Научная статья на тему 'SURIYA ATIRGULI (HIBISKUS SYRIACUS) KO‘CHATLARINI PARVARISHLASHDA SUG‘ORISH ME’YORLARI VA MINERAL O‘G‘ITLARNI QO‘LLASH'

SURIYA ATIRGULI (HIBISKUS SYRIACUS) KO‘CHATLARINI PARVARISHLASHDA SUG‘ORISH ME’YORLARI VA MINERAL O‘G‘ITLARNI QO‘LLASH Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
59
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hibiscus syriacus / sug`orish me’yori / dala nam sig`imi / mineral o`g`itlar / standart ko`chat.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Xolmurotov Mansur Zaripbayevich, Sobirjonova Mushtariy

. Ushbu maqolada Suriya atirguli ko`chatlarini parvarishlash texnologiyasi bo`yicha o`tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar davomida Suriya atirguli ko‘chatlarining standart ko‘chatlari 20 pog. m da sug‘orish oldi tuproq namligini DNSga nisbatan 50-60% da ushlab turilganda 194 dona yoki nazoratga nisbatan 10,2 % ga yuqori bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ko‘chatlarini mineral o‘g‘itlar qo‘llanilib sug‘orilganda o‘simlik uchun zarur bo‘lgan mineral moddalar bilan ta’minlanishi bilan birga, o‘sib turgan muhitning mikroiqlimiga ham ijobiy ta’sir qilishi aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SURIYA ATIRGULI (HIBISKUS SYRIACUS) KO‘CHATLARINI PARVARISHLASHDA SUG‘ORISH ME’YORLARI VA MINERAL O‘G‘ITLARNI QO‘LLASH»

SURIYA ATIRGULI (HIBISKUS SYRIACUS) KO'CHATLARINI PARVARISHLASHDA SUG'ORISH ME'YORLARI VA MINERAL O'G'ITLARNI

QO'LLASH

1Xolmurotov Mansur Zaripbayevich 2Sobirjonova Mushtariy

1TDAU, O'rmonchilik va landshaft dizayn kafedrasi mudiri, PhD, dotsent. Toshkent 2TDAU,

magistrant. Toshkent 1m.xolmurotov@tdau.uz https://doi.org/10.5281/zenodo.10080473

Annotatsiya. Ushbu maqolada Suriya atirguli ko chatlarini parvarishlash texnologiyasi boyicha o'tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar davomida Suriya atirguli ko'chatlarining standart ko'chatlari 20pog. m da sug'orish oldi tuproq namligini DNSga nisbatan 50-60% da ushlab turilganda 194 donayoki nazoratga nisbatan 10,2 % gayuqori bo'lganligini ko'rsatadi. Ko'chatlarini mineral o'g'itlar qo'llanilib sug'orilganda o'simlik uchun zarur bo'lgan mineral moddalar bilan ta'minlanishi bilan birga, o'sib turgan muhitning mikroiqlimiga ham ijobiy ta'sir qilishi aniqlangan.

Kalit so^zlar: Hibiscus syriacus, sugorish me'yori, dala nam sigimi, mineral ogitlar, standart ko chat.

Аннотация. В данной статье представлены результаты исследований по технологии ухода за саженцами сирийской розы. При проведении исследований стандартная посадка в 20 пог. м сеянцев розы сирийской показывает, что предполивная влажность почвы была на 194 ед. или на 10,2% выше контроля, при поддержании DNS на уровне 50-60%. Установлено, что полив рассады минеральными удобрениями обеспечивает растение необходимыми минеральными веществами, а также положительно влияет на микроклимат среды произрастания.

Ключевые слова: Hibiscus syriacus, норма орошения, полевая влагоемкость, минеральные удобрения, стандартный саженец.

Abstract. This article presents the results of research on the technology of caringfor Syrian rose seedlings. When conducting research, the standard landing is 20 linear. m of Syrian rose seedlings shows that the pre-irrigation soil moisture was 194 units. or 10.2% higher than control, while maintaining DNS at 50-60%. It has been established that watering seedlings with mineral fertilizers provides the plant with the necessary minerals and also has a positive effect on the microclimate of the growing environment.

Keywords: Hibiscus syriacus, irrigation rate, field moisture capacity, mineral fertilizers, standard seedling.

Kirish. Dunyo miqiyosida ko'kalamzorlashtirish va fitodizayn yaratish ishlariga katta ahamiyat berilgan va bu sohaga qiziqish doimo kuchayib borgan. Shu sababli ham hozirgi kunga qadar manzarali o'simliklar assortimentini turli iqlim-tuproq sharoiti uchun mos bo'lgan tur, nav hamda shakllarini tanlab ko'kalamzorlashtirishga qo'llash bo'yicha ko'plab ilmiy va amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Buning sababi esa o'simlik dunyosi birinchi navbatda ekologiyaga va inson salomatligiga katta ta'sir ko'rsatadi. Ko'kalamzorlashtirish sohasi oldidagi vazifalarni yechishda, avvalo, o'simlik turlarini ko'paytirishda va ko'chatxonalarda yetishtiriladigan maxsulotlar (o'simliklar, ko'chatlar) sifatini yaxshilashda hozirda mavjud bo'lgan o'simliklarning boy dendrologik fondidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ko'kalamzorlashtirish masalalarini malakali ravishda yechish uchun mutaxassislar biologiya, ekologiya, yashil o'simliklarning

manzarabop sifatlari, yashil qurilishda kompozitsiyalar tuzishdagi asosiy uslublar, manzarali ko'kalamzorlashtirish tizimi, yashil ekinzorlarni yaratish, ularni yaxshi holatda saqlash uchun olib boriladigan asosiy ishlar ko'lami bo'yicha chuqur bilimga ega bo'lishlari lozim bo'ladi.

Tez o'suvchi buta turlaridan Suriya atirguli (Hibiscus) turlari, diqqatga sazovor bo'lib, manzarali ko'kalamzorlashtirishda va kompozitsiya yaratishda keng qo'llaniladi. Shunga ko'ra, bu oila vakillarini vegetativ yo'l bilan ko'paytirishning tezkor va samarali usullarini ishlab chiqish, obodonlashtirishda foydalanish samaradorligini baholash muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Tadqiqot uslubi. Daraxt va butalarni vegetativ usulda ko'paytirish maqsadida M.Browse tomonidan ishlab chiqilgan «O'simliklarni vegetativ ko'paytirish» uslubiga asosan amalga oshirildi. Olingan ma'lumotlarni statistik qayta ishlashda umum qabul qilingan mezonlar xamda B.A. Dospexov «Методика полевого опыта» uslubiga asosan bajarildi.

Tadqiqot natijalari. Ma'lumki, ko'chatzorlarda daraxtsimon o'simliklarni o'stirishda ularni tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib ilg'or agrotexnik tadbirlarni qo'llash yaxshi samara beradi. Ko'chatlarni yetishtirishda o'simlikning turli fazalarida suv va ozuqaga bo'lgan talabi turlicha bo'ladi. Shu tufayli tadqiqotlarimiz davomida ko'chatlarga agrotexnik tadbirlarni qo'llashda o'sish va rivojlanish fazalarida o'simlik va tuproq talabidan kelib chiqib agrotexnik tadbirlar qo'llanildi.

Qo'llaniladigan agrotexnik tadbirlar asosan tuproq namligini saqlash va oziqa bilan yetarli darajada ta'minlashga qaratilgan bo'lib, ushbu omillar o'simliklarni o'sib rivojlanishida alohida ahamiyatga egadir. Tadqiqotlarimiz davomida tut ko'chatlarini tuproq namligi DNSga nisbatan 50-60%, 60-70% va 70-80% tartibida ushlab turildi. Bunda tuproq namligi bir yillik ko'chatlarda 0,5 metrda, ikkinchi va uchinchi yili 0,7 metr qatlamda tuproq namligi aniqlandi va ushbu nam tanqisligidan kelib chiqib sug'orish me'yori belgilandi (bunda A.N.Kostyakov bo'yicha suvdan foydalanish koeffitsienti=0,9 ga teng bo'ldi).

Tuproq namligini aniqlash bo'yicha olib borilgan kuzatuvlar o'z navbatida sug'orish me'yori va muddatini aniqlashga imkon beradi.

Tadqiqot yillari davomida sug'orish oldi tuproq namligi DNSga nisbatan dasturda belgilangan tartibda ushlab turildi. Bunda olingan tuproq namunalari termostatga qo'yilib +105 0 C haroratda quritildi. Tadqiqotlarimiz davomida tuproq namligini DNSga nisbatan 50-60% da ushlab turish uchun sug'orish oldi tuproq namligi 12,26 dan 14,1% gacha, DNSga nisbatan 6070% da bo'lganda 15,32% dan 16,85% gacha va DNSga nisbatan 70-80% bo'lganda 17,1% dan 18,68% gacha bo'lganligi kuzatildi. Bunda tuproq namligini DNS ga nisbatan 50-60%da ushlab turish uchun 4 marotaba, 60-70% da ushlab turish uchun 6 marotaba va 70-80% da ushlab turish uchun 8 marotaba sug'orish talab etildi.

Tuproqning eng kam nam sig'imi 4 marotaba sug'orilganda aniqlanib, bu 53,77% ga teng bo'ldi. 6 marotaba sug'orilganda tuproqning eng kam nam sig'imi 63,8% ni va 8 marotabada sug'orilganda bu ko'rsatkich 71,2% ni tashkil qilganligi kuzatildi.

Tadqiqot yillari davomida har bir sug'orishdan oldin tuproq namligi aniqlangan holda suv tanisligidan kelib chiqib sug'orish muddati va me'yori belgilandi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, tuproq namligini DNSga nisbatan 50-60% da ushlab turish uchun qurutilgan tuproqning massasi 13,3 g bo'lganda tuproq namligi 55,5% ga teng bo'lib, tuproqdagi nam tanqisligini to'ldirish uchun 1066,8 m3/ga suv bilan sug'orish lozimligi aniqlandi.

Suriya atirgulining uch yillik ko'chatlarini o'stirishda tuproqning namligini kerakli darajada ushlab turish ularning o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

Suriya atirguli ko'chatlarining biometrik ko'rsatkichlariga sug'orishning ta'siri kam bo'lganligini shu bilan izohlash mumkinki, ekish davridagi yomg'irlarning serob bo'lgani sababli bahorda ekilgan urug'larga namlik deyarli bir xil ta'sir qildi. SHuningdek, Suriya atirguli ko'chatlarining to'liq unib chiqishi may oyining ikkinchi dekadasiga to'g'ri keldi.

1-rasm. Suriya atirguli ildizini o'lchash jarayoni

Tuproq namligi yuqori darajada ta'minlanishi ikki yillik tut ko'chatlarining o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Tadqiqotning ikkinchi yilida birinchi yilda olingan natijalar bo'yicha qonuniyat

saqlanib qoldi.

1-jadval Suriya atirgulini qalamchasida ko'paytirish

Muddati Ildiz uzunligi va miqdori

№ Variantlar Ekilgan muddat Kallus hosi qilish muddati Ildiz uzunligi (sm) Miqdor (dona)

02.03.22 16.03.22 15-25 1-2

nazorat 18.07.22 05.08.22 20-24 2-3

17.09.22 16.11.22 22-30 1-2

02.03.22 14.03.22 35-38 3-6

1 Suriya atirguli kornevin 18.07.22 29.07.22 38-45 4-8

17.09.22 15.11.22 42-45 2-4

02.03.22 15.03.22 45-50 2-4

gummat 18.07.22 31.07.22 48-55 2-6

17.09.22 15.11.22 55-60 1-3

Jumladan, o'simliklarning o'sish ko'rsatkichlari yuqori bo'lib, vegetatsiya davomidagi 4, 6 va 8 marotaba sug'orildi. Natijada ko'chatlarning bo'yiga jadal o'sishi ta'minlandi va bunda 4 marotaba sug'orilganda o'simlikning bo'yi 42,9 sm ga, ildiz bo'g'zining diametri 11,2 mm ga teng bo'ldi. 6 marotaba sug'orilganda o'simlikning bo'yi 43,4 sm ga, ildiz bo'g'zining diametri 11,8 mm ni tashkil etdi. 8 marotaba sug'orilganda esa, bo'yiga o'sishi 46,4 ga, ildiz bo'g'izining diametri 11,4 mm ga teng bo'ldi. Nazorat variantida bu ko'rsatkichlar tegishlicha 37,4 sm va 10,2 mm ga teng bo'ldi.

Tadqiqot yillari davomida o'rganilgan Suriya atirguli ko'chatlaridan standart ko'chatlarining chiqishi o'rganildi. Bunda sug'orish oldi tuproq namligi DNSga nisbatan 50-60% da, 60-70% da va 70-80% da ushlab turilganda ko'chatlardan sifatli, kasalliklarga chidamli va standart talablariga javob beradigan ko'chatlar hisoblab chiqildi.

Suriya atirguli ko'chatlarining standart ko'chatlari 30 pog. m hisobida hisoblanganda sug'orish oldi tuproq namligini DNSga nisbatan 50-60% da ushlab turilganda jami ko'chatlar soni 225 dona bo'lib, bundan standart ko'chatlar soni 203 donaga yoki nazoratga nisbatan 9,8% ga yuqori bo'lganligini ko'rsatadi.

Agrotexnik tadbirlar o'z vaqtida amalga oshirildi. Begona o'tlardan tozalab turildi, oziqlantirildi, sug'orildi. Qalamchalar bir kunda 2 yoki 3 marta yomg'irli suv purkash moslamalari yordamida sug'orib turildi. Sababi qalamchalar qadalgan ilk kunlari ko'p suv talab qiladi. 15-20 kundan so'ng qalamchalarda yangi barglar paydo bo'lgani kuzatildi. Qalamchalar doimiy ravishda parvarish qilib borildi.

Tadqiqotlarimiz davomida Suriya atirguli ko'chatlarining standart ko'chatlari 20 pog. m hisobida hisoblanganda sug'orish oldi tuproq namligini DNSga nisbatan 50-60% da ushlab turilganda 194 dona va bundan olingan standart ko'chatlar 186 dona yoki nazoratga nisbatan 10,2 % ga yuqori bo'lganligini ko'rsatadi.

Olingan natijalar shuni ko'rsatadiki, har bir sug'orish o'simlikning o'sib rivojlanishi uchun o'ziga xos ta'sirga ega bo'lib, tutning standart ko'chatlar yetishtirish uchun sug'orish oldi tuproq namligi DNSga nisbatan 60-70% da ushlab turilganda va vegetatsiya davrida 6 marotaba sug'orilib, har bir sug'orish uchun 750-800 m3/ga suv sarifi talab etilganda ko'chatlar o'sishi va rivojlanishi uchun maqbul sharoitlar yuzaga keldi.

Xulosa. Suriya atirguli ko'chatlarini mineral o'g'itlar qo'llanilib sug'orilganda o'simlik uchun zarur bo'lgan mineral moddalar bilan ta'minlanishi bilan birga, o'sib turgan muhitning mikroiqlimiga ham ijobiy ta'sir qiladi.

REFERENCES

1. Ахмедов Э. Т., Турдиев С. А. Особенности выращивания безвременника осеннего (Colchicum autumnale L.) в условиях Ташкента //Евразийский Союз Ученых. - 2020. -№. 1-3 (70). - С. 21-26.

2. Бердиев Э. Т., Холмуротов М. З. Вегетативное размножение калины обыкновенной (Viburnum opulus L.) в Ташкентском оазисе //Актуальные проблемы устойчивого развития лесного комплекса: Международная научнопрактическая конференция, посвященная. - 2018. - Т. 70. - С. 130-135.

3. Холмуротов М. З., Бобоева Г. Р. К. Показатели роста жимолость татарская (Lonicera tatarica L.) //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. Special Issue 8. - С. 959-963.

4. Jumayev J. M., Kholmurodov M. Z., Khalilova K. A. Phenology and growth indicators of honey trees and bushes in Uzbekistan //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2021. - Т. 244. - С. 02050.

5. Jurayev J. M., Xalilova K. A., Saydullayev N. B. Oddiy ligustrumni qalamchalari orqali ko'paytirishda ildiz o'sish ko'rsatkichlarini o'rganish //Science and innovation. - 2022. - №. Special Issue. - С. 88-91.

6. Kim Y. M. et al. Genome analysis of Hibiscus syriacus provides insights of polyploidization and indeterminate flowering in woody plants //Dna Research. - 2017. - Т. 24. - №. 1. - С. 71-80.

7. Van Laere K., Van Huylenbroeck J., Van Bockstaele E. Breeding strategies to increase genetic variability within Hibiscus syriacus //XXII International Eucarpia Symposium, Section Ornamentals, Breeding for Beauty 714. - 2006. - C. 75-82.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.