Научная статья на тему 'LIMON KО‘CHATLARINI OCHIQ MAYDONDA PARVARISHLASH'

LIMON KО‘CHATLARINI OCHIQ MAYDONDA PARVARISHLASH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

131
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
limon kо‘chatlari / sug‘orish tizimi / organik va meniral о‘g‘it / novda / barg / ildiz tizimi / namlik / harorat

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Bobosher Sheralievich Nortojiev, Shoira Abduvositovna Valiyeva, Muxayyo Iskandarovna Shomirzayeva

Ilmiy maqola limon kо‘chatlarini ochiq maydonda parvarishlash va intinsiv kо‘chat yetishtirishga qaratilagan. Ochiq maydonda yosh limon kо‘chatlarini parvarishlashda oziqa miqdorining sarfi, kо‘chatlarni rivojlanish fazalari, novdalarning shoxlanish tartibi, ildiz tizmining jadal о‘sish surati aniqlandi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LIMON KО‘CHATLARINI OCHIQ MAYDONDA PARVARISHLASH»

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RI^)JLANISHID^ILM-FANYUTUQLAR^

LIMON KO'CHATLARINI OCHIQ MAYDONDA PARVARISHLASH

Bobosher Sheralievich Nortojiev

Toshkent davlat agrar universiteti Mevachilik va uzumchilik kafedrasi asistenti

Shoira Abduvositovna Valiyeva

Toshkent davlat agrar universiteti Mevachilik va uzumchilik kafedrasi asistenti

Muxayyo Iskandarovna Shomirzayeva

Toshkent davlat agrar universiteti subtropmk va sitruschilik mutaxassligi magistri

ANNATATSIYA

Ilmiy maqola limon ko'chatlarini ochiq maydonda parvarishlash va intinsiv ko'chat yetishtirishga qaratilagan. Ochiq maydonda yosh limon ko'chatlarini parvarishlashda oziqa miqdorining sarfi, ko'chatlarni rivojlanish fazalari, novdalarning shoxlanish tartibi, ildiz tizmining jadal o'sish surati aniqlandi.

Kalit so'zlari - limon ko'chatlari, sug'orish tizimi, organik va meniral o'g'it, novda,barg, ildiz tizimi, namlik, harorat.

Kirish Respublikada limonchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlar ko'lamini kengaytirish, ilg'or va zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni qo'llash asosida yuqori sifatli sanoatbop va eksportbop limon yetishtirish hajmini oshirish, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini keng joriy etish talab etiladi.

Hozirda zamonaviy qishloq xo'jaligida sitrus mevali o'simliklar plantatsiyalarini barpo qilish uchun ko'chatchilik tarmog'ini jadal rivojlantirish, ko'chat yetishtirishda ilg'or texnologiyalardan foydalanish, sifatli, ko'chatlarni yetishtirish va shu orqali sitrus mevalarini yetishtirivchi fermer xo'jaliklariga sifatli ko'chatlarini muntazam yetishtirishga e'tibor qaratish dolzarb muommolardan hisoblanadi. Katta hajimdagi sitrus mevali plantatsiyalar barpo qilish uchun albatta sifatli sog'lom hosildorligi yuqori navli sitrus o'simliklar ko'chatlarni yetishtirish zarur bo'ladi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili O'simliklarni maydonlarda yetishtirishni esa o'ziga yarasha muxim talablari mavjud. Jumladan ularning oziqlanish maydonini, yer ustki qismini kompakt shakllanishi, yorug'likdan to'liq foydalanishi,

ximoyalangan

176

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RI^)JLANISHID^ILM-FANYUTUQLAR^

havo aylanishi, barglardagi transpiratsiya jarayonlarini jadallashuviga sharoit yaratish, generativ organlarni shakllanishi, daraxtlarga ishlov berishdagi qulayliklar, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishdagi qulayliklar va nixoyat hosilni terib olishdagi qulayliklarga aloxida etibor qaratish zarur bo'ladi deb ta'kidlagan.

Tadqiqot metodologiyasi: Tajribada tadqiqot obyekti sifatida biz limonning Meyer navini bir yillik ko'chatlaridan foydalandik. Tajribalar 2021 yil aprel - oktabr oylari davomida Toshkent viloyati Qibray tumani Toshkent davlat agrar universiteti Axborot maslahat markazi tajriba maydoni sharoitida olib borildi. Tajriba maydonining hajmi 200m teng. Ko'chatlarni ekish sxemasi 60x20. Tajribaning har bir variantida 10 donadan ko'chat sinovdan o'tkazildi. Tajriba to'rt marta takrorlandi. Ko'chatlar butasimon past novda shaklida o'stirildi. Tadqiqotda ko'chatlarning ochiq maydonda intinsiv rivojlanish tezligi o'suv dinamikasi o'rganildi.

Tahlil va natijalar: Respublikada limon ko'chatlarini ochiq maydonlarda yetishtirishning uchta asosiy davri mavjud: bahor-aprel-may, yoz-iyul-avgust, kuz-sentabr-oktabr. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, limon ko'chatlarini ochiq maydonlarda yetishtirishda eng avvola ko'chat ekish uchun tanlab olingan yer maydoniga kuzgi shudgordan oldin har bir m 30-40 kg dan mahaliy o'g'it solinishi zarur. Kuzgi shudgor qilinib, qishki tinim davri tugagandan so'ng bahorda martning oxiri aprel oying boshida yengil chezil qilinib ko'chatlarni ekishdan oldin, xar bir m 0,012 kg azot, 0,004 kg fosfor,0,006 kg kaliy o'g'iti solinishi talab bo'ladi.

Yosh Ko'chatlar yetirlicha oziq moddalar bilan ta'minlanmasligi natijasida ko'chatlar sifatli sog'lom bo'lib yetishmasligiga olib keladi. Jumladan; Fosfor yetishmasligi bahorda yozda o'smlik barglari bir oz qizg'ish tus oladi natijada fotosentiz jarayoni sust kechadi. Kaliy yetishmasligi natijasida o'simlik barglar jigarrrang, kulrang tus olib bir oz burishgan holatga kelib qoladi, Bu holat ko'chatlarni kasallikka tez chalinishiga sabab bo'ladi. Azot yetishmasligi yosh nihollarda jadal o'sish tezligini keskin pasaytirib yuboradi, barglari och yashil diyarli sarg'ish rangda bo'lib qoladi. Bu holat yosh Ko'chatlar so'lib nobud bo'lishiga olib keladi.

Ko'chatlarni ekish muddati aprel oyining uchunchi dekadasidan boshlab amalaga oshiriladi. Bir yoshli o'simliklarda 1-2 ta birinchi tartib novdalari va tanasining yo'g'onligi 0,7-0,8 sm bo'lishi talab etiladi. Ko'chatlarni o'tqazishdan oldin bog' qaychi bilan oxirgi o'sish darajasining uchdan bir qismi, shuningdek ortiqcha novdalari, ildizning sararlangan qismi kesib tashlanadi. Ko'chat o'tqazilganda ko'chatlarning ildiz bo'g'zi tuproq sathidan 2-3 sm yuqorida bo'lishi zarur. Yosh ko'chatlarni ekish sxemasi

177

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 MEVACHILIK VA UZUMCHILIKNING RIVOJLANISHID^ILM-EANYUTUQLAR^

60x25 sm yani qator orasi 60 sm ko'chatlar orasi 25 sm ni tashkil etadi.Ko'c hatlar o'tqazilgandan so'ng zudlik bilan sug'orish talab etiladi. Ko'chatlarni ekish chuqurligi 15-20 sm ni tashkil etadi.

Sug'orish qator orlatib, jildiratib, tuproq 30-40 sm chuqurligida namlangunicha sug'oriladi. Tuproq vegetatsiya davomida doimo nam holatda bo'lishi zarur. Yosh nihollar normal o'sishi va rivojlanishi uchun tuproqning optimal namligi 70-85% ni tashkil etishi kerak bo'ladi. Sug'orishlar bo'lib-bo'lib (mavsumda 20-25 martagacha) o'tkaziladi. Sug'orish miqdori va muddati ob-havoga va o'simlik holatiga qarab belgilanadi. Yosh ko'chatzorlarda ko'chatlar novdalari jadal rivojlanishi uchun har 2-3 marta sug'orilgandan keyin yer yetilishi bilan qator oralari yumshatiladi. Mavsum davomida 4-6 marta qator oralariga ishlov berish zarur. Vegetatsiya davrida qator oralariga sharbat oqizilishi tuproq namligini yetralicha saqlanishini ta'minlaydi.

O'g'itlash. Limon ko'chatlarini ham boshqa barcha ekinlar singari yerga organik va mineral o'g'itlar solib turilgandagina jadal rivojlanishi mumkin bo'ladi. Novdalarning jadal o'sishi va pishishiga organik o'g'itlar yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Har

л

bir m hisobiga to'liq miqdorda beriladigan organik o'g'it tarkibi: 100 gramm azot, 40 gramm fosfor, 60 gramm kaliy va 10 kilogramm mahalliy o'g'itdan iborat bo'ladi.

O'g'itlar tarkibidagi ushbu oziq moddalar miqdori bo'yicha tegishli hisob kitoblar olib boriladi. Solinadigan o'g'itlarning aniq miqdori tuproqning agrokimiyaviy tahlili ma'lumotlari, sug'orish rejimi, novdalarning o'sishi va shoxlanishi aniqlanadi. Yetarli miqdorda o'g'itlarning berilishi yosh ko'chatlarni noqulay iqlim sharoitlarga chidamliligini oshiradi. Azot sug'orishdan 10-12 soat oldin solinishi va sug'orish tongda yoki kunning ikkinchi yarimida amalga oshirilishi samarali natija ko'rsatishi aniqlandi. Ko'chatlarni ochiq dalada to'g'ri parvarishlash natijasida qisqa vaqt ichida ildiz tizmi va yer ustki qismi yaxshi rivojlangan sog'lom, baquvat ko'chatlar olish imkoni paydo bo'ladi.

1-jadval

Vegetativ organlarning rivojlanish dinamikasi (2021 y.)

Vegitativ organlar rivojlanishi o'rtacha Vegitativ organlarning rivojlanish dinamikasi

I variant II variant III variant V variant Nazorat

Ildiz sm 20-25 40-45 30-35 25-30 15-20

Novda sm 40-45 90-1m 80-85 65-70 30-35

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RIVOJLANISHID^ILM-EANYUTUQLAR^

Novdalar soni 1-2 2-3 2-3 1-2 1

Noadalarning diametiri sm 07,-08 sm 1,5-2sm 0,9-1,5 sm 08,-09 sm 0,6-0,7 sm

Barglarning soni 25-30 50-55 45-50 30-35 20-25

Barg sathi 513-615 sm2 1370-1507 sm2 1138-1265 sm2 684-798 sm2 324-405 sm2

1-pacM

a 6

1-pacM. a) ohhk MafiflOHfla ^hmüh KynaT3opH, ö) 4-5 oh gaBOMuga napBapiiw.iaHraH

KynaT.ap

XULOSA

i=> Ochiq maydonga limon ko'chatlarini yetishtirish natijasida qisqa vaqt ichida yaxshi rivojlangan, baquvvat ko'chatlar olish imkoni mavjudligi hamda ko'chatlarni ekish sxemasi, oziq moddalarning maqbul meyorlari aniqlandi

Yosh nihollar normal o'sishi va rivojlanishi uchun tuproqning optimal namligi 80-85% bo'lishi zarurligi hamda mavsum davomida tuproqning va Ko'chatlarng holatidan kelib chiqib haftasiga kamida 2 marotabagacha sug'orish zarurligi aniqlandi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi PQ-3586-son qarori.

2. M.M.Mirzayev, S.M.Jivotinskaya, O.P Kulkov. O'zbekistonda sitrus mevalar yetishtirish. 1983 Toshkent. 32-35 bet

3. Rekomendatsii po virashivaniyu sajensev limona v usloviyax Sredney Azii. -Tashkent, MSX, 1986. - S. 8-14.

179

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.