Научная статья на тему 'ONTOGENEZNING TURLI DAVRLARIDAGI SHAXS IQTIDORINI NAMOYON BO‘LISH JIHATLARI'

ONTOGENEZNING TURLI DAVRLARIDAGI SHAXS IQTIDORINI NAMOYON BO‘LISH JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
162
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarbiya / barkamol shaxs / ijod / ishonch / o‘z-o‘zini tarbiyalash / iqtidor / qobiliyat / intellekt koeffisienti / ilm / test. / education / competent person / creativity / confidence / self-education / talent / abilities / IQ / science / test.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Munarova, Ra’no O‘sarovna, Soibnazarova, Muqaddas Norpo‘latovna

Mazkur maqolada barkamol shaxs iqtidorini namoyon bo‘lish davrlari, barkamol shaxs, ishonch, o‘z-o‘zini tarbiyalash, iqtidor tushunchalariga ilmiy jihatdan asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FEATURES OF PERSONAL POWER AT DIFFERENT PERIODS OF ONTOGENESIS

In this article, the periods of manifestation of the abilities of a harmoniously developed personality are scientifically substantiated by the concepts of a comprehensively developed personality, confidence, self-education, and talent.

Текст научной работы на тему «ONTOGENEZNING TURLI DAVRLARIDAGI SHAXS IQTIDORINI NAMOYON BO‘LISH JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ONTOGENEZNING TURLI DAVRLARIDAGI SHAXS IQTIDORINI NAMOYON BO'LISH JIHATLARI

Munarova Ra'no O'sarovna

Jizzax davlat pedagogika instituti Umumiy pedagogika kafedrasi katta

o'qituvchisi, Soibnazarova Muqaddas Norpo'latovna Jizzax davlat pedagogika instituti Umumiy pedagogika kafedrasi katta

o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada barkamol shaxs iqtidorini namoyon bo 'lish davrlari, barkamol shaxs, ishonch, o 'z-o 'zini tarbiyalash, iqtidor tushunchalariga ilmiy jihatdan asoslangan.

Kalit so'zlar: tarbiya, barkamol shaxs, ijod, ishonch, o'z-o'zini tarbiyalash, iqtidor, qobiliyat, intellekt koeffisienti, ilm, test.

АННОТАЦИЯ

В данной статье периоды проявления способностей гармонично развитой личности научно обоснованы понятиями всесторонне развитой личности, уверенности, самовоспитания, таланта.

Ключевые слова: образование, компетентная личность, креативность, уверенность, самообразование, талант, способности, IQ, наука, тест.

ABSTRACT

In this article, the periods of manifestation of the abilities of a harmoniously developed personality are scientifically substantiated by the concepts of a comprehensively developed personality, confidence, self-education, and talent.

Keywords: education, competent person, creativity, confidence, self-education, talent, abilities, IQ, science, test.

KIRISH

Bugungi kunda yoshlarni barkamol shaxs etib shakllantirish ta'lim- tarbiya jarayonida dolzarb masala bo'lib, muhim pedagogik - psixologik ahamiyatga ega. Ushbu dolzarb masalaning muvaffaqiyatini ta'minlashda o'quvchilarning o'z - o'zini tarbiyalash jarayonini to'g'ri, tizimli, rejali tashkil etish va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun o'quvchilardagi iqtidor mezonini aniqlab, ulardagi o'z-o'zini tarbiyalash, mustaqil ta'lim va ijodiy qobiliyatini o'quvchilarning

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hayotiy ehtiyojiga hamda ma'naviy rivojlanishining zaruriy shartiga aylantirish maqsadga muvofiqdir.

Bizga ma'lumki iqtidor sohiblarining hayoti, ijodi haqida turli qarashlar mavjud. Pedagog va psixologlarning fikriga ko'ra inson tayyor qobiliyat bilan emas, balki iste'dod kurtaklari bilan dunyoga keladi. Insonning iqtidori uning turli yoshida turlicha namoyon bo'ladi. Masalan o'zbek xalq shoiri Maqsud Shayxzoda 5 yasharligida 8-10 misradan iborat masal to'qigan, Turkiyaning mashhur shoiri Nozim Hikmat 13 yoshida she'r yozgan, taniqli musavvir Karl Bryullov yuksak qobiliyati tufayli 9 yoshidayoq rassomlik akademiyasiga qabul qilingan, u 13 yoshida "Chavandoz qiz" rasmini chizgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ba'zi bir shaxslar o'z iqtidorlarini keksaygan chog'larida ham namoyon etadi. Masalan, Yunonistonning atoqli dramaturgi Sofokl qarib- qartaygan chog'ida "Edip kolonnada" degan mashhur tragediyasini yozgan, Suqrot 94 yoshida "Atina madhiyasi" asarini yaratgan, uning ustozi Georgiy 107 yoshida vafot etgan, lekin hayotining so'ngi daqiqalarigacha ilm bilan shug'ullangan, shoir Beranje 77 yoshgacha, L.N.Tolstoy -82, Viktor Gyugo - 83, akademik I.P. Pavlov - 87, mikrobiolog Gamaley - 90 yoshgacha, Diogen, Demokrit, Tisian i Mikelanjelo ijodiy faoliyatini 80 yoshgacha, Bernar Shou esa 94 yoshgacha o'z ijodiy faoliyatini namoyon etgan. Ingliz yozuvchisi Bernard Shou aytganidek, "Yoshlik - ehtiros va hissiyotlar davri bo'lsa, keksalik - o'y - xayollar ijod va aql pallasidir"

Theoryandpractice ru manbasida yozilishicha, 1928 yildayoq amerikalik ruhshunos va pedagog Edvard Torndayk odamning ilm olish qobiliyati 20 yoshgacha rivojlanishini, keyin asta - sekin susayishini asoslab berdi. Zamonaviy IQ (intelligence quotient - intellekt koeffisienti) testlari nazariyasi mualliflaridan biri D.Xorn esa intellektning ikki turi mavjudligi borasida o'z qarashlarini ilgari surdi. Birinchisi, biologik asosga ega bo'lgan intellekt (u yosh ko'rsatkichiga bog'liq). Ikkinchisi, shaxs boshdan o'tkazadigan ijtimoiy voqea - hodisalar ta'siri o'laroq uning butun hayoti davomida hamrohlik qiluvchi intellekt. Demak, inson necha yoshda bo'lishidan qatiy nazar, unda ikkinchi turdagi intellekt mavjud bo'ladi va u hayotiy tajriba, kuzatuvlar orqali boyib boradi. Buni Yevropa geontologiya markazi ma'ruzachisi M. Formozaning ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida aytgan quyidagi gaplari ham tasdiqlaydi: "Yoshi kattalar, keksalar ta'lim jarayoniga mashg'ul bo'lish orqali moliyaviy va yuridik masalalarni yanada yaxshi tushuna boshlaydi. Ijtimoiy, siyosiy, texnologik o'zgarishlar borasida aniqroq tasavvur hosil

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

qiladi. Bundan tashqari, ularda yangi - yangi qiziqishlar paydo bo'ladi. Bu esa ulaming jismoniy va ruhiy holatini yaxshilaydi, ijtimoiy yolg'izlanib qolish va o'zini keraksizdek his qilishdan qutulishga yordam beradi."1

Shaxsning iqtidorini shakllantirish xususida turlicha qarashlar mavjud. Ba'zi manbalarda shaxs iqtidori uning oiladagi o'rni bilan bog'liqligini isbotlaydi, ya'ni oiladagi to'ng'ich farzand masalasidir. Buyuk shaxslarning ba'zilari, ya'ni Milton, Leonardo do Vinchi, Geyne va Rubinshteynlar oilada to'ng'ich farzand bo'lganlar. Lekin D.I.Mendeleyev, Mechnikov oilada kichik farzand bo'lganlar.

Shaxsning imkoniyatlari cheksizdir, lekin ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish uchun insonga sabr - toqat, mehnat, o'ziga ishonch va o'z - o'zini tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir. Zero, K. Bouvi insonning ishonchi haqida shunday yozadi, " Ko'pgina muvaffaqiyatsizliklar sababchisi - o'ziga ishonchsizlikdir"

Ishonch - biror-bir shaxsga uning so'zi, ishi va xatti-harakatlariga xayrixohlik va simpatiya bilan qarash, u bilan hamkorlik qilish, yaqin mun-at o'rnatishga asos bo'ladigan ma'naviy omil. Ishonch o'zaro to'g'rilik, adolatlilik, insofu diyonat, halollik, samimiylik va imoniga asoslanadi. Kishilar o'rtasidagi munosabatlar aniq ma'no-mazmun kasb etib borishi bilan ishonch mustahkamlanadi yoki aksincha buziladi.

Har bir inson vaqti - vaqti bilan diqqat - e'tiborini jamlab o'z shaxsiy hayotini kuzatishi lozim. O'z- o'zini tahlil qilmasdan inson shaxsi to'laqonli shakllanmaydi. L.N.Tolstoy bu xususida shunday yozgan: "Doimo shunday jiddiy fikrlayman, men qanday yashayapman, o'zimni tekshiraman". O'z-o'zini tekshirishni boshlash hech qachon kech emas, balkim doimo foydalidir. Inson o'z- o'zini tahlil etishni ongli tashkil etsagina, o'zida mavjud bo'lgan kamchiliklarni sezadi, o'z kamchiliklarini yo'qotishga o'zida kuch topadi.

Inson o'z - o'zini tarbiyalash uchun u qanday qoidalarni bilishi va bilim, ko'nikma, malakalarga ega bo'lishi kerak. Buning uchun u o'zini juda yaxshi bilmog'i, o'z- o'zini sidqidildan chuqur o'rganishi zarur. Ushbu xatti - harakatlardan o'z - o'zini tarbiyalash, o'z - o'zini rivojlantirish va o'z- o'zini shakllantirish jarayonlari boshlanadi.

Har qanday inson o'zida mavjud bo'lgan xislatlar va kamchiliklarni aniq bilmasdan turib o'z - o'zini tarbiyalashi mumkin emas. O'z- o'zini tahlil qilish optimistik xarakterga ega bo'lishi kerak.

1Maipn$aT 20013 h. 23 MapT 12 6.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

O'z- o'zini tarbiyalash jarayoni buyuk shaxslar hayotida muhim o'rin egallagan. Ular o'z ijodlari ustida muntazam ishlaganlar. Quyida bir necha buyuk shaxslar hayoti va ijodidan namunalar keltiramiz.

O'zbek xalqining iste'dodli shoiri va donishmandi Ahmad Yugnakiy tug'ma ko'zi ojiz bo'lishiga qaramasdan o'zining ustida muntazam ishlagan va o'zining mashhur asari "Hibatul - haqoyiq"("Haqiqatlar armug'oni") asarini yozib qoldirgan. Noma'lum shaxs tomonidan yozilgan qaydda shorning ko'zi ojiz bo'lgani va kitobning 14 bobdan iborat ekanligi aytiladi:

Tug'a ko'rmas erdi adibning ko'zi, Tuzatti bu o'n to'rt bob ichra so'zi.2

Az-Zamaxshariyning hayoti, ijodiy va ilmiy faoliyatini chuqur o'rganish katta ma'rifiy va amaliy ahamiyatga molikdir ulkan hayotiy, tarbiyaviy jihatlari, havas qilsa arziydigan darajada ibratli qirralari ham ko'pdir.

Ma'lumki, biron - bir allomaga nasib etmagan yuksak maqom - Jorulloh ("Allohning qo'shnisi") degan laqabga faqat buyuk vatandoshiiz az - Zamaxshariy musharraf bo 'lgan.

Yoshlik chog'laridan ilm-urfonga tashna bo'lib o'sgan az-Zamaxshariy o'z bilimini oshirish maqsadida o'sha davrning yirik ilmiy va madaniy markazlaridan biri bo'lgan Buxoroyi sharifga yo'l olgan. Ammo ilm tolibi yo'lda yuz bergan baxtsiz hodisa(otdan yiqilib oyog'i qattiq lat yegani, buning ustiga, qaxraton sovuq bo'lgani) tufayli bir oyog'ini kestirishga majbur bo'ladi va butun umri davomida yog'och oyoqda yuradi. Lekin bu nogironlik uning bilim olishiga to'sqinlik qila olmaydi. U yoshligidan ilm - fanning turli sohalarini, ayniqsa, arab tili va adabiyoti diniy ilmlar majmuasini mukammal egallaydi. Ayni vaqtda o'sha davrda ilm ahllari orasida g'oyatda zarur va muhim hisoblangan xattotlik san'ati sirlarini ham to'liq o'zlashtirib, uni obdon egallaydi va bu bilan o'z oilaviy turmush sharoiti, tirikchiligini ham bir qadar yaxshilaydi. Jismoniy notavonligiga qaramasdan az-Zamaxshariyning katta ishtiyoq va astoydii sobitqadamlik bilan bilim olish yo'lidagi ko'rsatgan bu jasorati va fidoiyligi har qanday tahsinga sazovordir va katta bir ibratdir.

Az - Zamaxshariy Qur'oni Karim bitilgan arab tilini yoshligidan katta havas va ishtiyoq bilan o'rgandi, arablarning hayoti va ularning urf - odatlarini, turli lahjalarini uzoq yillar tinimsiz tadqiq qildi. Alloma arab tiliga alohida mehr bilan qarar edi. Shu boisdan ham bu tilni chuqur o'rganish, arab tilining grammatikasi, leksikasi, umuman, arab tilshunosligiga oid bir qancha muhim asarlarni shu nogiron donishmand yaratgan.Uning jumlai jahonga dong'i ketgan "Muqaddimat ul - adab", "Al -

2H. M. MaraaeB Y36eK aga6nëTH Tapnxn. T.- 1976, 6.139

685

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Mufassal", "Asos al - balog'a" kabi yirik ta'liflari mana shu yo'nalishda yozilgan asarlardir. Arablarning "Agar xorazmlik shu ko'sa, cho'loq bo'lmaganida, arablar o'z tillarini bilmas edilar!" deb lo'nda qilib allomaga bergan bahosiga hech bir izohning hojati bo'lmasa kerak. Arab tiliga, uning behad katta imkoniyatlariga tan bergan alloma barcha asarlarini faqat arab tilida yaratgan. Bu tilni mukammal o'zlashtirganining boisi, albatta, katta mehnat va tinimsiz izlanishlar samarasidir.

Alloma nogironligiga qaramasdan sayohatu safarlarga o'ch bo'lgan. U Xuroson, Shom, Iroq, Hijozgda bo'lganligi yozma manbalarda qayd etilgan. Mana shu yurtlara bo'lganida o'sha davrning ko'p mashhur olimlaridan saboq oldi. "Mening sochlarimni oqartirgan narsa - bu muttasil kitob mutolaa qilish va tinimsiz sayohatlardir", - deb allomaning o'zi e'tirof etadi. Chindan ham bu hol mashhur sharqshunos olim, akademik I. Yu. Krachkovskiyning "Yog'och oyoqda yurganligiga qaramasdan az - Zamaxshariy hazratlari o't harakatchanligi bilan ajralib turgan", -deb yozishi ham bejiz emasligini ko'rsatadi3.

1093 kashfiyotiga patent olgan va dunyoning eng buyuk kashfiyotchilari-dan biri bo'lgan, lekin o'quvchilik paytida "qoloq" hisoblangan Edison: "Bolaligimda otam meni aqli past deb o'ylardi", degan edi. Eynshteyn esa o'qish va yozishga qiynalgani uchun tengqurlaridan orqada qolgandi. U haqida singlisi Maya Vinteler xotiralarida shunday yozadi: "Bolaligida rivojlanishi juda sekin edi. Gapirishga qiyialardi. Atrofidagilar uning soqov bo'lib qolishidan qo'rqishardi. Aytmoqchi bo'lgan narsalarni bazo'r gapirardi. Bu hol yetti yoshigacha davom yetdi" Qiyinchnlik bilan bo'lsa-da Eynshteyn maktabni bitirgach, universitetta o'qishga kirdi. Ammo universitetni bitirayotganida hech kimdan tavsiyanoma ololmagach, oddiyroq ishga, ya'ni Shvesiyadagi patent idorasiga ishga joylashdi. Go'yoki o'tmishi unga kelajakda xam o'rtahol bir hayotni va'da qilayotgandek edi.

Lekin bir lahzada hamma narsa o'zgardi. 1905 yil, 26 yoshli Eynshteyn o'sha mashhur formulasini "Nisbiylik nazariyasini" e'lon qildi. Endn u Nobel mukofotiga loyiq ko'rilgan mashxur olimga aylangandi. 1955 yil vafot etgan Eynshteyn hali hamon "dohiylik", "ustun zakovat" timsoli sanaladi.

O'limidan oldin bir guruh olimlar Eynshteyndan vafotidan so'ng miyasini tekshirib ko'rishga ruxsat berishini so'radilar. U ham ruxsatni bir shart, ya'ni o'zi yozib qoldiradigan maktubni tekshiruv natijalari e'lon qilinayotgan paytda ommaga o'qib berish sharti bilan berdi. Oradan bir necha yil o'tib, Eynshteyn vafot qildi. Olimlar miyani maxsus idishda saqlab, parchalarga bo'lib tekshiruvni boshlashdi. Ammo biron bir g'zyrioddiy narsaga duch kelishmadi. Jamoatchilikni esa

3y. yBaTOB Xopa3M^HK 6yroK a^OMa. T.: 2006, 6. 34-37.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Eynshteynni Eynshteyn qilgan jihat, ya'ni miyaning qanday ishlash jarayoni qiziqtirar edn. Tadqiqot yakunida o'tkazilgan matbuot anjumanida Eynshteyi o'limidan oldin bir maktub qoldirgani e'lon iilindi. Maktubda shunday satrlar bor edi: "O'zimni boshqalardai aqlliroq deb o'ylamayman. Bitta farqim, xayol kuchimdan ko'prok foydalanishimdadir".

Xulosa qilib aytsak, har bir insonda daho yashiringan. Qilinishi kerak bo'lgan ish shaxsni rivojlantiradi. Ya'ni hamma o'z miyasnning me'mori, desak xato qilmaymiz. Eng muhimi o'rganishni va fikrlashni o'rganishdir.

Demak, insonning shaxs bo'lib shakllanishida o'z - o'zini tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir. Chunki dahoning oddiy odamdan farqi shundaki, uning ishchanlik qobiliyati yuqori darajadaligidadir.

REFERENCES

1. Маърифат 20013 й. 23 март 12 б.

2. Маллаев Н. М. Узбек адабиёти тарихи. Т.- 1976, 6.139

3. Уватов У. Хоразмлик буюк аллома. Т.: 2006, 6. 34-37.

4. Kamolova, S. (2021). ПРЕЕМСТВЕННОСТЬ ФОРМИРОВАНИЯ МИРОВОЗЗРЕНИЯ СТУДЕНТОВ НА ОСНОВЕ ОБЩЕЧЕЛОВЕЧЕСКИХ ЦЕННОСТЕЙ. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 1.

5. Kamolova, S. (2021). THE ROLE OF UNIVERSAL AND SCIENTIFIC VALUES IN THE SPIRITUAL DEVELOPMENT OF FUTURE TEACHERS. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (2).

6. Kamolova, S. (2022). УКИТУВЧИ ПЕДАГОГИК КОБИЛИЯТЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ ПСИХОЛОГИК АСОСЛАРИ. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2(5).

7. Kamolova, S. (2021). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В ОБРАЗОВАНИИ ЯВЛЯЕТСЯ ТРЕБОВАНИЕМ СЕГОДНЯШНЕГО ДНЯ. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2.

8. Kamolova, S. (2021). АВЕСТОДА АХЛОКИЙ ИДЕАЛ ВА УНИНГ ИЖТИМОИЙ-ПСИХОЛОГИК КУРИНИШЛАРИ. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (3).

9. Kamolova, S. (2021). IMPLEMENTATION OF PEDAGOGICAL ETHICS IN FUTURE TEACHERS. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (3).

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

10. Камалова, Ш. У., Мунарова, Р. У., Ахмедова, Н. А., & Эшонкулов, Б. М. (2015). Педагогические взгляды Абу Али ибн Сины (Авиценны). Молодой ученый, (9), 1068-1070.

11. Яхшиева, М. Ш., Камолова, Ш., Эшонкулов, Э. С., Усанов, У. Н., & Уразолиев, Х. А. (2015). Самовоспитание-естественный процесс адаптации личности. Образование и воспитание, (1), 62-64.

12. Мунарова, Р. У., Камолова, Ш. У., Шакарбоева, Ш. А., Каршибоева, Д. Б., & Алимкулов, С. О. У. (2016). Великие мыслители Средней Азии о воспитании гармоничного и всесторонне развитого поколения. Проблемы педагогики, (2

(13)), 17-19.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.