Научная статья на тему 'SOYA SUTI BILAN OZIQLANTIRILGAN ASALARILARNING KUNLIK UCHISH FAOLLIGI'

SOYA SUTI BILAN OZIQLANTIRILGAN ASALARILARNING KUNLIK UCHISH FAOLLIGI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
18
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ona asalari / asalari paketi / uchish faolligi / gulchang / gulshira / uchish tezligi / kо‘ch.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Nizomitdinova M.Sh, Turdaliyev A.T

Maqolada soya suti bilan oziqlantirilgan mahalliy asalari oilalarini kunlik uchish faolligi, tezligi, gulchang va gulshira bilan uyaga qaytib kelishi bahor, yoz va kuz fasllarida о‘rganilgan va tegishli xulosalar qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOYA SUTI BILAN OZIQLANTIRILGAN ASALARILARNING KUNLIK UCHISH FAOLLIGI»

SOYA SUTI BILAN OZIQLANTIRILGAN ASALARILARNING KUNLIK UCHISH

FAOLLIGI 1Nizomitdinova M.Sh., 2Turdaliyev A.T

1Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti 2Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo'qon filiali, b.f.d., professor

https://doi.org/10.5281/zenodo.10937999

Annotatsiya. Maqolada soya suti bilan oziqlantirilgan mahalliy asalari oilalarini kunlik uchish faolligi, tezligi, gulchang va gulshira bilan uyaga qaytib kelishi bahor, yoz va kuz fasllarida o'rganilgan va tegishli xulosalar qilingan.

Kalit so'zlar: ona asalari, asalari paketi, uchish faolligi, gulchang, gulshira, uchish tezligi,

ko'ch.

Аннотация. В статье изучена суточная полетная активность, скорость, возвращение в гнездо с пыльцой и пыльниками местных пчелиных семей, питающихся соевым молоком, в весенний, летний и осенний сезоны и сделаны соответствующие выводы.

Ключевые слова: пчелиная матка, пчелиный пакет, летная активность, пыльца, пыльник, скорость полета, миграция.

Abstract. In the article, the daily flight activity, speed, return to the nest with pollen and anthers of local bee families fed soy milk in spring, summer and autumn seasons were studied and relevant conclusions were drawn.

Keywords: queen bee, bee package, flight activity, pollen, anther, flight speed, migration.

Mavzuning dolzarbligi. Asalari oziqlantirishda, ularning ozuqasi tarkibida 35-45% li oqsilli qo'shimchalar qo'shib berilgan oilalardan asalarilarning tez rivojlanishi sababli, ulardan ertangi ona asalarilar yetishtirib borilmoqda hatto ulardan ko'p miqdorda asalari paketlari ishlab chiqilib, qo'shni Qozog'iston va Rossiya davlatlariga sotib, yaxshigina daromad olinmoqda.

Asalari oilasining mahsuldorligi, ularning uyasiga olib kelinayotgan kunlik gulshira va gulchangi miqdoriga keskin bog'liq. Bu esa kun davomida asalarilarni uchish faoliyatiga, uyasiga kirib-chiqishiga keskin bog'liqdir [1]. Turli xil zotdagi asalarilarni kunlik uchish faolligi va uchish tezligi, ularni oila mahsuldorligiga ta'siri to'g'risidagi ma'lumotlarni ko'pgina mualliflar o'z tadqiqotlarida o'rganib ko'rsatib o'tganlar.

Shu maqsadda, tajriba guruhlaridagi soya suti bilan oziqlantirilgan mahalliy asalarilarning kunlik uchish faolligi va uning tezligini kun davomida o'rganib chiqdik.

Tadqiqot o'tkazish joyi va uslublari.

Tadqiqot ishlari 2023-yilda Farg'ona davlat universiteti "Asalarichilik kvorkin markazi" da olib borildi. Xo'jalikda tadqiqot ishlarini olib borishda barcha sharoitlar mavjud. Tadqiqot ishlari mahalliy, populyatsiyadagi asalari oilalarida 25% li, 35% li va 45% li, soya suti bilan oziqlantirilgan tajriba guruhlarida olib borildi. Tajriba guruhlaridagi asalari oilalarida har 3 minut davr ichida va har kuni soat 6.30, 9.00, 12.00, 15.00 va 18.00 da asalarilarni uyasidan uchib chiqishi va o'z uyasiga oyoqchalarida gulchangini olib kelishi sanab chiqildi [2,3].

Tadqiqot ishlarimizda nazorat guruhida mahalliy asalarilar ozuqasi hech qanday qo'shimchalar qo'shilmagan va I tajriba guruhida 25% li soya suti, II tajriba guruhida 35% li va III tajriba guruhida esa 45% li soya suti 1 litr shakar sharbatiga qo'shilgan oilalar ishtirok etdi. Hamma guruhlardagi asalari oilalarida oldindan tashkil etilgan umumiy uslublar asosida nazorat ishlari olib borildi.

Barcha tajriba guruhlarida boshlag'ich 2023-yilda o'tkazilgan tadqiqot ishlarimiz shuni ko'rsatadiki, ular bir-birlaridan quyidagi ko'rsatkichlari bilan, yani uyadagi ochiq va yopiq asalari nasli miqdori, ozuqa zaxirasi, ko'ch ajratishga moyilligi va oila kuchi hamda varroatoz bilan zararlanganlik darajasi bo'lmagan va ular hech ham farq qilmasligi aniqlandi. Tadqiqot o'tkazish davrida barcha tajriba guruhlarida bir xil darajada o'sish va rivojlanish qayd etildi.

Shu maqsadda, 2023-yilning bahor, yoz va kuz fasllarida har uchala guruhdagi asalarilarning uchish faolligini 3 daqiqa davr ichida o'rganib chiqdik. Bu to'g'risidagi ma'lumotlar quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.

Shular bilan birga, turli zotdagi asalari oilalarida 3 daqiqa davr ichida o'z uyasiga qaytib kelgan va oyoqchalarida gulchang olib kelgan asalarilar soni ham sanab chiqildi. Oilada qanchalik ko'p gulchangi olib kelinsa, oila o'sishi ham shunga yarasha tez bo'ladi, chunki gulchangi tarkibi oqsilga juda boy bo'lib, u oilani rivojlanishiga tez ta'sir etadi [4,5].

Bahor faslida nazorat guruhidagi asalarilarda soat 6.30 da uyasiga gulchang olib kelgan asalarilar soni 8 donani, soat 9.00 da 28 donani, soat 12.00 da 50 donani, soat 15.00 da 48 donani va soat 18.00 da esa 20 donani tashkil etgan. Huddi shunday I tajriba guruhida mos ravishda 5, 24, 48, 52 va 18 donani, II tajriba guruhida 9, 25, 55, 48 va 15 donani va III tajriba guruhida esa 10, 31, 59, 55 va 21 donani tashkil etganligi kuzatildi. (P>0,999)

E'tiborlisi shundaki, III tajriba guruhidagi asalarilar nafaqat kun davomida o'zini uchish faolligi bilangina emas, balki ular har qanday joyda ham uchish faolligini tezlashtirib borgan. Masalan, ertalab soat 9:00 da ularni uyasiga qaytib kelishi I tajriba guruhiga nisbatan 129,1% ga ko'p bo'lgan, II tajriba guruhiga nisbatan esa 124,0%-ga ko'p bo'lganligi aniqlandi. (P>0,999)

1-jadval ma'lumotlaridan ko'rinayaptiki, tajriba guruhlaridagi asalarilarni uchishi juda faol va inoq bo'lgan. Ertalab soat 6.30 da nazorat guruhidagi asalarilarda uchish faolligi 10,1 donani tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich I tajriba guruhida 9,8 tani, II tajriba guruhida 11,3 tani va III tajriba guruhida esa 14,4 tani tashkil etganligi aniqlandi. Bu ko'rsatkich III tajriba guruhida nazorat guruhidagi asalarilarga nisbatan 4,3 donaga ko'p bo'lgan yoki bu ko'rsatkich 142,6% ga ko'pni tashkil etadi.

Huddi shunday, yoz faslida nazorat guruhidagi asalarilarda 3 daqiqa davr ichida uchishi soat 6.30 da 15,1 donani tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich I tajriba guruhida 14,4 tani, II tajriba guruhida 19,3 va III tajriba guruhida esa 24,1 donani tashkil etgan. Bu ko'rsatkich III tajriba guruhida nazorat guruhidagi asalarilariga nisbatan 9,0 taga ko'p, yoki bu 159,6%-ni tashkil etishi aniqlandi.

Shuningdek, kuz faslida asalari oilasidan soat 6.30 da har 3 daqiqa davr ichida nazoart guruhidagi asalarilarni uchib chiqishi 13,1 donani tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich I tajriba guruhida 12,4, II tajriba guruhida - 18,1 va III tajriba guruhida esa 21,4 donani tashkil etgan, yoki bu 8,3 taga ko'p bo'lib, bu ko'ratkich 163,3%-ni tashkil etadi.

1-jadval

Tajriba guruhlarida asalarilarning 3 daqiqa davr ichida uchish faolligi

Mahalliy Uchib cliiqishi. Eioat Gulchane bilan qaytib kelishi. soat Mavsumda

asalari 6.?° g 30 12.:,° 15.:'° 18.:,° g 50 12.:,° 15.™ 18.:,° o'rtacha

zotlari uchishi

Bahorda

Nazorat 10.1=0.7 31.9=0.5 56.4=0.10 60.1=0.24 41.4=0.3 8=0.01 28=0.5 50=0.10 48=0.8 20=0.4 167.9

I tai liba 9.8=0.8 30.1=0.10 48.5=0.15 66.4=0.19 40.1=0.5 5=0.5 24=0.8 48=0.11 52=0.9 18=0.9 194.9

II tajriba 11.3=0.4 29.0=0.11 60.1=0.18 66.5=0.14 41.5=0.7 9=0.8 25=0.8 55=0.18 48=0.5 15=0.3 205.4

III 14.4=0.6 38.4=0.9 69.3=0.11 71.1=0.20 48.1=0.8 10=0.9 31=0.9 59=0.21 55=0.5 21=0.8 191.3

tairiba

Yozda

Nazorat 15.1=0.4 3 8.4=0.S 59.1=0.8 63.5=0.4 40.8=0.8 10=0.8 29=0.1 37=0.5 38=0.7 18=0.15 211.9

I ta] riba 14.4=0.9 37.8=0.9 61.4=0.5 68.8=0.8 38.5=0.9 11=0.7 31=0.4 36=0.8 35=0.8 14=0.18 220.9

II tajriba 19.3=0.8 38.1=0.4 65.4=0.8 67.4=0.1 41.7=0.10 15=0.8 35=0.8 48=0.11 42=0.5 20=0.17 231.9

III 24.1=0.S 42.4=0.6 71.4=0.5 72.4=0.5 45.5=0.7 18=0.9 35=0.4 49=0.12 51=0.15 21=0.20 255.8

tairiba

Kuzda

Nazorat 13.1=0.8 31.5=0.S 50.1=0.8 52.1=0.4 21.1=0.15 5=0.8 15=0.1 21=0.7 20=0.1 10=0.5 160.8

I tajriba 12,4=0,5 30,4=0,9 48,4=0,9 50,4=0,5 20,5=0,9 7=0,9 14=0,7 20=0,9 21=0,2 8=0,6 171,1

II tajriba 18.1=0.5 32.1=0.10 51.5=0.8 50.4=0.1 18.4=0.10 10=0.7 17=0.8 25=0.5 22=0.4 11=0.7 179.5

III 21.4=0.S 35.1=0.11 52.1=0.7 52.2=0.5 21.5=0.8 11=0.10 21=0.4 27=0.5 23=0.5 15=0.S 182.6

tairiba

Shular bilan birga, turli zotdagi asalari oilalarida 3 daqiqa davr ichida o'z uyasiga qaytib kelgan va oyoqchalarida gulchang olib kelgan asalarilar soni ham sanab chiqildi. Oilada qanchalik ko'p gulchangi olib kelinsa, oila o'sishi ham shunga yarasha tez bo'ladi, chunki gulchangi tarkibi oqsilga juda boy bo'lib, u oilani rivojlanishiga tez ta'sir etadi.

Huddi shunday, yoz faslida ham asalarilarni gulchangi olib kelishi mutanosib ravishda oshib borgan va kuz faslida esa gulchangi olib kelishi miqdori ancha pasayib ketgan. Bu esa kuz faslida kelib, gulli o'simliklar miqdori dala sharoitida ancha kamayib ketganligidan dalolat beradi.

Huddi shunday, tajriba guruhlarida asalarilarni har 3 daqiqa davr ichida uchish faolligini quyidagi 1-rasm diagrammasidan ham ko'rishimiz mumkin.

300

255,8

Nazorat I tajriba II tajriba III tajriba

bahorda yozda kuzda

1-rasm. Tajriba guruhlarida asalarilarni 3 daqiqa davr ichida uchish faolligi diagrammasi

1-rasmdan ko'rish mumkinki, tajriba guruhlaridagi asalarilarni 3 daqiqa davr ichida uchish faolligi turlicha ekanligi ko'rsatilgan. Xususan, bu ko'rsatkich III tajriba guruhidagi asalarilarda eng yuqori ko'rsatkichga ega ekanligini ko'rish mumkin. Bahor faslida nazorat guruhidagi asalarilarda mavsum davomida har 3 minut davr ichida bir kunda 167,9 marotaba uchish qayd

etilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich I tajriba guruhlarida 194,9 marotaba, II tajriba guruhida 205,4 ta va III tajriba guruhida esa 191,3 marotaba o'rtacha uchishi qayd etilgan.

Bu ko'rsatkich yoz faslida III tajriba guruhida I tajriba guruhiga nisbatan 34,9 taga ko'p bo'lgan, yoki bu 115,7%-ni tashkil etsa, II tajriba guruhiga nisbatan 23,9 taga ko'p bo'lib, yoki 110,3%-ni tashkil etgan.

Huddi shunday, yoz faslida o'rtacha uchish faolligi mos ravishda 211,9; 220,9; 231,9 va 255,8 tani tashkil etgan bo'lsa, kuz faslida esa 160,8; 171,1; 179,5 va 182,6 tani tashkil etganligini ko'rishingiz mumkin.

Bu ko'rsatkich, kuz faslida o'rtacha uchish faolligi III tajriba guruhida I tajriba guruhiga nisbatan 11,5 taga ko'p bo'lgan, yoki 106,7%-ni tashkil etgan bo'lsa, II tajriba guruhiga nisbatan 3,1 taga ko'p bo'lib, yoki 101,7%-ni tashkil etganligini ko'rishingiz mumkin

Xulosa. Soya suti bilan oziqlantirilgan asalari oilalarida qishloq xo'jalik ekinlari gulini changlatishda faol ishtirok etgan. Asalarilarning hayotchanligi 8-12% ga oshgan, uchish faolligi ancha tezlashgan, xususan ertalabgi soatlarga nisbatan kunduz kunlari soat 12-16 larda ular juda inoq uchgan va 178,9 va 190,3% ko'p bo'lgan hamda ko'p miqdorda oqsilga boy bo'lgan gulchanglarni o'z uyasiga olib kelganligi aniqlandi. Kuz fasliga kelib bu ko'rsatkichlar ancha pasaygan, chunki kuz fasliga kelib gulli o'simliklar miqdori ancha kamaygan.

REFERENCES

1. Билаш Н.Г. Сравнительный анализ белкoвых заменителей. Ж. «Пчелoвoдствo», 2003, №1, стр. 53-54.

2. Маршва Е.В. Пихтoвoе масго - стимулятор развития семей. Ж. "Пчелoвoдствo", 2007, №7, стр. 9.

3. Орджoникидзе Б., Пичшва Л., Зинтуриди Е. Искусственный углевoдный крем для пчёл. Ж. "Пчелoвoдствo", 2004, №1, стр. 25.

4. Сквoрцoв А.И., Мадебейкин И.Н. Испoльзoвание белкoвoй пoдкoрмки в ранневесенний периoд. Ж. "Пчелoвoдствo", 2011, №4, стр. 12.

5. ^зин Р.Б., Абдурахмoнoва С.Г., Маршва Е.В. Летняя деятельнoсть пчел разных пoрoд. Ж. "Пчелoвoдствo", 2007, №8, стр. 14-15.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.