Научная статья на тему 'SPECIAL FEATURES OF MODULAR TRAINING TECHNOLOGIES IN HIGHER EDUCATION'

SPECIAL FEATURES OF MODULAR TRAINING TECHNOLOGIES IN HIGHER EDUCATION Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Key words: didactic task / modern teaching aids / module / block / modular program.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kuzibayeva M.

Annotation. The article analyzes modular training as one of the methods for developing knowledge, abilities and intelligence in the preparation of future specialists, based on the requirements for modern teaching technologies in higher education. Ways to improve students’ skills based on modular learning technologies are also considered.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SPECIAL FEATURES OF MODULAR TRAINING TECHNOLOGIES IN HIGHER EDUCATION»

Kuzibayeva M.

Andijan State Medical Institute

SPECIAL FEATURES OF MODULAR TRAINING TECHNOLOGIES IN

HIGHER EDUCATION

Annotation. The article analyzes modular training as one of the methods for developing knowledge, abilities and intelligence in the preparation of future specialists, based on the requirements for modern teaching technologies in higher education. Ways to improve students' skills based on modular learning technologies are also considered.

Key words: didactic task, modern teaching aids, module, block, modular program.

O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish muhim vazifa qilib belgilangan.Bu esa o'z navbatida pedagog kasbining yanada murakkablashuvi, mas'uliyati va vazifalarining ortishiga olib keladi. Chunki ommaviy ta'limning bugungi sharoitida yangi raqamli avlod bilan ishlash, ularni rivojlantirish, jahon talablariga mos qilib kasbga tayyorlash zamonaviy o'qituvchidan yuksak texnologik bilim, salohiyat va mehnatni talab qiladi.

Ta'lim taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuch - bu o'zida didaktik masalalar va ta'lim texnologiyalarini mujassamlashtirgan pedagogik tizim hisoblanadi. Ta'lim texnologiyasining muvaffaqiyatli loyihalanishi va yakuniy natijaning kafolatlanishi o'qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasiga, ularni to'g'ri belgilash, tanlash va samarali qo'llay olishga bog'liqdir.

Ta'limning zamonaviy o'qitish vositalaridan biri modullio'qitish texnologiyalari bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Modul (lot. "modulus" - kichik o'lchov) - ta'lim texnologiyasini tashkil qiluvchi tarkibiy bo'laklarni ifoda etuvchi tushuncha. Modullar katta modul, o'rta modul va kichik modul ko'rinishida ifodalanishi mumkin. Masalan, fanning alohida bobi yoki bir necha mazmunan bir-biriga yaqin boblari katta modulni, undagi alohida mavzular o'rta modulni, mavzu rejalari esa kichik modullarni tashkil qilishi mumkin. Modul - mazmuniy va mantiqiy yakunga ega bo'lgan, didaktik jihatdan ishlab chiqilgan, natijaga qaratilgan, fanning muayyan bo'limi yoki katta mavzusi, o'zaro bog'liq tushunchalar guruhi hamda kirish va chiqish nazoratlaridan iborat bo'lgan birlikdir.

Modul - bu fanning bir yoki bir necha tushunchalarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan, ishlab chiqilgan tamoyillar asosida shakllangan mantiqan

tugallangan o'quv materialidir. Mazmuniga ko'ra modullar - nazariy, amaliy yoki texnologik modullarga bo'linadi.

Modulli o'qitish texnologiyasi an'anaviy o'qitish texnologiyalariga alternativ holda, mavjud pedagogik texnologiyalardagi barcha nazariy va amaliy progressiv texnologiyalarni o'zida mujassam etgan texnologiya hisoblanadi. Modulli o'qitish asoslari P.Yu.Syavichene tomonidan ishlab chiqilgan va to'liq bayon etilgan.

Modulli texnologiyalar - modul bloklaridan tashkil topgan axborotni strukturalashtirilgan, talabaning mustaqil faoliyatiga asoslangan, diagnostikasida turli shakllaridan foydalangan holda tashkil etiluvchi yaxlit jarayon.

Modul dasturi - bir fan doirasidagi modul bloklarining yig'indisi bo'lib, erishish lozim bo'lgan didaktik maqsad, qo'llaniladigan usullar va vositalar yig'indisidir.

O'quv moduli - nisbatan mustaqil, mantiqiy yakunga ega bo'lgan o'quv kursining bo'lagidir. U o'quv metodik ta'minotdan nazariy va amaliy qismlardan, topshiriq va joriy hamda yakuniy nazorat kabi qismlardan iborat.

Modulli o'qitishning mohiyati - talaba modullar bilan ishlash jarayoni orqali o'quv maqsadiga mustaqil holda (yoki ma'lum darajadagi yordam orqali) erishadi. Pedagog ma'lum ketma-ketlik asosida didaktik vazifalar murakkablashadigan va modullar majmuidan iborat dastur ishlab chiqadi. Dasturda talabaga kirish va oraliq nazoratlari orqali pedagog hamkorligida o'qish faoliyati ustidan o'z-o'zini boshqarish imkoniyati yaratiladi.

"Modulli o'qitish" termini xalqaro tushuncha - modul bilan bog'liq bo'lib, faoliyat ko'rsata oladigan o'zaro chambarchas bog'liq elementlardan iborat bo'lgan tugunni bildiradi. Bu ma'noda u modulli o'qitishning asosiy vositasi, tugallangan axborot bloki sifatida tushuniladi va majmuaviy yondashuvni ifodalaydi.

Modulli o'qitish - o'qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanib, kasbiy ta'limning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama yechish imkoniyatlarini yaratadi:

• modul - faoliyatlilik asosida o'qitish mazmunini optimallash va tizimlash, dasturlarining o'zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta'minlash;

• o'qitishni individuallashtirish;

• amaliy faoliyatga o'rgatish va kuzatiladigan harakatlarni baholash darajasida o'qitish samaradorligini nazorat qilish;

• kasbiy motivatsiya (qiziqtirish) asosida, o'qitish jarayonini faollashtirish, mustaqillik va o'qitish imkoniyatlarini to'la ro'yobga chiqarish.

Modulli o'qitishning hozirgi zamon nazariyasi va amaliyotida ikki xil yondashuvni ajratib ko'rsatish mumkin: fan bo'yicha faoliyat yondashuvi va tizimli faoliyat yondashuvi.

Bu yondashuvlar doirasida modul asosida mutaxassislar tayyorlashning bir qator konsepsiyalari ishlab chiqilgan. Barcha konsepsiyalar zamirida faoliyat yondashuvi yotadi va bu nuqtayi nazardan, o'qitish jarayoni to'laligicha yoki muayyan fan doirasida, modulli ta'lim dasturi mazmuniga muvofiq kasbiy faoliyat

elementlarini ta'lim oluvchi tomonidan ketma -ket o'zlashtirishga yo'naltirilgan bo'ladi.

Modulli o'qitishda o'quv dasturlarini to'la, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali o'qitishni tabaqalashtirish imkoniyati mavjud, ya'ni o'qitishni individuallashtirish mumkin bo'ladi.

Modulli o'qitishga o'tishda quyidagi maqsadlar ko'zlanadi: -o'qitishning (fanlar orasida va fanning ichida) uzluksizligini ta'minlash; -o' qitishni individuallashtirish;

-o'quv materialini mustaqil o'zlashtiris h uchun yetarli sharoit yaratish;

-o' qitishni jadallashtirish;

-fanni samarali o'zlashtirishga erishish.

Shunday qilib, modulli o'qitishda ta'lim oluvchilarni o'z qobiliyatiga ko'ra bilim olishi uchun to'la zaruriy shart-sharoitlar yaratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Azizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T.: 2006.

2. Ishmuhamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari. Nizomiy nomidagi TDPU. Innovatsion texnologiyalar markazi. 2004.

3. Yo'ldoshev J.G'., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. -T., 2004.

4. Ergashev R.X. Interaktiv usullarni ta'lim tizimiga joriy etish tajribasi. Uslub va vositalari. Ta'lim texnologiyalari, 2006 -yil 2-soni.

5. Kuzibayeva M. Oliy ta'limda o'qituvchining innovatsion faoliyatni shakllantirish. "Экономика и социум" №1(116) 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.