Научная статья на тему 'SURXON VOHASI FOLKLOR MUSIQA SAN’ATIDA MAROSIMLAR'

SURXON VOHASI FOLKLOR MUSIQA SAN’ATIDA MAROSIMLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
44
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Musiqa madaniyati / folklore musiqa / marosim / san’at. / Music culture / folklore music / ceremony / art.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Qurbonov Sattor Xursandovich

Mazkur maqolada Surxon vohasi folklore musiqa san’atidagi marosimlar va ularning tavsifi haqida fikr-mulohazalar yuritiladi. Shuningdek, folklore musiqa san’ati yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CEREMONIES IN THE ART OF FOLKLORE MUSIC OF THE SURKHAN OASIS

This article discusses the ceremonies and their description in folklore music art of Surkhan oasis. Folklore music art will also be covered

Текст научной работы на тему «SURXON VOHASI FOLKLOR MUSIQA SAN’ATIDA MAROSIMLAR»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

CEREMONIES IN THE ART OF FOLKLORE MUSIC OF THE

SURKHAN OASIS Kurbanov Sattor Khursandovich

Associate Professor of Termiz State University https://doi.org/10.5281/zenodo.11145483

EURASIAN |0URNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

ABSTRACT

This article discusses the ceremonies and their description in folklore music art of Surkhan oasis. Folklore music art will also be covered.

Received: 02nd May 2024 Accepted: 07th May 2024 Online: 08th May 2024 KEYWORDS Music culture, folklore music, ceremony, art.

ЦЕРЕМОНИИ В ИСКУССТВЕ ФОЛЬКЛОРНОЙ МУЗЫКИ СУРХАНСКОГО

ОАЗИСА Курбанов Саттор Хурсандович

Доцент Термезского государственного университета https://doi.org/10.5281/zenodo.11145483

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 02nd May 2024 Accepted: 07th May 2024 Online: 08th May 2024 KEYWORDS

Музыкальная культура, фольклорная музыка, обряд, искусство.

В данной статье рассматриваются обряды и их описание в фольклорно-музыкальном искусстве Сурханского оазиса. Будет также освещено фольклорное музыкальное искусство.

SURXON VOHASI FOLKLOR MUSIQA SAN'ATIDA MAROSIMLAR

Qurbonov Sattor Xursandovich

Termiz davlat universiteti Dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11145483

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 02nd May 2024 Accepted: 07th May 2024 Online: 08th May 2024 KEYWORDS Musiqa madaniyati, folklore musiqa, marosim, san'at.

Mazkur maqolada Surxon vohasi folklore musiqa san'atidagi marosimlar va ularning tavsifl haqida fikr-mulohazalar yuritiladi. Shuningdek, folklore musiqa san'atiyoritib beriladi.

Kirish.

Ma'lumki, inson hayotining muhim nuqtalarini nishonlash maqsadida maxsus o'tkaziladigan, xalq orasida qat'iy an'anaga kirib qolgan hatti-harakatlar marosim dеyiladi.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Marosimlarni o'tkazish jarayonlarida ijro etiladigan qo'shiqlar va aytimlar marosimlar folklorini tashkil etadi.

Mavsumiy marosimlar yilning to'rt fasliga oid xalqning yashash va mehnat tarzi bilan aloqadordir. Bahor kirishi bilan dehqon va chorvadorning dala ishlari boshlanadi. Dehqon urug' sepishga tayyorgarlik ko'rish, ariqlarni kovlash bilan shug'ullansa, chorvador yaylovlarga ko'chishga tayyorgarlik ko'radi. Dehqon va chorvador turmushidagi barcha og'ir yumushlar ilgari hashar yo'li bilan amalga oshirilgan. Kishilarning xo'jalik faoliyatida yoz faslining o'rni alohidadir. Shunga qarab ushbu faslda o'tkaziladigan marosimlar rang-barang bo'lgan. Biroq o'zbek marosim folklorida hozirga qadar atigi bitta janr saqlanib qolgan. Yozgi marosimlar folkloridan faqat shamol to'xtatish bilan bog'liq ayrim janrlar saqlangan.

Kuz faslida dehqon yoz bo'yi qilingan mehnatining samarasini yig'ishtirib oladi, chorvador esa qishlovga em-xashak, ozuqa tayyorlaydi. Kuzgi marosimlarga "Oblo baraka", "Shamol chaqirish", "Mirhaydar bobo", "Galagov", "Xo'p mayda" marosim qo'shiqlari kiradi. O'zbek xalq folklorida qishgi marosimlardan faqatgina "Gap-gashtak" va "Yas-sun" marosimlarigina saqlanib qolgan. "Gap-gashtak" marosimi erkaklar tomonidan mahalladagi choyxona yoki biror xonadonda o'tkaziladi. "Yas-sun" marosimi asosan ko'chmanchi chorvadorlar o'rtasida "Qimizxo'rlik" marosimi sifatida yuzaga kelgan bo'lib, uning ma'nosi davrada o'tirish qoidalari demakdir.

Surxondaryo hududida yashovchi aholining taqvimiy marosimlari folklori o'zining mavsumiy xarakter kasb etishi va funksional-tarkibiy tuzilishiga ko'ra bahorgi, yozgi, kuzgi va qishki marosimlar folkloriga bo'linadi. Mavsumiy marosimlar folklori janrlari o'zbek xalqining qadimgi ilohiy tasavvurlari hamda vaqt hisobini yuritish bilan aloqador an'anaviy taqvim asosida yuzaga kelgan.

Etnofolkloristik tadqiqotlardan shu narsa ma'lum bo'ladiki, bu hududda mavsum bilan bog'liq quyidagi folklor janrlari va marosimlari mavjud:

Birinchisi bahor fasli bilan bog'liq urf-odat va marosimlar folklori - "Navro'z", "Sumalak sayli", "Sumalak bazmi", "Yilboshi", "Yil ayrilish oshi", "Qo'sh, oshi", "Shoxmoylar", Darvishona", "Sust xotin", "lola sayli".

Ikkinchisi yoz fasli bilan bog'liq urf-odat va marosimlar folklori - "Xayri xudoyi", "Tulki to'yi", "Shog'ol qochdi", "Quyon qochdi", "Baraka urug'i", "Oblo baraka", "Suv sayli", "Qovun sayli",

Uchinchisi kuz fasli bilan bog'liq urf-odat va marosimlar folklori - "Mehrjon bayrami", "Shinni pishirish", "hosil bayrami", "Hosil to'yi;

To'rtinchisi qish fasli bilan bog'liq urf-odat va marosimlar folklori - "Birinchi qor", "Qor xat, "Sherda" - Gap-gashtak, "Dangona".

Navro'z bayramining nishonlanishi munosabati bilan Surxon vohasida "Yilboshi oshi", "Yil ayrilish oshi", "Loy tutish", "Qush oshi, "Shox moylar", "Darvishona" singari mavsumiy marosimlar o'tkazilgan.

Surxon vohasi dehqonlari va xchorvadorlari yangi oy chiqqanda uning holatiga qarab yaqin vaqt ob-havosi qanday bo'lishini taxmin qilishgan. Shu bois, xalq orasida yangi oy chiqqanda aytiladigan turli xil aytimlar yaratilgan. Surxondaryo viloyatining Sho'rchi tumanidagi "Bulbuliguyo" folklor-etnografik ansambli repertuarida ana shunday aytimlar o'z

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

ifodasini topgan bo'lib, jamoa o'z tomosha dasturining ekspozitsiya qismida doira usullari vositasidagi chorlovdan keyin: Oyni ko'rdik omon ko'rdik, Oxiratda imon ko'rdik, Oyni ko'rdik - oy bo'ldik,

Qo'shiqlarga boy bo'ldik, - aytimini ijro etish orqali sayil boshlanganini elga ma'lum qilishgan.

Hijriy- shamsiy taqvimga ko'ra, hut oyi ob-havosining qanday kelishi chorvachilik va dehqonchilikka muayyan ta'sir o'tkazgan. Shuning uchun xalq orasida: "Yaxshi kelsa hutni ko'ring, Kadi-kadi sutni ko'ring. Yomon kelsa hutni ko'ring,

Serrayib qolgan putni ko'ring" - tarzidagi ko'plab maqollar mavjud.

Surxon vohasida yashovchi qo'ng'irotlarning nikoh to'yi marosimida aytiladigan an'anaviy olqish misralari qo'llanilgan: Elim-elim elimsiz, Chor tarafdan kelibsiz, Chamanning bulbulisiz, Olloh, suygan qulisiz, He...he...he...he.......hey!

Chorlov matnidagi misralar to'y olqishining boshlama qismiga mansub bo'lib, bu o'rinda ham janrning an'anaviy ijro o'rni va funksional tabiati o'zgarishga uchraganligi kuzatiladi.

Surxon vohasiga xos mahalliy andozada tikilgan liboslarni kiygan yigit va qizlar raqs harakatlari bilan bahoriy yangilanish, yasharish va yaratuvchilik mohiyatini ifodalayotgan paytda kayvoni momolar "Hamal" qo'shig'ini ijro etishgan: Hamal keldi Navro'z degan farmon keldi, Bahor sepigullar xirmon-xirmon keldi. Momojonlar sumalakni pishiringlar, Dilda quvonch labda kulgi-xandon keldi. "Darveshona" marosimi

Har yili yilboshi saylida yoki Navro'z bayrami tantanalari davomida "Darveshona" marosimi o'tkazish va qishloq ahli, mahalla-kuydan yig'ilgan don-dundan go'ja oshi pishirib, elga tarqatish Surxon vohasi mavsumiy marosimlari tizimida alohida o'rin tutgan. Chunki bu marosim yil barakali kelishini, odamlar orasida o'lim kam bo'lishini va qishloq ahli sihat-salomat bo'lishini, shuningdek, ayrim holatlarda yil qurg'oq kelsa, yog'in-sochin ko'p bo'lishini tilab o'tkazilgan. Bu marosimda ko'pincha "Go'ja oshi" pishirilgan. "Go'ja oshi" yoki "Ko'cha oshi" pishirish an'anasi ba'zi qishloqlarda "Qo'sh oshi" deb ham yuritilgan. Ammo buning "Darveshona"dan farqi shundaki, "Darveshona" taomini erkaklar pishirishsa, "Qo'sh oshi" dalaga birinchi marta qo'sh chiqarilgan kuni ayollar-momolar tomonidan tayyorlangan.

Folklorshunos Rahmatilla Mo'minov Sho'rchi, Sariosiyo, Boysun, Qumqo'rg'on, Denov tumanlarida yashovchi aholi orasida qadimdan urf bo'lib kelgan "Go'ja oshi" pishirish udumiga doir etnografik manbalar hamda folklor asarlarini to'plab, shu asnoda o'ziga xos sahnaviy talqin yaratgan. Bu dasturda "Go'ja oshi" marosimi aks etgan bo'lib, bir-birlariga

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

ko'ngil qo'ygan yigit bilan qiz qo'llarida tol taboq hamda kadi bilan sahnaga chiqishadi. Har yili bahorda an'anaviy tarzda o'tkazilgan "Go'ja oshi" marosimi manzarasi tomoshabin ko'z o'ngida to'la namoyish etiladi. Marosimning sahnaviy talqini chanqovuz, nay, doyra, do'mbira kabi milliy cholg'u kuylari, qo'shiq va raqslar orqali ifodalangan bo'lib, yigit bilan qiz go'ja solingan tol taboq bilan kadini ko'targancha, quyidagi qo'shiqni ijro etib, raqs tushadilar: Yigit: - Osh bo'lsa, go'ja bo'lsa, ichida moshi bo'lsa, Hap kimning sevgan yori, yonida qo'shni bo'lsa, Hay yori-yorim o'ynasin, kelib suyganim o'ynasin! Qiz: - Ro'molimning uchini, to'ymaganga to'ydiray, Qoshimga o'sma qo'yib, kuymaganni kuydiray, Hay yori-yorim o'ynasin, kelib suyganim o'ynasin.

Surxon vohasi aholisi pazandachilik bilan bog'liq an'anaviy madaniyatida erta ko'klamda "Ko'k somsa" tayyorlash odati ham mavjud. Bahor mavsumi boshlanishi bilan bolalar qir-adirlarga chiqib turli-tuman ko'katlarni teradilar. Ana shu jarayon bilan bog'liq turli-tuman aytimlar, qo'shiqlar ham yaratilganki, tarixiy-folkloriy jarayon rivoji natijasida ularning aksariyati unutilib ketgan.

"Tayoq topshirdi" marosimi

Surxon vohasi aholisining yilboshi saylida chorvachilik bilan bog'liq o'ziga xos bir marosim - tajribali cho'ponlarning o'z shogirdlariga tayoq topshirish marosimi ham o'tkazilgan. Tilshunos olim Anvar Omonturdiyevning ma'lumot berishicha, Surxondaryo cho'ponlari har yili bahorda "Tayoq topshirdi" nomli marosimni o'tkazishgan. Uzoq yillar mobaynida qo'y boqib, el orasida obro'-e'tibor topgan keksa cho'ponlarni "Tayoq ko'targan" deb atashgan. Ana shunday qut-barakali cho'pon o'z o'g'li yoki shogirdiga tayog'ini topshirgan paytda:

Irg'aydan kesdim tayoq,

Yо'ling W'g'ri bо'lsin deb,

Zarangdanyо'ndim tayoq,

Boshing toshdan bо'lsin. - deb fotiha bergan.

Xulosa qilib aytganda, Surxon vohasi aholisining an'anaviy mavsumiy-marosim qo'shiqlari bu hududda istiqomat qiluvchi kishilarning o'ziga xos turmush tarzi, kundalik mashg'uloti va vaqt hisobining muayyan davrlari bilan aloqador urf-odat hamda rasm-rusumlarini o'zida aks ettirganligi bilan ajralib turadi. Mavsum-marosim bilan aloqador ko'pgina qo'shiqlar va aytimlarning an'anaviy matnlari hozirga qadar folklor namunasi sifatida o'zining jonli ijro holatini saqlab qolgan. Keyingi yillarda Surxondaryo viloyatida ko'plab folklor-etnografik ansambllar tuzilganligi va hududga xos folklor an'analarini saqlab qolish va yangicha badiiy shaklda sahnaviy talqin qilish, bunday jamoalar faoliyatining ustuvor yo'nalishiga aylanganligi mavsum-marosim folklori manbalarining badiiy jihatdan "qayta ishlangan", ya'ni "qayta poetik idrok etilgan" sahnaviy folklorizm tarzidagi talqinlari yuzaga keldi.

Xalqimizning eng qadimgi ohanglarida abadiy go'zallik va ko'rkamlik bor. Ko'hna navolarda bobolarimiz va momolarimizning dil ohanglarini eshitganday bo'lamiz. Bu qo'shiqlar ko'nglimizning tub-tubida yotgan so'lim tuyg'ularimizni uyg'otadi.

1. 2.

3.

4.

5.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

References:

N. Qosimov "Musiqa folklor ijrochiligi". Toshkent. G'. G'ulom. 2003 yil.

O'. Toshmatov "O'zbekiston nomoddiy madaniy merosi". Toshkent. G'.G'ulom. 2015 yil.

U. Qoraboev "O'zbekiston bayramlari". Toshkent. O'qituvchi. 1991 yil.

O. Bo'riev "Navro'z tarixidan lavhalar". Toshkent. O'zbekiston. 1991 yil.

B. Sarimsoqov "O'zbek marosim folklori". Toshkent. FAN, 1986 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.