Научная статья на тему 'SOTSIAL INTELLEKT VA UNING INSON HAYOTIDAGI О‘RNI'

SOTSIAL INTELLEKT VA UNING INSON HAYOTIDAGI О‘RNI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
1997
118
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sotsial intellekt / xulq-atvor / emosional holatlar / ijtimoiy adaptatsiya / verbal qobiliyat / noverbal qobiliyat. / social intelligence / behavior / emotional states / social adaptation / verbal ability / nonverbal ability.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Majidov, Jasur Baxtiyarovich

Ushbu maqolada sotsial intellekt tushunchasi, uning inson hayotidagi о‘rni, vazifalari hamda ijtimoiy adaptasiya jarayonidagi о‘rni haqida mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL INTELLIGENCE AND ITS PLACE IN HUMAN LIFE

This article discusses the concept of social intelligence, its role in human life, its functions and its role in the process of social adaptation.

Текст научной работы на тему «SOTSIAL INTELLEKT VA UNING INSON HAYOTIDAGI О‘RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

SOTSIAL INTELLEKT VA UNING INSON HAYOTIDAGI O'RNI

Majidov Jasur Baxtiyarovich

Jizzax davlat pedagogika instituti - Umumiy psixologiya kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada sotsial intellekt tushunchasi, uning inson hayotidagi о 'rni, vazifalari hamda ijtimoiy adaptasiya jarayonidagi о 'rni haqida mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: sotsial intellekt, xulq-atvor, emosional holatlar, ijtimoiy adaptatsiya, verbal qobiliyat,noverbal qobiliyat.

SOCIAL INTELLIGENCE AND ITS PLACE IN HUMAN LIFE

ABSTRACT

This article discusses the concept of social intelligence, its role in human life, its functions and its role in the process of social adaptation.

Keywords: social intelligence, behavior, emotional states, social adaptation, verbal ability, nonverbal ability.

СОЦИАЛЬНЫЙ ИНТЕЛЛЕКТ И ЕГО МЕСТО В ЖИЗНИ

ЧЕЛОВЕКА

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается понятие социального интеллекта, его роль в жизни человека, его функции и роль в процессе социальной адаптации.

Ключевые слова: социальный интеллект, поведение, эмоциональные состояния, социальная адаптация, вербальные способности, невербальные способности.

KIRISH

Bugungi globallashuv jarayonida informatsiya oqimining haddan tashqari ortib borishi, urbanizatsiya jarayonlarining tobora jadallashishi, integratsiyaning kuchayib borishi har bir insondan mavjud sharoitlarga moslashishda ruhiy egiluvchanlikni talab qilmoqda. Inson jamiyatda yashar ekan jamiyat ichiga singib boraveradi. Bu uzoq davom etadigan jarayon hisoblanib, insonning psixologik pozitsiyasi ham ayni jarayon bilan muvofiqlashadi. Bunda shaxs intellektining rivojlanish darajasi, uning aqliy imkoniyatlari regulyatori, ahloqiy jihatlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Psixologiyada intellektga berilgan ta'rif xilma-xil. Eng ko'p tarqalgani bu

fransuz olimi Jan Piaje ta'rifi. U to'p yillik tadqiqotlardan kelib chiqib, intellektni

608

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

insonning masalalar yecha olish qobiliyati, degan xulosaga kelgan. Haqiqatan ham intellekti bor kishi qiyin va murakkab vaziyatlardan yengil va silliq chiqib keta oladi. Hayot kishilar oldiga ko'plab to'siqlar qo'yadi. Ular madaniy, ma'naviy, ijtimoiy, ilmiy va boshqa turda bo'lishi mumkin. Har kim bu to'siqlarni, har xil darajada, past-balandligiga qarab, har xil «kuch» sarflab yengadi. Yutib chiqqan, muvaffaq inson, shubhasiz aqlliroq, fahm-farosati balandroq kishidir. Boshqacha qilib aytsak intellekt bu insonning umumiy aqliy zakovati.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekchada aql deb, aynan tushunchalar hosil qila olish yoki masalalar yecha olish qobiliyatiga aytiladi. Murakkab hayotiy yoki ilmiy masalani ko'p kuch sarflamay, yengil, qisqa usulda yecha olgan, muvafaqqiyatga erishgan kishiga biz aqlli deymiz. Bu odam hayotda ko'proq yutadi, yuqori saviyada hayot tarzini kechira oladi [1].

Bugungi kunda jamiyatda insonning ma'naviyat bilan sug'orilgan intelektual xususiyatlari har qachongidanda ko'proq qadrlana boshlandi. Bu xususiyat o'z navbatida insondan jamiyat rivojiga hissa qo'shadigan yaratuvchanlik hamda tarbiyaviylikka asoslangan shaxs sifatlarining qadri ortib borayotganligi bilan izohlash mumkin. Ijtimoiy persepsiya (Dj.Bruner,1947), ya'ni insonning-inson tomonidan idrok etilishi ko'p jihatdan sotsial intellekti darajasiga bog'liqdir.Ijtimoiy munosabatlarning tarkibiy qismida shaxsning guruhga, jamiyatga ijtimoiy adaptatsiyasi uning sotsial intellektiga bog'liq bo'lib qolmoqda[5].

Individual intellekt ijod etadi, yaratadi, sotsial intellekt yaratilgan ma'naviy qadriyatni ko'paytiradi, tarqatadi, ishlab chiqaradi va hayotga tatbiq etadi, ijtimoiy boshqarish va nazorat qilish ishlarini amalga oshiradi. Bularni intellektni o'zi qilmaydi, balki intellekga ega bo'lgan inson va guruhlar amalga oshiradi. Ijtimoiy intellekt aslida ijtimoiy subyektni hislatidir.

Intellektlar majmuasi ma'lum ijtimoiy tabaqalardan hosil bo'ladi: olimlar, ijodkorlar, muxandislar, boshqaruvchilar va hakozolar. Bular noosferani ijodkor qatlamini tashkil qiladi. Sotsial intellektni ifoda qilish uchun oxirgi vaqtlarda «ijtimoiy kognitiologiya» tushunchasidan keng foydalanmoqdalar. sotsial intellekt - bu insonning kechinmalari, niyati va emosional holatlarini so'zlari va xatti-harakatlari orqali tushunish qobiliyati. Sotsial intellekt - shuningdek, insonning shaxslararo munosabat natijalarini oldinda ko'ra olish xususiyati hamdir. Ijtimoiy intellekt insonlar haqida tez mulohazalab, ularning xatti-harakatlari yuzasidan tezkor munosabat bildira olish qobiliyati bilan ham bog'liq. Bu «ijtimoiy

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

inoyat etilgan» xususiyat bo'lib, ijtimoiy munosabatlarga moslashishni ta'minlash uchun insonlar bilan munosabatni tekis ketishini ta'minlaydi[2, b.69].

"Sotsia intellekt" tushunchasini birinchi marta 1920 yilda E.Torndayk psixologiya fanida qo'llagan. U bu tushuncha yordamida shaxslararo munosabatlarni oldindan ko'ra bilishlikni tasvirlaydi va uni insonlar o'rtasidagi munosabatlarga davr nuqtai nazari bilan yondashishni qiyoslaydi. Intellektning quyidagi ikki turiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, abstrakt intellekt - bu abstrakt, verbal va matematik belgilarni tushunish va ularning yordami bilan turli aqliy harakatlarni amalga oshirish qobiliyatini bildiradi, ijtimoiy intellekt - odamlarni tushunish va ular bilan munosabatlarga kirishish qobiliyatidan iborat. Sotsial intellektni o'lchashga mo'ljallangan birinchi ishonchli testni yaratgan J.Gilford uni umumiy intellekt omilidan mustasno tarzda va eng avvalo xulq-atvorga oid axborotlarni tushunishi bilan bog'liq bo'lgan intellektual qobiliyatlar tizimi sifatida o'rgangan.

Metodika muallifi Dj. Gilford ijtimoiy intellekt masalasiga umumiy intellektga bog'liq bo'lmagan, ammo xulq-atvor orqali ma'lumot olish bilan bog'liq intellektual qobiliyatlar tizimi deb izohlagan. Gilfordning konsepsiyasiga ko'ra ijtimoiy intellekt o'zida 6 omilni birlashtirgan:

Xulq-atvor elementlarini bilish -xulq-atvordagi so'z (verbal) va so'zsiz (noverbal) mazmundagi xatti-harakatlarni ajrata olish qobiliyati.

Xulq-atvorni sinflarini bilish -xulq-atvor haqidagi ekpressiv yoki vaziyatli axborotlar oqimidagi umumiy xususiyatlarni anglash qobiliyati;

Xulq-atvor munosabatlarini bilish-munosabatlarni tushunish qobiliyati ;

Xulq-atvor tizimini bilish - odamlar o'zaro ta'sirlashuvidagi yaxlit vaziyatlarning rivojlanish mohiyatini, ularning bu vaziyatlardagi xulq-atvor mazmunini tushunish qobiliyati;

Xulq-atvordagi o'zgarishlarni bilish -har xil vaziyatlardagi kechayotgan xulq-atvor mazmunini o'zgarishini tushunish qobiliyati;

Xulq-atvor natijalarining tushunish - mavjud axborotdan kelib chiqib, xulq-atvor oqibatlarini ko'ra olish qobiliyati [2, b.70].

80-yillarda D.Kit tomonidan yaratilgan testlar axloqiy yoki odob bilan fikrlashni baholashga mo'ljallangan edi.

M.Ford va M. Tisak intellektni baholashning negizida muammoli holatlarning to'g'ri yechimini topish yotishini ta'kidlaydilar. Ular ijtimoiy intellekt ijtimoiy axborotlarni qayta ishlash bilan bog'liq bo'lgan mental qobiliyatlarning aniq va mutanosib guruhini o'z ichiga olishini ko'rsata bildilar. Bu qobiliyat guruhi esa o'z

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

o'mida "formal" tafakkur asosini tashkil qiluvchi va "akademik" intellekt testlari bilan tekshiriluvchi qobiliyatlardan tubdan farq qiladi.

R.Shternberg (1981) tadqiqotlar o'tkazib, ijtimoiy intellekt tushunchasiga quyidagilar kirishini ko'rsatib o'tgan:

1. Amaliy masalalarni hal qilish qobiliyati. Odam mantiqiy fikr yuritadi, muammoning barcha tomonlarini ko'ra biladi, to'g'ri yechimga kela oladi, zarur axborotlarning original manbalariga murojaat etadi, barcha dalillarni eshitadi.

2. Verbal qobiliyat. Aniq va ravon tilda gapiradi, o'qiganini yaxshi tushunish, lug'at boyligi kuchli va yaxshi, yozma nutqida muammolarga duch kelmaydi; odamlar bilan oson va samimiy muomalaga kirishadi va hokazo.

3. Ijtimoiy kompetentlik. Boshqa odamlar qanday bo'lsalar, shundayligicha qabul qiladi; uchrashuvlarga kechikmaydi; to'g'ri xulosa va qarorlarga kela oladi; boshqalarning xohish va extiyojlarini seza biladi; qiziquvchan va hokazo. Ijtimoiy intellektni juda ko'p hollarda donolik deb biladilar.

E.Torndayk ijtimoiy intellektni oddiy intellektdan farqli deya ta'kidlagan. Ko'plab mualliflar ijtimoiy intellektni akademik va formal intellekt qobiliyatlaridan farq qiluvchi mental qobiliyatlarning mustaqil guruhi sifatida tavsiflaydilar.

Ijtimoiy intellektning funksiyalari quyidagilardan iborat:

1) O'zgaruvchan sharoitlarda adekvatlikni va moslashuvchanlikni taminlashi;

2) Taktik va strategik yo'nalishlarda o'zaro muvaffaqiyatli mutanosiblik dasturlari va rejalarini shakllanishi, joriy masalalarni hal qilish;

3) Shaxslararo munosabatlardagi voqealarni rejalashtirish va ularni rivojlanishini prognoz qilish;

4) Motivasion funksiya;

5) Ijtimoiy raqobatbardoshlikni kengaytirish;

6) O'z-o'zini shakllantirish, o'z-o'zini anglash, o'z-o'ziga saboq berish.

Ijtimoiy intellektning asosiy vazifalaridan biri uzoq muddatli o'zaro

munosabatlarni shakllantirishdir. O'zaro munosabatlarning darajasi va xarakterini tushungan holda kelajakda bir-biriga ijobiy ta'sir o'tkazish va munosabatlarni mustahkamlashdan iboratdir.

Sotsial intellekt muayyan vaqt uchun asab-psixik holatni, ijtimoiy muhit omillarini va ijtimoiy munosabatlarning qanchalar muvaffaqiyatliligini aniqlaydi, shuningdek, uni energiya konsunerasiyasini talab qiluvchi, emosional zo'riqish, stress noqulayliklari, favqulodda holatlarda hamda shaxs inqirozi holatlarida saqlash imkoniyatini beradi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Sotsial intellektning favqulotda yuz beradigan inqirozlar, uzoq cho'ziladigan stresslar, o'z-o'ziga bo'lgan hurmatni tushunib yetishi holatlarida yordam beruvchi mobilizasion funksiyasi juda muhim hisoblanadi. Ijtimoiy intellekt insonlar o'rtasidagi munosabatlarda sodir bo'ladigan hodisalarni prognoz qilish va ularga tayyor turish imkoniyatini beradi hamda psixologik zo'riqishlarga bo'lgan bardoshni mustahkamlaydi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kuchli globallashuv davrida axborot oqimi va iformatsion stresslar jarayonida hissiy-emotsional balansni saqlab turishda va insonning jamiyatga moslashib borishida sotsial intellektning o'rni muhimdir.

REFERENCES

1. Кодиров Б.Р. Иктидорлилик хдкида, Мактаб ва хаёт.1998-йил 3-сон

2. Rasulov A.I. Psixodiagnostika, O'quv-metodik qo'llanma. Toshkent-2009

3. Гилфорд Дж. Три сторони интеллекта // Психология мишления. Под ред А.М. Матюшкина. М., 1965

4. Гозиев 3.F. Талабаларни умумлаштириш усулларига ургатиш ва уларнинг аклий тараккиёти.- Т.:Укитувчи, 1983.

5. Бурлачук Л.Ф. Психодиагностические методи исследования интеллекта. -Киев, 1985.

6. Маджидов, Д. Б., & Шарофиддинов, А. (2017). Социальный интеллект как совокупность способностей, обеспечивающих адаптацию личности в обществе. In Актуальные вопросы современной психологии (pp. 22-24).

7. Majidov, J. (2020). СПОРТДАГИ МУЛОКОТ ИЖТИМОИЙ ПСИХОЛОГИК Х,ОДИСА СИФАТИДА. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (1).

8. Majidov, J. (2021). ВОПРОСЫ ГАРМОНИИ ПРЕДСТАВЛЕНИЯ МОЛОДЕЖИ О СЕМЕЙНОЙ ЖИЗНИ И УДОВЛЕТВОРЕННОСТИ СЕМЕЙНОЙ ЖИЗНЬЮ. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 7(1).

9. Majidov, J. (2021). НЕКОТОРЫЕ ОСОБЕННОСТИ ПРОЯВЛЕНИЯ ЧУВСТВА ОДИНОЧЕСТВА В ПОДРОСТКОВОМ ПЕРИОДЕ. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 7(1). извлечено от https: //ppmedu.j spi.uz/index.php/ppmedu/article/view/1375

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

10. Majidov, J. B. (2020). Some characteristics of relationships in football teams. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 1981-1988.

11. Majidov, J. (2021). KEKSALIK DAVRINING BIOLOGIK VA PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (2). извлечено от https://ppmedu.ispi.uz/index.php/ppmedu/article/view/3074

12. Jasur Majidov, СВОЕОБРАЗНОСТИ ВЗАИМООТНОШЕНИЙ В СИСТЕМЕ "ТРЕНЕР-СПОРТСМЕН" В ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ФУТБОЛЬНЫХ КЛУБАХ , Журнал Педагогики и психологии в современном образовании: № 1 (2020): Journal of Pedagogy and psychology in modern education

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.