UO'T: 631.633.379
MOSHNING(Phaseolus aureus Piper) NAV TANLOV KO'CHATZORIDAGI NAMUNALARINI QIMMATLI-XO'JALIK BELGILARINI O'RGANISH 1Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, 2 Dexqonov Omonjon Numonjon o'g'li
1dosent, q.x.f.f.d (PhD) Agrar qo'shma fakulteti Far'gona davlat universiteti, 2Agronomiya va ekologiya fakulteti, Kuban Davlat Agrar universitet, Agronomiya(seleksiya va urug'chilik)
yo'nalishi 2 bosqich magistranti Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10935945 Annotatsiya. Maqolada moshni nav tanlov ko'chatzorida o'tkazilgan tadqiqotlar bayon etilgan bo'lib, biometrik ko'rsatkichlar tahlillarida shu narsa aniqlandiki, 414360(Filippin), 412441(Filippin), 430177 (Afg'oniston) nav namunalari nazorat navga nisbatan qimmatli xo'jalik belgilari yuqori bo'lgani kuzatildi.
Kalit so'zlar: Mosh, oqsil, yog'. vitamin, bakteriya, chin barg, shona, gul, dukkak Abstract. The article describes the research conducted on the selection of mungbean cultivars, and the analysis of biometric indicators revealed that 414360 (Philippines), 412441 (Philippines), 430177 (Afghanistan) cultivars had higher economic characteristics than the control cultivar.
Keywords: Mungbean, protein, fat. vitamin, t, bacteria, chin leaves, comb, flower Аннотатция. В статье были изложены исследования, проведенные в селекционном питомнике сорта мaшa, при анализе биометрических показателей было установлено, что сортовые образцы 414360(Филиппины), 412441(Филиппины), 430177 (Афганистан) показали более высокие показатели по ценным сельскохозяйственпыт признакам, чем контрольный сорт.
Ключевые слова: Маша, белок, жир. витамин, бактерии, фарфоровый лист, цветок, бобовые
Mosh Phaseolus aureus loviyaning (Phaseolus) bir turi bo'lib qimmatli oziq -ovqat ekinlaridan hisoblanadi. Oziq-ovqat uchun moshning urug'lari (doni) foydalaniladi. Donning tarkibida yaxshi hazm bo'ladigan ko'p miqdorda qimmatli oqsil (24-28 %) azotsiz ekstrakt moddalar, yog'lar (1-2 %), klechatka (4 - 6 %), qand moddasi va vitaminlar mavjud.
Mosh yem-xashak, sabzavot, don ekinlari uchun ajratilgan dalalarga ekiladi. U juda ko'p ekinlar, makkajo'xori, kuzgi boshokli don ekinlari, kartoshka, sabzavot ekinlari, g'o'za uchun yaxshi o'tmishdosh ekin. Mosh siderat ekin sifatida xam ekiladi. Moshning ildizida joylashgan tuganak bakteriyalar yordamida gektariga 50-100 kg gacha atmosferadagi azotni to'playdi. To'plangan azotning ko'p qismi hosil bilan chiqib ketadi, 25-40 % angiz qoldiqlari bilan organik modda holda tuproqda qoladi. Bir qismi denitrifikatsiya jarayonida yo'qoladi.
Mosh-loviyaning bir turi bo'lganligi uchun uning sistematikasi loviya asosida ko'rib chikiladi. Phaseolus ning 200 dan ortik turi bo'lib, shulardan 20 turga yaqini madaniy, ekin sifatida foydalaniladi, qolganlari yovvoyi turlaridir.
Seleksiyaning paydo bo'lishi va rivojlanishi jarayonida o'simliklarning yangi navlarini yaratishning bir qancha usullari ishlab chiqilgan hamda amalda keng qo'llanilgan. Seleksiyaning mavjud usullari analitik va sintetik xillariga bo'linadi. Analitik usul-tabiatda mavjud bo'lgan o' simlik populyatsiyalari yoki mahalliy navlardan tanlash yo'li bilan yangi nav yaratish usuli, sintetik usul-seleksiyaning turli yo'llar bilan avval o'simliklarning irsiyatini o'zgartirib, so'ngra o'zgargan
o'simliklar (duragaylar, mutantlar, populyatsiyalar) ichidan tanlash o'tkazish yo'li bilan nav yaratish usuliga aytiladi.
Tajribaning maqsadi va vazifalari.Ushbu ilmiy ishning maqsadi - soya nav namunalarining sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlar sharoitida don hosilini va sifatini oshiradigan maqbul ekish usuli va me'yorini aniqlash, takroriy ekishda soya navlarini yetishtirish texnologiyalarini tadqiqot qilish va takomillashtirishga qaratilgan.
Sug'oriladigan yerlardan oqilona foydalanish va ekologik muammolarni yechadigan, yuqori hosilni ta'minlaydigan texnologik tadbirlar tadqiqot qilinib ishlab chiqarishga tavsiyalar tayyorlash. O'zbekistonda yaratilgan soya navlarini takroriy ekishda ekish usulini va me'yorini hosildorlikka, don sifatiga ta'sirini o'rganish, iqtisodiy samarasini aniqlash va ishlab chiqarishga joriy etish .
Mosh o'zidan changlanuvchi o'simlik. Changlanishi guli ochilmay o'tadi. Gullash o'simlikning pastki yarusidan boshlanib yuqoriga qarab boradi.
Mosh seleksiyasining asosiy yunalishi-yuqori simbiotik faolli va mahsuldorli xamda vegetatsiya davri qisqa (70-90 kun), sovuqqa chidamli, mexanizatsiyaga mos, kasalliklarga chidamli, yuqori kulinarli yaxshi ta'mli va oziqali xususiyatlarga ega navlarni yaratish.Boshlang'ich ashyo sifatida asosan VIR ning jaxon kolleksiyasidagi namunalaridan foydalaniladi. VIR kolleksiyasida loviyaning 14 turiiing 7 ming namunalari mavjud.Bundan tashkari boshlang'ich ashyo sifatida maxalliy populyatsiya navlari va duragay populyatsiyalari hamda sun'iy mutagenez usuli bilan yaratilgan shakllardan foydalaniladi. Mosh seleksiyasining muxim yuo'nalishi-tezpishar navlarni yaratish. Tezpisharlikni baxolashda unib chiqishdan-gullashgacha bo'lgan davr asos qilib olinadi. Tezpisharlik past xaroratga chidamli xususiyati bilan chambarchas bog'lik. Xaroratni qisqa muddatda 5 gradusdan 0°S gacha pasayishi aksariyat navlar o'simliklarning fiziologik faolliyatida chuqur o'zgarishlarga olib keladi. Natijada vegetatsiya davri uzayadi, mahsuldorlik pasayadi. Shuning uchun past xaroratga chidamli navlar yaratish seleksiyaning muxim vazifasiga kiradi.
Navlarning texnologik xususiyatlariga birinchidan pastdagi dukkaklarining balandrok joylanishi, bu esa mexanizatsiya usulida (kombayn bilan) hosilni yig'ib olishga qulaylik tug'diradi. Mosh seleksiyasining yo'nalishlariga bundan tashqari dukkaklarini yorilmasligiga, kasalliklarga chidamligiga va hosilning sifatiga- oqsilning mikdori va uning aminokislotalar tarkibiga qaratilgan. Mosh (loviyaning Osiyo turi) kasalliklariga o'ta chidamli. Ammo bu tur o'simliklari amerikali gurux turlarining o'simliklari bilan chatishmaydi. Mosh seleksiyasida tabiiy duragaylash, tur chida va uzoq shakllarni duragaylash, kimyoviy va radiatsion mutagenez natijasida hosil bo'lgan populyatsiyalarda yakka va ommaviy tanlash katta axamiyatga ega.Loviyaning (moshning) aksariyat navlari maxalliy yoki chetdan introduksiya qilingan nav va populyatsiyalarda bir martali yakka tanlash yo'li bilan yaratilgan.Yakka tanlashda dalada eng yuqori mahsulotli, zamburug' kasalliklarga, virusli va bakterial kasalliklarga chidamli, dukkaklari baland joylashgan, yorilmaydigan o'simliklar tanlab olinadi. Har bir o'simlikning urug'i seleksion ko'chatzorida aloxida-aloxida qilib ekiladi va yil davomida avlodlari o'rganilib eng yaxshilarining urug'i ajratib olinib nazorat ko'chatzorda dastlabki va konkurs nav sinashida o'rganiladi, sinaladi va ko'paytiriladi. Mosh seleksiyasida tur ichida duragaylash keng rivojlangan. Bu bilan barcha turlararo duragaylash xam qo'llaniladi. Oxirgi yillarda mosh seleksiyasida sun'iy mutagenezdan keng foydalanilmokda. O'zbekistonda mosh seleksiya ishlari natijasida Pobeda 104 va Zilola, Marjona, Qaxrabo, Navro'z, Radost navlari rayonlashtirilgan va Davlat reestriga kiritilgan. _
Tajriba o'tkazish joyi, sharoiti va uslubi Tajribalar Sholichik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba maydoni dalalarida olib borildi. Tajribalar 13 kartaning 2 chekida olib borildi Tuproq qatlamlari voha uchun harakterli bo'lib botqoq tipidagi tuproqlardir. Har xil chuqurlik qatlamlarida esa katta va kichik toshlar va qum aralashmalari ham mavjud. Ushbu tuproqlar daryoning chap qirg'og'idagi tipik ortiqcha namlik sharoitlaridan kelib chiqqan holda bo'lib, sholi ekish uchun juda mosdir.Tuproq-o'tloqi.Tajriba dalasining tuprog'i sho'rlanmagan, xaydov qatlami 30-40 sm.Tuproqdagi eritmalarning rN miqdori 6,8-7,3 birliklarida bo'lib, mexanik tarkibi bo'yicha og'ir loylidir.Havodagi foydali xavo harorati yig'indisi bo'yicha O'zbekistondagi qishloq xo'jalik ekinlarni sug'oriladigan mintaqalarda yetishtirish bo'yicha shartli ravishda 3 ta guruxga ajratilgan (bunda 10 gradusdan yuqori sutkalik o'rtacha harorat hisoblangan).Toshkent viloyatining iqlimi ham keskin kontinental bo'lib, yozi nihoyatda issiq, qishi esa sovuq, hamda havosi quruq va tabiiy yog'ingarchiliklar o'simliklar o'sib rivojlanishi uchun nixoyatda kamligi bilan ta'riflanadi. Mosh seleksiyasi qishloq xo'jalik ekinlarining Davlat Nav Sinov komissiyasi va O'zShITI tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyanomalar, dala tajriba metodikasi asosida olib borildi. Moshning nav tanlov ko'chatzorlarida fenologik kuzatuvlar o'tkazildi Bunda moshning o'suv davridagi asosiy: unib chiqishi, birinchi uchtalik barg paydo bo'lishi, g'unchalash, gullash, dukkak. hosil qilish va pishish fazalari kuzatildi va amal davrining davomiyligi aniqlandi. Biometrik ko'rsatkichlar aniqlandi.Olingan bog'lamlarda o'simlik bo'yi, pastki dukkak joylashishi, shoxlar soni, bir o'simlikdagi dukkak soni, don vazni, 1000 ta don og'irligi aniqlandi. Har bir namunaning hosili aniqlandi. Buning uchun har namunaning hosili o'rib olindi, yanchildi, tortildi; Olingan natijalarda hosildorlik ko'rsatkichlari Dospexov B.A. qo'llanmasi asosida taxlil qilindi.
Tadqiqot natijalari. Nav tanlov sinashning asosiy vazifasi dastlabki nav sinash asosida ajratib olingan va boshqa seleksiya muassasalarida yaratilgan eng yaxshi navlarga nisbatan biologik, xo'jalik belgi va xususiyatlarga ega bo'lgan yangi navlarni davlat nav sinashiga o'tkazishdan iborat. Shuning uchun nav tanlov sinash asosiy nav sinash hisoblanib, katta nav sinash ham deyiladi. Bu nav sinashda ekin agrotexnikasi shu xududda qabul qilinganidek bo'ladi. Odatda 4-6 qaytariqli qilib joylashtiriladi, paykalchalar maydoni donli ekinlar uchun 50-100 m2 bo'ladi. Har 5-10 navdan keyin standart ekiladi. Konkurs nav sinashi uch yil davo mida o'tkaziladi. Standartga nisbatan taqqoslash natijalariga ko'ra, nav-namunalar Davlat nav sinashiga yuboriladi.
Nav tanlov ko'chatzorida 4 ta namuna sinab o'rganildi. Nazorat uchun moshning «Radost» navi ekilgan. Namunalar 50m2 maydonda to'rt qaytariqda ekilib o'rganildi.
1-jadval.
Moshning nav tanlov ko'chatzori biometrik ko'rsatchiklari
O'su v davri , kun Pastki dukkak joylashis hi Soni, dona Vazni, m2/g
№ Katalo g raqami Kelib chiqishi O'simli k bo'yi, sm Shoxl ar 1ta o'sim. dukka k 1ta o'simlikda gi don m2 don og'irli gi
1 PagocT b St. Y3Öekisto n 124 124 14,3 2,7 37,2 43,8 312,3
2 41436 0 Filippin 133 125 22,4 6,0 58,8 48,4 249,4
3 41244 1 Filippin 107 124 21,4 3,2 55,4 49,4 247,4
4 43017 7 Afg'onist on 117 110 12,1 3,2 54,7 48,8 230,0
5 AG - 92273 Hindiston 117 126 20 3,3 62,3 19,0 223,0
414360 (Filippin) - o'suv davri-133 kun, o'simlik bo'yi - 125 sm, pastki dukkak joylanishi-6 - 22,4 sm, xar bir o'simlikda 5 - 6 ta gacha shox xosil bo'ladi, 1m2 da donning vazni - 249,4 g, poyasi tik o'suvchan. Mexanizm yordamida yig'ishtirib olishga moslashgan.
412441 (Filippin) - o'suv davri-104 kun, o'simlik bo'yi -124 sm, pastki dukkak joylanishi-7 - 21,4 sm, xar bir o'simlikda 3-4 ta gacha shox xosil bo'ladi, 1m2 da donning vazni 247,4 g, poyasi tik o'suvchan. Mexanizm yordamida yig'ishtirib olishga moslashgan.
430147 (Afg'oniston) - o'suv davri-117 kun, o'simlik bo'yi -110 sm, pastki dukkak joylanishi-12,1 sm, xar bir o'simlikda 3-4 ta gacha shox xosil bo'ladi, 1m2 da donning vazni 230 g, poyasi tik o'suvchan. Mexanizm yordamida yig'ishtirib olishga moslashgan.
AG - 92273 (Hindiston) - o'suv davri-117 kun, o'simlik bo'yi-126 sm, pastki dukkak joylanishi-15 - 20 sm, xar bir o'simlikda 3 - 4 ta gacha shox xosil bo'ladi, 1m2 da donning vazni 223 g, poyasi tik o'suvchan. Mexanizm yordamida yig'ishtirib olishga moslashgan.
Xulosa Nav tanlov ko'chatzorida o'tkazilgan tadqiqotlarda qimmatli xo'jalik belgilarga ega bo'lgan namunalarda tajribalar kelgusi yillar davom ettiriladi.
REFERENCES
1. Atabayeva X.N, Sattarov M.A, Idrisov X.A Sug'oriladigan maydonlarda mosh etishtirishning intensiv texnologiyasi bo'yicha tavsiyanoma. Toshkent 2019
2. Atabayeva X.N, Xudoyqulov J.B O'simlikshunoslik.T "Fan va texnologiya". 2018
3. Dospexov B.A. Metodika polevogo opita. - M.: Kolos, 1985. - 317 s.
4. Dala tajribalarini olib borish metodikasi O'zPITI.2007 yil .
5. Saimnazarov Y.B. va boshqalar. O'zbekistonda dukkakli-don ekinlari etishtirish bo'yicha tavsiyalar. Toshkent.2009 y.
6. Idrisov, X. A., Atabayeva, X. N. (2022, may). Loviya va mosh ekinlarining umumiy ahamiyati va biologik xususiyatlarini tahliliy o 'rganish. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 8, pp. 644-651).
7. Xalima, A., Xusanjon, I., & Abdulvosid, S. (2022). O 'tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida mosh (Phaseo1is aireis piper) ning o'sishi, rivojlanishi va don hosildorligi. Research and education, 1(2), 373-381.
8. Xusanjon, I., & Abduxolik, K. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko'chatzorida o 'tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.
9. Abdujabborovich, I. X., Ozodbek, A., Nodirbek, X., & Abrorbek, a. (2022). Sug'oriladigan maydonlarda mosh (Phaseolus aureus Piper) navlarining simbiotik faoliyatiga ekish muddati va me 'yorining ta'sirini o 'rganish. Science and innovation, 1(1), 615-624.
10. Abdujabborovich, I. X., o'gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (Phaseolus aireus Piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.