Научная статья на тему 'SOVET ITTIFOQI YILLARIDA FARGʻONA VODIYSIDA TURIZMNING SHAKLLANISH JARAYONLARI(1920 -1936 YILLAR TURIZMNING RIVOJLANISHI TARIXINI BIRINCHI BOSQICH TAHLILLARI ASOSIDA)'

SOVET ITTIFOQI YILLARIDA FARGʻONA VODIYSIDA TURIZMNING SHAKLLANISH JARAYONLARI(1920 -1936 YILLAR TURIZMNING RIVOJLANISHI TARIXINI BIRINCHI BOSQICH TAHLILLARI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
7
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Turizm / rejali turizm / proletar turizm / qishloq xo‘jalik turizmi / rekrasion turizm / sa’noat turizmi / Tourism / planned tourism / proletarian tourism / the period of formation / rural tourism / recreational tourism / industrial tourism

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Feruza Qayumova

Sobiq Sovet Ittifoqida turizmning birinchi bosqichi rivojlanishi, eksperiment va rejalashtirilgan turizm shakli bo‘lib kelgan bo‘lsada, bu davrda iqtisodiy masala hisoblanmaydigan turizmdan farqli o‘laroq, u siyosiy masala sifatida qaraldi va I.Vasilevning "Pьroletar tyrizmi ycyn O’rta Asьja bojunca saqlam ekskyrijə ycyn" maqolasida birinchi marta Farg‘ona vodiysidagi turizm tarixi yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Although the first stage of tourism in the former Soviet Union remained as a form of development, experimentation and planned tourism, it was considered as a political issue in contrast to tourism, which was not considered as an economic issue during this period and the article by I. Vasiliev “Pоroletar tyrizмi ycyn Orta Asьja bojunca saqlam ekskyrijə ycyn” was first published in this article to highlight the history of tourism in the Fergana Valley

Текст научной работы на тему «SOVET ITTIFOQI YILLARIDA FARGʻONA VODIYSIDA TURIZMNING SHAKLLANISH JARAYONLARI(1920 -1936 YILLAR TURIZMNING RIVOJLANISHI TARIXINI BIRINCHI BOSQICH TAHLILLARI ASOSIDA)»

«

www.in-academy.uz

Т'Л Щ

52S3 ':

m

qJRASIAN journal of

T&CHNOl.OGY AND INNOVATION

FORMATION PROCESSES IN THE FERGANA VALLEY IN

THE YEARS OF THE SOVIET UNION (BASED ON THE ANALYSIS OF THE FIRST STAGE OF TOURISM DEVELOPMENT FROM 1920 TO 1936)

Feruza Kayumova

Teacher at the Department of History of Uzbekistan, Fergana State University. Tel: + 99890-407-46-97

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 08th April 2024 Accepted: 15th April 2024 Online: 16th April 2024 KEY WORDS Tourism, planned tourism, proletarian tourism, the period of formation, rural tourism, recreational tourism, industrial tourism.

Although the first stage of tourism in the former Soviet Union remained as a form of development, experimentation and planned tourism, it was considered as a political issue in contrast to tourism, which was not considered as an economic issue during this period and the article by I. Vasiliev "Poroletar tyrizMi ycyn Orta Asbj'a bojunca saqlam ekskyrip ycyn" was first published in this article to highlight the history of tourism in the Fergana Valley.

ПРОЦЕССЫ ФОРМИРОВАНИЯ В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ В ГОДЫ СОВЕТСКОГО СОЮЗА (НА ОСНОВЕ АНАЛИЗА ПЕРВОГО ЭТАПА РАЗВИТИЯ ТУРИЗМА С 1920 ПО 1936 Г.)

Феруза Каюмова

Преподаватель кафедры истории Узбекистана Ферганского государственного

университета. Тел: +99890-407-46-97

ARTICLE INFO

Received: 08th April 2024 Accepted: 15th April 2024 Online: 16th April 2024 KEY WORDS

Туризм, плановый туризм, пролетарский туризм,

период становления,

сельский туризм,

рекреационный туризм, индустриальный туризм.

ABSTRACT

Хотя первый этап туризма в бывшем Советском Союзе оставался в качестве формы развития, экспериментов и планового туризма, он рассматривался как политический вопрос в отличие от туризма, который не рассматривался в качестве экономического вопроса в этот период и статья И.Васильева «РьтЫаг tyrizмi усуп О^а Asьja Ьо]ипса saqlam ekskyrijэ усуп» была впервые опубликована в этой статье, чтобы осветить историю туризма в Ферганской долине.

SOVET ITTIFOQI YILLARIDA FARGONA VODIYSIDA TURIZMNING

SHAKLLANISH JARAYONLARI (1920 -1936 YILLAR TURIZMNING RIVOJLANISHI TARIXINI BIRINCHI

BOSQICH TAHLILLARI ASOSIDA) Feruza Qayumova

Farg'ona davlat Universiteti O'zbekiston tarixi kafedrasi o'qituvchisi.

Tel: +99890-407-46-97

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 08th April 2024 Accepted: 15th April 2024 Online: 16th April 2024

Sobiq Sovet Ittifoqida turizmning birinchi bosqichi rivojlanishi, eksperiment va rejalashtirilgan turizm shakli bo'lib kelgan bo'lsada, bu davrda iqtisodiy masala hisoblanmaydigan turizmdan farqli o'laroq, u siyosiy masala sifatida qaraldi va I.Vasilevning "Pbroletar tyrizmi ycyn O'rta Asbja bojunca saqlam ekskyrija ycyn" maqolasida birinchi marta Farg'ona vodiysidagi turizm tarixi yoritilgan.

KEY WORDS

Turizm, rejali turizm, proletar turizm, qishloq xojalik turizmi, rekrasion turizm, sa'noat turizmi.

Bugungi kunda turizm jaxon iqtisodiyotining eng asosiy tarmoqlaridan biri sifatida baholansa-da, Sobiq ittifoq yillarida turizmdan sovet xalqini tarbiyalash vositasi sifatidagina qaralganligi Ittifoqning barcha xududlarida soha taraqqiyoti uchun yo'l ochgan. XX asrning 20-yillardan boshlab mamlakatda nafaqat ichki turizm shuningdek, tashqi turizm ham rivojlana boshladi. Bundan ko'zlangan maqsad "mamlakat xaqidagi yolg'onlar" ni yo'q qilishdan iborat edi. Turizmning fuqarolarga ta'sir imkoniyatlardan foydalanish maqsadida, targ'ibot ishlariga ham alohida ahamiyat qaratildi. Jumladan, 1920 yildan "Komsomolskaya pravda" gazetasi sahifalarida turizm sohasi yoritila boshlangan bo'lsa, 1921 yildan turizmning muammo va istiqbollari mavzusida muntazam konferensiyalar tashkil etish yo'lga qo'yildi. Turizm sohasining huquqiy asosini mustahkamlash maqsadida 1927 yil 23 sentyabrda SSSR Xalq komissariyati tomonidan "Bolalar va o'smirlar o'rtasida ekskursiya ishlarini kuchaytirish to'g'risida" qaror qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Institusional jihatdan shakllanish jarayonlari 1929 yilda Butun ittifoq "Inturist" tashkilotiga asos solinishi bilan mustahkamlandi. Shuningdek, turizm infratuzilmasini yaxshilash maqsadida yangi xizmat turlarini joriy qilindi[1: 2 - b].

Sobiq Ittifoqning dastlabki yillarida turizm bugungi kundagi hususiyatlaridan biroz farq qilgan. Turizm o'z navbatida mahalliy (ichki) hamda ittifoq ahamiyatiga ega (tashqi) turlarga bo'lingan.Tashqi turizm butun jahon mamlakatlari bo'ylab erkin xarakatlanishi tushunilmagan aksincha faqat sosialistik mamlakatlargagina sayohatlar tashkil etilgan. Barcha turistik marshrutlar Butunittifoq Prole tar turizm va ekskursiya byurosi tomonidan belgilangan hamda ro'yxatga olingan. Bugungi kunda 24 soatdan kam bo'lmagan 70 km radiusdan uzoq masofaga amalga oshirilgan sayohatga turistik xarakat sifatida qaralsa, XX asr 20 yillarida 8 kundan 40 kungacha bo'lgan sayohatlar turistik xarakat sifatida baholangan. Turizm sohasining rivojlanishining birinchi bosqichida Farg'ona turistik mintaqasida industrial turizm, qishloq turizmi hamda o'lkashunoslik turizmi yo'nalishlarda rivojlantirishga xarakat qilindi. Industrial turizm bugungi kunda ko'proq tarixiy ahamiyatga ega faoliyati to'xtagan sanoat korxonalarga sayohatlar uyushtirish nazarda tutilsa, sovetlar davrida industrial turizm tajriba almashish, ishning ilg'or uslublarini o'zlashtirish maqsadida namunali zavod va fabrika hududlariga sayohatlar uyushtirilgan. Qishloq turizmi doirasida ittifoqdagi yirik chorvachilik, sutchilik, paxta, sholi yetishtirishga ixtisoslashgan Farg'ona viloyatining Xo'jaobod, Kosonsoy, Norin, Yangiqo'rg'on, Marxamat, Oltiariq rayonlaridagi

«

www.in-academy.uz

kolxoz va sovxozlar [2: 24 - b] bo'ylab sayohatlar tashkil etilgan. O'lkani o'rganish turizmi doirasida Sovet Ittifoqi qahramonlari xayoti bilan bog'liq xududlarni hamda monumental yodgorliklarni ko'rish maqsadida Farg'ona, Buvayda, Shohimardon, Vodil, Qo'qon shahar va qishloqlarga sayohatlar amalga oshirilgan. Turizmning ushbu birinchi bosqichida Farg'ona vodiysidan Yevropaning sosiolistik davlatlariga asosan xotin qizlar sayohatlari muntazam uyushtirilgan [2: 25 - b]. Bu orqali mahalliy xalqlarning milliy mental xususiyatlariga imkon qadar tezroq barham berish maqsad qilingan [2: 26 - b].

1930 yilda Toshkent shahrida turizm bo'yicha xalqaro konferensiya tashkil etildi hamda ilk marotaba Farg'ona vodiysida Sovet xokimyatini o'rnatilishi tematik [3: 41 - v] marshruti sayyohlar e'tiboriga havola etildi. Butun ittifoq Proletar turizmi tashkiloti mintaqaviy ahamiyatga ega bo'lgan Farg'ona viloyati bo'limi 1931 yilda tashkil etildi hamda bosqichma-bosqich tog' turizmi, sog'lomlashtirish turizmi kabi turlarni rivojlantirishga ham alohida e'tibor berildi. Bu bevosita Farg'ona viloyati rekriasion jihatdan qulay mintaqada joylashganligi tufayli ham aynan ushbu turizm turlarini rivojlantirishga ahamiyat qaratildi[4: 14 - v]. Proletar turizm Sobiq Ittifoq yillarida sosializm yutuqlari bilan sayyohlarni tanishtiruvchi hamda siyosiy-madaniy saviyasini oshiruvchi omil sifatida qaralgan. Shuningdek, turizm nafaqat siyosiy shuningdek, jamoaviy kuch vazifasini ham bajargan[2: 3 -b]. Turistik harakatlar mamlakat bo'ylab sosializm qurish jarayonlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan. Kapitalistik davlatlarga sayohatlar tashkil etilmagan. Buning asosiy sababi sovet xalqini ongini sosiolistik g'oyalariga zid "demokratik" g'oyalardan asrash bo'lgan[2: 4 - b].

Turizm madaniy inqilob quroli vazifasini ham bajargan. Bu bilan xalqning "madaniy" saviyasini ko'tarishga xarakat qilgan. Jumladan asosiy paxtachilik va sanoat mintaqasi xisoblangan Farg'ona vodiysining sanoat korxonalari bilan sayyohlarni tanishtirish xalqlarni madaniy jihatdan tez o'sishiga, yangi bilim va tajribalar bilan xalqni qurollantirishga xizmat qilgan. Bundan tashqari vodiyning rekriasion imkoniyatlarini hisobga olgan holda sog'lomlashtirish turizm turlarini yo'lga qo'yish orqali mehnatkash xalq ommasini dam olishlarini to'g'ri tashkil etishga xarakat qilgan[2: 5 - b]. Sovet ittifoqida proletar turizmning mohiyati shundan iboratki, bu davrda aholining qashshoq hududlarga ham sayohatlar uyushtirish orqali sayyohlarda shukronalik hissini shakllantirishga harakat qilingan bo'lsa, tog' turizmining yo'lga qo'yilishi o'z navbatida sayyohlarning jismoniy barkamolligini oshirishga xizmat qilgan. Turizmga ushbu davrda aholining boy qatlamiga barham berish vositasi sifatida ham qaralgan[2: 6 - b]. Turizmning maqsadi faqat diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish emas, aksincha mamlakatda sosializm qurishga yordam berish, tub joy xalq vakillarini sanoat qurilishi borasidagi imkoniyatlari va turmush tarzi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo'lgan[2: 7 - b].

Farg'ona vodiysi turizmni rivojlantirish uchun birmuncha havfli hudud sifatida qaralgan bo'lsa-da, sayyohlarning asosan temir yo'l orqali harakatlanishi havfsiz hisoblangan. Farg'ona vodiysi o'zbek va qirg'iz xalqlarining urf-odat va an'analari bilan yaqindan tanishtirish uchun eng qulay mintaqa hisoblangan[2: 9 - b]. Turizm infratuzilmasini yaxshilash maqsadida musodara qilingan boylar hovlilaridan mehmonxona sifatida foydalanilgan[2: 10 - b]. Farg'ona turistik mintaqasi bo'ylab 7 kunlik, 1 oylik sayohat marshrutlari [2: 11 - b] Toshkent - Farg'ona, Farg'ona - Issiqko'l, Pomir - Oloy, Samarqand - Xo'jand - Sarichelak -

www.in-academy.uz

Talas yo'nalishlari bo'ylab sayohat marshrutlari yo'lga qo'yilgan[2: 12 - b]. Sayyohlarga Farg'ona shahrida paxta tozalash zavodlari, Marg'ilon shahrida ipak sanoati korxonalari namoyish qilingan[2: 13 - b]. Bundan tashqari Toshkent - Andijon temir yo'li bo'ylab Andijon - Bozorqo'rg'on - Arslonbob - Asaka - Jalolobod - Quva yo'nalishlari bo'ylab sentyabr oktyabr oylarida paxta dalalariga "zarbdor bir oylik" sayohatlar tashkil etilgan. Marshrut davomida 20 ta paxta tozalash zavodlari faoliyati bilan ham tanishtirilgan[2: 14 - b]. Namangan hududini Toshkent bilan bog'lab turuvchi asosiy yo'l Qamchiq dovoni bir muncha havfli hamda yo'l infratuzilmasi yo'lga qo'yilmaganligi tufayli otda sayohat qilish maqsadida Poshsho-ota - Xo'ja-ota - Sarichelak sayohat marshruti hamda piyoda Qora Polvon - Buloq boshi - Iskovot - Zarkent - Nanay yo'nalishi bo'yicha sayohat marshrutlari tashkil etilgan. Tog' konlari ishchilari xayoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Oltinmozor - Farg'ona marshruti ishlab chiqilgan. Farg'ona vodiysi bo'ylab sayoxat marshrutlarini xaritalashtirish ishlari 1931 yilda yakunlangan[2: 15 - b].

Ushbu bosqichda turizm sohasini rivojlantirish maqsadida 166 ta tezkor yoki rejalashtirilgan yo'nalish ishlab chiqilgan hamda Sovet Ittifoqi turizmni rivojlantirish orqali mamlakatdagi bunyodkorlik hamda madaniy "taraqqiyoti" bilan keng ishchi ommasini tanishtirish, harbiy-amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga alohida ahamiyat qaratgan. Bu davrda harbiy ulug'vor joylarga sayohatlar tashkil etish an'anaga aylangan[5: 13 - b]. Shuning uchun ham ushbu bosqich tarixda tajriba orttirish hamda rejalashtirilgan turizmi davri sifatida baholangan. Biroq Farg'ona vodiysida turizmni rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillar ham bo'lib, reklama afishalarining yetishmasligi, bosma nashrlarning kamligi, tashkiliy va texnik imkoniyatlarning yetishmasligi soha taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatgan[2: 27 - b]. Sovet ittifoqida turizm kommunistik mafkurani targ'ib qilish vositasi sifatida rivojlantirildi. Buning uchun sovet bayramlaridan keng foydalangan holda sovet mamlakati xayotini mafkuraviy komponentlarini sayyohlarga namoyish qilishga xarakat qilindi[6: 14 - s]. 1933 yildan "Inturist" sayyohlarga safar vaqtida yangicha turmush tarzi[6: 53 - s] hamda sovet xalqini siyosiy madaniy sohalardagi yutuqlari turistlarga namoyish qilindi[6: 54 - s]. Shuningdek, turizm sohasini rivojlantirish kommunistik partiyaning asosiy muammolaridan biri bo'lib qoldi[7: 1 - v].

Sobiq Ittifoq turizm dasturlari g'arb davlatlari mazkur sohadagi dasturlardan farq qilgan. G'arb davlatlarida turizm hayotning moddiy farovonlik timsoliga aylangan bo'lsa, bu yerda "adolatli kelajak" imidji doirasida sayohat dasturlari ishlab chiqildi. Sayohat dasturlarida sovet fuqarolarining kundalik hayotini namoyish etish, ishlab chiqarish korxonalari, ta'lim muasasalari, fan va texnika, madaniyat, san'at, qishloq xo'jaligidagi ijtimoiy muammolarning "tezkorlik" bilan hal etilganligini chet ellik sayyohlarga ko'rsatish turizmning asosiy vazifalari qilib qo'yildi. Bundan ko'zlangan maqsad sovet davlatining kelajagi "porloq" ekanligini namoyish qilish bo'lgan.

References:

1. O'z.R. MDA. 2753 - fond, 1- ro'yhat, 217 - yig'ma jild, 2 - varaq.

2. G. I. Vasiljef. Pbroletar tyrizmi ycyn O'rta Asbja bojunca saqlam ekskyrija ycyn. - T.:, O'z. davlet naçrjat, 1932. - V. 24, 25, 26, 3, 4, 5, 6, 7, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 27.

3. FVDA. 1141- fond, 1- ro'yxat, 49 - yig'ma jild, 41- varaq.

Open access journal

www.in-academy.uz

4. FVDA. 1141- fond, 1 ro'yxat, 49- yig'ma jild, 14- varaq.

5. Абдумаликов Р. Холдоров Т. Туризм. Тошкент. "Уцитувчи", 1988. - Б.13.

6. Багдасарян В. Э., Орлов И. Б. "Советское "Зазеркалье" ( Иностранный туризм в СССР в 1930 - 1980 - е годы) Москва 2007. С. 14, 53, 54.

7. NVDA. 858 - fond, 1 - ro'yhat, 61 - yig'ma jild, 1- varaq.

8. Qayumova F. (2024). O 'ZBEKISTON SSR HUDUDLARIDA ARTEL VA KOOPERATSIYALARNING TA'MINOTI MASALASI.

9. //Центральноазиатский журнал образования и инноваций//. 3(4), 10-12.

10. Уз.Р. MDA. 2753 - сток, список 1, 217 - сборник, 2 стр.

11. Г. И. Васильев. Для Щита Пролетария на Среднем Вознесении нет акцизного сбора. - Т., Селф. пуховое издательство, 1932 г. - В. 24, 25, 26, 3, 4, 5, 6, 7, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 27.

12. FVDA. Aкция 1141, список 1, 49 коллекций, страница 41

13. FVDA. Aкция 1141, Список 1, Том 49, Том 14.

14. Aбдумаликов Р. Xoldorov T. Туризм. Ташкент. Инструктор, 1988. - Б.13.

15. Багдасарян В. Е., Орлов И. B. «Советское Зазеркале» (Иностранный туризм в СССР в 1930 - 1980-е гг.) Москва 2007. с. 14, 53, 54.

16. NVDA. 858 Фондовая, Список 1, Том 61, Том 1.

17. Qayumova F. (2024). O 'ZBEKISTON SSR HUDUDLARIDA ARTEL VA KOOPERATSIYALARNING TA'MINOTI MASALASI.

18. //Центральноазиатский журнал образования и инноваций//. 3(4), 10-12.

19. O'z.R. MDA 2753 - stock, list 1, 217 - collection, 2 pages

20. G.I. Vasiliev. There is no excise duty for the Shield of the Proletariat on Middle Ascension. - T., Selfie. down publishing house, 1932 - V. 24, 25, 26, 3, 4, 5, 6, 7, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 27.

21. FVDA. Promotion 1141, list 1, 49 collections, page 41

22. FVDA. Stock 1141, List 1, Volume 49, Volume 14.

23. Abdumalikov R. Xoldorov T. Tourism. Tashkent. Instructor, 1988 .-- B.13.

24. Bagdasaryan V. Ye., Orlov I. B. "Soviet Looking Glass" (Foreign tourism in the USSR in the 1930s - 1980s) Moscow 2007. p. 14, 53, 54.

25. NVDA. 858 Stock, List 1, Volume 61, Volume 1.

26. Qayumova F. (2024). O 'ZBEKISTON SSR HUDUDLARIDA ARTEL VA KOOPERATSIYALARNING TA'MINOTI MASALASI.

27. //Центральноазиатский журнал образования и инноваций//. 3(4), 10-12.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.