Научная статья на тему 'MOSH (Phaseolus aireis Piper) NING NAV TANLOV KO‘CHATZORIDA O‘TKAZILGAN TADQIQOT NATIJALARI'

MOSH (Phaseolus aireis Piper) NING NAV TANLOV KO‘CHATZORIDA O‘TKAZILGAN TADQIQOT NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mosh / oqsil / o‘tloqi botqoq tuproq / ko‘chatzor / nav namuna

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, Dexqonov Omonjon Numonjon Oʻgʻli

Ushbu maqolada moshning nav tanlov ko‘chatzoridagi tadqiqot natijalari bayon qilingan. Kuzatuvlar natijasiga ko‘ra, moshning nav tanlov ko‘chatzoridagi nav namunalarning biometrik ko‘rsatkichlari andoza navga nisbatan yuqori bo‘lganligi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MOSH (Phaseolus aireis Piper) NING NAV TANLOV KO‘CHATZORIDA O‘TKAZILGAN TADQIQOT NATIJALARI»

UO'T: 631.633.18.581.19

MOSH (Phaseolus aireis Piper) NING NAV TANLOV KO'CHATZORIDA O'TKAZILGAN TADQIQOT NATIJALARI

*Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, 2 Dexqonov Omonjon Numonjon o'g'li

1dosent, q.x.f.f.d (PhD) Agrar qo'shma fakulteti Far'gona davlat universiteti, 2Agronomiya va ekologiya fakulteti, Kuban Davlat Agrar universitet, Agronomiya(seleksiya va urug'chilik)

yo'nalishi 2 bosqich magistranti Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10935930

Anotatsiya. Ushbu maqolada moshning nav tanlov ko'chatzoridagi tadqiqot natijalari bayon qilingan. Kuzatuvlar natijasiga ko'ra, moshning nav tanlov ko'chatzoridagi nav namunalarning biometrik ko'rsatkichlari andoza navga nisbatan yuqori bo'lganligi aniqlandi.

Kalit so'zlar: Mosh, oqsil, o'tloqi botqoq tuproq, ko'chatzor, nav namuna

Аннотация. В данной статье описаны результаты исследований в селекционном питомнике сортов маша. По результатам наблюдений установлено, что биометрические параметры сортовых образцов в селекционном питомнике Маша были выше, чем у модельного сорта.

Ключевые слова: Маш, белка, луговое заболоченное место, питомник, сортообразец

Abstract. This article describes the results of the research in the mash variety selection mung bean. According to the results of the observations, it was found that the biometric parameters of the variety samples in the variety selection nursery of mung bean were higher than the model variety.

Keywords: Mung bean, shovel, lugovoe zabolochennoe mesto, nursery, sortoobrazets

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-sonli «Qishloq xo'jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida»gi

Farmonida zamonaviy usullar asosida mamlakat oziq-ovqat ta'minoti barqarorligiga erishish uchun yangi serhosil qishloq xo'jaligi ekinlari navlarini, ularning birlamchi urug'chiligini yaratish bo'yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilishi va ularning natijalarini hayotga tatbiq etilishini ta'minlash ko'rsatilgan[1].

Shuningdek, mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, agrar sektorning eksport salohiyatini oshirish, qishloq xo'jalik ekinlarining yuqori mahsuldorlikka ega, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy tuproq-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan yangi seleksiya navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo'yicha dolzarb vazifalar belgilab berilgan.

Mosh ekinidan yuqori sifatli navlarini yaratish va ulardan mo'l hosil olish aholining sifatli, to'yimli oqsilga boy mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirishga, chorvachilik va parrandachilik sohalarini rivojlantirishga, shuningdek, fermer xo'jaliklarining iqtisodiy ahvolini yaxshilashga olib keladi.

Respublikamizdagi ekilayotgan ayrim mosh navlarida hosildorlik, don sifat ko'rsatkichlari va morfologik xususiyatlariga ko'ra bugungi kun talablariga javob bermasligi kuzatilmoqda. Buning sababi hozirgi kunda ekilayotgan ayrim mosh navlari tashqi muhit sharoitlariga moslashmagan bo'lib, zazarkunandalar va kasalliklardan kuchli zararlanadi, shu bilan birga yetishtiradigan mosh navlari morfologik xususiyatlari (o'simlikning bo'yi, birinchi

dukkakning joylashishi, dukkaklarning chatnab ketishi) mexanizatsiyalar bilan yig'ishtirishga umuman moslashmaganligidir.

Olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida aniqlanishicha mexanizmlar bilan yig'ib olishga moslashgan, tik o'sadigan, qimmatbaho xo'jalik belgi va xusiyatlariga ega bo'lgan mosh navlari yo'qligini ko'rsatdi. Yangi navlarni yaratish ishlarini uzluksiz davom ettirish, nav almashtirishni yillar bo'yicha bosqichma-bosqich yangilab turish yuqori hosildorlikni ta'minlashi isbotlangan[2].

Ilmiy izlanishlar Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba maydonining 13 karta 1-chek (0,50 ga) maydonida olib borildi.

Tajriba uchastkasi Toshkent viloyatining janubiy sharqiy qismida, Toshkent shahridan 15 km uzoqlikda Chirchiq daryosining chap qirg'og'ida geografik o'rni bo'yicha Grinvich shkalasida 69018' Sharqiy uzunlikda va 41020' Shimoliy kenglikdagi tekisliklarda joylashgan.

Tajriba maydonidagi tuproq qatlami o'tloqi botqoq, loysimon qumoq tuproqdir. Ma'lumki, bo'z tuproqlar qatlamlarga kam tabaqalangan bo'lib, gumusning kamligi bilan xarakterli, bu o'tloqi botqoq tuproqlarda bo'ladigan o'ziga xos rangidan ham ko'rinib turadi.

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo'jaligining haydov qatlami 0-30 va 0-40 sm, haydov qatlamidan pastda 30-40 sm qalinlikda gel qatlami, 60-70 sm chuqurlikda qumli va mayda toshlardan iborat qatlam joylashgan.

Moshning nav tanlov ko'chatzorlarida fenologik kuzatuvlar o'tkazildi. Bunda moshning o'suv davridagi asosiy: unib chiqishi, g'unchalash, gullash, dukkak hosil qilish va pishish fazalari kuzatildi va amal davrining davomiyligi aniqlandi. Nav tanlash ko'chatzorida ko'chat qalinligi (unib chiqqanda va o'rim-yig'imdan oldin) aniqlandi. Biometrik ko'rsatkichlar aniqlandi. Olingan bog'lamlarda o'simlik bo'yi, pastki dukkak joylashishi, shoxlar soni, bir o'simlikdagi dukkak soni, don vazni, 1000 ta don og'irligi aniqlandi. Har bir namunaning hosili aniqlandi. Buning uchun har namunaning hosili o'rib olindi, yanchildi, tortildi. Olingan natijalarda hosildorlik ko'rsatkichlari B.A.Dospexov qo'llanmasi asosida tahlil qilindi [4].

Tajriba o'tkazilgan maydonlardagi agrotexnik tadbirlar O'zbekistonda dukkakli don ekinlarini yetishtirish bo'yicha tavsiyanomasi va institut olimlari tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy ko'rsatmalar asosida olib borildi va agrotexnik tadbirlar quyidagicha bajarildi. Tajriba maydonini 25-30 sm chuqurlikda kuzgi shudgorlandi. Bahorda yer notekis joylari tekislandi, mola, borona, chizel qilindi. Sifatli tozalangan va saralangan urug'lar ekildi. Almashlab ekish tizimi qo'llanildi, o'tmishdosh ekin sholi. Ekish qo'lda o'z vaqtida muqobil muddatda o'tkazildi. O'simliklarda ko'chat qalinligi ta'minlandi. Sug'orish ishlari o'z vaqtida va me'yorida bajarildi. O'simliklarni begona o'tlardan tozalash uchun 3 marta kultivatsiya va 2 marta chopiq ishlari bajarildi.

Nav tanlovning asosiy vazifasi dastlabki nav sinash asosida ajratib olingan va boshqa seleksiya muassasalarida yaratilgan eng yaxshi navlarga nisbatan biologik, xo'jalik belgi va xususiyatlarga ega bo'lgan yangi navlarni davlat nav sinashiga o'tkazishdan iborat. Shuning uchun nav tanlov asosiy nav sinash hisoblanib, katta nav sinash ham deyiladi. Bu nav sinovda ekin agrotexnikasi shu xududda qabul qilinganidek bo'ladi. Odatda 4-6 qaytariqli qilib joylashtiriladi, paykalchalar maydoni donli ekinlar uchun 50-100 m2 bo'ladi. Har 5-10 nav dan keyin standart (andoza) ekiladi. Nav tanlov sinashi uch yil davomida o'tkaziladi. Standartga nisbatan taqqoslash natijalariga ko'ra, nav-namunalar Davlat nav sinashiga yuboriladi.

1- jadval

Moshning nav tanlov ko'chatzorida ko'chat qalinligi (1 m2/dona)

T/ p Katalog raqami Kelib chiqishi Ko'chat qalinligi, dona Saqlangan foizi, %

Unib chiqqandan keyin O'rim yig'imdan oldin

1 Radost O'zbekiston 31 27,3 84.6

2 AG-92265 Tanlov 34/08 32 28,3 90.5

3 AG-92273 Tanlov 4/08 33 28,4 93.7

4 430174 Tanlov 3/09 33 28,1 92.7

5 414360 Tanlov 5/09 32 27,0 86.4

6 567960 Tanlov 2/11 31 24,6 76.6

7. 52273 Tanlov 12/15 28 26,1 73.0

8 Bo'ka Tanlov 17/15 29 25,3 73.3

9 716 Tanlov 19/15 31 27,3 84.6

Nav tanlov ko'chatzorida moshning 8 ta nav-namunalari sinab o'rganildi. Nazorat uchun moshning "Radost" navlari ekildi. Paykal maydoni 50 m2 qaytariqlar soni 4 ta, joylashtirish usuli-standart. O'suv davrida fenologik kuzatuvlar olib borildi. Tadqiqotlarda o'rganishlar natijasida nazorat (Radost) navida vegetatsiya davri 111 kunni tashkil etgan bo'lib, o'rganilgan barcha nav namunalar 6-14 kun ertaroq pishib etilgani kuzatildi.

Mosh ekinining hosildorligi maydon birligidagi o'simliklar soni va o'simliklarning maxsuldorligiga (o'rtacha bir o'simlikning hosili) bog'liq. Shundan kelib chiqib tajribada namunalarning hosildorligini aniqlashda maydon birligidagi ko'chatlar soni aniqlandi[3].

Ko'chat qalinligini aniqlash uchun mosh unib chiqqanidan keyin va o'rim-yig'imdan oldin belgilangan 1m2 maydonlarda hisob-kitob ishlari olib borildi. Olingan natijalar 1-jadvalda keltirilgan.

2-jadval.

Moshning nav tanlov ko'chatzoridan tanlab olingan namunalarning biometrik ko'rsatkichlari

O'su v davr i, kun O'si m-lik bo'y i, sm Pastki Soni, dona Vazni, g Hosil

O'si duk Bir o'simlik dukkak soni Bir o'simli k don vazni 1000 Bio.

№ Katalog Kelib chiqishi m. soni , m2 kak joyla-nishi, sm Sh ox dona don og'irli gi hosild orlik g/m2 dorli k s/ga

1 Nazorat O'zbekisto n 27 106 113, 3 15,9 3,3 51,3 10,3 48,6 180,3 12,4

2 AG- 92265 Tanlov 34/08 28 102 98,6 14,3 3,4 57,8 11,3 49,8 210,9 14,2

3 AG- 92273 Tanlov 4/08 28 97 97,1 13,2 3,6 46,8 10,6 52,6 250,3 16,7

4 430174 Tanlov 3/09 28 99 107, 2 13,8 4,0 70,0 12,8 54,6 223,7 15,9

5 414360 Tanlov 5/09 27 96 109, 8 14,5 6,5 61,8 12,7 51,8 226,7 18,5

6 567960 Tanlov 2/11 24 93 111, 4 13,7 5,7 67,5 12,9 53,5 248,7 19,3

7 52273 Tanlov 12/15 26 95 113, 1 15,8 4,3 55,4 13,8 55,7 235,4 17,3

8 Bo'ka Tanlov 17/15 25 100 112, 3 13,2 4,2 54,6 15,5 49,7 221,2 16,6

9 716 Tanlov 19/15 27 104 124, 3 13,4 3,8 58,5 14,6 49,6 237,5 17,5

NSR05 -2,10 s/ga NSR% 3,2%

Jadvalda keltirilgan ma' umotl arga ko'ra, eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan moshning

Tanlov-34/15, Tanlov-2/08, Tanlov 3/09 nav namunalarida ko'chat saqlanish darajasi nazoratga nisbatan 5,6-8,6% ga yuqori bo'lganligi kuzatildi. Olingan boshqa nav-namunalar natijasiga qarab shunday xulosa qilish mumkinki, talab darajasida ko'chat qalinligi olinganligi uchun bu holat o'z navbatida ekinning yaxshi rivojlanishiga va uning hosildorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan.

Ko'chatzorda sinalgan mosh nav-namunalardan olingan natijalarga ko'ra, o'simlik o'suv davrida barcha nav namunalar nazorat navlariga nisbatan tez pishib etildi. O'simlik bo'yi nazoratga nisbatan eng yaxshi ko'rsatkich Tanlov-19/15 namunacsida kuzatilib, 11 smga yuqori bo'lganligi aniqlandi. Barcha nav namunasida bir o'simlikdagi dukkak soni 4670 ta, 1000 dona don og'irlig'i esa nazoratdan tashqari qolgan barcha namunalarda yaxshi ko'rsatkichlarga ega bo'lib, 49,6-55,7 grni tashkil etdi. Pastki dukkak joylanish balandligi esa nazoratdan kam bo'lganligi kuzatildi. Bu nav tanlov ko'chatzoridan ajratib olingan nav namunalar morfologik va biologik ko'rsatkichlari bilan nazorat naviga nisbatan yaxshi bo'lib, poyasi tik o'suvchan, bir o'simlikda dukkaklar soni yuqori, shoxlar soni va pastki dukkakni joylanishi yuqori bo'lganligi bilan ajralib turdi.

Moshning nav tanlov ko'chatzorida o'tkazilgan biometrik kuzatuvlar tahlilidan ma'lum bo'lmoqdaki, shox soni nazoratga nisbatan Tanlov 2/11, Tanlov 5/09 nav namunalarida 2,4-3,2 ta ko'p rivojlangani kuzatildi. Dukkaklar soni bo'yicha Tanlov 2/11, Tanlov 5/09, Tanlov 3/09 namunalari andoza navdan 20,5-18,7 ta ko'p bo'lganligi kuzatildi. Barcha nav namunalarda bir o'simlikdagi don vazni 2,5-4,2 gr ko'p bo'lgani kuzatildi. 1000 don vazni 3,2-7,1 gr yuqori bo'lganligi kuzatildi. Tanlab olingan nav namunalar morfologik va biologik ko'rsatkichlari bilan nazorat naviga nisbatan yaxshi bo'lib, poyasi tik o' suvchan, bir o'simlikda dukkaklar soni yuqori, shoxlar soni va pastki dukkakni joylanishi yuqori bo'lganligi bilan ajralib turdi.

Xulosa Nav tanlov ko'chatzorida ko'chat saqlanish darajasi nazoratga nisbatan 5,68,6%, moshning AG-92273,430174 va 414360 nav namunalarida nazoratga nisbatan ushbu ko'rsatkich 7,1-9,6% ni tashkil qildi. O'suv davrida moshning sinalgan nav namunalardan ko'rinib turibdiki, nazoratga nisbatan Tanlov-34/08, Tanlov-4/08, Tanlov-2/11 namunalari 4-13 kun oldin pishib yetildi. Barcha nav namunalarda bir o'simlikdagi dukkak soni Tanlov 2/11, Tanlov 5/09,Tanlov 3/09 namunalari andoza navdan 20,5-18,7 ta ko'p bo'lganligi kuzatildi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yilning 24 iyuldagi PQ-3144-sonli PQ-2832-sonli qarorga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi qarori.

2. Atabayeva X.N, Sattarov M.A, Idrisov X.A Sug'oriladigan maydonlarda mosh yetishtirishning intensiv texnologiyasi bo'yicha tavsiyanoma. Toshkent 2019.

3. Dospexov B.A. Metodika polevogo opita. M., Kolos, 1985.

4. O'zbekistonda ekishga tavsiya etilgan kuzgi bug'doy, dukkakli don ekinlarining mahalliy va xorijiy navlari hamda ularni parvarishlash" bo'yicha tavsiyanoma. Andijon 2019 yil.

5. Saimnazarov Y.B. va boshqalar. O'zbekistonda dukkakli-don ekinlari etishtirish bo'yicha tavsiyalar. Toshkent.2009 y.

6. Idrisov, X. A., Atabayeva, X. N. (2022, may). Loviya va mosh ekinlarining umumiy ahamiyati va biologik xususiyatlarini tahliliy o 'rganish. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 8, pp. 644-651).

7. Xalima, A., Xusanjon, I., & Abdulvosid, S. (2022). O 'tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida mosh (Phaseolis aireis piper) ning o'sishi, rivojlanishi va don hosildorligi. Research and education, 1(2), 373-381.

8. Xusanjon, I., & Abduxolik, K. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko'chatzorida o 'tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.

9. Abdujabborovich, I. X., Ozodbek, A., Nodirbek, X., & Abrorbek, a. (2022). Sug'oriladigan maydonlarda mosh (Phaseolus aureus Piper) navlarining simbiotik faoliyatiga ekish muddati va me 'yorining ta'sirini o 'rganish. Science and innovation, 1(1), 615-624.

10. Abdujabborovich, I. X., o'gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (Phaseolus aireus Piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.