Научная статья на тему 'SUJET VA KOMPOZITSIYA YARATISHDA USLUBNING ROLI'

SUJET VA KOMPOZITSIYA YARATISHDA USLUBNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sujet / kompozitsiya / badiiy detal / milliy ruh / badiiy g‘oya / yozuvchi dunyoqarashi / rakurs

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Maxmudova Dilshoda Kurbonbayevna

maqolada sujet va kompozitsiya yaratishda uslubning o‘rni tahlil qilinadi. Nazariy qarashlarni oydinlashtirish jarayonida yozuvchilar S.Moem va U.Hamdam badiiy nasri asos sifatida olingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUJET VA KOMPOZITSIYA YARATISHDA USLUBNING ROLI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

SUJET VA KOMPOZITSIYA YARATISHDA USLUBNING ROLI

Maxmudova Dilshoda Kurbonbayevna

SamDCHTI tayanch doktoranti

Annotatsiya: maqolada sujet va kompozitsiyayaratishda uslubning o'rni tahlil qilinadi. Nazariy qarashlarni oydinlashtirish jarayonida yozuvchilar S.Moem va U.Hamdam badiiy nasri asos sifatida olingan

Kalit so'zlar: sujet, kompozitsiya, badiiy detal, milliy ruh, badiiy g'oya, yozuvchi dunyoqarashi, rakurs

https://doi.ors/10.5281/zenodo.13521299

Аннотация: в статье анализируется роль стиля в создании сюжета и композиции. В процессе выяснения теоретических воззрений за основу была взята художественная проза писателей С.Мохама и У.Хамдама.

Abstract: the article analyzes the role of style in creating a subject and composition. In the process of clarifying theoretical views, writers S.Moham and U.Hamdam's artistic prose was taken as a basis.

Ключевые слова: сюжет, композиция, художественная деталь, национальный дух, художественная идея, авторский взгляд, перспектива.

Key words: subject, composition, artistic detail, national spirit, artistic idea, author's outlook, perspective.

Benihoya keng badiiy tafakkurga ega yozuvchilargina o'z individual uslubini va inson xarakterining hali hech kim ilg'ab yetmas miqyoslarini yaratishga qodirligi bilan alohida ajralib turadi. O'zbek adabiyotida kutilmagan situvatsiyalar, syujet va badiiy kompozitsiyaning tadrijiy takomili, davrning ham, zamonning ham ilg'or g'oyalaridan bir qadar balandlab ketish, uni o'quvchilarga turli rakurslarda tanishtirish yo'lida zalvorli mashaqqatlar tortadilar. Ana shu mashaqqatlar evaziga o'z uslubini, g'oyaviy-badiiy platformasini yuzaga keltiradilar. XX asr ingliz nasrining gullab-yashnagan oltin davrida S.Moem va uning salaflari Yevropa yozuvchilari katta mehnatlar evaziga turli xil uslubiy modifikatsiyalarni eksperiment sifatida talqin qilib, o'zlarining individual uslubiy olamiga ega chiqdilar. Ko'chib yuruvchi syujet haqida so'z borganda, avvalo bir narsani e'tibordan chekkaga chiqarish mumin emas: birinchidan, bir davrning umumiy va xususiy atributlari bo'ladikim, busiz yozuvchilar xohlagan priyomlarini qo'llay olmaydilar. Ayniqsa, davrning umumiy mavzusi, keyinchalik yolg'izlik va ishonchsizlik, hayotga pragmatik yondashuv sistemasida inson badiiy tafakkuridagi evrilishlar lahza sayin o'zgarib, turlanib borishi tayin. Ikkinchidan, ana shu bir g'oya atrofida birlashish, tamomila boshqa bir yozuvchining ijodiy kredosida as qotishi mumkinligi ayonlashadi. "Yozuvchi qaysi janrda ijod qilmasin, asar yaratmasin, u obyektiv

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

hayotga murojaat qiladi. Lekin obyektiv voqelik, ya'ni hayotiy material qanday bo'lsa, yozuvchi shunday tasvirlamaydi. Basharti shunday qilinsa, badiiy asar bo'lmaydi. Yozuvchi uni qayta yaratadi, o'zidan qo'shadi, o'rni kelganda "kamaytiradi". Bu "qo'shish" va "kamaytirish" hayotiy haqiqatlarga zid bo'lmasligi, yozuvchi asarda ilgari surgan badiiy maqsad-konsepsiyaga muafiq bo'lishi kerak. Demak, ijodkor voqelikka suyangan holda yaratgan asardagi konsepsiya o'z zamonasining dolzarb masalasi bilan aloqador bo'lsa uning qalbida go'zallik, ezgulik hislarini yoki nafrat tuyg'usini uyg'ota olsa, ana o'shandagina o'z vazifasini ado etgan bo'ladi"[1,143]. O'zbek adabiyotida Ulug'bek Hamdam ana shunday uslublararo sintezni milliy tafakkur segmentlari bilan muqoyasa qila olgan yozuvchilardan biri hisoblanadi.

Bizga ma'lumki, XIII-XV asrlar oralig'ida turkiy va forsigo'ay shoirlar - xamsachilik an'anasiga tamal toshi qo'ydilar. Har uchala hamsanavis bir g'oya atrofida umumiy tushuncha bilan kifoyalanib, o'zlariga yangidan-yangi talqin jug'rofiyasini sinofdan o'tkazdilar. Mana shu jihat - ko'chib yuruvchi syujet modusini namoyon qilib, xamsanavislarning oldiga kattadan-katta savollarni ko'ndalang qo'yishga zamin hozirladi. Keyinchalik bu an'ana Yevropa xalqlarida, ya'ni o'rta asrlardan boshlab eposning, ya'ni romanning yangi talqini, hikoya va qissaning rivojlanish qonuniyatlarini yodimizga soladi. Servantesning "Don Kixot" asaridan boshlab, XX asrning ibtidosiga qadar qanchadan-qancha asarlar yuzaga keldi. Ayni paytda, mana shu asarlarning umumiy g'oyasi - erkin va farovon demokratik jamiyat barpo etib, o'z individual hayotini mustahkamlash yo'lida katta mehnat qilish strukturasini ishlab chiqishga imkon yaratdi. Endilikda bular realizm va modernizm chegarasida "yangi izm"larning paydo bo'lishiga sharoit tug'dirdi. Bular ko'chib yuruvchi syujet qamrovining turfalanishidan dalolat beradi. Bir narsani e'tibordan soqit qilib bo'lmaganidek, syujetning qonun va qoidasi to'laqonli Fransuz va inglizzabon yozuvchilar asarlari negizida katta taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi. O'tilgan yo'l tajribasidan kelib chiqadigan bo'lsak, insoniyat qaysi davrda yashamasin, o'z davrining komil fuqarosi bo'lib qolaveradi.

Somerset Moem va Ulug'bek Hamdam asarlaridagi uslubiy modifikatsiya - XX asrda insoniyatning tamaddun sari ilgarilab ketishi, yolg'izlik va alamzadalik, rivojlanish va taraqqiyot, ko'p farzandlilik va boqimandalik tuyg'usining urchib ketishiga javoban paydo bo'lgan fragmentlar ekanligi ayonlashadi. Adabiyotshunoslik lug'atlarida badiiy syujetga quyidagicha ta'rif beriladi: "Adabiyotshunoslik lug'ati"da qayd etilishicha: "Sujet personajlarning "harakat"laridan tarkib topadi. Personajlarning makon va zamonda kechuvchi xatti-harakatlari ham, ruhiyatidagi o'y-fikrlar, his-kechinmalar rivoji ham harakatdir. Shu harakat tiplaridan qaysi biri yetakchilik qilishiga qarab S.ning ikki tipi ajratiladi: a) "tashqi harakat" dinamikasiga asoslangan S.; b) "ichki harakat" dinamikasiga asoslangan. Sujetning birinchi tipdagi syujetlarda personajlarning biror maqsad yo'lidagi xatti-harakatlari, kurashi, to'qnashuvlari, hayotdagi burilishlar tasvirlanadi va shu asosda ularning taqdiri, ijtimoiy mavqeida muayyan o'zgarishlar yuz beradi. Bu nav S.larda voqea to'laqonli tasvirlanadi va o'z holicha ham badiiy-estetik qimmat kasb etadi. S.ning ikkinchi tipida voqealar o'z holicha emas, personaj ruhiyatidagi jarayonga turtki berishi jihatidan ahamiyat kasb etib, asar davomida personajlar hayotida, taqdirida yoki ijtimoiy holatida emas, uning ruhiyatida burilishlar, o'zgarishlar sodir bo'ladi" [2,289-290]. Mazkur farqlanish hali syujetning ikki xususiyati

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

haqida tasavvur uyg'otadi. Birinchi tipdagi syujetlar XX asr boshlaridan to 70-yillargacha bo'lgan davrda yaratilgan hikoya, qissa, romanlarda kuzatilgan bo'lsa, ikkinchi tipdagilar 90-yillardan keyingi yaratilgan badiiy asarlarda teran namoyon bo'lganligini ta'kidlash zarur. Negaki, keyingi yillarda yaratilgan asarlarda yozuvchilar butun diqqatini ijtimoiy hayot silsilalarida kechayotgan jarayonlarga emas, yagona inson ongu tafakkurida sodir bo'layotgan voqelikning sabablarini ko'rsatishga e'tibori bilan belgilanadi. Bu tamoyildan olib qaralganda Somerset Moem asarlarida syujetning "ichki harakat" dinamikasini ifodalashdagi yo'sinlari ko'zga tashlanadi. Bir qarashda oddiy voqelikdan ham ham umuminsoniy masalalarni olib chiqish usuliga erishish mumkinligini so'nggi ijodiy jarayonlarda ko'ramiz:

"Ertasiga Striklendni olib keldik. Bu ishga ko'ndirish uchun anchagina qat'iyat va sabr-toqat ko'rsatishga to'g'ri keldi. Lekin u haqiqatan anchagina og'ir xasta edi, shu tufayli, Struvening iltijolariyu mening qat'iyatimga dosh bera olmadi. Biz uni kiyintirgunimizcha, ming'illab so'kinib turdi. Zinadan olib tushdik-da, izvoshga o'tqazib, Struvening ustaxonasiga olib keldik. Striklend bunday harakatlardan obdon tinkasi quridi, ko'rpa-to'shak qilib yotqizib qo'yishimizga ham qarshilik ko'rsata olmadi. Bir yarim oygacha mazasi bo'lmadi. Shunday kunlar ham bo'ldiki, nazarimizda, bir necha soatlik umri qolgandek tuyulardi. Bunday og'ir holatdan faqat Struvening favqulodda qat'iyligi tufayligina omon qolganiga ishonaman. Men umrim bino bo'lib bunday bemorni ko'rmaganman. U qaysar va yo'q narsalarni talab etaveradigan bemor emasdi, aksincha, hech qachon hech narsadan shikoyat qilmas, hech narsa so'ramas, qariyb hech narsa demasdi. Bizning g'amxo'rligimiz uning g'azabini keltirayotganday edi. O'zini qanday his etayotgani, biror narsa kerak, kerakmasligini so'raganimizda esa masxaralash bilan javob qaytarar yoxud so'kinardi. Men endi uni butunlay yomon ko'rib qolgandim, kasallik xavf-xataridan qutulishi bilanoq, bu to'g'risida unga to'g'ridan to'g'ri aytdim" [3,53].

Na hayotda, na rassmochilikda omadi yurishgan bu Striklend kutilmaganda ichkilik va ruhiy azoblar zarbasidan bemor bo'lib qoladi. Ayni shu bemorlikni davolash uchun bor imkoniyatini do'sti hamrohligida bajarish usta Drink bajarishga tushadi. Biroq uning xotini bu bemorni olib kelishga rad javobini beradi. Hayotdagi ketma-ket chigal lahzalardan, uysiz va maoshsiz darbadar kezishga kirib ketgan Striklend oxir-oqibat do'stining ustaxonasini boshpona tutishga rozi bo'ladi. Bunday qaysar va o'zining bilganidan qolmaydigan rassomning bor vujudini kutilmaganda behollik egallab, madorsiz bir ahvolga tushishi, jazavli bo'lib qolishga yetaklaydi. Aslida yozuvchi syujet liniyalarida ko'proq ichki harakat dinamikasiga asoslangan syujet qismlaridan unumli foydalanadi. Syujetning muqaddimasida ham birdaniga - Charlz Striklend qiyofasi va uning portreti ko'z o'ngingizda gavdalanadi. Mana shu jihatdan olib qarasak, roman leytmotivida uslubiy modifikatsiya insonning haq va huquqlari toptalgan xunrezliklarni keltirib chiqarishga sharoit yaratib tashlayotgan jamiyat qiyofasi ko'z o'ngingizda gavdalanadi. Insoniy burch va mas'uliyat yo'qolgan hayotning pastu balandlari yozuvchi olamida rosa qiyin bir kayfiyatni yuzaga chiqarib yuboradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Каримов X,. Кечаги узбек насрида хдёт хдкикати ва инсон концепцияси

(70-80-йиллар) -T.:Yangi nashr. 2018.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2. ^уронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик лугати. -Т., Академнашр. 2013.

3. Сомерсет Моэм. Ой ва сари; чака. -Т: "Шарк". 2006.

4. Bazarova, S., & O'rinova, O. (2023, December). KOREYADA XX ASRNING 20-YILLARIDA NATURALIZMNING BADIIY ADABIYOTDA TUTGAN O'RNI. In Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit (pp. 125-128).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.