Научная статья на тему 'NA’MATAK PLANTATSIYALARINI BARPO ETISH'

NA’MATAK PLANTATSIYALARINI BARPO ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
48
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ko‘chat / plantatsiya / ekish sxemasi / na’matak / turkum / tuproq tarkibi 120 tonnadan 150 tonna.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Turdiev Saydali Ashurovich, Jalilov Termizxon Rahmon O’G’Li

Maqolada na’matak plantatsiyasini barpo etish uchun olib boriladigan agrotexnik tadbirlar, yer tayyorlash, yerning qiyaliklariga ko‘ra polosalar qilish, unumdorligiga ko‘ra organik va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish lozimligi bayon etilgan. Shu bilan birga plantatsiyada na’matak ko‘chatlarini oldindan 30x40x40 sm o‘lchamda kovlangan chuqurliklarga yerning holati inobatga olgan holda qiyaligi 7-100 bo‘lgan yonbag‘irlarda shudgorlanadigan polosaning eni 3 m, ular orasidagi shudgorlanmasdan qoldiriladigan masofa 3 m, qiyaligi 12-150 bo‘lgan yonbag‘irlarda bo‘lsa 2 m va 3 m bo‘lishi maqsadga muvofiqligi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NA’MATAK PLANTATSIYALARINI BARPO ETISH»

УДК 634.9+631.6

NA'MATAK PLANTATSIYALARINI BARPO ETISH 1Turdiev Saydali Ashurovich2 Jalilov Termizxon Rahmon O'g'li

1qishloq xo'jaligi fanlari doktori professori, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent.

2magistrant, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent.

1 saydaliturdie16@gmail. com https://doi.org/10.5281/zenodo.10078309

Annotatsiya. Maqolada na'matak plantatsiyasini barpo etish uchun olib boriladigan agrotexnik tadbirlar, yer tayyorlash, yerning qiyaliklariga ko'ra polosalar qilish, unumdorligiga ko'ra organik va mineral o'g'itlar bilan oziqlantirish lozimligi bayon etilgan. Shu bilan birga plantatsiyadana'matakko'chatlarini oldindan 30x40x40sm o'lchamdakovlanganchuqurliklarga yerning holati inobatga olgan holda qiyaligi 7-100 bo'lgan yonbag'irlarda shudgorlanadigan polosaning eni 3 m, ular orasidagi shudgorlanmasdan qoldiriladigan masofa 3 m, qiyaligi 12-15° bo'lgan yonbag'irlarda bo'lsa 2 m va 3 m bo'lishi maqsadga muvofiqligi keltirilgan.

Kalit so'zlar: Ko'chat, plantatsiya, ekish sxemasi, na'matak, turkum, tuproq tarkibi 120 tonnadan 150 tonna.

Аннотация. В статье описываются агротехнические мероприятия, проводимые для создания плантации шиповника, подготовка земли, устройство полос в зависимости от склонам земель, подкормка органическими и минеральными удобрениями в зависимости от плодородия почвы. При этом на плантации саженцы шиповника высаживают в заранее выкопанные ямы размером 30х40х40 см. С учетом состояния земли ширина полосы вспашки на склонах с уклоном 7-100 м должна составлять 3 м, расстояние между ними, оставляемое без вспашки- 3 м, а на склонах с уклоном 12-150 м-2 м и 3 м.

Ключевые слова: саженец, плантация, схема посадки, шиповник, категория, состав почвы от 120 до 150 тонн.

Abstract. The article describes the agrotechnical measures carried out to create a rosehip plantation, land preparation, arrangement of strips depending on the slopes of the land, fertilizing with organic and mineralfertilizers depending on soilfertility. At the same time, on the plantation, rosehip seedlings are planted in pre-dug holes measuring 30x40x40 cm. Taking into account the condition of the earth, the width of the plowing strip on slopes with a slope of 7-100 m should be 3 m, the distance between them left without plowing is 3 m, and on slopes with slope 12-150 m-2 m and 3 m.

Keywords: seedling, plantation, planting scheme, rose hips, category, soil composition from 120 to 150 tons.

KIRISh. Na'matak (shipovnik) Rosa turkumi ra'noguldoshlar (Rosaceae) oilasiga mansub bo'lib, ushbu turkumga xalq xo'jaligi va farmasevtika sanoati uchun yuqori xo'jalik ahamiyatiga ega polivitamin o'simlik turlar kiritilganligini ta'kidlash lozim bo'ladi. Sistematik ko'rsatkichlariga ko'ra turkum vakillarini o'rganish murakkab bo'lib, turkumda duragaylashuv jarayonlarini kuzatish mumkin bo'ladi. Shunga ko'ra mavjud tabiiy va madaniy na'matakzorlarda seleksiya ishlarini olib borish ona va sanoat plantatsiyalarini yaratish maqsadga muvofiq ish hisoblanadi.

Хржановский В.Г. [5] fikricha Rosa L. turkumidagi turlar soni 380-400 ta atrofida bo'lib, unga aniqlik kiritish lozimligini ta'kidlaydi. Chunki Rosa turkumi o'zining bioxilma - xilligi, keng

tarqalganligi va duragaylashuv - ya'ni yangi turlar paydo bo'lish jarayoni bilan doimo botanik olimlarning diqqatini o'ziga tortib kelganligini kuzatish mumkin.

Rosa L turkumini birinchi floristik tahlili C.B. Юзенчук [6] tomonidan amalga oshirilgan. Ushbu turkum sistematikasiga bag'ishlangan birinchi ilmiy to'plamda (Flora SSSR X tom, Roza, shipovnik - Rosa L) hozirgi MDH mamlakatlari uchun 73 na'matak turi keltirilgan.

Сааков С.Г., Фишер О.А. [1] tomonidan "Derevya i kustarniki" ilmiy to'plamida xam Rosa L turkumiga keng o'rin berilgan.

Na'matakni plantatsiyasini barpo etishda ko'chatlarini urug'laridan ham etishtirish mumkin, etishtirishning va kuchatlarini parvarishlash bo'yicha [2, 3, 4] ma'lumotlarida keltirilgan.

Na'matakni plantatsiyasi uchun qishloq xo'jalik tasarrufidan chiqarilgan yerlar, foydalanilmay bo'sh yotgan, o'rmon xo'jaligining adirli terassalari, daryo havzalarida qumoq, maydonlar ham mos keladi. Na'matak o'simligi juda beor bo'lib tuproq tarkibida unumsiz qumoq bo'lgan yerlarda ham bemalol o'sishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Na'matak o'simligi biologig ko'rsatkichlariga ko'ra yorug'sevar o'simlik bo'lib, tuproq aeratsiyasiga, namligiga va unumdorligiga ham talabchan hisoblanib, tuproq tarkibi kambag'al yerlarda o'stirilsa belgilangan natijaga erishmaslik mumkin. Shuning uchun na'matakning bo'lg'usi plantatsiyasi uchun tanlangan maydon tadqiq etilishi maqsadga muvofiqdir.

Tadqiqotning uslublari. Daraxt va butalarni vegetativ usulda ko'paytirish maqsadida M. Browse tomonidan ishlab chiqilgan «O'simliklarni vegetativ ko'paytirish», E.T.Berdiev, S.A.Turdiev va B.P.Tirkashev tomonidan ishlab chiqilgan "Na'matakning istiqbolli shakllarini tanlash, ko'paytirish va plantasiyalarda o'stirish bo'yicha" Tavsiyanoma asosan amalga oshirildi. Olingan ma'lumotlarni statistik qayta ishlashda umum qabul qilingan mezonlar asosida bajariladi. TADQIQOTLAR NATIJALARI VA ULARNING MUHOKAMASI

Na'matak plantatsiyasini barpo etish ustida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, plantatsiya hududi ya'ni maydoni shudgorlashdan oldin 1 gektar hisobidan tuproq holatini hisobga olgan holda 120 tonnadan 150 tonnagacha organik o'g'itlar solinadi. Shudgorlash kuzgi yomg'irlardan keyin o'tkaziladi. Shudgorlash 30-35 sm chuqurlikda amalga oshirilgach, qishga boronalanmagan holida qoldiriladi. Tog'li hududlarda sug'orish imkoniyati mavjud, qiyaligi 150 gacha bo'lgan maydonlarda tuproq polosalar shaklida shudgorlanadi, ya'ni ular oralig'ida haydalmagan polosalar qoldiriladi.

Ushbu polosalar tog' yonbag'rilari bo'ylab joylashtiriladi. Shudgorlanadigan polosalarning eni va ularni joylashtirish tanlangan joyning relefi va qiyaligiga qarab belgilanadi: qiyaligi 7-100 bo'lgan yonbag'irlarda shudgorlanadigan polosaning eni 3 m, ular orasidagi shudgorlanmasdan qoldiriladigan masofa 3 m, qiyaligi 12-150 bo'lgan yonbag'irlarda bo'lsa 2 m va 3 m bo'lishi maqsadga muvofiq. Qiyalik joylarni shudgorlashda odatda tuproq yuqoridan pastga qarab ag'dariladi, tuproq yuvilishini oldini olish maqsadida haydalma polosaning yuqori qismida 20-25 sm chuqurlikda ariqcha qoldirish maqsadga muvofiqdir.

Tuproq qatlami 20 sm gacha bo'lgan daryo bo'ylaridagi toshloq va qumloq yerlarda quyidagicha yer tayyorlash ishlari o'tkaziladi. Bunday yerlarda tuproqni ag'darib shudgorlash quyi qatlamdagi toshlarni yer ustki qismiga chiqishiga sabab bo'ladi, shuning uchun bunday yerlarni tuprog'ini ag'darmasdan chuqur yumshatish (chizellash) o'tkaziladi. Toshloq yerlarda 0,5 m chuqurlikda va 1,5 m kenglikda ariqlar qazish va ularni qumoq tuproq bilan to'ldirish tavsiya etiladi. Madaniy na'matakni me'yoridan ortiq uzoq vaqt oqar suv bosadigan yerlarda o'stirish tavsiya etilmaydi. Ko'chatlar orasida ishlov berish, ularga shakl berish va hosil yig'ib olish kabi noqulayliklarni tug'diradi.

Na'matak plantatsiyalarda ekish uchun standart talablarga javob beruvchi sifatli, yaxshi rivojlangan ildiz tizimiga ega va serhosil, yirik mevali shakllar va navlar asosida yetishtirilgan ko'chatlardan foydalaniladi. Sug'oriladigan yerlarda madaniy na'matakni plantatsiyalarda ekish sxemasi 4 x 3 m, lalmikor yerlarda 3 x 2 m, ya'ni qator oralaridagi masofa 4 m, qatordagi ko'chatlar orasidagi masofa 3 m.

Ko'chatlarni ushbu sxemada ekish ularni kelgusida parvarishlashda qator oralarida agrotexnik tadbirlarni mexanizatsiyalashtirish va ularda vaqtinchalik qishloq xo'jalik ekinlari, ayniqsa sabzavotlar yetishtirish imkonini yaratadi. Ko'chatlar oldindan 30x40x40 sm o'lchamda kovlangan chuqurliklarga ekiladi.

Chuqurlikni pastki diametri 50 sm da bo'lishi ildizlarni yaxshi shakllanishiga qulaylik tug'diradi. Ko'chatlarni ko'chatzordan kovlangan va doimiy joyiga ekish orasidagi muddat qanchalik qisqa bo'lsa, ekilgan ko'chatlarni tutib ketish darajasi shunchalik yuqori bo'ladi. Na'matak ko'chatlarini ildizlari ekish oldidan maxsus organik o'g'it, maydalangan tugunakli bakteriyalar, tuproq va suv qo'shib tayyorlangan loyqa-bo'tqaga botirib olinadi.

Ko'chatlar ekilgach tuproq zichlanadi va ko'chatlar atrofi mulchalanadi, ko'chat qatorlari bo'ylab ariqcha olinadi va zaxlatib sug'oriladi. Sug'orilmaydigan lalmikor yerlarda ko'chat qatorlari bo'ylab ariqcha olinadi va ko'chatlarning ostida tabiiy yog'ing'archilik suvlari yig'iladigan joy ochiladi.

1-Rasm. ToshDAU qoshidagi Axborot resurs markazida 3x2 sxemada barpo etigan kolleksiyasi.

1-jadval. Na'matak ko'chatlarini joylashtirish sxemasi

Tur nomi Qator orasi m Qatordagi ko'chat orasi m 1 gektar daraxt soni dona

Na'mataksi 3 2 1666

Na'matak plantatsiyalarida olib boriladigan asosiy agrotexnik tadbir-sug'orishga e'tibor qaratiladi. Tuproq namligini 50-60% yo'qotmasdan ekilgan ko'chatlarni sug'orish ularni rivojlanishiga va bo'lg'usi hosildorligiga ijobiy natija ko'rsatadi. Sug'orish egatlar bo'ylab amalga oshiriladi, 1-2 yili 8-10 marta, keyingi yillarda 5-7 marta sug'orish yetarli bo'ladi. Yer ostki suvlari

yaqin, tabiiy drenajga ega yerlarda sug'orish miqdorini kamaytirish mumkin. Plantatsiyalarda tuproq namligi 50-60% darajada ushlab turiladi, ko'chatlar atrofidagi tuproqni qurib qolishiga va yoriqlar paydo bo'lishiga yo'l quyish kerak emas, bu hol tuproq namini tez bug'lanib ketishiga sabab bo'ladi. Na'matakzorning qatorlari orasiga vegetatsiya davrida qishloq xo'jalik mexanizmlari yordamida ishlov beriladi 35-40 sm chuqurlikda haydaladi va kultivatsiya qilinadi. Qatorlar orasidagi ko'chatlar tuproqlari qo'l kuchi yordamida chopiq qilinadi, begona o'tlardan tozalanadi va tuprog'i yumshatiladi. Plantatsiyalarda birinchi yili tuproqqa 3-4 marta, keyingi yillari 2-3 marta ishlov beriladi.

Na'matakzor hosildorligini oshirish maqsadida ko'chatlar mineral va organik o'g'itlar bilan oziqlantiriladi. Vegetatsiya davrida 135-140 kg/ga fosforli o'g'itlar va 25-30 t/ga organik o'g'itlar solinadi. Shuni ta'kidlash lozimki dukkakli o'simliklar singari, na'matak ildizlarida azotni o'zlashtiruvchi tugunakli bakteriyalar mavjud bo'lib, ularning hayotiy faoliyati tuproqni azotga boyitadi va ko'chatlar rivojlanishini ta'minlaydi. Madaniy na'matak plantatsiyasidagi ko'chatlariga shakl berish sanitar kesish ham muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi. Ko'chatlar 34 yili shox-shabbalari ko'pincha bir tomonga egik holda tarvaqaylab shakllanadi, shuning uchun ulardagi ortiqcha, parallel va noto'g'ri o'sgan novdalar "qisqa butash" shaklida kesiladi, ko'chatning qolgan novdalari quyosh nuri bilan ta'minlanishi yaxshilanadi. Barpo etilgan na'matak plantatsiyalarda ularni parvarishlashda kasallik va zararkunandalarini o'z vaqtida aniqlash va ularga qarshi kurash choralarini belgilash muhim tadbirlardan biri hisoblanadi.

Xulosa. Na'matak plantatsiyalarida mevalarini terish ko'chatlar ekilgandan so'ng 3-4 yili ular to'liq hosilga kirgach boshlanadi. Mevalarni yangi terilgandan va quritilgan holda farmasevtika sanoatida foydalaniladi, qish-bahor mavsumlarida kompot qilib ichish mumkin. Mevalarni qayta ishlash sanoatida hamda turli maqsadlarda keng foydalanish mumkin, mevalar tarkibi vitaminlarga boy (S va boshqa faol moddalar miqdori yuqori bo'ladi) buning uchun na'matak mevalarini terish fiziologik pishib yetilgan davr sentyabrning ikkinchi dekadasidan boshlanadi.

Na'matak mevalaridan dorivor preparatlar olish uchun ularni to'liq pishib yetilgandan so'ng terish maqsadga muvofiqdir. Mevalarni kechroq, kuzgi sovuqlardan so'ng oktyabr oyining birinchi, ikkinchi dekadalarida terish mumkin, chunki na'matak mevalari daraxtda uzoq vaqt (ayrim butalarda yanvar-fevral) gacha saqlanadi. Na'matak plantatsiyalarini barpo etish rentabelligi yuqori bo'lib, bu plantatsiyalarni tashkil etishga sarflangan xarajatlarni ular to'liq hosilga kirgach, 4-5 yilning o'zidayoq qoplaydi.

Shu bilan birga barpo etilgan na'matakning ona plantatsiyasi ularni yangidan yangi serhosil, servitamin yangidan yangi navlarini yaratish uchun manbaa bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Сааков С.Г., Фишер О.А. Род Шиповник - Rosa L. /^epeBya и кустарники СССР. - М.: Л.: 1954, Т.3. - С 616-622.

2. Турдиев С.А., Алиева Ф, Жалилов Т. Наъматакнинг мева ва уругларини биологик ва морфологик курсаткичларини урганиш. //SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337. 209 - 213 бет http://scientists.uz/view.php?id=2614

3. Турдиев С.А., Жалилов Т., Алиева Ф. Атиргул пайвантаглари учун, наъматак уругкучатларни етиштириш SCIENCE AND INNOVATION

4. INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337. 220 - 224 бет. https://doi.org/10.5281/zenodo.7339573

5. Egamyor Akhmedov*, Saydali. Turdiev. Mexroj Dustiyorov and G'ulomjon Jumaboev. Features of growth and development of peppermint (Mentha Piperita L.) in the row spacing of rosehip (Rosa Canina L.) INTERAGROMASH 2022: XV International Scientific Conference "INTERAGROMASH 2022" pp 2012-2017. https://link.springer.com/chapter/10.1007/978-3 -031-21219-2_224

6. Хржановский В.Г. Розы .- М.: Советскауа наука, 1958 - 49 с.: ил.

7. Юзенчук С В. Роза (Шиповник) - Rosa L. //Флора СССР. - М.: Л.: Изд-во АН СССР, 1941, Т. 10. - С. 431-506.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.