é
Ws,
SUDLAR TOMONIDAN JINOYAT ISHLARINI BIRINCHI
INSTANSIYA BOSQICHIDA MUHOKAMA ETISH JARAYONIDA PROTSESSUAL NORMALARGA RIOYA
QILINISHI
Matusmonov Zoirjon Voxobjonovich
O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi jinoyat huquqi yo'nalishi tinglovchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10812928
ARTICLE INFO
Received: 06th March 2024 Accepted: 12th March 2024 Online: 13th March 2024
KEYWORDS Instansiya, dalil, sud tergovi, protsessual normalar, dalillarni tershirish, dalillar nazariyasi, isbotlash, faktik ma'lumotlar.
ABSTRACT
"Sudyaning ongida - adolat, tilida - haqiqat, dilida - poklik bo'lishi kerak". O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakat sud tizimi vakillari, o'zbek sudyalari oldiga ana shunday haqqoniy talabni qo'ydi. Davlatimiz rahbarining 2017yil 13 iyunda sudyalar bilan bo'lib o'tgan birinchi tarixiy uchrashuvda so'zlagan nutqida sud tizimini fUqarolarimizning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qiladigan adolat qo'rg'oniga aylantirishdek ustuvor maqsad o'z mujassamini topgan. Ushbu maqolada Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini birinchi instansiya bosqichida muhokama etish jarayonida protsessual normalarga rioya qilinishi haqida ma'lumot berilgan.
O'zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etilayotgan bir sharoitda qonuniylikka va fuqarolar huquqlariga qat'iy rioya qilish, barcha protsessual qonunchilik normalariga amal qilgan holda adolatli va asoslantirilgan hukmlar chiqarish muhim ahamiyat kasb etmoqda.Respublika sudlarida ko'plab ishlar protsessual qonunga qat'iy asoslangan holda ko'rilmoqda. Shu bilan birga ishlarni hal etish sifatiga salbiy ta'sir qiluvchi jiddiy kamchiliklar hali bartaraf etilgan emas.Ayrim hollarda ish jarayoni qatnashchilarining qonun tomonidan kafolatlangan huquqlari, tortishuv prinsipi buzilish hollari uchrab turibdi. Sud jarayonining tayyorlash bosqichida sudlanuvchining shaxsiga oid ma'lumotlar, ish yuzasidan ish yuritishni mustasno qiluvchi holatlar hamma vaqt ham lozim darajada tekshirilmaydi. Ish jarayoni qatnashchilarining iltimoslarini qanoatlantirishni asoslantirilmagan holda rad qilish hollari uchramoqda. Iltimoslarni ko'rib chiqish tartibining o'zi ham buzilmoqda. Ayrim hollarda sud majlisi bayonnomalari qo'yilgan talablarga mos kelmaydi. Sudda ish yuritish bosqichi birinchi instansiya va yuqori turuvchi sudlarda ish yuritishni, shu jumladan, birinchi instansiya sudi qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishni o'z ichiga oladi . Birinchi instansiya sudida jinoyat ishi ko'rish natijasida sudlanuvchining aybli yoki aybsizligi, aybdor bo'lgan taqdirda unga qanday jazo chorasi qo'llanilishi kabi muhim masalalar hal qilinadi. Birinchi instansiya sudida jinoyat ishi ko'rish ishni sudda ko'rish uchun tayinlash bilan boshlanib, mazkur ish bo'yicha hal qiluvchi qaror chiqarish bilan yakunlanadi.
é
Ws,
Sudlarning e'tibori ashyoviy dalillarni, hujjatlarni tekshirish, joyni va binoni ko'zdan kechirish ish bo'yicha haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli ekanligiga qaratilishi kerak .Ashyoviy dalillarni va hujjatlar sud majlisida ish bo'yicha boshqa dalillar qatorida chuqur tekshirilishi (shuningdek, ko'zdan kechirilishi, e'lon qilinishi) lozim. Shu o'rinda ularni tanib olish uchun ko'rsatilgan shaxslar sudlarning e'tiborini ularni tekshirish bilan bog'liq bo'lgan u yoki boshqa holatlarga qaratishlari mumkin. Ashyoviy dalillarni ko'zdan kechirish va hujjatlarni e'lon qilish bilan bog'liq sudning barcha harakatlari sud majlisi bayonnomasida aks ettirilgan bo'lishi kerak. Rus olimi E.F.Kusova dalillar tizimi qonun chiqaruvchining dalillarni tan olishga doir shunday harakatiki, ular isbotlanadigan holatlarni (voqea-hodisalar) belgilashga va ularning haqiqatga mos kelishiga imkon beradi [2], deb hisoblaydi. P.S.Abdullaevning fikricha, dalillar har qanday ma'lumot bo'lishi mumkin, ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlar mavjudligini yoki mavjud emasligi dalillarni baholash subyektlari tomonidan belgilanishi xususida fikr yuritgan . N.V.Saveleva esa bu borada barcha faktlar, vajlar, va axborotlar jinoyat prosessual qonunchiligi nazariyasida dalil hisoblanishi xususida fikr bildirgan. Yuqoridagi fikrlarining tahlilidan shuni anglashimiz mumkinki, ular dalil tushunchasini ochib berishda aniq faktlarga, isbotlash doirasida to'plangan ma'lumotlarga, haqiqatga mos keluvchi faktlarga hamda har qanday ma'lumotlarning ishochlilik omillariga tayanganlar. Bizning nazarimizda esa ayrim jihatlarga e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ya'ni dalillar to'plash manbasining qonuniyligi, ishni yuritish davomida yangi jinoyatlarning ochilishiga xizmat qiluvchi ma'lumotlar ham dalil sifatida belgilanadi hamda isbot qilishga jalb etiluvchi shaxslarning ma'lumotlari ham jinoyat ishini hal etishda salmoqli o'rinni egallaydi. Jinoyat ishini sudda ko'rishga tayinlashda sudya xulosa chiqarishi uchun tegishli asoslar talab etiladi. Xususan, jinoyat ishini ko'rib chiqish uchun dalillarning yetarliligi, ayblanuvchining javobgarlik darajasi va xarakteriga ta'sir qiluvchi holatlarning, shuningdek ayblanuvchining shaxsini, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi, jinoyat sodir etilishiga imkon bergan holatlarning to'liq aniqlanganligi shunday asoslar sirasiga kiradi. Jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlash bosqichida ayblanuvchining ayblilik masalasi hal etilmaydi, balki ishni sud majlisida ko'rib chiqish uchun asoslarning yetarli yoki yetarli emasligi masalasi hal qilinadi. Shuningdek, JPK 40510-moddasining birinchi qismiga binoan jinoyat ishini tugatish to'g'risida qaror chiqarish vaqtida sud tomonidan ashyoviy dalillar masalasi hal etiladi. Biroq JPKning 420-moddasida ashyoviy dalillar masalasi haqida umuman so'z yuritilmagan. H.Botirovning fikricha, jinoyat ishini to'xtatish to'g'risidagi qaror yoki ajrimda ashyoviy dalilni ishda qoldirish yoki saqlash uchun topshirish masalasi ham hal qilinishi lozim . CHunki, jinoyat ishi nomuayyan muddatga to'xtatiladi, bu muddatda ashyoviy dalillar taqdiri jiddiy ahamiyatga ega bo'lishi nazardan holi emas. Shu sababli, sudya to'xtatilgan ishlarda ashyoviy dalilning xususiyatiga qarab, uni ishda qoldirish yoki saqlash uchun topshirish masalasi hal qilishi maqsadga muvofiq.
Jinoyat prosessida dalillarni tekshirish deganda sudning dalillarni tahlil hamda sintez qilish, ularni boshqa dalillar bilan taqqoslash va yangi dalillar to'plashga qaratilgan faoliyati tushuniladi. Nazariyada ba'zi mualliflar dalillarni tekshirish maqsadi sifatida dalillarni o'zining sifat va xossalari - ularning to'g'ri yoki noto'g'riligi, maqbul yoki nomaqbulligi, yaroqliligini aniqlashni tushunadilar. Dalillarni tekshirish maqsadining bunday ta'rifi qisman to'g'ri. Bunday
é
UIF = 8.1 | SJIF = 7.899
www.in-academy.uz
yondashuvda dalillar tekshirilishining huquqiy tomonlari isbotlashning gnoseologik asoslaridan ajralib qoladi. Natijada, tekshirish deganda faqat tekshirilayotgan dalilning sifati va xossalari haqidagi bilimlarni to'plash jarayoni tushuniladi. Mohiyatan, jarayonning ikkinchi muhim tomoni - bu dalil orqali qidirish lozim bo'lgan fakt va holatlarning munosabatalari, aloqalari to'g'risidagi bilimlar to'planishi nazardan chetda qoladi. Dalillarni tekshirishning ushbu jihati har bir jinoyat ishida mavjud bo'lib, ular katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Bu tomonlarni e'tiborga olish faqat tekshirilayotgan dalilning o'zi haqida emas, balki ishga aloqador bo'lgan faktlar, haqiqiy sharoitlar to'g'risida bilimlar to'plashga omil bo'ladi. Jinoyat prosessi nazariyasida dalillarni tekshirish ularni analiz va sintezidan boshlanishi tan olingan. Dalillarni analiz qilish quyidagilarni o'z ichiga oladi: a) ish bo'yicha to'plangan dalillar yig'indisini alohida dalillarga bo'lish, har bir dalilni boshqa dalillardan alohida ko'rish; b) har bir alohida olingan dalilni tarkibiy qismlarga bo'lish, undan ayrim faktlarni, qirralarni ajratib olish; v) har bir dalilning elementlarini bir-biri bilan va har bir dalilni boshqa dalil bilan solishtirish. 2019 yil 23 mayda qabul qilingan qonunga asosan "Jinoyat prosessual kodeksda guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar ishtirokidagi tergov harakatlari, ya'ni so'roq, shaxslarni va narsalarni tanib olish va yuzlashtirishlar ushbu shaxslarni ular turgan joydagi yoki yashash joyidagi viloyat yoki tuman yoxud shaharning huquqni muhofaza qiluvchi organiga yoki sudiga chaqirgan, texnik vositalardan foydalangan holda videokonferensaloqa rejimida o'tkazilishi belgilab qo'yilgan". Lekin ko'rsatmalarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirish, eksperiment o'tkazish kabi tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o'tkazish imkoni mavjud emas. JPKning 19-moddasiga ko'ra, davlat sirlariga oid, shuningdek, jinsiy jinoyatlar to'g'risidagi ishlar yopiq sud majlisida ko'rilishi lozim. Voyaga yetmagan shaxslarga oid, shuningdek, fuqarolarning shaxsiy hayoti haqidagi ma'lumotlarni yoki ularning sha'ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma'lumotlarni oshkor qilmaslik maqsadida hamda jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, ular oila a'zolari yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini ta'minlash taqozo etilgan hollarda boshqa ishlarni ham sud ajrimi bilan yopiq sud majlisida ko'rishga yo'l qo'yiladi. Mazkur muammoni inobatga olgan holda, JPKning 40510, 420-moddasiga sudlanuvchining ishni ko'rayotgan sud faoliyat ko'rsatayotgan hududdan tashqarida boshqa jinoyat ishi bo'yicha ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingani, uy qamog'ida saqlanayotgani yoki ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash jazosini o'tayotgani aniqlanganda, ushbu sudlanuvchi sud zaliga keltirilgunga yoki etap qilingunga qadar ish yuritishni to'xtatib turishga yo'l qo'yilishini nazarda tutuvchi qo'shimchalar kiritish taklif etiladi. Sud amaliyotida ayrim hollarda ish bo'yicha jabrlanuvchi yoki guvoh sifatida qatnashgan, lekin boshqa jinoyat ishi bo'yicha tegishli viloyat hududidan tashqarida ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan, uy qamog'ida saqlanayotgan yoki ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash jazolarini o'tayotgan shaxslarni sud zaliga keltirish yoki etap qilish, shuningdek, ayrim hollarda ish bo'yicha ekspertiza tayinlanib, jinoyat ishi materialini ekspertiza muassasasiga yuborish zarurati tug'ilishi mumkin. Bunday holatlarda shaxsni sud zaliga etap qilish hamda ekspertiza tekshiruvini o'tkazish muayyan bir vaqt talab qiladi. Bu vaqt mobaynida, ayniqsa, jinoyat ishi materiali ekspertiza muassasasiga yuborilgan hollarda, sud muhokamasini davom ettirishning imkoni bo'lmaydi. Ushbu holatlar faqatgina ishni sudda muhokama qilishning muddatiga emas,
é
ш
UIF = 8.1 | SJIF = 7.899
www.in-academy.uz
balki ish bo'yicha qonuniy va asosli qarorlar qabul qilishga ham jiddiy ta'sir ko'rsatadi. SHu nuqtai nazardan, JPKning 420-moddasini takomillashtirish zarur.
Xulosa: So'nggi yillarda sudlarning shaffofligi va ochiqligini ta'minlash yo'lida muhim qadamlar qo'yildi. Jamoatchilik va matbuot uchun eshiklar keng ochildi.Ilgari ommaviy axborot vositalari, internet nashrlari va keng jamoatchilik vakillari sudga kiritilmagan. Endilikda ularning sudlarda emin-erkin ishtirok etishi ta'minlanmoqda.
References:
1. Тулаганова Г.З., Рахмонова С.М. Жиноят-процессуал ху;ук;и. Умумий ;исм. Дарслик, -Т.: ТДЮУ нашриёти, 2017, 18 бет
2. Куцова Э.Ф. Доказательства - элемент фактической основы уголовнопроцессуальных решений // Вестн. Моск. ун-та. Сер. право. 2011. № 3. - С. 3536.
3. Пирматов О. И;тисодий ва фу;аролик суд ишларини юритишда электрон далилларнинг процессуал жих,атлари: юридик фанлар буйича фалсафа доктори диссертацияси авторефарати. - Тошкент, 2020. - Б. 18.
4. Жиноят процессида далиллар та;дим ;илиш ва фойдаланиш муаммолари. Илмий-амалий кулланма. Т. «Адолат». 2013 й