Xasanov P.A.
Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya kafedrasi o'qituvchisi
SURXONDARYO VILOYATIDA QISHLOQ XO'JALIGI LANDSHAFTLARINING SHAKLLANISHI
Annotatsiya. Qadimda inson qishloq xo'jalik faoliyati bilan bundan qariyb yetti ming yil ilgari ham shug'ullanganligi, yurtimizda esa besh ming yillik tarixga borib taqalishi arxeologik izlanishlar davomida aniqlangan. Yer landshaft qobig'ining qishloq xo'jalik maydonlari hisobiga o'zgarishga uchrashi ayniqsa XX asrda juda tez rivojlandi.
Kalit so'zlar: qishloq xo'jaligi, landshaft, modifikatsiya, ma'daniy landshaftlar, o'zgartirilgan landshaftlar, atrof-muhit, antropogen landshaftlar.
Khasanov P.A. lecturer
Department of Geography Termez State University Uzbekistan, Termez
FORMATION AGRICULTURAL LANDSCAPES IN SURKHANDARYA
REGION
Annotation. During archaeological research, it turned out that in ancient times people were engaged in agricultural activities almost seven thousand years ago, and in our country this goes back to five thousand years of history. The transformation of the Earth's landscape envelope at the expense of agricultural land developed very quickly, especially in the twentieth century.
Keywords. Agriculture, landscape, modification, cultural landscapes, modified landscapes, environment, anthropogenic landscapes.
Kirish. Landshaftlarda kichik bir qismini o'zgarishga uchrashi landshaft qobig'ining ham o'zgarishiga olib kelmoqda. Chunki, landshaftlar - tabiiy resurslar mavjud va resurslar qayta tiklanishi mumkin bolgan hamda genofond saqlanadigan tabiiy sistemadir. Insonning hayoti va faoliyati kechadigan muhit, tabiiy laboratoriya va estetik idrok qilish manbaidir. Qishloq xo'jaligi landshaftlarining takomillashuvi asosida kechadigan tabiat bilan "sun'iy" aloqalarning tezlashuvi ta'siri ortmoqda.
Asosiy qism. Inson xo'jalik faoliyati tufayli tabiatga ta'sir ortib borarkan, antropogen ta'sir ba'zi shakllarda esa antropogen yuk ham deb atala boshlandi. Landshaftlarning o'zgarish darajasi ko'rsatkichi antropogen ta'sirning katta-
kichikligi, ularning tabiiy xususiyatlari, morfologik shakllari kabilar bilan bog' liq hisoblanadi. Bugungi kunda antropogen omil, tabiiy landshaftlarning shakllanishi hamda o'zgarishida bosh omil hisoblanadi. Aholi sonining ko'payishi va ishlab chiqarish texnikalarining takomillashishi sababli uning roli ortib boradi.
I. M. Zabelinning fikricha: ma'daniy landshaft tabiiy sharoiti bir xil bo'lgan va ko'p yillar davomida xo'jalikning biror tarmog'ida foydalanilayotgan hududlardir, deb atadi. Qishloq xo'jalik landshaftlarini V. A. Nikolayev (19791984) yillarda o'rgana turib, agrolandshaft tizimlari yoki agrolandshaftlar deb ataydi.
Qishloq xo'jaligi qadimdan ananaviy uch yo'nalishda rivojlanib kelmoqda: Obikor dehqonchilik, lalmikor dehqonchilik, chorvachilik kabi qadimiy shakllarga ega. Bu yo'nalishlar ichida tabiiy landshaftlarga eng ko'p ta'sir obikor dehqonchilikdan o'tadi hamda antropogen landshaftlarning o'ziga xos tipi shakllandi.
Mazkur agrolandshaftlarni nomlashda O'zbekistonda L. N. Babushkin, N. A. Kogay 1964 yillarda - sug'oriladigan yerlar landshaftlari deb atagan bo'lsa, N. A. Gvozdetskiy - voha landshaftlari, F. N. Chalidze - irrigatsion landshaftlar deb atashni taklif qildi. Umumiy olib qaraganda ushbu qarashlarning negizi bir, faqat nomlanishini mohiyati har hil ko'rinishda, chunki barcha fikrlar agrolandshaftlar va uning xususiyatlari haqida boradi.
Qishloq xo'jalik sohasidagi asosiy maqsad bu albatta ko'p va mo'l hosil olish hisoblanadi. Shu maqsad yo'lida landshaftni o'zgartiradi. O'zgarishlar qatoriga yerni haydash, o'g'itlash, ekin ekish, sug'orish, begona o'tlardan tozalash, gerbitsed va pestitsedlardan foydalanish, zaxni qochirish va hokazo. Bunday jarayon yillar davomida qaytalanaveradi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki obikor yerlarda agrolandshaftlarning holati muvozanatli emas, chunki ba'zi hududlardagi landshaftlar qishloq xo'jaligining ma'lum bir tarmog'i uchun mo'ljallangan bo'ladi. Sug'orma dehqonchilikning inson hisobga olmagan hodisa hamda jarayonlarni boshlab beradi masalan, yer osti suvlari sathi ko'tarilishi, dalalardan qaytgan oqova suvlarning tarkibida mineral tuzlarning ortishi, ikkilamchi sho'rlanish, irrigatsiya eroziyasi va b. ni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababdan ham antropogen rivojlanish bosqichida yuzaga keluvchi qaramaqarshiliklarni oldini olish yoki juda bo'lmaganda ularning ko'lamini kamaytirish uchun landshaftlarning tashqi ta'sir kuchlariga nisbatan barqarorligini aniqlash kerak bo'ladi.
Bugungi kunda yer yuzining barcha katta - kichik hududlarida tarqalgan landshaftlar antropogen ta'sirga bevosita yoki bilvosita muayyan darajada uchragan. Quruqlik yuzining deyarli 70 % maydonida tabiiy landshaftlar insonning ta'siri ostida qisman yoki to'liq o'zgartirilgan.
Ms-Kloskey va J. Michael (1989) tomonidan topografik kartalar asosida olingan ma'lumotlarga ko'ra, jahondagi inson faoliyati tufayli juda kam o'zgartirilgan landshaftlarning maydoni 48 mln. km2 ni yoki quruqlik maydonining 32% dan ziyodrog'ini tashkil etadi [3;].
Hozirda ilmiy-texnika taraqqiyotiga mutanosib tarzda ularning yangicha shakllari paydo bo'lmoqda (qishloq xo^jaligi, sanoat, rekreatsion, aholi manzilgohlari landshaftlari va b.). Hozirgi davrda yer yuzida antropogen landshaftlar orasida eng katta ulushga ega maydonni tabiiy hamda qishloq xo'jalik bloklari, ya'ni geosistemalar - qishloq xo'jalik landshaftlari tashkil etadi.
Agrolandshaftlarning ilk ko'rinishlari sayyoramizda qariyb 16 ming yil ilgari insonning dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanishi hisobiga hosil bo'la boshlagan. Bugungi kunda agrolandshaftlar quruqlikning 35 % maydonini egallagan holda dehqonchilikda foydalaniladigan yerlar 20 mln. km2 dan ortiq maydonni ishg'ol qiladi va bu ko'rsatkich bo'yicha O'zbekistonda 4. 3 mln ga yerdan qishloq xo'jaligida foydalanilmoqda. Agrolandshaftlar O'zbekiston, xususan Surxondaryo botig'i hududi uchun ham xarakterlidir. Hududning qishloq xo'jaligi qadimdan an'anaviy tarzda - sug'orma dehqonchilik, lalmikor dehqonchilik va chorvachilik yo'nalishlarida rivojlanib kelmoqda hamda tabiiy landshaftlarning "antropogenlashuvi" jadal sur'atlarda kechmoqda.
Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish kuchlari, vositalari kabilarni qamrab olgan va mehnat predmeti bo'lgan agrolandshaft: ishlab chiqarish kuchlari bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar rivojlanishining mahsulidir. Agrolandshaft antropogen landshaftning bir turi hisoblanib, insonning qishloq xo'jalikdagi faoliyati orqali rivojlanadi.
Agrolandshaft muayyan ko'rinish va tuzilmaga ega bo'lgan, o'zaro ta'sirdagi tabiiy komponentlar majmuasidan, va shuningdek qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish tizim elementlaridan iborat bo'lgan murakkab uyushgan ko'p o'lchamli antropogen geosistemadir. Binobarin, agrolandshaft tuzilmasida hudud uyushuvidan va dehqonchilik tizimidan shakllangan uning elementlari ifodasini topishi lozim. Surxondaryo viloyatida ham tabiiy landshaftlarni o'rniga inson omili asosida o'zlashtirilgan qishloq xo'jalik landshaftlarining holati birmuncha ahamiyatga molik hisoblanadi. Chunki viloyatda issiqsevar ekinlarga mo'ljallangan sharoitga juda qulayligi, qishloq xo'jaligi landshaftlarini chuqur o'rganishga zarurat tug'diradi. Viloyatda jami 277877 ga yer qishloq xo'jalik yerlari mavjud bo'lib, hozirgi kunda agroiqlimiy resurslarni hisobga olgan holda ish olib borilmoqda.
1-jadval
Umumiy ma'lumotlar 2023yil 1yanvar holati bo'yicha
Tarmoq va yo'nalishlar nomi O'lchov birligi Miqdori
Jami yer maydoni gektar 2009911
Shundan:
Qishloq xo'jaligi yerlari gektar 277877
Sug'oriladigan ekin yerlari gektar 238394
Lalmi ekin yerlar gektar 39483
Tomorqa yerlari gektar 63195
Ko'p yillik daraxtzorlar gektar 34215
Yaylovlar gektar 824565
Bo'z yerlar gektar 292
O'rmonzorlar gektar 233283
Manba: Surxonstat. uz ma'lumotlari asosida tuzildi.
Jamiyatda kishilarning qishloq xo jalik faoliyati, yer resurslaridan foydalanish sharoitlari xilma-xil hisoblanadi. Bunga misol qilib lalmikor yerlarning agrolandshaftlari, boglar va tokzorlarning agrolandshaftlari, obikor yerlarning agrolandshaftlari va hokazo. O'rta Osiyoning qurg'oqchil, kontinental iqlim sharoitlarida obikor dehqonchilik, lalmikor dehqonchilik, yaylovlar, yem-hashak unadigan otloqlar va xar xil turdagi boglarning agrolandshaftlar areali uchraydi.
Qishloq xojaligida landshaft tadqiqotlari asosida ish yuritish, regional va mahalliy landshaft tadqiqotlarini kengaytirish zaruriyatini kun tartibiga qoyishni taqozo etadi, hamda landshaftlarning kartalashtirilishini, ayniqsa qishloq xo'jalik kartalarini takomillashtirishni taqozo etadi. Binobarin O'zbekiston Respublikasi hududida ham qishloq xo'jaligining ilk shakllari bundan qariyb besh ming yilga borib taqalishini hisobga olinsa shu davrlardan buyon tabiiy landshaftlarimiz ozmi ko'pmi o'zgartirila boshlangan. XX asrning boshlarida yurtimiz hududi, jumladan Surxondaryo viloyati hududining tabiati, tabiiy resurslari to'g'risida ham ma'lumotlar ko'plab ilmiy ekspeditsiyalar davomida to'plangan bo'lib, 1930-1940 yillarda olib borilgan ekspeditsiyalarning xulosaviy natijasi har qanday xalq xo'jalik masalalari landshaft tadqiqot usullari yordamida aniqlansa samarali ekanligi ma'lum bo'ldi. Ayni shu davrlardan boshlab O'zbekiston hududining cho'l qismlari o'rganilib yangi ekin yerlari ochila boshlandi. Jumladan viloyat hududining ham katta maydonlari o'zlashtirildi va qishloq xo'jaligi landshaftlariga aylantirildi. Tabiiy landshaftlarning o'zlashtirilishi hisobiga so'ngi yillarda qishloq xo'jaligi yerlarining degradasiyaga uchrash hollari ham uchramoqda. Sho'rlangan yerlarning ham ko'lami kengayib borayotganligini, bu esa qishloq xo'jaligida hosildorlikning birmuncha kamayishiga sabab bo'ladi.
O'zbekistonning juda ko'plab "yangi" hududlarining o'zlashtirilishi paxtachilik va dehqonchilikni rivojlantirish uchun, tog'oldi va tog'li hududlarda keng maydonlarning o'zlashtirilishi o'rmon xo'jaligini jadal rivojlantirish, bog' va uzumzorlar yetishtirish uchun sharoit yaratish ka'bi ishlar amalga oshirilgan. Surxondaryo botig'ining va butun viloyatning tabiiy landshaftlari, geologik, iqlimiy, qishloq xo'jalik landshaftlari va tuproqlari, to'g'risidagi ma'lumotlarni G. D. Romanovskiy (1884-1890), V. N. Vebera (1909-), Ya. S. Edelshteyna (1909), I. V. Mushketova (1915), A. R. Buracheka (1934-1937), R. I. Abolin 1929, N. A. Merkulovich (1936), D. N. Koshkarov, E. I. Korovin (1938), V. P. Drobov (1951), N. A. Kogay (1961-1963-1965), L. N. Babushkin (1948-1964), O. Yu. Poslavskiya (1963-1966), G. A. Mavlonov (1963), A. S. Xasanov, I. F. Mamatov, R. Sh. Raxmatulina (1966), N. N. Xojiboev (1970, 1971), R. P. Kim
(1970, 1971), S. S. Neustruev (1912, 1931), A. N. Rozanov (1931), A. Z. Zaychikov (1957), A. V. Bednyakov, M. M. Tukeev (1960), T. V. Zvonkova (1962, 1965), N. A. Butskova, N. G. Muravyova (1965), V. M. Chupaxin, K. Z. Zokirov (1939, 1951), Sh. Ergeshov (1968-1972), A. N. Ro'ziyev kabi olimlar qator ilmiy izlanishlar olib borishganlar.
2-jadval
Surxondaryo viloyatida 2022 yil PQ 277 sonli qaror bo'yicha yerlarning degradasiyasiga qarshi kurashish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to'g'risida ma'lumotming ga
Tumanlar 2022 yilda degradasiyaga qarshi kurashish
№ nomi Tuproqdagi gumus miqdori 1% dan kam bo'lgan hududlar Sho'rlangan tuproqlarni kamaytirish Degradasiyag a uchragan yaylovlarni kamaytirish Ixotazorlar tashkil etish O'rmon bilan qoplangan mintaqalarni kengaytirish
Reja amald a Reja amald a Reja amald a Reja amald a Reja amald a
1 Angor 15. 5 15. 5 6. 6 6. 7 - - - - - -
2 Bandixon 13. 3 13. 3 8. 2 8. 3 - - - - - -
3 Boysun 1. 9 1. 9 - - 44. 0 44. 0 0. 200 0. 2 1. 1 1. 1
4 Denov 21. 3 21. 3 - - - - - - - -
5 Jarqo'rg'on 19. 7 19. 7 1. 6 1. 6 - - - - - -
6 Qiziriq 24. 1 24. 1 23. 7 23. 9 - - - - - -
7 Qumqo'rg'o n 18. 7 18. 7 0. 4 0. 4 33. 0 33. 0 - - - -
8 Muzrabot 33. 0 33. 0 24. 2 24. 4 - - - - - -
9 Oltinsoy 9. 0 9. 0 - - - - - - - -
1 0 Sariosiyo 8. 0 8. 0 - - 10. 5 10. 5 0. 200 0. 2 1. 5 1. 5
1 1 Termiz 7. 0 7. 0 7. 6 7. 7 - - - - - -
1 2 Uzun 10. 0 10. 0 - - - - - - - -
1 3 Sherobod 25. 0 25. 0 20. 5 20. 7 - - - - - -
1 4 Sho'rchi 15. 0 15. 0 - - - - - - - -
Jami: 221. 5 221. 5 92. S 93. 3 S?. 5 S?. 5 0. 400 0. 400 2. 600 2. 600
Manba: Surxonstat. uz ma'lumotlari asosida tuzildi
A. A. Rafiqov, A. Abdulqosimov, H. Vahobov, A. N. Nig'matov, N. Q. Komilova, S. B. Abbasov, A. Rahmatullayev, N. I. Sabitova, V. A. Rafiqov, Sh. M. Sharipov, S. I. Abdullayev, Q. S. Yarashev kabi olimlar va boshqalarning izlanishlari asosida o'rganilgan. Mazkur olimlarning ilmiy izlanishlari hududni
to'liq holatda yoritib berishga asos bo'lib xizmat qilsada izlanishlarning miqyosi jihatdan hali to'liq o'rganilmagan desak mubolag'a bo'lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ш. С. Зокиров «Ландшафтшунослик асослари» Тошкент_2010. «Университет».
2. K. M. Boymirzayev "Geosestemalar nazariyasi" o'quv-uslubiy majmua. Namangan 2020.
3. Варшанина Т. П. //Интер Карто/Интер ГИС 11: Устойчивое развитие территорий: Теория ГИС и практический опыт. Ставропол, 2005. С 54.
4. «Особенности и функции агроландшафта» S. I. Abdullayev, I. H. Muqimova, "Life Sciences and Agriculture" 23-2020.
5. Лопырев, М. И. «Основы агроландшафтного земледилия»/М. И. Лопырев. -Воронеж: изд - во Воронежского ун-та, 1995. 339 с.
6. "History of antropogenic modification of natural landscapes and study of agrolandscape" Khasanov P. Экономика социум 12-(115) 20. 12. 2023.
7 "Surxon davlat qo'riqxonasi rekreatsion turistik obyekt sifatida" Xasanov P, Xushboqova M. "Экономика и социум" №6 (97) 2022.
8. «Агроландшафтные исследования: теория и практика» научные ведомости серия Естественные науки. 2011. № 15(110). Выпуск 16. 217-221.
9. "Surxondaryo geografiyasi" Abdunazarov H. M., Umarova M. H. o'quv qo'llanma. Termiz - 2023. TerDU NNM nashriyoti.
10. A. R. Bobojonov, D. E. Haqberdiyev, M. X. Sulaymonova "Landshaftli yer tuzish" o'quv qo'llanma. Toshkent 2019.
11. U. A. Karabekov. "Qishloq xo'jaligi va landshaft kartalarini yaratishda GAT dasturlarini qo'llash tehnologiyasini takomillashtirish". "Science and education"/ISSN 2181 - 0842. 2022 February/Volume 3, issue 2.
12. Agrolandshaftlarni o'rganishning nazariy va metodik asoslari "Geografiya: tabiat va jamiyat" № 1. 2021 yil. 2 jild. 1-son.
13. О. Э. ХАКБЕРДИЕВ, Г. С. СОДЩОВА "УЗБЕКИСТОННИНГ ЕР-СУВ РЕСУРСЛАРИ: МУАММО ВА ЕЧИМЛАРИ" Тошкент 2017
14. Turaev K. et al. OPPORTUNITIES FOR THE DEVELOPMENT OF CROSSBORDER PILGRIMAGE TOURISM IN CENTRAL ASIA //GeoJournal of Tourism and Geosites. - 2023. - Т. 48. - С. 774-781.
15. Hamroevna U. M. et al. Names of the Plants in Surkhandarya Region //American Journal of Social and Humanitarian Research. - 2021. - Т. 2. - №. 4. - С. 118-120.
16. Hamroevna U. M. et al. SOME MIGRATION NAMES IN SURKHANDARYA REGION //American Journal of Social and Humanitarian Research. - 2021. - Т. 2. - №. 4. - С. 112-114.