Научная статья на тему 'STYLISTIC FEATURES OF ERKIN AZAM'S STORIES'

STYLISTIC FEATURES OF ERKIN AZAM'S STORIES Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
74
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
LITERATY LANGUAGE / IMAGE / TYPES / CHARACTER / WORD / PHRASE / MEANING END METAPHORICAL / MEANING OF WORDS / SYNONYMOUS / ANTONYM

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ergashova M.

The article examines the stylistic features of Erkin Azam's stories.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «STYLISTIC FEATURES OF ERKIN AZAM'S STORIES»

УДК 374

Ergashova M., candidate of philological sciences

associate professor Kokand State Pedagogical Institute

STYLISTIC FEATURES OF ERKIN AZAM'S STORIES

Abstract: The article examines the stylistic features of Erkin Azam's stories.

Key words: literaty language, image, types, character, word, phrase, meaning end metaphorical, meaning of words, synonymous, antonym.

Ma'lumki, adabiyot mohiyatini ijtimoiy - hodisa ekanligi tashkil etadi. Uning bu xususiyati adib maqsadi, asarni yaxlitlovchi badiiy unsurlarning o'zaro muvofiqligi orqali yuzaga chiqadi. Bu unsurlar orasida til, ya'ni so'z omili alohida o'rin tutadi. Bu til badiiylik ma'nosi bilan to'yingan va adabiy asarning muhim shartlaridan biri bo'lgan badiiy yoxud "poetik til" deb yuritiladi. Binobarin, adabiyot san'atning boshqa turlaridan farqi ham avvalo uning so'zlar vositasida yaratilishida ko'rinadi. Shunday ekan, badiiy til adabiyot nazariyasiga doir masalalar sirasida oldingi qatorda turadi va har qanday asar xususiyatlarini belgilashda yetakchi ko'rsatkich sanaladi. Badiiy til adabiy asarning boshqa tarkibiy qismlari bilan bog'langan holda ular talqinlarida u yoki bu darajada zohir bo'ladi. Xususan, asar g'oyasi, adib niyati, shakl va mazmun uyg'unligi, tasvir va ifoda mutanosibligi, metod va uslub uyg'unligi, ijodkorning individualligi, mahorati kabi masallarda badiiy tilning o'rni yorqin ko'rinadi . Shu ma'noda badiiy adabiyot tili faqat kishilar o'rtasidagi aloqa vositasi bo'lib qolmasdan, g'oyaviy va emotsional ta'sir qilish quroli vazifasini ham o'taydi, chunki yozuvchi badiiy til vositasida obraz va tiplar, xarakter va manzaralar yaratar ekan, ularning mohiyatini ochib ko'rsatadigan so'z va iboralar tanlaydi, so'zlarning asl va ko'chma ma'nolarini aniqlaydi, ularning sinonim va antonimlarini topadi, umumxalq tilining gap qurilishi usullaridan, arxaizm va jargonlardan hamda boshqa nutq vositalaridan foydalanadi. Shu xilda yozuvchi asar g'oyasiga muvofiq shakl tanlaydi. M.Gorkiy aytganidek, "ish tafakkurni uyg'otadi, tafakkur ish tajribasini so'zga aylantiradi, undan g'oyalar, gipotezalar, nazariyalarni... hosil qiladi. Yozuvchining ishida asosiy material so'zdir". So'z esa "barcha faktlar, barcha fikrlar libosidir". Ammo har bir fakt zamirida ijtimoiy ma'no bor, har bir ma'no zamirida esa bir yoki ikkinchi fikr nega bunday-u nega unday emas, degan sabab bor... Badiiy obraz yaratishda til vositalarining o'rni nihoyatda muhimdir. Chunki adib til orqali obraz va manzaralar yaratar ekan, ularning ahamiyatini ochib beruvchi so'z va iboralar tanlaydi. Badiiy asar tilining hissiy va ta'sirchanligi obrazga ko'char ekan, u o'quvchiga ta'sir qiladi, uning ma'naviyati va fikr olamini boyitadi. Ko'rinadiki, obraz yaratishda til unsurlaridan foydalanish ayniqsa obraz shakllangan davr

(muhit) bilan obraz nutqining mutanosibligi juda muhimdir. Ikkinchidan, oborazning umumlashma xarakteri asarning mazmunida aks etsa, uning individualligi badiiy til vositalarida yaratilgan betakrorligi, boshqalarga o'xshamasligida ko'rinadi.

Obraz yaratishning ushbu umumiy xususiyatlari Erkin A'zam asarlarida o'z ifodasini topgan. Ma'lumki, adib asarlaridagi obrazlar yoshi, jinsi, qiyofasi, kasb-kori, xarakteri jihatidan rang-barang. Yozuvchi ularning har biriga xos asosiy xususiyatlarni aniqlab, ularning asar g'oyaviy mazmunini ifodalashga bo'ysundiradi, har biridagi o'ziga xos jihatlarni ular yashayotgan davr ruhiga bog'liq holda tasvirlaydi. Bunda badiiy tilning peyzaj, badiiy tasvir, hikmatlar, dialog-monolog, majoz, kinoya, maxsus leksik boyliklar va boshqa unsurlarini qo'llaydi. Adib obraz yaratishni ko'pincha personaj portretini gavdalantirishdan boshlaydi. Bunda obraz muhiti va tashqi qiyofasining asosiy jihatlariga urg'u beradi.

Adibning badiiy obraz yaratishda so'zdan foydalanishdagi mahorati, har bir personajga mos iboralarni topa olishi "Chapdast" sarlavhali muxtasar hikoyasida yanada yorqin ko'rinadi. Hikoya aniq hayotiy voqeaga, qisman hazil aralash oilaviy munosabatga, er-xotin va farzandlar muloqotiga bag'ishlangan. Urushdan o'ng qo'lsiz qaytgan Salom tog'ani jangda o'qqa uchgan akasining xotini, ya'ni yangasiga uylantiradilar. U el qatori o'g'il-qizli bo'ladi, qo'sha-qo'sha nevara ko'radi. Birgina chap qo'li bilan ro'zg'or-u xonadonni eldan ziyod qilib qo'yadi. Yozuvchi Salom chapdastning oilaparvar, tadbirkorlik xislatlarini uning oshpazlik, holvapazlik hunarlari bilan bog'liq holda tasvirlab, "mohir-u mirishkor" so'zida umumlashtiradi. Bu maqtovli chapdastning ko'ngil olamidagi kutilmagan bir niyat uning murakkab xarakteridagi yangi jihatlarni ochib yuboradi. U shuncha yil birga yashagan kampirini "boybicha" (Surxondaryo shevasi) deb erkalar ekan, uning bir vaqtlar ermak uchun aytgan "sizni uylantirmoqqa uylantirarman. Dunyoga kelib, siz ham axir bunday ko'rib keting-da" degan gapini eslab ,, Bizni endi bi-ir uylantirib qo'ysangiz", deydi. ("Bi-ir" so'zining ikki "i" bilan cho'zib aytilishi ham bekor emas).

Erning bu qaltis gapiga hayron bo'lgan Mayram yanga gapni hazilga yo'yar ekan, istehzo bilan "Xo'p, kimni olib berayli, ayting", deydi ermakka. Guloyni, deydi chol. (Guloy Mayram yanganing jiyani, ko'zi tug'ma ojiz, qirq yoshni qoralagan). Buni eshitgan kampir tutoqib ketadi:

-Sharm emasmi, Oftob opamni qizi-ya u?

-Shunisi yaxshida kampir, har holda o'zingniki. Devor ag'anasa, ichkariga ag'anasin.

-Ko'r-ku u, - deydi alamidan yonib yanga.

-Mana mening ko'zim ochiq - bir ro'zg'orga yetib ortadi shu".

Ushbu qissa muloqot, birinchidan voqea rivojini ilk nuqtasi, konfliktning turtkisi bo'lsa, ikkinchidan er-xotin obrazlarning har biriga xos ruhiy-psixologik holatni ularning so'zlari orqali ifodalashi jihatdan diqqatni tortadi. Jumladan, kampirdagi vazminlik, choldagi qat'iyat ularni savol-javobida yorqin aks etadi.

Obrazlarni individuallashtirishdagi o'ziga xoslik hikoyadagi boshqa personajlar - chol va kampirning farzandlari talqinida yana ham ta'sirchan tasvirlangan. Otaning nojo'ya, yoshiga yarashmagan niyatidan xabar topgan o'g'il- qizlarining unga munosabatida, adib mahorati bilan har biriga xos, monand so'zlar topib o'rinli ishlatilgan va original obrazlar yaratilgan.

G'azablangan to'ng'ich qizning onasiga aytgan gaplarini eshiting:

"- Siz ham o'ling, otam ham o'lsin! He, sharmandalar! Hoziroq borib o'sha oqquva qanjiqning ko'r ko'zlarini o'ymasam... G'unajin o'lguringiz ko'zini suzgan-da!".

Ko'rinadiki, bu qisqa, lekin keskin mulohazada ota-onasining nomunosib harakatidan nomus qilgan, ularni qat'iy qoralagan (otasining chalg'ishida onasining ham aybdorligini his qilgan holda) murosasiz qizning yuksak ma'naviyati gavdalanadi. U ota-onasiga nisbatan "sharmandalar", "o'ling" kabi o'zbek farzandlari tilidan haqorat darajasidagi so'zlarni qo'llash bilan inson sha'nini har narsadan ustun ekanini ta'kidlaydi. Shuningdek, matndagi "qanjiq", "g'unajin" so'zlari qizning Guloyga nisbatan nafratining ifodasi bo'lib, birinchi so'zda o'xshatish, ikkinchi so'zda xalqona ifodaning ("G'unajin ko'zini suzmaguncha .... ipini uzmaydi") qo'llanishi hiko yaning ta'sir kuchini oshirgan.

Hikoyadagi to'ng'ich o'g'il obrazi talqinida boshqacha holatni ko'ramiz. Sho'xroq fe'li otasiga tortgan bu o'g'il oiladagi mojaroni murosa yo'li bilan hal qilish tarafdori. Shu bois uning fikrida, garchi otasining harakatini quvvatlamasa ham keskinlik emas, tinch ohang ustuvor. Mana uning so'zlari: "Keling, ena, siz xo'p deng. He, boboyning bir ko'ngli istibdi-da, mayli. Bir-ikki kun menikida bo'lib turasiz. Bir ko'r-u bir qari cho'loqning tomoshasi borsa, bir haftaga borar! Keyin chol tag'in o'zimizniki, ota o'zimizniki! Guloy bechora ham begona emas". Bu parchada diqqatga loyiq bir jihat mavjud. O'g'il otasini oshkora yoqlayotganday tuyulsa ham, aslida uning dilida padariga qisman g'azab ham bor. Buni "ota" so'zining turli ma'nolarda vaziyatga ko'ra har xil nomlar bilan atalishida ko'rish mumkin. Masalan, "boboy" deganida kesatiq ohangi, ,,qari cho'loq" so'zida qoralash, "chol" so'zida rahmdillik hissi, nihoyat "ota" deganida uni kechirib, padar sifatida yana e'tirof etishi ma'nolarini uqish mumkin. Ayni choqda o'g'ilning onasini murosaga undashi, begunoh Guloyga nisbatan "bechora, begona emas" so'zlarini qo'llashi obraz xarakteridagi bag'rikenglikni kuchaytiradi.

Adib mahoratining yangi bir qirrasi yana bir qizning ushbu muammoga munosabatida ko'rinadi, ya'ni bu munosabatni adib batafsil keltirmaydi, chunki u ham opa va akasining so'zlarini qisman takrorlashi, bu esa asar badiiyligini biroz bo'shashtirgan bo'lardi. Ammo, quyidagi qisqa ma'lumot ham qizning bu masalaga qarashini anglash uchun yetarlidir: "Hayriyatki, yana bir qiz kelmadi. Uzoqroqqa tushgan u. Hali eshitmabdi, shekilli. Eshitsa, kelsa - ana keyin ko'rasiz tomoshani!".

Bu o'rinda asosiy ijtimoiy-badiiy ma'no "tomosha" so'ziga yuklangan. Bu so'z majoziy qo'llanilib, "katta janjal", "to'polon" ma'nolarini anglatmoqda.

Ikkinchidan, shu birgina so'z kenja qizning o'ta murosasiz, shaddot xarakterini to'la ifodalay olgan. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, adib "tomosha" so'zining yana bir ma'nosini (to'ng'ich o'g'il so'zida) "sharmandalik", "elga kulgu bo'lish" ma'nosini ham o'rnida qo'llay olgan.

Adibning so'z va iboralarni shakliy va ma'noviy jilolarini qo'llashdagi mohirligini voqea bayoni va u bilan bog'liq obrazlar tasvirida ham kuzatish mumkin. Bu hol epizodik personajlarga ham dahldor. Chunonchi, Salom chapdastning niyati amalga oshmagach, Guloyga sovchilar kelganligi voqeasiga aloqador yigit obrazi paydo bo'ladi va qiz unga fotiha qilinadi. Yozuvchi kuyov haqida muxtasar ma'lumot berib, "nihoyat, issiq-sovuq marakalarda choy tashib yuradigan pachoqdan-pachoq, telbanamo bir kimsaga fotiha qilib yuboriladi Guloy", deb yozadi. Bu qisqa fikrda o'sha kimsaning qiyofasi ham, xarakteri ham namoyondir. Ta'kidlangan so'zlardagi tub va majoziy ma'nolar bunga imkon beradi. Jumladan, issiq-sovuq marakalar birikmasida, birinchi so'z to'y-bayram, umuman tantanalarni, ikkinchi so'z esa motam-qayg'u marosimlari ma'nosini anglatadi. "Pachoqdan pachoq" iborasi va kuyovning nomsiz "kimsa" deyilishi ham notavonligiga ishoradir. Hikoyadagi voqea davomida Salom chapdast turli vaziyat, sharoitda murakkab obraz sifatida tasvirlanadi. Bu xususiyat uning ijobiy va salbiy xislatlariga ko'ra muallif va boshqa personajlar tomonidan turlicha ta'riflanishiga sabab bo'ladi. Buni quyidagicha ko'rsatish mumkin:

1. Muallif ta'rifi: mirishkor, shu odam, alomat oshiq.

2. Mayram yanga ta'rifi: esini yegan chol, to'ram.

3. Farzandlari ta'rifi: ota, boboy, chol, qari cho'loq, sharmanda

Hikoya obrazlarini yaratishdagi muallif o'ziga xosligi til badiiyati, milliylik, epik an'analarga ijodiy yondashuv kabi omillar natijasidir. Adib asarda surxon shevasiga xos "tanda", "boybicha", "ibi", "oqquva", "gishava", "gaflgurs" kabi mahalliy so'z va iboralarni ham ustalik bilan qo'llay olgan. Erkin A'zam asarlarida obrazlar dunyosi nihoyatda keng. Unda yoshlar ham, qariyalar, qiz-ujuvonlar ham bor. Ular turli xarakter, saviya vakillari sifatida bir-biriga o'xshamaydi. Bu esa adibdan har bir obrazni yaratishda tilning tasvir yo'nalishi, ifoda vositalari, xarakteristika va boshqa unsurlaridan o'rinli foydalanishni taqozo etadi. To'g'ri, adib asarlarining muayyan qismi sho'ro davri, bir qismi esa bugungi davr kishilaridir. Shu bois ularni individuallashtirish va umumlashtirishda bu jihatlar hisobga olingan holda personajlar dunyoqarashi, turmush tarzi, umuman xarakterining muayyan davr va mafkura ko'rsatgan ta'sir ham e'tibordan chetda qolmaydi.

Adib asarlarining g'oyaviy-badiiy xususiyati inson ruhiyatini tozalashi, undagi og'riqli nuqtalarga malham bo'lishida ko'zga tashlanadi.

Erkin A'zam asarlarida inson qadri, insonning jamiyatdagi o'rni kabi masalar katta o'rin egallaydi. Yozuvchining qahramonlari asosan, jamiyatning o'rta qatlamiga mansub insonlar. Ular juda katta qahramonliklarga qodir emas, lekin o'zining dunyoqarashiga, fe'l-atvoriga, kasb-koriga ega. Ya'ni jamiyatda

ma'lum bir o'ringa ega kishilar. Ular kimgadir kerak, kim uchundir qadrli, kim uchundir suyukli. Bunday qahramonlar jamiyat va muhit ta'sirida ijobiy yoki salbiy tomonga qarab haraktlanadi. Atrof-chetdagi insonlarga, hayotga bo'lgan munosabati ham shu taqlid turlicha bo'ladi. Buni biz qahramonlarning ruhiyatida bo'layotgan o'zgarishlardan bilib olishimiz mumkin. Erkin A'zam asarlarining g'oyasini tushunish uchun qahramonlar psixologiyasini tushunishimiz kerak. Inson ruhiyatini ochishda san'atkor mahoratining, mas'uliyatining o'rni to'g'risida Abdulla Qahhor shunday yozgan edi: "Psixologizm - kishilarning ichki dunyosiga, ularning latif-zarif tomonlariga va go'zalligiga yaxshi e'tibor qilish to'g'risida jiddiy o'ylab ko'rish fursati yetdi. Bu yozuvchilik mahoratining eng muhim jihatidir".

Erkin A'zam psixopoetikasining ajralib turadigan o'ziga xosligi qahramonning avvalboshdanoq ekzistensial kayfiyatda ekanligida ko'rinadi. Qahramon hayoti davomida ko'rgan kechirganlaridan xulosa chiqara-chiqara, odamlardan "begonalashib" boradi. Asrlar mobaynida yechimini topmagan masalalardan charchagan paytlari "o'ziga qamalib" olgisi keladi. Xuddi shu yerda tasvirlanayotgan barcha voqea-hodisalar ruhiylashadi va ruhiy tahlil foydasiga ishlaydi. Personajlar ichki dunyosi ziddiyatlar, tangliklar, azob-og'riqlardan iborat ruhiy holatlar, og'ir kechinmalar orqali tasvirlanadi. Shu orqali qahramonlar g oyaviy-ma'naviy izlanishlarining intensivligi va inson tabiati bitmas-tuganmas sinoatlar makoni ekanligi ochiladi.

Qahramonlar psixologiyasini tushunish uchun atrofimizdagi odamlarga diqqat bilan nazar solishimiz kerak. Chunki Erkin A'zam qahramonlari bugunning odamlari, siz-u bizning do'stimiz, akamiz yoki ukamiz, tanishimiz, tanishimizning tanishi va hakoza.

Fan-texnika yutuqlari, zamon taraqqiyoti natijasida hayot tezlashdi. Buning oqibatida insonlar psixologiyasida ham turli xil salbiy va ijobiy o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Aslida inson ruhiyatini tushunish juda qiyin masala. Hattoki, inson o'z ruhiy holatini ham ba'zan tushunolmay qoladi va juda ko'plab savollar tug'iladi. Bu savollarga javobni Erkin A'zam asarlaridan topish mumkin.

"Shu o'rinda, turli janrlarning bir xil bo'lmagan psixologik o'tkazuvchanlik xususiyatiga egaligiga to'xtalish lozim. Zotan, psixologizm qissada romandagi kabi keng ko'lam kasb etmasa-da, janr imkoniyatlari doirasida o'ziga xos tarzda bo'y korsatadi. Holbuki, inson ichki dunyosini tasvirlash, - psixologizm - bu obrazni qurish, tasvirlash, u yoki bu hayotiy xarakterni tushunib yetish va baholash usuli ekan, qissa janri ham shunday tahlil uchun munosib maydon bo'la oladi" Psixologizm ijod mahsuli qaysi janrda yozilganidan qat'iy nazar, badiiy asar strukturasida ham, uning g'oyaviy -obrazli mazmundorligida ham o zini namoyon qilish orqali matnni badiiy jihatdan uyushtirishning barcha qatlamlari ich -ichiga singib ketadi. Bu esa, psixologizm - badiiy asar poetikasining konstruktiv komponenti ekanligidan dalolat beradi.

Erkin A'zam yaratgan qahramonlarning ko'pchligi ruhiyatida voqealar rivoji davomida o'zgarishlar sodir boladi. Bu o'zgarishlar qahramonning irodasiga qarab har xil bolishi mumkin. Masalan, Bakirning hayotdagi turli xil qiyinchiliklar va o'ziga mos bo'lmagan muhitga tushib qolishi uning hayotga nisbatan keskin xulosalarga kelishiga sabab boladi. Vaziyatdan chiqib ketishga harakat qiladi, ammo ruhan eziladi. Bugungi tezkor zamonda bunday odamlar qiynalib qolishi tabiiy hol. Muallif o'quvchilarni bu holdan tog'ri xulosa chiqarishga undaydi. Yosh shoir singari intiluvchan, hayot ziddiyatlariga tik boqish kerakligini uqtiradi. Shundagina oldimizga qo'ygan ezgu maqsadlarimizga erisha olamiz. Buning uchun inson psixologiyasini adabiyotda aks ettirish lozim. "Asosini psixologizm tashkil qiladigan adabiyot - qiyshiq ko'zgular saltanatidir. Ulardagi akslar esa reallikka mengzab ketadi" Ayni paytda Erkin A'zamning inson ichki olamini ifodalashdagi yangicha usullari, asosan, emotsionallik, irratsionallik, xudojo'ylik, andishalilik, neagentevlik kabi o'zbek xarakterining o'ziga xos noyob xususiyatlarini ochishga qaratilganligi bilan muhimdir. Neagentivlik - odamlarning shaxsiy hayoti o'zlarining izmida emasligi, turmush hodisalarini nazorat qilishning cheklanganligi; kishilarning taqdirga ishonuvchanligi (futalizmga moyilligi) yuvosh va itoatkorligi; individning maqsad sari intilishga va hodisalarning "nazoratchisi" bo'lishga intilishdagi bo'shangligidir.

Adibning "Ta'ziya" hikoyasi ham istiqlolimizning ilk kunlaridan kitobxonlar e'tiboriga havola qilindi. Bu hikoyaning nomi dastlab "Do'ppi" bo'lgan. Hikoyani muallif Muhammad Yusufga bag'ishlamoqchi edi. Asarning sarlavhasi "Ta'ziya"ga o'zgargach, bu nom shoir nomi bilan yonma-yon turishi xunikroq tuyilib, muallif fikridan qaytadi. Ammo 2001-yilda nashr qilingan "Pakananing oshiq ko'ngli" deb nomlangan qissa va hikoyalar to'plamidan o'rin olgan ushbu hikoyani Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlaganligini ta'kidlab otadi. Chunki bu paytda xalqimizning buyuk shoiri oramizda yo'q edi.

Hikoyada shahardan qishlog'iga borgan qahramonimiz (muallifning o'zi) otasi bilan qishlog'idagi ta'ziya bo'lgan xonadonlarga duoyi fotixa qilish maqsadida yo'lga chiqadi. Otasi eng uzoq joy Safarovdan boshlaymiz deb aytadi va yo'l-yo'lakay Safarov ya'ni bir paytlar Salim Qaror nomi bilan tanilgan kishini eslashadi. U marksist, sho'ro hukumatining sodiq xizmatkori, tumandagi dafn marosimlarini o'tkazishga tish-tirnog'i bilan qarshilik ko'rsatgan obraz. Qahramonimiz o'qishdan o'zi yashayotgan tumanga amaliyotga kelganida shu marksistning qo'lida ishlaydi. Ana shu kunlarni ota -bola yo'l-yo'lakay eslashadi: "...Tuman markazidan o'tib olmozorga qayrilayotganimizda otam gapirib qoldilar: - "Shoirimiz bizni boplab bir qo'lga tushurgan-da" deb yurardi rahmatli. Nimaligini aytmasdi. O'sha voqeani g'ira-shira xotirlab so'rayman: - Ota, enasini jonozasiz ko'mdirgan u, dedingiz boya. Shu odam nomoz-pomoz o'qirdimi o'zi? - O'qigan bo'lsa o'qigandir, birov ko'rgan emas. Dafn-marakalarga qatnashardi-yu, janoza payti chetga

chiqib turardi. Nima bo'lgan edi o'shanda?

-E, esda yoq... Esda bor. Salim Qaror kechki navbatchilikka qolganida qarashib yurgan kunlarim edi. Bosmaxona oxirgi saxifasini tayyorlab bergunicha bir pas hovlini aylanay deb chiqib, qaytib kelsam - eshik berk. Qattiqroq siltab itargan edim, zanjiri omonat ekanmi, sharaqlab ochilib ketdi. Qarasam... birov yerga muk tushib yotibdi. Ustozim, Salim Qaror! Sharpani sezib, u apil-tapil yerdan nimanidir yig'ishtirib olib, stoli tagiga urib yubordi. Joynomozmi? Keyin belini ushlaganicha inqillab o'rnidan turdi-da, hadaha stol ustida yotgan allanimani kafti bilan bosdi va sath boylab surib yuborib, bilintirmaygina cho'ntagiga solib qo'ydi. Qizil narsa, hujjatga oxshaydi..."

Dinni tan olmaydigan o'zbek marksistining ahvolini ko'ring: Eshikni berkitib nomoz o'qiyapti. Demak, u Xudoni tan oladi, undan qo'rqadi. Ammo o'zi ruju qo'ygan sho'ro hukumati Xudoni tan olmaydi. Salim Qaror esa arosatda ikkisidan ham kecholmaydi. Biri sut bilan, qon b ilan o'tgan e'tiqod bo'lsa, biri zo'rovonlik bilan miyasiga quyilgan sotsiolizm g'oyasi. Ikkisini ham rad qilishdan qo'rqadi. Xudodan ham, sho'ro hukumatidan ham qo'rqadi. Ammo Xudodan qo'rqish ruhiga yengillik, qalbiga osudalik bag'ishlasa, ikkinchi qo'rquv dahshatga soladi. Ana shu arosatda yashab o'tgan insonlar xalqimiz orasida juda ko'pchilikni tashkil qilardi. Ana shu fojiani Erkin A'zam bir qancha asarlarida mahorat bilan tasvirlaydi. Zamon o'zgarishlarini

kuzatish, undagi jarayonlar qonuniyatiga nazar solish yozuvchi uchun qahramonlar ruhiyatini mukammalroq ochishga yo'naltirilgan vositadir. Erkin A'zam asarlarida esa kecha, bugun, mavjud bo'lgan, siz-u bizga tanish hududlarda o'z faoliyati bilan mashg'ul, turli xarakterdagi, turli ijtimoiy sharoitda yashaydigan, turli ruhiyatga ega bo'lgan insonlar taqdiri tasvirlagan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Shofiyev O. Erkin A'zamning badiiy mahorati//monografiya//Turkiya. Merk-Ak, 2020.

2. Rasulov A. Badiiylik - bezavol yangilik. - Toshkent. Sharq, 2007.

3. Yo'ldosh Q, Yo'ldosh M. Badiiy tahlil asoslari. - Toshkent. Kamalak, 2016.

4. A'zam E. Chapdast //Shovqin. -Toshkent. O'zbekiston, 2011.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.