UDK 914-919
Nazarov D.M.
Urganch davlat universiteti Geografiya yo'nalishi I kurs talabasi
SUG'ORILADIGAN OCH TUSLI BO'Z TUPROQLARGA EROZIYA
JARAYONINING TA'SIRI
Annotasiya. Tuproq mexanik tarkibi uzoq muddatda o 'zgarmaydigan fizik ko 'rsatgich bo 'lib, unda tuproq hosil bo 'lish jarayoni davrida ham tuproqlarning barcha xossa-xususiyatlari, tartibotlari o 'z ifodasini topadi. Shu sababli tuproqning kimyoviy tarkibi, ayniqsa, uning singdirish sig'imi, chirindi miqdori va boshqalar, albatta, mexanik tarkibga bog 'liq holda o 'zgarib turadi.
Kalit so 'zlar: mexanik tarkib, eroziya, tuproq eroziyasi, agrotexnik tadbir, tipik bo 'z tuproq, mikroagregatlik holati, fizik chang, fizik loy.
Nazarov D.M. first year geography student Urganch State University
EFFECT OF EROSION PROCESS ON IRRIGATED LIGHT COLOR
GRAY SOILS
Abstract. The mechanical structure of the soil is a physical indicator that does not change in the long term, and all the properties and processes of the soil are expressed in it even during the soil formation process. Therefore, the chemical composition of the soil, especially its absorption capacity, the amount of humus, etc., necessarily changes depending on the mechanical composition.
Keywords: mechanical composition, erosion, soil erosion, agrotechnical measures, typical gray soil, microaggregate state, physical dust, physical clay.
KIRISH. Sug'oriladigan tuproqlarning xossalarini yaxshilash orqali unumdorligini oshirish, tuproqlarning mexanik tarkibini ifodalovchi xaritalar tuzish va shu asosida yangi agrotexnik chora-tadbirlarni eroziyaga uchragan tuproqlarda tabaqalashtirilib amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mexanik tarkib - tuproq eroziyasini keltirib chiqaruvchi omillardan biri bo'lib, undan xo'jaliklarda eroziya xaritalarini tuzishda, tuproq xillarini ajratishda hamda ajratilgan tuproq xillarini baholashda asos bo'lib xizmat qiladi. Mexanik tarkib tuproqdagi eroziya jarayonlarni boshqarishda ishtirok etadi, o'z navbatida tuproqdan foydalanish sohasida zarur bo'lgan butun tadbirlarni ishlab chiqishda asosiy ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi.
TADQIQOT NATIJALARI. Izlanish olib borilgan Chortoq tumanida 30-50 yil davomida eroziyaga uchragan tuproqlarning surilishi va yangi tuproq qatlamlarining shakllanishi davridagi tuproqlarni mexanik tarkibini o'rganish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Olib borilgan tadqiqotlar izohidan malum bo'ldiki, tarqalgan tuproqlar yuza qismining mexanik tarkibi har xilligi bilan farq qiladi. Bizning olib borgan izlanishlarimiz natijalari va bizdan avvalgi davrlarda ishlagan olimlar bergan malumotlarga ko'ra tuproqlar kesma qatlamlari bo'yicha ham keskin farq qilmaydi. Chortoq tumani "Navoiy" hududida joylashgan tuproqlar mexanik tarkibining kesma bo'yicha o'zgarishi tuproq fizik xossalariga va oziqa tartibotiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Tuproqdagi turli kattalikdagi zarrachalar kesma bo'yicha keng miqyosda o'zgargan.
Chortoq tumani "Navoiy" massivi tipik bo'z tuproq mexanik tarkib jihatidan o'rta qumoqli bo'lib, kesmaning o'rta qismida biroz yengillashganini ko'rish mumkin. Tadqiqot natijalarida fizik loyning miqdori kesmaning yuza qismida va pastki qismlari bo'yicha 23,1-25,4% atrofida ekanligini ko'rish mumkin.
Chortoq tumani "Navoiy" massivida tarqalgan tipik bo'z tuproqlar 30-35 yil davomida asosan o'rta qumoqli bo'lgan, lekin fizik loyning miqdori kesmaning o'rta qismida 15,9 % ni tashkil etganini guvoh bo'ldik, bunga sabab yillar davomida yerlarning surilishi va suv eroziyasi jarayonlari ta'sirida kesmaning o'rta qismida yengil mexanik zarrachalarni yig'ilganini ko'rish mumkin. Tuproqlarning mexanik tarkibi tuproq unumdorligini belgilashda muhim o'rin tutadi. Ayniqsa, turli darajada eroziyaga uchragan va sug'oriladigan tuproqlarda agregatlarning hosil bo'lishi qishloq xo'jalik ekinlaridan mo'l hosil olishda muhim ahamiyatga ega, chunki sug'orish va uning natijasida sodir bo'ladigan eroziyalanish agregatlarni ma'lum darajada parchalanishiga olib keladi.
1-Jadval
Chortoq tumani och tusli bo'z tuproqlarining mexanik tarkibi
Kw Kesma chuqur Mexanik taikibi
№ ligi, m >0,25 0,25-0,1 0,1-0,05 0,05-0,01 0,01-0,005 0,005-0,001 <0,001 foil; loy
O'rtacba eroziyalangan tipik bo'z tuproq, ¿022 y. O.Xibdiyev, DJgimbenliyeva,
0-33 1,5 0,5 20,1 52,5 2,4 14,3 8,7 25,4
i 30-52 2,0 1,5 20,2 52,5 1,6 14,3 8,0 23,9
[ 52-79 1,0 2,0 61,2 4,8 7,2 4,0 15,9
79-105 1,0 0,5 23,0 52,5 2,4 13,5 7,2 23,1
Jadval O'zbekiston adir mintaqalari tuproqlari eroziyasi adabiyotidan
olindi. [3]
Chortoq tumani "Navoiy" massivi sug'oriladigan bo'z tuproqlarining mikroagregatlar tarkibida yirik chang (0,05-0,01) zarrachalari ustunlik qiladi.Ularning miqdori kesma bo'yicha 52,5 dan 61,2% gacha tebranadi. Bizning olgan ma'lumotlarimiz yuqorida qayd qilingan olimlar fikrlarini to'liq tasdiqlashi bilan birgalikda sug'orish hamda ishlov berish natijasida agregatlarni ma'lum darajada parchalangani kuzatildi. Hozirgi davrda ko'pgina izlanishlarning natijasida katta daliliy ma'lumot to'plangan bo'lib, tuproq agrégat tarkibini ifodalaydi, sug'oriladigan tuproqlarda g'o'za-beda almashlab ekish, sideratlar, qo'shimcha organik va struktura hosil qiluvchi moddalar qo'llash orqali makrostruktura hosil qilish sabablari o'rganilgan. O'zbekistonning sug'oriladigan tuproqlarida struktura tarkibiga dukkakli va boshqa ko'p yillik o'tlar ijobiy ta'sir etar ekan.
XULOSA. Olingan natijalardan shunday xulosaga kelish mumkinki, Chortoq tumanida tarqalgan tuproqlarining mexanik tarkibi birmuncha o'rta qumoqli bo'lib, mikroagregatlar miqdori esa birmuncha ko'p, hamda parchalanish koeffiitsienti suv eroziyasi natijasida nisbatan yuqoridir. Loyqa suvlar bilan sug'orish va inson faoliyati natijasida qisqa vaqt ichida agroirrigatsion qatlam hosil bo'lgan. Bu pastki qatlamlardan nafaqat kimyoviy xossalari bilan balki, fizikaviy xossalari bilan ham farq qiladi.
Ushbu mintaqa tuproqlaridagi eroziya oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
- Chortoq tumanida tarqalgan tuproqlarining melorativ holatini yaxshilash;
- Chortoq tumandagi sug'oriladigan tuproqlarda ekinlarni almashlab ekish tadbirlarini izchil yo'lga qo'yish;
- sug'oriladigan yerlarning surilishi va suv eroziyasi jarayonlari ta'sirida saqlash chora-tadbirlarini doimiy olib boorish;
- o'z navbatida tuproqdan foydalanish sohasida zarur bo'lgan butun tadbirlarni ishlab chiqish talab qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Атаханов Н. Водный и тепловой режимы целинных и богарных типичных сероземов междуречья Чирчик-Ангрена. Автореф. канд. дисс., Ташкент, 1980, 24 bet.
2. Курвантаев Р., Абдуллаев С. Состояния агрофизических свойств староорошаемых типичных сероземов Ташкентского оазиса// Состояние и перспективы развития почвоведения материалы международной научной конференции, посвященной 60-летию образования института почвоведения им. У.У. Успанова. - Алма-аты, 2005. - С.112-113.
3. Махсудов Х.М. Эрозия почв адырной зоны Узбекистана. Ташкент. «Фан», 1989.
4. Турапов И. Тепловой режим почв вертикальной зональности Западного Тяныпаня и пути его регулирования. Автореф. докт. дисс., -Ташкент, 1994. -47 bet.
5. Kurvantaev R., Musurmanov A.A., Turgunov M.M. Current state of water-physical properties in soils of Mirzachul oasis// Theproceedings of the international Congress on «Soil Science in International Year of Soils» Article book. 19-23 October, -Sochi.2015, - pp. 235-239.