Научная статья на тему 'SPORT ATAMALARINING FILOLOGIK TAHLILI ADABIY MATNLAR VОSITASIDA'

SPORT ATAMALARINING FILOLOGIK TAHLILI ADABIY MATNLAR VОSITASIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
adabiy matn / o`qiuvchilar / sport atamalar / sog`lom turmush tarsi / jismoniy salomatlik / pedagogik imkoniyatlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Meliyev Xamidulla Abdullayevich

Ushbu maqolada adabiy matnlar vоsitasida о‘quvchilarda sport atamalari tushunchalarini takomillashtirish metodikasi, o`ziga xos xususiyatlari, pedagogik imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SPORT ATAMALARINING FILOLOGIK TAHLILI ADABIY MATNLAR VОSITASIDA»

"YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVaJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

SPORT ATAMALARINING FILOLOGIK TAHLILI ADABIY

MATNLAR VOSITASIDA

Meliyev Xamidulla Abdullayevich

Jizzax DPU, p.f.n., professor https://doi.org/10.5281/zenodo.13943852

Annotatsiya. Ushbu maqolada adabiy matnlar vositasida o'quvchilarda sport atamalari tushunchalarini takomillashtirish metodikasi, o^ziga xos xususiyatlari, pedagogik imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: adabiy matn, o'qiuvchilar, sport atamalar, soglom turmush tarsi, jismoniy salomatlik, pedagogik imkoniyatlar.

Аннотация. В статье рассматриваются методика, особенности и педагогические возможности совершенствования понимания студентами спортивной терминологии средствами художественных текстов.

Ключевые слова: художественный текст, студенты, спортивные термины, здоровый образ жизни, физическое здоровье, педагогические возможности.

Abstract. This article discusses the methodology, specific features, and pedagogical possibilities of improving students' understanding of sports terms by means of literary texts.

Keywords: literary text, students, sports terms, healthy lifestyle, physical health, pedagogical possibilities.

Mamlakatimizda aholining sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan milliy sport turlari va etnosportni keng ommalashtirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptirish jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish dolzarb vazifamiz qatoriga kiradi".

Har bir davlatning tabiiy va iqtisodiy omillari bilan birga inson salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashga oid shart-sharoitlar yaratish, ularning intellektual salohiyatini oshirish dolzarb vazifalardan biri sanaladi.

Sog'lom turmush tarzini shakllantirish bayon etilgan adabiy matnlardan ma'lumki, inson tanasining jismoniy go'zalligi ideali qanchalik rivojlangan bo'lmasin, badiiy asarlarda inson hayotiga sog'lom turmush tarzini singdirish doimo ulug'langan. Adabiy matnlar muallif qahramonning ichki go'zalligi haqidagi taassurotni kuchaytirishni istab, har doim uning jismoniy go'zalligini alohida ta'kidlab kelgan.

Ta'lim jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilarining jismoniy va ruhiy salomatligi bo'lajak kadrlar kompetentligini belgilab, ta'lim va tarbiya jarayonining sifat ko'rsatkichini namoyon etadi. Insonning o'zi salomatligini asrashi, rivojlantirib borishi kasbiy faoliyatning muhim ijtimoiy-madaniy ahamiyat mezoni ekanligi bilan ta'lim muassasalarida o'qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar ko'lamining oshishiga ehtiyoj tug'dirmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta'lim islohatlariga muvofiq, o'sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma'naviy salomatligini shakllantirishning, sog'lom turmush tarziga intilish va mehr-muhabbatini singdirishining muhim sharti ommaviy sportni rivojlantirishdir. Bundan tashqari jismoniy tarbiya o'qituvchilari, sport mutaxassislarining, ustoz murabbiylarning chuqur bilim, yuksak malaka, boy tajriba va mahoratga ega bo'lishi har tomonlama yetuk, ma'naviy barkamol kadrlar tayyorlashning garovidir.

YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

Mustaqil O'zbekiston Respublikasining strategik vazifalaridan biri kelajakdagi barcha ezgu ishlarni amalga оshirishga qоdir bо'lgan jismоniy sоg'lоm va ma'naviy barkamоl shaxsni vоyaga yetkazishdan ibоrat. Bu vazifalarni amalga оshirish uchun nazariy bilimlarni chuqur o'rganishimiz, sog'lom turmush tarzini shakllantirish va takomillashtirishda yangi bilimlarni egallashimiz, zamon talablari darajasida ta'lim texnologiyalaridan foydalanib, kelajak avlod vakillarini vatanparvar, o'z kasbining yetuk bilimdoni qilib tarbiyalamog'imiz darkor.

Adabiy matnlar vositasida o'quvchilarda sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlari

1. O'quvchilarning sog'lom turmush tarzi mazmunini bilishi va unga amal qilishi.

2. O'quvchilarning adabiy matnlar mazmuni anglab yetishi.

3. O'quvchilarning sog'lom turmush tarzi mazmunining adabiy matnlar bilan bog'liqligini anglab yetishi.

4. Kundalik hayoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining sog'lom turmush tarzi mazmunini amalda qo'llash jarayonini tog'ri va maqsadli tashkil etilishi.

5. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining sport to'garaklariga qatnashib yuqori natijaga erishganligi.

6. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining adabiy matnlar bilan bog'liq bo'lgan to'garaklarga faol qatnashishi va sog'lom turmush tarzini yanada rivojlantirishga erishish.

7. Boshlang'ich sinf o'quvchilarni sog'lom turmush tarzi mazmunini adabiy matnlar vositasida rivojlantirish asosida Vatanga sadoqat, sog'lom fikr, o'ziga ishonch kabi xususiyatlarni shakllantirish.

8. Boshlang'ich sinf o'quvchilari sog'lom turmush tarzi mazmunini adabiy matnlar vositasida rivojlantirish orqali zamonaviy bilimlarni sog'lom turmush tarzi bilan bog'lay olishi.

9. O'quvchilarning sog'lom turmush tarzi mazmunini adabiy matnlar vositasida rivojlantirish jarayonini ijtimoiy hayot bilan bog'liqligini anglab yetishi.

10. O'quvchilarning sog'lom turmush tarzi mazmunini adabiy matnlar vositasida rivojlantirish jarayonini pirovard maqsadini anglab yetganligi.

Bu yo'lda ta'lim va tarbiya berish barobarida o'quv ishlarini rejalashtirishga hamda ularni samarali olib borishga yangicha va ijodiy qarashimiz, ishga tashabbuskorlik bilan yondoshmog'imiz lozim bo'ladi.

Salomatlik insonning eng katta boyligidir. Shubhasiz, mustahkam sog'liq insonning biologik va ijtimoiy funksiyalarini amalga oshirishning asosiy shartidir. Bu insonning o'zini-o'zi anglashining asosidir. Sog'lomlashtirish texnologiyalari, birinchi navbatda jismoniy tarbiya orqali inson salomatligini saqlash va mustahkamlashni ta'minlashga qaratilgan. Har qanday jismoniy mashqlar sog'lomlashtirishning majburiy komponentidir. Shu munosabat bilan jismoniy tarbiyaning barcha tarkibiy qismlari (sport, kasbiy-amaliy sog'lomlashtirish va jismoniy madaniyat) sog'liqni saqlash funksiyalarini bajaradi.

Zamonaviy maktab ta'limida bolalarning sog'lom turmush tarzi muhim o'rin tutadi. Sog'lom turmush tarzi-insonning kun tartibiga rioya etishi, faol harakat asosida organizmini chiniqtirishi, sport bilan shug'ullanishi, to'la va sifatli ovqatlanishi, gigiyenik qoidalarga amal kilishi, zararli odatlardan o'zni tuta bilishidir.

Sog'lom turmush tarzini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, jismoniy tarbiya darslarini o'qitish usullarini aniqlash va adabiy matnlar vositasida sog'lom turmush tarzini rivojlantirishning modelini takomillashtirish boshlang'ich sinf o'quvchilarining sog'lom turmush tarzini rivojlantirishning muhim pedagogik omili sifatida ahamiyatlidir.

YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni. 2020-yil, 30-oktabr, PF-6099-son, https://lex.uz/docs/5077667.

2. Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o'qitish metodikasi. -Toshkent, 2018. -B. 312.

3. X.A.Meliyev, O.Jamoliddinova, "Tarbiyachining kasbiy kompetenti va mahorati" T.: Zarvaraq nashryoti, 2021 yil .284 bet.

4. Х.Мелиев, Ш.Буранова. «ТЕОРИЯ И ТЕХНОЛОГИЯ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ ДЕТЕЙ». "IDEAL PRESS" нашриёти. Дарслик.2023 йил.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.