Научная статья на тему 'SOYA NAV NAMUNALARINING QIMMATLI XO‘JALIK BELGI XUSUSIYATLARI'

SOYA NAV NAMUNALARINING QIMMATLI XO‘JALIK BELGI XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Soya navlari / o‘sishi / poyasi / pishish xususiyatlari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Lukov Mamadali Kudratovich, Ruziboev Sanjarbek Shuxrat O‘G‘Li, Achildiev G‘Ayrat Shernazarovich, Toshmatova O‘G‘Ilnoz Sobir Qizi, Ergashev Jasur Sherali O‘G‘Li

Maqolada bir xil tuproq sharoitida o‘stirilgan soya har xil nav namunalarining o‘sish rivojlanishi, poyada birinchi dukkagining balandda joylashganligi, pishish davrida dukkaklarning chatnashish xususiyati, mahsuldorlik kursatkichlari, hosilning kombaynda yig‘ishtirishga mosligi kabi qimmatli xo‘jalik belgilar haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOYA NAV NAMUNALARINING QIMMATLI XO‘JALIK BELGI XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

yi

SOYA NAV NAMUNALARINING QIMMATLI XO'JALIK BELGI

XUSUSIYATLARI

Lukov Mamadali Kudratovich, Ruziboev Sanjarbek Shuxrat o'g'li Achildiev G'ay rat Shernazarovich, Toshmatova O'g'ilnoz Sobir qizi,

Ergashev Jasur Sherali o'g'li

Termiz agrotexnologiyalar va innovasion rivojlanish instituti

Annotasiya: Maqolada bir xil tuproq sharoitida o'stirilgan soya har xil nav namunalarining o'sish rivojlanishi, poyada birinchi dukkagining balandda joylashganligi, pishish davrida dukkaklarning chatnashish xususiyati, mahsuldorlik kursatkichlari, hosilning kombaynda yig'ishtirishga mosligi kabi qimmatli xo'jalik belgilar haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Soya navlari, o'sishi, poyasi, pishish xususiyatlari.

Abstract: The article provides information on the growth development of different varieties of soybeans grown in the same soil conditions, the height of the first pod on the stem, the characteristics of pods during ripening, productivity indicators, and the suitability of the crop for harvesting in a combine.

Keywords: Soybean varieties, growth, stem, ripening characteristics.

Soya boshqa moyli ekinlarga nisbatan bir nechta qimmatli xo'jalik belgilari, jumladan urug'ida 20-25 % moy saqlanganligi, 55% gacha oqsil mavjudligi, 100 kg donida 136 oziqa birligi borligi, soya o'stirilgan yerda bir mavsumda 100-200 kg/ga sof azot to'planinshi, uning donidan sut va sut mahsulotlari tayyorlanishi, go'sht, kolbasa, konfetlar, shokolad va hakozo 500 dan ortiq mahsulotlar tayyorlash

Kirish

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

vi

mumkinligini hisobga olganda unga birorta ekin teng kelaolmaydi [ 6;-88 b., 7;- 121

Dolzarbligi. Soyaning biologiyasiga ko'ra iqlimi issiq va havo namligi past yerda o'stirish bir muncha qiyinchilik tug'diradi. Soyaning gullash - urug' shakllanish jarayoni davrida 17-25° C qo'lay harorat bo'lib hisoblanadi [3;-138 b.]. Surxondaryo viloyatida yoz paytidagi harorat ba'zi kunlari 50 °C dan oshadi. Bundan tashqari havo namligi juda past (30%) bo'ladi. Soya navlarining doni pishish paytida dukkaklari chatnab urug'i sochilib ketadi. Bu ko'rsatkich asosan issiq va qurg'oqchil sharoitda kuproq namoyon bo'ladi [5;-13 b.]. Bundan tashqari, asosiy poyasidagi dastlabki hosil dukkaklari yer sathidan 16 cm dan baland joylashmasa hosilini yig'ishtirish payti kombaynning pichoqlari birinchi hosil shoxining hosilini o'rib ololmaydi va birinchi hosil shoxi pastda qolib ketadi [2;-96 b. ;5-13 b.]. Shu sababli hosilning ma'lum bir qismi nobud bo'ladi. Hosilni kombaynda yig'ishtirish nav tupining shakliga ham bog'liq bo'ladi. Ayrim navlarning o'simlik tupining shakli g'uj bo'ladi va tik o'sadi. Ayrim navlar tupining shakli yoyiq bo'ladi va yon shoxchalari yer yuzasiga yaqin bo'lib qolishi, ba'zan yotib qolishi hosilni kombaynda yig'ishtirishga noqulaylik keltiradi. Soya poyasining yotib qolishi, dukkaklarning chatnashi, poyaning past bo'lishi nasldan naslga dominant holatda o'tadi [l;-238 b.].

Yuqoridagilarni inobatga olganda, poyasi tik o'sadigan, yotib qolmaydigan birinchi hosil shoxchalari 16 cm dan baland joylashgan, hosili pishishi paytda dukkaklar chatnab ketib doni sochilmaydigan, mahsuldorlik ko'rsatkichlari yuqori soya navlarini tanlash va ajratish dolzab masala hisoblanadi.

Tadqiqotning vazifasi bir xil tuproq sharoitda ekib o'stirilgan soya har xil nav, namunalarining qimmatli xo'jalik belgi xususiyatlarini o'rganish asosida hosilini kombaynda yig'ishtirishga mos navlarni ajratib, ularning seleksiyasi va urug'chilik ishlarini davom ettirishdan iborat.

b.].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

/A

Issue 22, Volume 1 30.07.2024

Ilmiy yangiligi. O'zbekistonning janubida joylashgan Surxondaryo viloyatining iqlimi issiq, havo namligi juda past Termiz tumani sharoitida ilk bor soyaning nav va yangi namunalarining, vegetasiya davri, tup shakli, birinchi hosil dukkagining poyada joylashishi balanligi va pishish paytida donlarning to'kiluvchanligi, mahsuldorlik ko'rsatkichlari kabi qimmatdi xo'jalik begilari o'rganildi.

Materiallar va metodlar

Dala tajribalari. Termiz agrotexnologiyalar va innovasion rivojlanish institutining o'quv tajriba xo'jaligida o'tkazildi. Tajriba maydoni cho'l qumoq tuproqli, oziq moddalar bilan juda kam ta'minlangan. Tajribada ob'ekt sifatida soyaning Genetik-1, Beda, Oltintoj, Vavilov, Mars, Optima, Selena, Slav'ya navlari va DilHUZ-100, To'rturug', TAIRI-1, Ter-Atlas namunalari o'rganildi. Dala tajribasi 3 qaytariqdan iborat. Tadqiqotlar-O'zPITI (2007y), Don dukkakli ekinlar ITI (2014) va umumqabul qilingan uslublar bo'yicha o'tkazildi [7, 8, 9 , 10, 11, 12, 13].

1-jadval

Soya har xil navlarining qimmatli xo'jalik belgi xususiyatlari

Hosil.

1-hosil Pishish

O'suv Nav O'sim O'rta- Kom-

Nav va shoxi yer payti don

T/r davri, tup -lik cha baynda

Namunala sathidan sochiluv-

kun shak bo'yi, hosil, yig'ishg

r li balandligi chanligi, s/ga

sm. a

, sm ball

mosligi

Genetik -1

1 86 G'uj 48 13 4 24,3 O'rtacha

( standart)

Yoyi

2 Beda 104 q 68 17 4 25,5 Yaxshi

Yoyi

3 Oldtintoj 87 57 12 5 28,2 O'rtacha

q

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Sa

Issue 22, Volume 1 30.07.2024

4 Vavilov 110 G'uj 93 16 5 32,3 Yaxshi

5 Mars 92 G'uj 102 17 5 33,1 Juda yaxshi

6 Dilhuz-100 84 Yoyi q 91 19 5 27,8 Yaxshi

7 Optima 110 Yoyi q 77 16 4 29,4 Yaxshi

8 Selena 104 G'uj 82 20 5 30,5 Juda yaxshi

9 Slaviya 108 G'uj 88 14 5 32,4 O'rtacha

10 To'rt urug' 101 G'uj 66 18 4 28,6 Yaxshi

11 TAIRI-1 87 G'uj 108 17 5 34,7 Juda yaxshi

12 Ter-Atlas 110 G'uj 131 18 4 36,6 Yaxshi

EKAF 05 2,4 s/ga

Tadqiqotlar natijalari

2022-2023-yillar (1-jadval) ma'lumotlari ko'rsatishicha, soya har xil navlari va namunalarining amal davri va morfologik organlarining ko'rsatkichlari har xil bo'ldi. O'rganilgan navlarning vegetasiya davri 85 kundan 115 kungacha bo'ldi. O'suv davri 85 kungacha bo'lgan navlar o'tra tezpishar, o'suv davri 100 kungacha bo'lgan navlar tezpishar navlar va o'suv davri 115 kun gacha bo'lganlari ertapishar navlarga oid ekanligi aniqlandi (1-jadval).

Soya navlari o'suv organlarining shakllanishi bo'yicha bir-biridan keskin farq qilishi kuzatildi. Yangi o'rganilayotgan Selena, Slav'ya, Vavilov navlari va Mars,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

vi

Dilhuz, TAIRI -1 namunalari o'simliklarining bo'yi 80 sm. dan baland bo'ldi. Baland bo'yli navlarda poyadagi birinchi hosil shoxi yer sthidan 16 cm balandda joylashishi kuzatildi.

O'rganilgan barcha navlar va namunalarning pishish davrida dukkaklar yorilib donlarning to'kilish xususiyati 3-4-5 ballni tashkil etdi. Poyaning pastki qismidagi birinchi dukkagi yer sathidan 16 cm dan pastda bo'lsa donlari to'kiluvchan bo'lmasa harn bu navlarga 4 ball qo'yildi.

Poyadagi birinchi dukkak 16 cm dan pastda bo'lsa va pishish davrida donlarning to'kilish darajasi (miqdori) ga qarab bunday navlarga hosilni kombaynda yig'ishtirishga qoniqarsiz yoki qoniqarlik deb baho qo'yildi.

Ta'kidlash joizki dukkaklar chatnab undagi donlarning sochilmasligi bu navning morfologiyasi ya'ni poya shakli, uzunligi va birinchi hosil shoxining yer sathidan balandda joylashishiga bog'liq emas. Shu yuqoridagilarni inobatga olganda soya navlarini hosilini yig'ishtirish payti, kambaynda hosilni yig'ishtirishga mos bo'lishi uchun soya navi baland bo'yli, birinchi hosil shoxi yer sathidan 16 cm dan balandda joylashgan, pishish fazasidan keyin donlarning sochilmasligi kabi majmuali belgi-xususiyatlarga ega bo'lish kerakli inobatga olindi.

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidagi oziq moddalar bilan kam ta'minlangan cho'l qumoq tuproqli yerlarida soyaning Optima, Slav'ya, Selena, Vavilov, Mars navlari, va DilHuz+10, TAIRI-1, Ter-Atlas namunalarining pishish fazasida hosil kam sochilganligi, poyasidagi birinchi hosil shoxchalarning yer yuzasidan 16 cm balandda bo'lishi kabi qimmatli xo'jalik belgilariga ega ekanligini hisobga olganda bu nav va namunalarning hosilini kombaynda yig'ishtirishga mos deb hisobga olsa bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

Xulosa

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

vi

1. Atabayeva X,N, «Soya», Toshkent, «O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi», 2004 y, 96 bet.

2. Атабаева X,. H, Худойкулов Ж.Б. Усимликшунолик /дарслик /Соя/Т 2020 й. 138-139 .6.

3. Орипов Р.О, Халилиов Н. X Усимликшунолик Т. 2007 88 б.

4. Халилов Н., Луков М., Исроилов А. Соянинг янги навлари агротехни каси Узбекистон кишлок хужалик журнали № 6. Т.2017 й. 13 6.

5. Ёрматова Д. Хушвактова X,. Мойли экинлар Тошкент 2009 й 88 б.

6. Ёрматова Д. «Соя» Мехнат. Т. 1989 . 121 б.

7. Botirov, А., & Achilova, Z. (2023). Olma mevasida changlanishdan keyingi fiziologik hodisalarning borishi. Academic research in educational sciences, 4(SamTSAU Conference 1), 12-14.

8. Ботиров, A., & Пулатова, С. (2023). Kivi o'simligini xalq xo'jaligidagi ahamiyati. in Library, 7(2), 1267-1269.

9. Botirov, A., & Otajonova, H. (2023). Momordikaning dorivorlik xususiyatlari va xalq xo 'jaligidagi ahamiyati. Academic research in educational sciences, 4(2),

10. Botirov, A. E., Xalmirzayeva, L. В., & Allaberdiev, X. G. U. (2023). Zaytun: botanikasi va fiziologiyasi. Academic research in educational sciences, 4(2),

11. Botirov, A., Quysinboyev, N., & Aliyev, O. (2023). SHAFTOLI KO 'CHATLARINI PAYVANDDAN KEYINGI FENOLOGIK KUZATUVLARI. Academic research in educational sciences, 4(9), 268-271.

12. Botirov, A., Arakawa, O., & Zhang, S. (2021). Forecasting Young Apple Tree Bud Status with a Visible. Near-Infrared Spectrometer.

13. Botirov, A., et al. "ZAYTUN AGROTEXNIKASIDA TUPROQ VA IQLIM SHAROITLARINING O'RNI." (2024).

52-55.

68-71.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.