Научная статья на тему 'SURXONDARYO VILOYATI MEHNAT RESURSLARINING HUDUDIY XUSUSIYATLARI'

SURXONDARYO VILOYATI MEHNAT RESURSLARINING HUDUDIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aholi / aholi soni / mehnat resurslari / ishchi kuchi / iqtisodiy faol aholi / iqtisodiy nofaol aholi / ishsizlik. / population / population size / labor resources / labor force / economically active population / economically inactive population / unemployment.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Pardayev N.S., Xursanov S.M.

Muayyan hudud aholisi mehnat resurslarining shakllanishi uzoq darvrlar davomida hududning tabiiy sharoiti natijasida tarkib topadigan tarixiy jarayon hisoblanadi. Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati mehnat resurslarining shakllanishi va uning hududiy hududiy tarqalishi haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, unda Surxondaryo viloyati mehnat resurslari shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REGIONAL CHARACTERISTICS OF LABOR RESOURCES OF SURKHONDARYO REGION

The formation of the labor resources of the inhabitants of a certain area is a historical process that takes place as a result of the natural conditions of the area over a long period of time. This article talks about the formation of labor resources of Surkhondarya region and its territorial distribution, and the factors that influenced the formation of labor resources of Surkhondarya region are highlighted.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO VILOYATI MEHNAT RESURSLARINING HUDUDIY XUSUSIYATLARI»

Pardayev N.S.

O'zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi stajyor-o'qituvchisi

O'zbekiston, Toshkent Xursanov S.M.

Termiz Davlat Universiteti Geografiya kafedrasi o'qituvchisi

O'zbekiston, Termiz

SURXONDARYO VILOYATI MEHNAT RESURSLARINING HUDUDIY

XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Muayyan hudud aholisi mehnat resurslarining shakllanishi uzoq darvrlar davomida hududning tabiiy sharoiti natijasida tarkib topadigan tarixiy jarayon hisoblanadi. Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati mehnat resurslarining shakllanishi va uning hududiy hududiy tarqalishi haqida so'z yuritilgan bo'lib, unda Surxondaryo viloyati mehnat resurslari shakllanishiga ta'sir ko'rsatgan omillar yoritilgan.

Kalit so'zlar: aholi, aholi soni, mehnat resurslari, ishchi kuchi, iqtisodiy faol aholi, iqtisodiy nofaol aholi, ishsizlik.

Pardayev N.S. trainee teacher

Department of Economic and Social Geography National University of Uzbekistan Uzbekistan, Tashkent Khursanov S.M. lecturer Geography Department Termez State University Uzbekistan, Tashkent

REGIONAL CHARACTERISTICS OF LABOR RESOURCES OF

SURKHONDARYO REGION

Annotation. The formation of the labor resources of the inhabitants of a certain area is a historical process that takes place as a result of the natural conditions of the area over a long period of time. This article talks about the formation of labor resources of Surkhondarya region and its territorial distribution, and the factors that influenced the formation of labor resources of Surkhondarya region are highlighted.

Key words: population, population size, labor resources, labor force, economically active population, economically inactive population, unemployment.

Kirish. Bozor munosabatlarining rivojlanishi ayrim nazariy tushunchalar mazmunini tubdan o'zgartirib yubordi. "Mehnat resurslari", "ish kuchi" kabilarni shunday tushunchalar jumlasiga kiritish mumkin.

Mehnat resurslari dunyo miqyosida aksariyat davlatlar tomonidan deyarli bir xil tasniflanadi. Ya'ni unga ko'ra mehnat resurslari ikkita qismga ajratilib, ular iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol aholiga bo'linadi. Mustaqillik yillari O'zbekiston Respublikasida ham Xalqaro Mehnat Tashkiloti tavsiya etgan aholini tasniflash tizimiga o'tildi, unga ko'ra aholini tizimiy taqsimlashda mamlakat mehnat resurslari iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol qismlarga ajratiladigan bo'ldi. Mehnat resurslari aholining o'z ruhiy fiziologik va aqliy sifatlari bilan moddiy ne'matlar ishlab chiqarishga yoki xizmatlar ko'rsatishga qodir bo'lgan mehnatga layoqatli qismidir. Mehnat resurslari tarkibiga faqat iqtisodiy faol aholigina emas, shu bilan birga hozirda ishlamayotgan va ish qidirmayotgan mehnatga qobiliyatli shaxslar kiradi.

Asosiy qism. Aholisi 35 mln kishidan ortiq O'zbekiston qudratli mehnat resurslari salohiyatiga ega. Mehnat resurslari mamlakatda 19142,3 ming kishini yoki mamlakat jami aholisiga nisbatan 55,9 foizdan ko'prog'ini tashkil etib (2020). Shu jamladan respublikada mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi 19052,0 ming kishi bo'lib, mehnat resurslariga nisbatan 99,5 foizni, mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchilar esa 95,1 ming kishi bo'lib, mehnat resurslariga nisbatan 0,5 foizni tashkil etadi. Ushbu raqamlar respublikada mehnat resurslar salmog'ini yuqori darajada ekanligini ko'rsatib turibdi.

Surxondaryo viloyati mehnat resurslari salohiyati borasida respublikada o'z o'rniga ega viloyatlardan biridir. Aholisi 2,7 mln. kishidan ortiq Surxondaryo viloyati o'zining yetarli mehnat resurslari salohiyatiga ega. Viloyat mehnat resurslari yillar bo'yicha o'sib borgan bolib, 2010-yilda 1815,7 ming kishini (56,8 %), 2015-yilda 2033,6 ming kishini (57,2 %) tashkil etgan bo'lsa, 2020-yilga kelib ushbu raqamlar 2130,4 ming kishidan (54,4 %) ortiqroqni tashkil etdi. Yuqoridagi sonlar shuni ko'rsatmoqdaki, viloyat mehnat resurslari soni yillar davomida o'sish tendensiyasi kuzatilayotgan bo'lsa-da, ammo, viloyat jami aholisiga nisbatan hisoblaganda so'nggi yillarda mehnat resurslari kamayotganini ko'rish mumkin. Sababi esa so'nggi yillarda viloyat aholisi ulushida yosh bolalar salmog'i yuqori bo'lib borganligidan jami aholi orasida mehnat resurslarida kamayish kuzatilishiga sabab bo'lgan.

Shu jamladan, viloyatda mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi 2010-yilda 1807,5 ming kishi, 2015-yilda 2024,7 ming kishi, 2020-yilda esa 2120,7 ming kishi bo'lib, mehnat resurslariga nisbatan so'nggi o'n yillikda mehnatga layoqatli aholi ulushi 99,5 foizni, mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchilar esa 2010-yilda 0,25 ming kishi, 2015-2020-yillarda esa 0,43 ming kishi ming kishi bo'lib, mehnat resurslariga nisbatan 0,45 foizni tashkil etadi. Yuqoridagi raqamlarda viloyatning tumanlar kesimidada mehnat resurslari salmog'i eng yuqori tumanlarga Denov, Jarqo'rg'on, Qumqo'rg'on tumanlari eng oldingi o'rinlarni egallaydi. Sababi ushbu tumanlar viloyat bo'yicha aholi soni ko'p tumanlar qatoriga kiradi.

Mehnat resurslarining ikkita yirik tarmog'i bo'lgan iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol aholi tarkibi viloyatda o'ziga xosdir. Viloyatda iqtisodiy faol aholi soni 2020-yil holati bo'yicha 1104,1 ming kishini tashkil etadi. Shundan iqtisodiyotda band aholi 982,0 ming kishi, ishsizlar esa 122,0 ming kishiga yetadi va viloyatda ishsizlik darajasi 11,1 foizni tashkil etadi. Viloyuatda iqtisodiy faol aholi orasida mutlaq ko'rsatkich Denov tumani (155,6 ming kishi) hissasiga to'g'ri kelib, undan keyingi o'rinlarda Termiz shahri (94,9 ming kishi), Qumqo'rg'on (91,6 ming kishi), Jarqo'rg'on (89,2 ming kishi) tumanlari turadi. Viloyatda iqtisodiy faol aholi orasida eng kam Bandixon (22,2 ming kishi), Qiziriq (35,8 ming kishi), hamda Boysun (49,5 ming kishi) tumanlari viloyat bo'yicha eng oxirgi o'rinlarni egallaydi. Ishsizlik darajasi viloyat bo'yicha tumanlar kesimida deyarli teng bo'lib, faqat Muzrabot va Oltinsoy tumanlarida ishsizlik darajasi qolgan tumanlarga nisbatan yuqoriroq ko'rsatkichga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Umuman olganda viloyat mehnat resurslari salmog'i respublikaning qolgan viloyatlari mehnat resurslari salmog'i bilan jami aholiga nisbatan ulushi deyarli tengdir. Viloyat aholi sonida mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholi ulushi yetarli darajada ekanligi, viloyatning demografik salohiyati yuqori ekanligi va bu demografik holat bir necha o'n yillikda saqlanib qolishini anglatadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, Surxondaryo viloyati aholisi takror barpo bo'lish jarayoni juda yaxshi ko'rsatkichga ega ekanligi bilan hamohang tarzda mehnat resurslari salohiyatining yetarli bo'lishiga sabab bo'lgan. Bu esa viloyatda qulay demografik vaziyatni yuzaga keltirganligi bilan ajralib turadi. Viloyatdagi bunday qulay demografik vaziyat esa istiqbolda viloyatda ishchi kuchi ko'p talab qiladigan ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Буриева М.Р., Тожиева З.Н., Зокиров С.С. Ахоли географияси ва Демография асослари. Укув кулланма. - Тошкент: Тафаккур, 2011. - 160 б.

2. Ибрагимов Л.З. Жануби^арбий Узбекистонда ахоли бандлигининг иктисодий географик хусусиятлари - г.ф.д. диссертацияси автореферати -Тошкент: Узбекистон Миллий Университети, 2022. - 63 б.

3. Tojiyeva Z.N., Ibragimov L.Z. O'zbеkistоndа mеhnаt rasursten shаkllаnishi vа аЪоН bаndligi muаmmоlаri // СамДУ Илмий ахбаротномаси, №3. Самарканд, 2021. - Б.137.

4. Tojiyeva Z.N., Ibragimov L.Z. Labour market and employment in Uzbekistan // In Geograficky casopis, 2021. №4. - P. 359-374. https://doi.org/10.31577/ geogrcas.2021.73.4.19.

5. Тожиева З.Н. Дусмонов. Ф.А., Ибрагимов Л. Мехнат миграцияси: омиллар, сабаблар, муаммолар // УзМУ хабарлари. - Тошкент: 2012. - Б.14-15.

6. Тожиева З.Н. Мехнат ресурслари ва улардан фойдаланиш // Jamiyat va boshqaruv. №2. Ижтимоий-сиёсий, илмий-щтисодий, маънавий-тарихий журнал. - Тошкент: 2009. - Б. 16-19.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.