TUPROQ UNUMDORLIGIGA EROZIYANING TA'SIRI G'oziyev T.CH1., Baxtiyorova M.SH2, Ergashev D.F2, Yakubov M.M2.
1Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti dotsent 2Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.11181684
Annotatsiya. Maqolada tuproq unumdorligiga suv va shamol eroziyasining salby ta'siri bayon etilgan. Yer resurslaridan oqilonafoydalanish va tuproqlarni muhofaza qilish muammosini hal etishda sug'oriladigan tuproqlarning unumdorligini tiklash, saqlash, tuproq xossalarini yaxshilash borasida eroziyaga qarshi kurash masalalari bayon etilgan.
Kalit so'zlar: Tuproqlar tabiiy va antropogen omillar, degumifikasiya, zichlashish, sho'rlanish, eroziya, suv eroziyasi, shamol erosiyasi, eroziyadan muhofaza qilish, samarali foydalanish.
Аннотация. В статье описано негативное влияние водной и ветровой эрозии на плодородие почв. В целях решения проблемы рatsiонального использования земельных ресурсов и охраны почв описаны вопросы борьбы с эрозый в части восстановления, сохранения и улучшения почвенных свойств орошаемых почв.
Abstract. The negative impact of water and wind erosion on soil fertility is described in the article. In order to solve the problem of rational use of land resources and soil protection, issues of fighting against erosion in terms of restoring, maintaining, and improving soil properties of irrigated soils are described.
Dunyoda tuproqlarning hozirgi holatini, ularning tabiiy va antropogen omillar ta'sirida o'zgarishini o'rganish, degumifikasiya, zichlashish, sho'rlanish, eroziya va boshqa salbiy jarayonlarning oldini olish, tuproqlarning meliorativ-ekologik holatini yaxshilash bo'yicha bir qator ustuvor yo'nalishlarda ilmiy ishlar olib borilmoqda [1,2,8,9,10,11,12,13,14]. Bu borada tuproqlarning suv-fizikaviy, texnologik, agrokimyoviy xossalarini va meliorativ holatini baholash, hududlarni tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan agromeliorativ, agrotexnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tuproq unumdorligini saqlash, tiklash va oshirishga doir tadqiqotlarga alohida e'tibor qaratilmoqda [1,2,13,14]. Respublikamizda er resurslaridan oqilona foydalanish va tuproqlarni muhofaza qilish muammosini hal etishda sug'oriladigan tuproqlarning unumdorligini tiklash, saqlash, tuproq xossalarini yaxshilash borasida keng miqyosli nazariy va amaliy tadqiqotlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasida "...Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan 20,2 mln. gektar erlarning atigi 20,7 foizi sug'oriladigan erlar hisoblanadi. So'nggi 15 yil mobaynida aholi jon boshiga sug'oriladigan erlar 24 foizga (0,23 ga dan 0,16 gacha) kamayganligi, er va suv resurslari, o'rmon fondidan oqilona foydalanishni nazarda tutuvchi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish" muhim strategik vazifalar sifatida belgilab berilgan3 . Shuning uchun ham respublikamizda sug'oriladigan tuproqlar agrofizikaviy xossalari, biologik faolligi, gumusli holatini tadqiq etish, eroziyaning har qanday turiga tuproqning etarli darajada chidamliligini ta'minlash, eroziyalangan qiyaliklarda yo'qotilgan unumdorlikni tiklash va uni doimiy oshirishda turli agrotexnik usullardan foydalangan holda eroziya jarayonlarining oldini olish va barqaror qishloq xo'jaligiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, tuproq unumdorligining pasayishi hozirgi vaqtda butun er yuzasining 30-50 foizida kuzatilmoqda. Ba'zi olimlarning fikriga ko'ra, bunday degradasiya tufayli sayyoramizning tuproq qoplami 100-yil o'tgach butunlay yo'q qilinishi mumkin. Shuningdek, BMT ma'lumotlariga ko'ra tuproq degradasiyasi tufayli to'g'ridan-to'g'ri zararlar yiliga 40 mlrd dollardan ortiqni tashkil etadi.
Tuproqning degradasiyasi jarayonini keltirib chiqaruvchi omillardan biri suv eroziyasidir. Bu tuproqni suv oqimlari bilan vayron qilish va yo'q qilishga olib keladi. Amerikalik olimlarning taxmin qilishicha, faqatgina ekin ekilayotgan erlar yiliga 24 mlrd tonna unumdor tuproq qatlamini yo'qotadi. Bu Avstraliyaning janubiy-sharqiy qismidagi bug'doyzorlarning yo'q qilinishiga tengdir. Bundan tashqari barcha yo'qotishlarning yarmidan ko'pi Hindiston (6 mlrd tonna), Xitoy (3,3 mlrd tonna), Amerika Qo'shma Shtatlar (3 mlrd.tonna) va MDH (3 mlrd.tonna)ga to'g'ri keladi.
Shamol, suv, harorat, geologik, antropogen va boshqa omillar ta'sirida eroziya yuzaga kelishi mumkin. Chorvachilikning noto'g'ri yo'lga qo'yilishi natijasida ham ko'plab unumdor erlar degradasiyaga uchraydi, ya'ni eroziya jarayonining jadallashishiga olib keladi. Degradasiya turlari bo'yicha barcha mintaqalarda suv eroziyasi ko'proq maydonlarni tashkil qiladi. Markaziy Amerika va Afrikada yuqori va o'ta yuqori darajada degradasiyaga uchragan erlar ko'proq maydonlarni tashkil qilishi bilan ajralib turadi. Degradasiya omillari ta'siri nuqtai nazardan qaralganda, Osiyo va Janubiy Amerikada o'rmonlarning kamayishi, Afrika va Avstraliyada chorva mollarni o'tlatish ta'sirida, Shimoliy va Markaziy Amerika va Yevropada esa erlardan samarali foydalanmaslik oqibatida erlarning buzilishi yuzaga kelmoqda.
Sug'orish eroziyasi sodir bo'lishiga ekin ekilgan er maydonning nishabligi, tuproqning mexanik tarkibi, yuvilishga moyilligi, undagi gumus miqdori, tuproq donadorligi, egatga taralgan suv miqdori, tezligi va shu kabi qator omillar sabab bo'ladi.
Hozirda respublikamizning 44797,7 ming gektar umumiy maydonidan qishloq xo'jaligida foydalanadigani Ular turli tabiiy tuproq-iqlimga ega bo'lgan qishloq xo'jalik hududlarida joylashgan bo'lib, jadal dehqonchilik asosan meliorativ, ekologik holati hamda tuproqlarining unumdorlik darajasi bir-biridan keskin ajralib turadi. 1,5 mln. gektardan oshiqrog'i deflyasiyaga, shu jumladan 0,7 mln. gektari kuchli deflyasiyaga uchragan, 660 ming gektar erda irrigasiya eroziyasi, 40 ming gektar maydonda jarlik eroziyasi mavjud bo'lib, sug'orib dehqonchilik qilinadigan maydonlarda tuproq unumdorligi pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Buning asosiy sabablari sifatida tuproqning meliorativ holati yomonlashishi, tuproq unumdorligini oshiruvchi asosiy omillar, xususan eroziya jarayonlari kuchayishi, tuproqqa asosiy ishlov berish tizimiga to'liq amal qilmaslik, haydov va haydov osti qatlamlarida tuproq zichlanishini ortishi, ekinlar strukturasi va ularning hosildorligini tuproq unumdorligiga monand ravishda muqobillashtirilmasligi, o'simliklarni oziqlantirish tartiblari hamda biomassa bilan tuproqdan chiqib ketayotgan oziqalarning tuproqqa qaytarilishi kabi tabiat qonunining to'liq ishlamayotganligi va boshqa jixatlarni keltirish mumkin [6].
Eroziyaning hosil bo'lishi tog' jinslarining, tuproqning yoki boshqa yuzalar butligining fizik-kimyoviy xususiyatlarining parchalanib buzilishidan kelib chiqadi. Bu esa o'z navbatida qishloq xo'jaligida yuqori hosil olishda tuproq unumdorligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi jarayondir. Eroziyaning boshlanishi, tuproqning granulometrik tarkibiga, gumus miqdoriga va yonbag'irli erlarning qiyalik darajasiga bog'liq. Qumoqli tipik bo'z tuproqlarda 1,5-2 0C dan oshganda gumusli qora tuproqlarda 2-3 gradusda eroziya jarayoni rivojlanishi aniqlangan.
Tuproq bilan birga uning tarkibidagi barcha makro va mikro oziq moddalar xam yuvilib ketadi. Natijada qiyalik erlarda unumdorlik va boshqa hususyatlari har hil bo'lgan tuproqlar paydo bo'ladi. Bunday erlarda ekin xosildorligi kam bo'lishi mumkin. Irrigasiya eroziyasi natijasida tuproq yuvilishi xar yili gektariga 100-150 tonnagacha va undan xam oshiq oshib ketishi mumkin va ana shu tuproq bilan birga gumusning yillik gektariga 500-800 kg, azot-gektariga 100-120 kg, fosfor 75-100 va undan ko'proq kilogrammni tashkil etishi mumkin. Suv eroziyasidan yo'q bo'layotgan azot, fosfor miqdori bilan taqqoslaydigan bo'lsak, suv eroziyasiga uchragan maydonda har yili solinayotgan azotning 70 foizi va solinayotganiga qaraganda 10-60 foiz fosfor ko'p yuvilib ketadi, bu esa ekinlar xosildorligiga salbiy ta'sir qilishi shubxasizdir [2].
Tuproq eroziyasi tabiiy va antropogen omillar ta'sirida emirilish, yuvilish va uchib ketish jarayonlarga qarab suv va shamol eroziyasiga bo'linadi. Kuchli suv oqimi ta'siridagi emirilish, yuvilishga suv eroziyasi, kuchli shamol ta'sirida tuproq, qum uchib ketishi shamol eroziyasi yoki deflasiya deyiladi. Deflasiya - tuproq, qumni ustki qatlamini kuchli shamol ta'sirida uchirilishini anglatadi.
Suv eroziyasi rivoji erlarni relyefiga va suv oqimiga bog'liq. Shamol eroziyasi er ustini hamma ko'rinishlarida kuchli shamol ta'sirida qiyalik, tekisliklarda mehanik tarkibi engil bo'lgan tuproqlar 12-15 m/sek tezlikda yuqori darajada rivojlanadi. Shamol kuchi ta'sirida tuproq zarrachalarining ko'chishi natijasida shamol eroziyasi - deflasiya yuz beradi. U tashqi ko'rinishiga qarab kundalik deflasiya va chang to'zonli deflasiyaga ajraladi. Kundalik deflasiya barcha haydaladigan tuproqlarda tarqalgan. Chang to'zonli bo'ron shamolning tezligi va yo'nalishiga bog'liq bo'ladi. Shamol eroziyasi umuman quruq iqlimda, yillik yog'in-sochin miqdori kam, erdan namlik bug'lanishi esa ko'p bo'lgan, bahor va yoz oylarining havo harorati baland, havoning nisbiy namligi esa past bo'lgan sharoitlarda ro'y beradi.
Respublikamiz hududida shamol va suv eroziyasi har yili qishloq ho'jaligiga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Bu esa o'z navbatida ko'plab qishloq ho'jaligidagi er maydonlarining qishloq ho'jaligi oborotidan chiqarilishiga, olib kelmoqda.
Tuproqning sun'iy yoki tezlashtirilgan eroziyasi er yuzida inson paydo bo'lgandan so'ng erlardan noto'g'ri foydalanish tufayli ro'y bera boshlagan. Tezlashtirilgan eroziya ta'sirida tuproqning ustki hosildor qismi deyarli uchirilib, yo'q qilinadi. Bu eroziya tabiiy geologik eroziyaga nisbatan tez ro'y beradi.
Bugungi kunda tuproq degradasiyasi natijasida yil davomida o'rtacha 8-10 million gektar er jahon qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishdan chiqib ketmoqda, hatto 15-20 million gektar mahsuldor erlar yo'qotildi. Ular esa cho'lga aylanadi. Tuproq eroziyasi inson ta'sirida tezlik bilan oshib bormoqda. Har yili 75 mlrd. t3 tuproq quruqlikdan (eng ko'p qishloq xo'jaligida foydalaniladigan maydonlardan) shamol yoki suv eroziyasi ta'sirida uchirilib, yuvilib ketmoqda (Myers, 1993).
Irrigasiya eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida kuzgi bug'doy hosildorligi bo'yicha eng past ko'rsatkichlar, o'tmishdosh kuzgi bug'doy bo'lgan - nazorat (o'g'itsiz) variantning tuprog'i yuvilmagan qismida 23,4 va kuchli yuvilganida 18,6 s/ga, ushbu sharoitda kuzgi bug'doyda mineral o'g'itlar (N180P126K90, N150P105K75 kg/ga) me'yorda qo'llanilgan variantlarda don hosili tegishlicha 49,3-46,7 va 47,5-44,2 s/ga ni tashkil etgan bo'lsa, eng yuqori kuzgi bug'doy don hosili takroriy ekinlar mosh, soya va uch yillik bedadan so'ng, tuprog'i yuvilmagan maydonlarda 68,8; 70,2 va 74,5 s/ ga bo'lib, takroriy ekinlar hisobiga 19,0; 20,9 va 25,0 s/ga qo'shimcha don hosili etishtirilgan bo'lsa, tuprog'i kuchli yuvilgan maydonlarda bu ko'rsatkichlar yuqoridagilarga muvofiq holda 67,7; 69,8 va 73,8 s/ga bo'lib, qo'shimcha 21,0; 23,1
va 27,1 s/ga don hosili olishni ta'minlab, takroriy ekinlar va mineral o'g'it me'yorlarini tabaqalashtirib qo'llash, tuproq unumdorligini oshirib, uning agrofizik va agrokimyoviy xossalarini yaxshilab, irrigasiya eroziyasi ta'sirida tuprog'i kuchli yuvilgan va yuvilmagan maydonlarda kuzgi bug'doy don hosildorligi o'rtasidagi farqni kamaytirib, yuqori va sifatli ekologik toza don hosili etishtirish uchun eng maqbul sharoit yaratilganligi aniqlangan [15].
Irrigasiya eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida kuzgi bug'doy etishtirishda tuproqqa asosiy ishlov berishni chizel bilan 15-18 sm va kontur usulida 32-35 sm chuqurlikda o'tkazib, mineral o'g'itlar manba tejamkor texnologiyada (tuprog'i yuvilmagan erlarda N200P140K100, kuchli yuvilganida N240R168K120 va yuvilgan tuproq zarrachalari o'tirgan qismida N100P70K50 kg/ga) qo'llanilganda, boshoq uzunligi 9,7-10,0 sm, boshoqdagi donlar soni 49,0-49,9maydonlarda etishtirilgan kuzgi bug'doy hosildorligi o'rtasidagi farqni tenglashtirganligi tadqiqotlarida keltirilgan [3].
Sug'orishda egatga bir maromida berish orqali egat uzunligi bo'yicha hisobiy qatlamni bir xilda namlashga erishiladi. Natijada, irrigasiya eroziyaning oldi olinadi hamda mahsuldor qatlamning yuvilishi oldi olinadi, sug'orish suvidan samarali foydalanishga erishiladi, ya'ni sug'orish suvini 14 foizgacha tejashga va ekin xosildorligini 15 foizgacha oshirishga erishiladi [5].
Global iqlim isishi qurg'oqchil mintaqalarda suv taqchilligini yanada kuchaytirib, tuproq degradatsiyasi xavfini oshiradi va oziq-ovqat xavfsizligi uchun jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Xorazm viloyati iqlim ma'lumotlari va MODIS sun'iy yo'ldosh NDVI tasvirlari asosida Earth Engine API platformasidan foydalanib, tuproq degradatsiya xavfi tahlil qilingan. Sersuv davrlar, suv taqchil davrlar va degradatsiya xavfi kuchli, o'rta, kam bo'lgan hududlarning oshib borishi, iqlim o'zgarishi tendensiyasining davomiyligi Amudaryo suv manbasida zahiralarning kamayishiga olib kelib, tuproq degradatsiyasi xavfi kuchli bo'lgan maydonlar 30% dan oshishi mumkinligi ta'kidlangan [4].
Eroziya jarayonlari tipik bo'z tuproqlarning unumdorligini pasaytiradi, yonbag'irning turli elementlarida granulometrik tarkibning geterogenligiga, organik moddalar va biologik faollikning pasayishiga va natijada agrofizik va fizik-mexanik xususiyatlarining yomonlashishiga olib keladi. Eroziyalangan tuproqlarning agrofizik xususiyatlarini yaxshilash birinchi navbatda organik moddalar zaxirasini to'ldirish va uning ijobiy muvozanatini shakllantirish bilan bog'liq. Go'ngni 20 t/ga va mineral o'g'itlar bilan 20 t/ga go'ng +N180P90K60 bug'doyda sistematik qo'llash gumus balansining ijobiy balansini hosil bo'lishiga yordam beradi. Go'ngni kiritish kuzgi bug'doyning 3-4 s/ga don hosildorligini oshirishni ta'minlaydi. Eroziyaga uchragan tuproqlarda gumusning ijobiy muvozanatini saqlash, biologik jarayonlarni faollashtirish va agrofizik xususiyatlarni maqbullashtirishda mineral o'g'itlar bilan birga N180 P90 K60 +20 t/ga qo'llash tavsiya etiladi [7].
Xulosa: O'rganilgan adabiyotlarning tahlillari bo'yicha xulosa qilinganda, tuproq tugallanadigan resurs insoniyat tuproqdan qishloq xo'jaligi, sanoat va boshqa maqsadlarda foydalanadi. Har qanday hududni o'zlashtirishda tuproq tarkibi faqatgina bugungi kun ehtiyoji emas, balki kelajakni ham hisobga olish zarur. Tuproq unumdorligini saqlash va oshirish uchun tuproqlarni himoya qiluvchi almashlab ekishni joriy etish maqsadga muvofiqdir. Tuproqni eroziyadan muhofaza qilish, samarali foydalanishda ilmiy tadqiqotlarni va kengaytirish zarur.
Sug'oriladigan maydonlarda eroziyaga uchragan erlarning kamaytirish chora-tadbirlarni qo'llash orqali erlarning meliorativ holatini yaxshilash qishloq xo'jalik ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishga erishish uchun eroziyalanish jarayonlarni tartibga solish tavsiya etiladi.
REFERENCES
1. 1^o6o6eKOB И.Н.-TexHoreH ифлосланган типик буз тупроqлардаги оg'ир мeталлар миqдорини камайтиришга органик ва минeрал уg'итларнинг таъсири (Самарqанд кимё комбинати атрофи тупроqлари мисолида). Номзодлик илмий даражасини олиш учун ёзилган диссeртatsiя. Самарqанд, 2006.
2. 2.Bobobekov I., Abduraximov M. Mineral va organik o'g'itlarning og'ir metallar bilan ifloslangan tuproqlar oziq rejimiga ta'siri// O'zbekiston tuproqshunoslari va agrokimyogarlari jamiyatining V-qurultoyi materiallari. Toshkent.2010 yil 16-17 sentyabr.-B.247-251
3. 3.Bozorov K., Mo'minov K. Irrigasiya eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida resurstejamkor agrotexnologiyalarning kuzgi bug'doy don hosili va sifatiga ta'siri. J.Agro ilm. 2021 yil. №2.B.73-75.
4. 4.SultonovM., Jumaniyozova N. Iqlim o'zgarishining tuproq degradatsiyasiga ehtimoliy ta'sirini baholash. J.Agro ilm. 2024 yil. №1.B.68-69.
5. 5.Xayitova M., Jurayeva N. Irrigasiya eroziyasiga uchragan maydonlarda suvdan samarali foydalanish tamoyillari. J.Agro ilm. 2022 yil. №5.B.69-71.
6. 6.XolmatovB.T., KarayevG.R.,.Kirgizov I.K. Tuproqni eroziyadan saqlash muammosi. Учeный XXI Bera 2016. № 3-3(16).B.16-17.
7. 7.G'ulomova Z. Angren havzasi eroziyalangan sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlarining biologik faolligi va gumusli holati. Qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi avtoreferati. Toshkent-2022.B.45.
8. Kholikulov Sh., T.Goziev. Change of Temperature and Humidity of soil at its Regulation.20th World Congress of Soil Science. Jeju,Southth Korea. 2014.
9. 9.Xoliqulov Sh., Ortiqov T., Bobobekov I. Sug'oriladigan bo'z tuproqlarning texnogen ifloslanishi va unga o'g'itlarning ta'siri// Agroilm jurnali. Toshkent.-2010.-№4 (16).-B.26-27.
10. Kholikulov Sh.T., Bobobekov I. Changes in the content of heavy metals at the birth of mineral and organic fertilizers. Increasing the productivity of irrigated gray soils and its environmental problems. conf. Matt. Part 1. Samarkand, 2002, pp. 82-90.
11. 11.Kholikulov Sh., Yakubov T., Bobobekov I., The Effect of Gas Industry Waste on Heavy Metals in Soil. Journal of Ecological Engineering 22(9), 255-262 (2021). D0I:10.12911/22998993/141365
12. 12.Kholikulov Sh.,Bobobekov I.., Yakubov T., Botirova B. Influence of Gas Industry Waste on the Ecological Condition of Soils// E3S Web of Conferences 462, 03045 (2023). https://doi.org/10.1051/e3sconf/202346203045
13. 13.Kholikulov Sh, Bobobekov I, Abdurakhimov M, Abdumalikov J, Yakubov T. The Effect of Fertilizers on the Extraction of Heavy Metals and Arsenic in Soil by Plant Biomass. Journal. Ecological Engineering & Envinomen Texnology. 2024, 25(1), 227-237. https://doi.org/10.12912/27197050/17513
14. 14.Xoliqulov Sh., Bobobekov I., Yakubov T. Organik o'g'itlarning tuproqdagi harakatchan og'ir metallar miqdoriga ta'siri. International scientific journal Science and innovation special ISSUE, 2024 April 6. -B. 676-681.
15. Xolmirzayev B., Mo'minova Z., K.Mo'minov. J.Agro ilm. 2021 yil. №2.B.64-66.