik -akvarelda ko'p qatlamli usulda, bo'yoq surtib, so'ng uni tuzatishdir. Shuning uchun ish qat'iyan mua'yan tartibda olib borilishi kerak. Avval birmuncha yorug' ranglar berilib, ular ochiq qoladilar. Keyin asta-sekin tobora to'q tusli ranglar berila boshlanadi. Tuzatishlar qilmaslik uchun tasvirni aniq chizib, ish puxta o'ylangan holda olib borilishi kerak. Yorug' joylarga bo'yoqni nihoyatda aniqlik bilan olishga harakat qilish lozim. Ishning asosiy rang tuslarini aniqlab olish uchun, dastlab uni kichikroq hajmda etyud qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday etyud uzoq davom etadigan ishda rang tuslarini topishga va ishlatiladigan bo'yoqlarni aniqlab olishga yordam beradi (1-rasm).

1-rasm

Akvarelda uzoq muddatli ish jarayonlarini uslubiy ravishda bajarish uchun lessirovka usuli (sirlash) qo'llaniladi. Ya'ni ishning ma'lum bir bosqichini qurigan pallasida, tasvirni ba'zi bir qismlari rang tuslarini umumlashtirish maqsadida,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

suyultirilgan och tusli rang bilan yupqa bo'yoq qatlamini berish. Lessirovkadan foydalanib birmuncha aniq rang tuslarini topish mumkin, bunda bir necha qurigan bo'yoqlar qatlami ustiga, so'ngi yupqa qatlamni umumiy tarzda ustalik bilan qoplab beriladi. Shunda tasvirning ba'zi-bir qismlarida o'ziga hos nyuan's rang tuslari paydo bo'lib, bu hol tasvirda fazoviylik hosil qila boshlaydi, natijada rang tuslarini boshqarish osonlashadi. Va shu yo'l bilan o'ziga xos rang tuslarini topishingiz mumkin. Faqat bo'yoq ifloslanmaslik uchun uch turdan ortiq bo'yoqni aralashtirmaslik shart. Bunday hollarda, lesserovka usuli yordam beradi. Ammo lesserovka usulini qo'llashning maxsus qoidalar mavjud. Lesserovka usuli bo'yoqlar tiniqligi va shaffofligiga asoslanadi, ana shu shaffoflik tufayli ranglar tub qismgacha ko'rininib turadi. Bu hislat ranglarini tiniqlashtirib rang tuslariga yoqimli yorqinlik bag'ishlaydi. Lesserovka rang kombinatsiyasining umumlashtiruvchi usuli bo'lib, yorqin aks ettirishga, hamda to'la ranglar uyg'unligiga erishish vositasidir. Ayniqsa u ochiq havoda, tabiat manzaralarida fazoviy bo'shliqni, shuningdek uzoqlashayotgan plandagi tasvirlarni aks ettirishda keng qo'llaniladi.

MUHOKAMA

Akvarelda etyud ishlash jarayonida, ba'zan ayrim joylarnini yuvishga yoki rangni yumshatishga to'g'ri keladi. Shunda ko'pchilik rassomlar shimgich o'rnida yumshoq gupkadan foydalanishadi. Bunday hollarda, iloji boricha akvarel uchun mo'ljallangan (olmaxon yungidan tayyorlangan) kata o'lchamdagi mo'yqalamdan foydalangan ma'qul. Biroq tuzatishlarga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish kerak, chunki akvarel ishining yangiligi va ozodaligini saqlagan holda, bo'yoq qatlamining tiniq va shaffofligiga putur yetkazmaslik lozim. Akvarel asarlari shunisi bilan go'zal bo'lib, hatto undagi detallashtirishda ham o'ta aniqlik va ehtiyotkorlik talab qilinadi.

Hajmli narsalar shaklini tasvirlashda badiiy tasavvurda o'ta aniqlikni, rang berishda nihoyatda puxtalikni taqozo etadi. Tafsilotlar yengil tushirilishi, ular aniq va ishonchli tarzda chiqishi kerak (1-rasm). Ana shundagina u tasvirning badiiy ta'sirchanligiga javob beradi. Akvarelda bir marta ishlab, ishni xatosiz yakunlashga harakat qilish lozim, unda qayta tuzatishlar mumkin emas. Aks holda qayta tuzatilgan joylar ish sifatini buzadi.

Qismlashtirishning texnik usuli, mo'yqalamni tortib bo'yoq berish hisoblanadi. Mo'yqalam tortayotgan bo'yoqning rangidan tashqari, uning yo'nalishiga ham e'tibor berish lozim. Shaklni ko'proq ta'kidlash uchun ingichka chiziq ishlatiladi. U mo'yqalamning o'tkir uchida beriladi, uning yordamida tasvirdagi mayda detallar chiziladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(8), August, 2023

Akvarelda qisqa muddatli etyudlar uchun "namli ishlash"usulini qo'llagan yaxshi. Bu usulda bajarilgan ish juda qiziqarli bo'lib, tasvirlanish jihatdan bo'yoqlar ta'sirchanligi yuqori bo'ladi. Bu usul bir bo'yoq qatlamiga boshqa ikkinchi bo'yoq qatlamini ulab ketish qoidasiga asoslangan bo'lib, nozik rang yog'dularining jilos ini mujassamlashtiradi. Akvarelda "namli ishlash" usuli - bu ishni tez bajarish va ranglarni yaxshi sezish bilan birgalikda olib boriladigan ish qoidasidir.

Akvarelda ishlash usul va qoidalarini yaxshi bilish, ishning muvoffaqiyatli garovidir. Akvarel bo'yg'ida ishlash juda zavqli bo'lib, uning jilvasi ishlayotgan rassomning chehrasi ochiq bo'lishiga bir ishoradir. Akvarel usulida, tasvirdagi detallarni ishlash ham oson emas. U badiiy tasavvurda aniqlikni, rang berishda puxtalikni va hajimli narsalar shaklni zo'r bilishni taqozo etadi.

Rasm solishning qadimiy usuli guash, suv bo'yoq turlaridan biri sifatida ma'lum bo'lib, XVI asr o'rtalarida ijod qilgan rassom Paolo Pano tomonidan birinchi marta ishlab chiqilgan. Bizning zamonamizda u yanada ommalashib ketdi, maxsus guash bo'yoqlar ishlatiladigan yoki guash belgilari qo'shiladigan suv bo'yoq rassomligi sifatida tarqaldi.

Guash - bu akvarelga o'xshash suvda eriydigan bo'yoq b'lib, lekin uning bo'yoqlari shaffof emas, balki qo'yiq qatlamlar bilan qoplanadigan bo'yoq turi hisoblanadi. Deyarli moybo'yoq kabi. Rangi muvaffaqiyatli bo'lmagan joylarni qayta

bo'yab ishlash mumkin. Ammo guash tarkibiga to'ldiruvchi sifatida qo'shilgan bo'r tufayli, quriganda guash o'z tusini o'zgartirib oqarinqirab qoladi. Guashning bu xususiyati ishlash jarayonida katta qiyinchiliklar tug'diradi.

Shuning uchun, uning qanchalik oqarib qolishini aniq topa bilish lozim. Bu vazifani guash bo'g'ida ishlash jarayonida malaka orttirish oqibatida uddasidan chiqish mumkindir. Guash bo'yog'ni xuddi akvarel kabi suyuq qilib bo'yash mumkin, ammo guashdagi xamirsimon holat nihoyatda ehtiyotkorlikni talab qiladi, chunki bo'yoqning qalin qatlami yorilib ketishga moyil bo'ladi.

2-rasm

Bundan tashqari, xamirsimon holatdagi yuqori qatlam pastki qatlamlarni yuvib yuborishi va ular bilan aralashib ketish ham mumkindir. Guash suvda osongina yuvilib ketadi. Guashning ana shu xususiyati tufayli qurigan joylarga yupqa bo'yoq

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

berish mutlaqo mumkin emas. Guash usulida ishlash jarayonida rang umlashmalaridan keng foydalanib, manzaralami ta'sirchan chiqarish mumkin. Guashning xususiyat-larini nur bilan yoritilgan manzarali natyurmortlarda to'liq namoyon etsa bo'ladi.

Katta makon bo'lmagan shaklga kuchli bo'yoq berish va narsalar makonda ko'mib tashlanmagan hollarda undan fo'ydalanish samaralidir. Bunday natyurmortlarda guashning imkoniyatlari asarning manzara jihatdan ta'sirchan hamda mutanosiblik vazifalarining aniq va lo'nda bajarilishiga mos tushadi. Shuningdek guash bo'g'dan teatr rassomchiligida, afisha va grafikada hamda xalq amaliy san'atida juda unumli foydalanish mumkin (2-rasm).

Guashdan asosan dizayn ucun xomaki eskizlar, hamda vaqtinchalik bezak vazifasini o'tovchi vosita sifatida dekorativ pano, shuningdek kitob grafikasi va xalq amaliy san'atida unumli foydalanish mumkin. O'qitish jarayonida shu narsaga yana bir bor amin bo'ldik-ki, o'qitish metodikasi, amaliy mashg'ulotlar bilan birga, ularni rivoji va badiiy darajasi ustida fikr yuritish, hozirgi zamon talabi bo'lib qoldi. Albatta, biz yaratayotgan rangtasvir va chizgilar doimo bezak bo'lavermaydi, ayrimlarigina bu talabga javob berishi mumkin. Dizaynchi talabalar kurs loyihalarida turli inter'yer dizayn eskizlarini yaratadilar. Agar ularga har taraflama i badiiy talab doirasi kengligini o'rgatsak albatta ular ham ijodiy jarayonda yangi qirralarini ochishga harakat qiladilar. Uhbu maqsaddan kelib chiqib talabalar, suv-bo'yoqda rangtasvir ishlaganda akvarel va guash bo'yoqlari farqidagi ranglar munosabatini qachon, qay tarzda, qanday qo'llash mumkinligini bilib olishlari kerakdir. Aks holda suv-bo'yoqqa asoslangan rangtasvirda muvofaqiyatga erishib bo'lmaydi. Shunga ko'ra talaba har doim, ishning natijasi ko'rgazmali namoyishda ma'lum bo'lishini unutmaslik kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Р.Ш. XannnoB. Учебное пособие «АКВАРЕЛЬ» ТАШКЕНТ 2009 г. (5-16 betlar)

2. R. Xudoyberganov. Rangshunoslik asoslari-Toshkent. G'.G'ulom nomida-gi nashriyot-matbaa ijodiy uyiushmasi. 2006.

3. 3.Sohibov, R. (2022). RANGLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 234-238.

4. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

5. AxMegoBa, H. 3. (2022). MYL:*A3 CAHLATHHHr EETAKPOP HAOOCAT O.AMH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.

6. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.

7. CynafiMaHOBa, C. E. K. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-150.

8. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF D EVELOPMENT OF FINE ARTS.

9. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

10. AxMegoBa, H. 3. (2022). MyK*A3 CAHLATHHHr EETAKPOP HAOOCAT O.AMH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.

11. CynafiMaHOBa, C. E. K. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-150.

12. Yuldashev, I. (2022). BORLIQNI IDROK ETISH VA TASVIRLASHGA DOIR DASTLABKI MA'LUMOTLAR HAMDA ULARNI XARAKTERLI JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 9-

13. A'Zamjonov, A. A. Z. (2022). UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA INNOVATSION YONDASHUV YO'LLARI MAVZUSI BO'YICHA AMALIY ISHLANMA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 56-60.

14. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

15. БМ Курбанова, М Юнусалиев, Н Арзиева. ОСОБЕННОСТИ ТЕХНИКИ: АКВАРЕЛЬ, МАСЛО И ГУАШЬ Research Focus 1 (2), 319-325

16. A'Zamjonov, A., & Hamdamov, K. H. (2022). TASVIRIY SAN'AT MASHG'ULOTLARI MAZMUNINING DAVLAT TA'LIM STANDARTLARI

15.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

BILAN BOG'LIQLIGI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 71-77.

17. Boboyeva, Z. A., & Mo'Minova, D. B. Q. (2022). TALABALARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 221-233.

1. www.wikihow.com

2. www.helenstrom.blogspot.com

3. www.thesmartteacher.com

4. www.crayola.com

5. www. ziyonet.uz

Internet saytlari:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.