INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL
intfrnationai
SCIENCES AND RESEARCHES scientific
journal
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
"MEHROBDAN CHAYON'' ROMANI TALQINIGA DOIR
Dilafro'z Jabborova
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti dotsenti
Annotatsiya:Maqolada Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romani va obrazlari tahlil qilinadi.
Tayanch so'z va iboralar: tahlil, talqin, baholash, munaqqid https://doi.ors/10.5281/zenodo.14187484
Аннотация. В статье анализируется роман Абдуллы Кадири «Скорпион с алтаря» и его образы.
Abstract: The article analyzes Scorpion from the Altar, a novel by Abdullah Kadiri, and its imagery.
Atoqli o'zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy "Mehrobdan chayon" romanini 1928 -yilda yaratdi. Bu roman o'zbek adabiyoti tarixida adibning "O'tkan kunlar" dan keyingi ikkinchi asari bo'ldi. Asar xuddi "O'tkan kunlar" kabi keng kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Roman qahramonlari Anvar va Ra'nolar ham Otabek va Kumush kabi xalqimizning sevimli qahramoniga aylanib ketdi.
Asar adabiyotshunoslikda dastlabki romanlardan biri sifatida tadqiq etila boshladi. Sho'ro davrida qodiriyshunoslar roman qahramonlarining oddiy xalq vakillari ekanligini yozuvchi dunyoqarashidagi progresiv o'zgarish sifatida baholashdi.
O'zbeksiton mustaqillikka erishgach, qodiriyshunoslik ham yangi bosqichga - sifat jihatdan yangilangan boschiqga o'tdi. Olimlarimiz sho'ro davriga xos mafkuraviy yondashuvdan voz kechib, asarlarni badiiy mahorat nuqtai nazardan baholay boshlashdi. Bu haqda "Adabiy tanqid: yangilanish jarayonlari" nomli monografiyada shunday yoziladi: "Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, istiqlol yillarida Qodiriy ijodini yangicha tafakkur tarzi, yangicha metodologik tamoyillar asosida talqin etish sho'ro davri qodiriyshunosliging shakllanishiga juda katta hissa qo'shgan atoqli munaqqidlar faoliyatiga ham xos xususiyatdir. Ular mustaqillikning ilk yillaridayoq o'z dunyoqarashini qayta qura olgan, avvalgi ayrim mafkuraviy qarashlaridan voz kecha olgan olimlardir. Ularning tadqiqotlarida sho'ro davridagi qodiriyshunoslikka xos siyosiy-mafkuraviy yondashuvdan batamom voz kechishga intilishni ham, yozuvchi poetik olamini badiiylik, milliy o'zlikni anglash va qadriyatlar, xalq va vatan manfaatlari bilan bog'liq holda yondashishga urinishni ham kuzatish mumkin. Bu esa, istiqlol davri qodiriyshunosligi konsepsiyasining yetakchi xususiyatlaridandir. M.Qo'shjonov, A.Aliyev, S.Mirvaliyev, U.Normatov, B.Karimov, I.G'aniyev va boshqa munaqqidlarning kuzatishlarida shu xususiyatga amin bo'lamiz" .
Akademik Matyoqub Qo'shjonovning "O'zbekning o'zligi" kitobi shu jihatdi bilan e'tiborga molik. Risolaning birinchi bobi "O'tkan kunlar" romani tahliliga bag'ishlangan
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
international scientific journal
bo'lsa, ikkinchi bobida "Mehrobdan chayon" asari tahlilga tortiladi. Olim o'z tadqiq usuliga sodiq qolib, roman tahlilida asosiy e'tiborni yozuvchining poetik olamini yoritishga qaratadi.
Tahlillar fasllarga ajratilgan holda tizimli tarzda amalga oshiriladi. Olim yozuvchi mahoratini belgilovchi asosiy ifoda yo'nalishlari sifatida Solih maxdum, Anvar va Ra'no xarakter xususiyatlarini ochishda, mantiq va tasvir uyg'unligi, syujet yaratish va asar konfliktini belgilovchi omillar, zamon va makonga oid realistik vokelik manzaralari, xususan, Xudoyorxon harami haqidagi tafsilotlar, maishiy buzuqliklarning avj olishi kabi ijtimoiy illatlarning fosh etilishi kabi masalalar fonida tadqiq etadi.
Bu masalalar tahlilda alohida-alohida sarlavhalar bilan belgilanib boriladi. Sarlavhalar roman kompozisiyasiga mos ravishda shakllantiriladi. Masalan, dastlabki sarlavha ayni holatda roman mazmuniga mos ravishda "Yigitlarning sarasi, gullarning ra'nosi" deb nomlanadi. Bu asarda ham yozuvchi xuddi "O'tkan kunlar"dagidek yaqin o'tmish - Xudoyorxon davri tanlab olingani ta'kidlanadi. Biroq, bu davr tanlangani bilan, munaqqid fikricha, asarda tasvirlanayotgan vokelik, qahramonlar tizimi, ularning qismati va hatto yozuvchi konsepsiyasiga ko'ra ham tubdan farq qiladi. "Qisqasi, "Mehrobdan chayon" o'zining hamma jihatlari bilan o'zbek adabiyoti tarixida maydonga kelgan yangi voqea edi" . Olim masalaning boshqa tomoni haqida ham fikr yuritib, dastlabki romanda bosh qahramonlar o'ziga to'q, boy-badavlat xonadonlan tanlangan bo'lsa, "Mehrobdan chayon"da past va o'rta tabaqa vakillariga mansubligi ta'kidlanib, bu hol ham yozuvchining davr voqeligiga boshqa nuqtai nazardan yondashashni maqsad qilgani bilan bog'liqligi aytiladi. Risolada dastlab Solih maxdum xarakter xususiyatlari o'rganiladi. uning topish-tutishi yomon bo'lmasa-da, ancha xasis ekani, ichi qoraliq, hasadgo'ylik ham unga begona emasligi yoritiladi. Fikrning asoslanishi uchun adib qo'llagan satirik priyomlar - ustidagi choponining kiyilaverganidan rangi o'chib, qirq yomoq bo'lib ketgani, har qishda faqat yengini almashtirib kiyishi, uyida qozon ostirmasdan, o'quvchilar olib kelgan maza-bemaza yovg'onlarni tanovul qilishga majbur etishi, ayni paytda boshqa maktobdorlarning boyroq talabalarini o'z maktabiga tortishga urinishdagi g'ayrliklari nazardan o'tkaziladi. Olim tahlil davomida "Xo'sh, yozuvchining Solih maxdumni bunday satirik yo'sinda tasvirlashidan maqsadi nima? - degan qabilida savol tashlaydi va o'zi bunga javoban bosh qahramonlar qismatini yoritish uchun yozuvchiga xuddi shu tipdagi obraz kerak edi, deya javob beradi.
"Xo'sh, nega Abdulla Qodiriy Solih Maxdum xarakteriga shu xildagi mantiq bog'laydi! Shuning uchun kim, adibga Maxdum xuddi shu yo'sinda kerak edi, shu yo'l bilan u roman bosh qahramonini asl xislatlarini kitobxonga to'laroq yetkazish uchun zamin hozirlar edi" .
Olim Anvar xarakteri haqida fikr yuritganda ham uning mantig'iga e'tibor qaratadi. Zarur o'rinlarda Otabek bilan qiyoslanadi. Tanqidchi Anvar obrazining batafsil tahlilini beradi. Uning kamtarin yigit ekani, Solih Maxdum eshigida asrandi sifatida ta'lim olishi, iste'dodli va qobiliyatli bo'lsada, uning jamoatchilikda ko'z-ko'z qilavermasligi, hatto uni mirzaboshi qilib tayinlashmoqchi bo'lishganda ham o'zini bu mansabga munosib, deb bilmadi.., chunki u yosh bo'lishiga qaramay O'rdada bir necha yil oddiy mirzo bo'lib ishlab vaziyatni, muhit oqimini, odamlararo ziddiyatni to'la anglab yetgan va mirzaboshi bo'lib tayinlansa hasadgo'ylik illatlari ishga tushishini aniq his qilardi.
M.Qo'shjonov Anvar xarakteriga mos xislatlarni tahlil qilar ekan, ... " Abdulla Qodiriy
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
international scientific journal
bu obrazni yaratishda asar boshlaridanoq unga mustahkam mantiq bag'ishlaydi, keyingi boblarda esa qahramon o'sha mantiq asosida harakat qiladi" (91-bet), deb yozadi.
Tadqiqotda konflikt hosil qiluvchi tugunlar haqida gap ketganda, uning bir uchi Solih Maxdum bilan bog'lansa, boshqa bir tomoni Abdurahmon domlaga borib taqalishi asoslanadi. Solih Maxdumga aloqador jihatini munaqqid Anvar mirzaboshi bo'lgandan keyin uni qizi Ra'noga uylantirish rejasi bilan asoslaydi. Shuning uchun u Abdurahmon domlaning sovchilariga rad javobini beradi. Kitobda Abdurahmon domla obrazi ham tahlilga tortilib, uning Buxoro madrasasida tayinli tahsil olmay, boshqa nojoiz ishlar bilan shug'ullangani, o'qishni zo'rg'a tugatib oddiy bir imomlikka ilingani haqidagi tasvirlarga to'xtalar ekan, uning tabiatiga xos bo'lgan hasadgo'ylik xususida to'xtaladi.
"Demak, Abdurahmon domlaning madrasa ko'rmagan yoshgina Anvarning avval mirzo bo'lib ishlayotgani, keyin esa bosh mirzo vazifasiga ko'tarilishiga hasad bilan qarashi faqat Ra'noga sovchi qo'yib, Solih Maxdumdan rad javobini olishdagina emas, balki uning xarakter xususiyatlariga xos bir belgi edi. Shu ma'noda roman sujetida ancha o'rin egallagan Abdurahmon domla xarakteri Anvar va Ra'no taqdirlari tasvirida ish berishi kerak bo'lgan konflikt tugunlaridan birini hosil qiladi". (93-94- betlar).
Munaqqid shu tariqa asardagi xarakterlararo kechadigan tugunlarni aniqlab olgandan keyin, konfliktini jiddiy va keskinlashtiradigan, romanning umummazmuni uchun juda muhim bo'lgan yana bir muhitni Qo'qon xonligi davrida xotin-qizlarga bo'lgan munosabat bilan bog'laydi. Buni asarda xon harami tasviriga ko'proq e'tibor berilishi, Gulshanbonuga o'xshash ko'plab xon uchun qiztoparlarning borligi, ular qishloqma-qishloq yurib xonga tortiq qilish uchun chiroyli-chiroyli qizlarni ovlashi haqidagi tasvirlarga to'xtaladi. Zarur o'rinlarda romandan parchalar keltiradi.
Munaqqid yuqorida ko'rsatilgan tugunli konfliktning yuzaga keltirilishini yozuvchi mahorati sifatida baholaydi. Darhaqiqat, ushbu konflikt voqealarini keyingi rivojlanishiga asos bo'lishi bilan birga uning dramatik tus olishiga ham zamin yaratadi. Buni asarning keyingi voqealari orqali ham ko'rishimiz mumkin. Sovchilari Solih Maxdumnikidan quruq qaytgan Abdurahmon domlaning sa'y-harakatlari bilan xon saroyidagi qiztoparlar Ra'no haqida xabar topadilar va xon nomidan Solih Maxdum xonadoniga kelib Ra'noni xonga nikohlab ketadilar. Olim ushbu voqealar fonida Solih Maxdum, Anvar va Ra'no xarakter xususiyatlarini tahlilga tortadi. Solih Maxdumning qizi xonga nikohlangandan keyingi ruhiy holatidagi o'zgarishlar, uning og'machilik xarakteri yozuvchi tomonidan mohirlik bilan tasvirlanganligini bir to'yni bahorda qilishga rozi bo'lmagani uchun Anvardan xafa bo'lsa, biroq, buni tezda unutib, xonga qaynota bo'lishdek baxtga muyassar bo'lganidan g'urur hissini tuyishi uning tabiatidagi yetakchi belgilaridan biri ekanligi bilan baholanadi. Ushbu noxush xabar tufayli Anvar va Ra'no ruhiyatida qanday kechinmalar ro'y berdi. Voqealarning keyingi oqimi qanday kechdi.M.Qo'shjonov bu masalani ham asar manbaiga tayangan holda o'ziga xos tarzda talqin etadi. Voqeani do'sti Sultonalidan eshitgan Anvar ruhiyatiga xos ikki jihatga e'tibor qaratadi va undagi ruhiy jarayonlarni bosqichma-bosqich kuzatib boradi. Sultonalidan ushbu xabarni eshitgach, Anvarning tusi o'zgarib, kipriklari uchib ketganini tabiiy hol hisoblaydi, ayni paytda ushbu holatdan keyin uning ancha vazmin, sovuqqon bo'lib qolganiga e'tibor qiladi.
Noxush xabardan keyin Anvar xarakterida paydo bo'lgan bir-biriga zid ikki holat haqida
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
international scientific journal
munaqqid shunday yozadi: "Birinchisi shuki, Anvar bu xabardan benihoya katta iztirob tortmoqda. U nimadandir qattiq zarba yeb karaxt holatga tushib qolgan odam qiyofasida edi. Ikkinchi tomondan u o'zini ancha beparvo tutishga, bu masalani u darajada ahamiyatsiz deb tushungan odam qiyofasiga kirishga intilar edi" (98-bet). Munaqqid tahlil davomida Anvarning Nigor oyim va Ra'no bilan uchrashuvlarida ham shu majhullik davom etganini ta'kidlaydi.
Munaqqid asar matniga tayangan holda Anvarning Solih Maxdumnikidan ketganligi, Ra'noning chorlovi bilan yashirincha kelib u bilan uchrashuvi hamda unga qarata tasavvurona aytilgan "ishq davosi avom o'ylaganicha vasl emas - hajrdir. Zero vasl ishq o'tini so'ndirg'uvchi, hajr esa kamolotga erishtiruvchidir. Sen shu ikkisidan qaysi birini tanlaysan, Ra'no?" deya murojatlarini keltirar ekan mavjud xavfning oqibatlarini ko'proq his qilgan Ra'no "Men! - xonning iflos to'shagiga yotmayman", deb keskin javob berganini ta'kidlaydi.
Anvar xarakteridagi sustkashlik, o'z baxti uchun kurashmaslik Ra'noni harakatga soladi. Uch-to'rt kundan beri bedarak ketgan Anvarga xat yozib, uyga taklif etadi. U kelganda ma'lum bir fikr alishuvdan keyin yonidagi tugundan kiyimlarni erkakcha libolarni olib kiyadi va o'spirin yigitga aylanib, ikkalasi uydan chiqib ketishadi. Shu tariqa Ra'no jasorati tufayli ular baxt sari qat'iy qadam qo'yishadi. Biroq voqyealar rivoji davomida ularga yordam bergan Sultonalining hibsga olinishi rejani o'zgartiradi. Anvar xon saroyiga boradi, hamda do'stini ozod qilishini talab qiladi. Saroyda uning xon bilan kechgan dahanaki bahsida adolatli ayblovlar oldida xon ojiz qoladi va hazablanib jallod chaqiradi.
Munaqqid tahlilda e'tibor qaratgan masalalardan biri realistik asarlarda tasodiflarni qo'llash masalasidir. Gap shundaki, romanda Anvarning boshiga mushkul ish tushgan vaqtda, ya'ni Sultonali qamalib, uning hayti xavf ostida turgan bir paytda bolaligida onasi tomonidan kimlargadir berib yuborilgan akasi Qobil o'rtoqlari bilan Samarqand tomonlardan ukasini so'roqlab kelib qoladi. Munaqqid oshnolarning "pul oshnasi emas odam oshnasi" ekani haqidagi kattagina parchani keltiradi va buni yozuvchi mahorati sifatida baholaydi. Xullas, Qobil va uning o'rtoqlarining qaltis paytda Anvarga yordam berishi, Safar bo'zchi va Anvar taraf xalq hamkorligida o'limdan qutqarib xavfsiz joy - Toshkentga qochirib yuborishlari bir tasodifday tuyulsada, lekin yozuvchining badiiy asoslashi tufayli badiiy haqiqatga aylangani ta'kidlanadi. Bundan tashqari olim, bu holni asarning yaratilgan davri bilan izohlaydi, ya'ni o'tgan asrning 20-yillarida adabiyot hali xalq og'zaki ijodi ta'siridan butkul uzoqlashib ketmagani, shu bois yozuvchi tasodiflardan unumli foydalangan, badiiylikni kuchaytirish uchun o'ziga xos badiiy usulni qo'llagan. O'tkan asrning 90-yillari adabiyot olamiga kirib kelgan yosh qodiriyshunos olim Bahodir Karim esa ayni voqea munosabati bilan qodiriyshunoslikda yangitdan bo'y ko'rsatayotgan adibni sho'ro mafkurasiga yaqinlashtirishga urinish kabi holatlarga masalaga munosabat bildirar ekan, quyidagilarni yozadi: "E'tibor beraylik, roman dunyo yuzini ko'rgan mahali "taqdirini qo'l bilan yaratur inson" deya hayqira boshlagan bir adabiy avlod ham adabiyot maydoniga saflanayotgan edikim, baharhol Qodiriyning yechimini yoshga avlod ovoziga jo'rlik o'laroq talqin etish to'g'ri bo'lmasa kerak.
Qolaversa, badiiy adabiyotning - aynat san'at ma'nosida - dargohi keng; adabiyot hayotda bo'lgan yoki bo'lishi mumkin bo'lgan voqea-hodisalarni ham, hayotda bo'lmagan yoki bo'lishi mumkin bo'lmagan narsalarni ham gohida qamrab olaverar ekan" .
Nazarimizda olimning so'nggi abzasdagi fikrlari badiiyatning o'ziga xosligini,
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
international scientific journal
Qo'shjonov tahlil qilgan tasodiflardan foydalanish san'atiga oid qarashlarini qo'llab-quvvatlab kelmoqda.
Xulosa qilib aytganda, munaqqid ushbu tadqiqotida yozuvchining "Mehrobdan chayon" romanida ham xuddi "O'tgan kunlar"dagidek katta mahorat bilan boqiy muhabbat qo'shig'ini yarata olganini tahlillar orqali ko'rsatib beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Карим Б. Абдулла ^одирий: танк;ид, тахлил ва талин. -Т.: 2006.
2. ^ахрамонов Адабий танк;ид: янгиланиш жараёнлари. -Т.: 2009.
3. ^ушжонов М. Танланган асарлар. -Т.: 2018.