SOMONIYLAR DAVRI TARIXINI RUS OLIMLARI ASARLARIDA O'RGANILISHI V. V. BARTOLD ASARLARIDA SOMONIYLAR TARIXINI
YORITILISHI
Farrux Burxoniddin o'g'li Kamoliddinov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tarix fani o'qituvchisi
farruxkamoliddinov@mail .ru
Ushbu maqolada Somoniylar tarixini rus tarixchi olimlar tamonidan o'rganilishi aks ettirilgan. Jumladan V.V.Bartold asarlarida Somoniylar bevosita ularning kelib chiqishi, nomlanishi va mamlakat ijtimoiy - madaniy va iqtisodiy tamonlari yoritilishi tahlil qilingan. Bundan tashqari ushbu maqolada Somomniylar davri haqidagi boshqa manbalardagi ayrim ma'lumotlarni keltirilgan.
Kalit so'zlar: Movaraunnahr, Xuroson, Somoniy hukumdorlar, mamlakat boshqaruvi, mansablar, yer egaligi, "Sohib ash-shurat"
This article describes the study of the history of the Samanids by Russian historians. In particular, the works of VV Bartold directly analyze the Samanids, their origin, naming and coverage of the socio-cultural and economic aspects of the country. In addition, this article contains some information about the Somoni period from other sources.
Keywords: Movaraunnahr, Khorasan, Samanid rulers, government, positions, land ownership, "Sahib ash-Shurat''
Somoniylar Movaraunnahr va Xurosonda mustaqil davlat tuzish uchun avvalambor, kuchli markazlashgan hokimiyat tuzish kerakligini yaxshi tushunishgan. Bu ayniqsa Ismoil Somoniy hukmronligi davrida kunning dolzarb masalasiga aylandi. Chunki Ismoil Somoniy Movaraunnahr va Xurosonni birlashtirishga va yagona markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo'ldi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Maqola umum qabul qilingan tarixiy metodlar-tarixiylik,
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
qiyosiymantiqiy tahlil, ketma-ketlik, xolislik tamoyillari asosida
April, 2022
yoritilgan bo'lib, mazkur mavzuning tarixshunosligi unchalik boy emas. Movaraunnahr va Xurosonda IX - X asrlarda hukumronlik qilgan Somoniylar davlati tarixi mavzusiga oid tarixiy tadqiqotlarni quyidagi uchta guruh: sovet davri, mustaqillik yillari hamda xorijiy tadqiqotlarga bo'lish mumkin. Sovet hokimiyati yillarida tarixchilar tomonidan yaratilgan ayrim tadqiqotlarda ham Somoniylar davlati tarixi va aholisi haqidagi fikrlar ma'lum ma'noda o'z aksini topgan.
MUHOKAMALAR
Endi bu davlatni idora qilish lozim edi. Shuning uchun Ismoil bir qancha islohotlar o'tkazdi. Mana shunday islohotlardan biri davlatni boshqarish ma'muriyatini joriy qilish bo'ldi. Bu islohotga binoan davlatni idora qilish saroyi (dargoh) va 10 ta devon (harbiy -fuqaro mahkamalari) tashkil etildi[1]. Ismoil Somoniy davlatning majmuini tashkil etishda Sosoniylar Eron va Arab xalifaligida qabul qilingan tajribalardan foydalandi va uni zamon talabiga qarab mukammallashtirdi.
Hokimiyatning eng yuqori pog'onasida somoniylar turib, ular amir unvoni bilan davlatni idora qilganlar. Davlat majmuini mustahkamlashda, Nasr II Somoniyning ma'rifatli vazirlari Abuabdullo Muhammad Jayhoniy va Abufazl Muhammad Balamiylarning xizmatlar katta bo'lgan[2]. Umuman, Somoniylar hukmdorligi davrida vazirlik mansabiga asosan shu ikki sulola vakillari tayinlangan. Davlat majmuini dargoh va devonlarga bo'linishi ma'lum darajada rasmiy bo'lgan. Chunki saroyning nufuzli kishilari ko'p xollarda devonlarning ishlariga aralashib turganlar. Saroyda siyosiy hokimiyat "Sohibi xoras" qo'li ostida bo'lgan. Sohibi Xoras Amirning farmonlari bajarilishini nazorat qilgan. Saroyda Sharbatdorlar, Dasturxonchilar, Tashtadorlar, Otboqarlar, xo'jalik beklari kabi turli xizmatchilar bo'lgan. Saroydagi hamma xo'jalik ishlarini "vakil" boshqargan. Vakil saroydagi e'tiborli kishilardan biri hisoblangan. Narshaxiyning yozishicha, Nasr II Somoniy hukmronligi davrida o'n devonga Buxoro registonida o'nta maxsus bino qurilgan[3].
Devonlar orasida vazir yoki "xo'ja buzurg" devoni alohida o'rin tutgan. Bu devonga boshqa hamma devonlar bo'ysungan. U hamma ma'muriy, siyosiy va xo'jalik mahkamalarini nazorat qilgan.
Davlatni idora etishda "mustaufiy devon" ham muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Bu devon davlatning butun moliya ishlarini boshqargan va nazorat qilgan. Devon xazinador tomonidan boshqarilgan.
"Devon Amir-al-mulk" yoki "al-rasayi" davlat ahamiyatiga molik bo'lgan rasmiy hujjatlarni tuzish bilan shug'ullangan.
April, 2022
901
Bundan tashqari bu devon chet davlatlaг bilan bo'ladigan munosabatlami ham boshqargan.
"Sohib ash-shurat" devoni davlatning butun hartiy ishlaгini, shu jumladan amiming shaxsiy qo'shinini boshqaгgan. "Sohib ash-shurat"ning maxsus yordamchisi-Aгis bo'lgan. U mahkama va uning boshlig'i amiг qo'shini xazinasi bilan shug'ullangan. Qo'shimcha bñ yilda to'гt maгta maosh to'lagan. Davlatni idora etishda "sohib al-borid" devonining ahamiyati ham juda katta bo'lgan. Bu devon davlat ahamiyatiga molik bo'lgan hujjatlami va xabariami yetkazish bilan shug'ullangan. Devonning hamma shahar va viloyatlaгda mahalliy mahkamalari bo'lgan.
"Muxtasiba" devoni bozoгlarni, sotuvchilami, qadoqboshlaming og'iгligi, bozordagi mollarning narxini, sifatini nazorat qilgan.
Davlat xazinasining daramadlarini va xaгajatlarini "mushrif" devoni nazorat qilgan. Bundan tashqari "qozi az-ziya" va "vaqf ' devonlaгi bo'lgan. "Qozi az ziya" devoni davlat yeriarini, "vaqf' devoni hadya etilgan yeriami va musulmon ruhoniylarining boshqa mol-mulklarini nazorat qilishgan.
Devonlaming aytarii hammasini viloyatlaгda boshqaгmalaгi bo'lgan. Devonlaming viloyatlaгdagi boshqaгmalaгi biг tomondan o'z devonlariga, ikkinchi tomondan viloyat hokimiga bo'ysunishgan. Bundan faqat "Sohib al-borid" devonining amaldoriari mustasno bo'lgan[4].
Viloyat va tumanlar amir tomonidan tayinlangan hokimlar tomonidan idora qilingan. Odatda bunday lavozimga mahalliy boy zodagonlar tavsiya etilgan. Somoniylar davlatida musulmon ruhoniylaming ta'siri nihoyatda kuchli bo'lgan. UlaT markaziy hokimiyat ishlarida ham faol ishtirok etganlar. Somoniylar davlatining diniy hayotida hanifiylar mazhabligiga mansub ruhoniylar hamma diniy lavozimlarni o'z qo'llariga olishgan. Ruhoniylaming boshlig'i "ustod", keyinchalik "Shayx ul-islom" deb atalgan. "Ustod" dan so'ng o'z lavozimi bo'yicha mho^y^ oгasida "xatib" tuгgan. U jome' masjidlaгida juma namozida xutba o'qish huquqiga ega bo'lgan. Bu davráa Buxoro Sha^dagi islom olamining eng nufuzli markazlaridan biriga aylanadi. Movarounnahrdagi dastlabki madrasalarning bu yerda barpo etilishi ham bejiz emas.
Mulki sultoniy - shaxsan amirga tegishli yer-suv, tegiïmon, do'konlaг. Bu mulkni qishloq chorikorlari ijaraga olganlar. Yana yer egaligining toma (umrbod beгilgan yeг), iqto (merosiy) tuгlaгi bo'lgan.
Xususiy shaxslarga tegishli mulk: hukmdor tabaqa xonadoni, dehqon-zodagonlarga, sayyidlar, sipohsolor, badavlat
April, 2022
902
savdogarlarga tegishli mulklar hisoblangan. Shartli yer egaligi ham bo'lgan.
Vaqf mulklari: diniy muassasalar va madrasalarga tegishli mulk. Bu mulkni muassasa mutavallisi boshqargan.
Jamoa mulki: yaylov, tog' yonbag'irlaridagi lalmi yerlar.
Xiroj hajmi shariat va davlat qonunlari asosida belgilangan. Somoniylarning birgina Buxoro va Karmana viloyatlari xirojidan tushgan daromadi 116866 dirxamni tashkil qilgan[5].
Somoniylar davrida yerlar qaytadan taqsim qilindi. Yer egalarining yangi guruhi tashkil topdi. Ularning ko'pi sipohiylardan chiqqan edi. Masalan, Alpteginning Xurosonda va Movarounnahrda 500 qishlog'i bo'lib, biror shahar yo'q ediki, unda uning qasri yo bog'i, yoxud karvonsaroyi bo'lmasa. Uning tasaruffida minglab otlar va chorva mollari bo'lgan.
NATIJALAR
Somoniylar davrida qudratli markazlashgan davlatning vujudga kelishi natijasida Movaraunnahr va Xurosonda ma'lum barqarorlik qaror topdi. Bu holat mamlakat iqtisodiy hayotiga katta ta'sir ko'rsatdi. Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo tez sur'atlar bilan rivojlana boshladi. Movaraunnahr va Xuroson bu vaqtda Sharqning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan o'lkalaridan hisoblangan. Tarixchilar va geograflar bu borada juda yaxshi ta'riflar yozib qoldirganlar. Ular, bu yerlar juda serhosil, tabiiy boyliklarga boy, unda ko'plab qishloq va shaharlar borligini, aholi uchun kerakli hamma narsalar mavjudligini zo'r ehtiros bilan bitganlar.
Xuroson va ayniqsa, Movaraunnahr dehqonchilik o'lkalari qatoriga kirgan. Bu yerlarda dehqonchilik asosan sun'iy sug'orishga asoslangan. Ko'plab soy va daryolardan chiqarilgan katta-kichik kanallar mavjud bo'lgan. Buxoro vohasida Shopurkon, Shohrud, Karmana, Poykand, Samarqand vohasida Barj (Darg'om), Barmsish, Buzmadisoy, Ishtixon kabi kanallar shahar va qishloqlarni suv bilan ta'minlagan. Bundan tashqari bunday kanallar Xorazm, Qashqadaryo, Farg'ona va Shoshda ham bo'lgan. Manbalarga qaraganda Shosh aholisi xalifa Mutasimga (833842) murojaat qilib vohada suv yetishmasligi tufayli kanal qurilishiga yordam so'ragan. Sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilikdan tashqari lalmikor dehqonchilik ham yaxshi yo'lga qo'yilgan.
Tarixchi Abu Mansur as-Saolobiyning Somoniylar Buxorosiga bergan ta'rifi butun O'rta Osiyo davlatlarining IX-XIII asrlardagi ahvoliga tegishlidir: "...shon-shuhrat makoni, saltanat ka'basi va
zamonasining ilg'or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining
April, 2022
yulduzlari porlagan hamda o'z davrining fozillaгi yig'ilgan (joy) edi". O'rta Osiyo hukmdorlari ilm ahli bilan yaqinlashdilar. Mamlakatni boshqarishda ularning bilimi va maslahatlaridan foydalandilaг. Hukmdoгlaгning aksariyati bu davгda o'z saгoylaгida olim, shok va usta san'atkoгlaг, turli sohalaг bo'yicha qimmatbaho kitoblami to'plashga odatlandilar. Saroyga jalb etilgan olim va shoirlar, kutubxonalardagi nodiг qo'lyozma asarlar bilan mag'гuгlanardilaг.
Damashq, Qohira, Bag'dod, Kufa, Basra va boshqa katta shaharlarda O'rta Osiyodan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shgan avlod-ajdodlarimiz bu davrga kelib ko'paya bordi. Bag'dod shahri Sharqning ilm-fan markazi sifatida olamga tanildi, chunki IX asrda bu yerda "Bayt ul-hikma"-("Donishmandlar uyi") Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi. Bunga monand holda X asr oxirlarida Xorazmda ham xalifa Ma'mun davrida (995-997-y.) "Donishmandlar uyi"- "Bayt ul-Hikma"- "Ma'mun akademiyasi" (Xorazm akademiyasi) tashkil topdi. Bu ikki ilm o'chog'larida Sharqning mashhur va ma'lum olimu-allomalari tahsil ko'rganlar. Ular orasida Ahmad Farg'oniy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa buyuk allomalarning nomlari bor.
Buxoroda qurilgan Ismoil Somoniy qabri ustiga pishiq g'isht bilan qurilgan go'zal maqbara. Bu bino to'rtburchak shaklida bo'lib, tomi gumbaz qilib yopilgan. To'rtburchakdan nayzali ravotlar yordami bilan sakkiz qirrali shaklga o'tilgan. Shu bilan birga bu bino to'rt fasadlidir.
XULOSALAR
Somoniylar hukmronligi davrini tarixiy adabiyotlarda yoritilishi mavzusini o'zi dolzarb. Ya'ni bu mavzuni tadbiq etishda birgina Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asari kamli qiladi albatta.Bu mavzuni ochishda albatta yevropalik tarixchilar qanaqa fikr bildirgan,ular Somoniylar davrini qay darajada ochib bera olganlar degan savolga ham to'xtalib o'tish kurs ishining dolzarbligini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Markaziy Osiyoda vujudga kelgan yirik markazlashgan davlat poytaxti Buxoro shahri bo'lgan Somoniylar davlati X asrning birinchi yarmi bu davlatning gullagan davridir. Somoniylarning oilaviy nisbasi,ya'ni nomi ularning ajdodi bo'lmish Somonxudot ismi bilan bog'liq. Somonxudotning kelib chiqishi haqida turli xil ma'lumot va fikrlar mavjud. Abu Bakr Narshaxiy (X asr) va Xamza Isfahoniy (X asr) keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, Somonxudot Balx viloyatidagi Somon qishlog'idan, al-Muqaddasiy (X asr) ma'lumotiga ko'ra esa, u Samarqand viloyatidagi Somon nomli
April, 2022
904
qishloqdan bo'lgan. "Sa'diya" nomli asarda (XVII asr) keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, uning asl ismi Arquq bo'lib, u Farg'onadan Termizga ko'chib kelgan va u yerda Somon nomli qishloqqa asos slogan. O'rta asrlarda Buxoro, Farg'ona, Toxariston, Xuttalon va boshqa viloyatlarda ham Somon nomli qishloqlar bo'lganligi qayd etilgan. Bu ma'lumotlar "Somon" toponimi yerlarida ham keng tarqalgan joy nomi bo'lganligidan dalolat beradi.
REFERENCES
1. В.В.БАРТОЛЬД - СОЧИНЕНИЯ.Т.2.Ч.1. «Восточной литературъ. 1963.Москва. 118ст
2. Камалиддинов Ш.С. Историческая география. С. 116 - 117.
3. Имеются данные, что родина Бахрама Чубина находилась в Мавераннахре (см.: Мухторов А. Сомониён. С. 38), а родиной Саманидов была Усрушана. См.: Мухторов А. Порча. С. 163.
4. Для этого имени допускается также чтение Шадил. См.: Мухтаров А. Сомониён. С. 285.
5. В арабском предисловии Бал ами к персидскому переводу сочинения ат-Табари. См.: Абу-л-Фазл ал-Бал ами. Т. l. С. 11.
6. Farrux Kamoliddinov (2021). AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI ADABIY MUHIT VA TASVIRIY SAN'ATNING BA'ZI JIHATLARI TARIXIY MANBALARDA. Academic research in educational sciences, 2 (9), 786-793.
7. Вольный А. Женский труд в промышленности // Чачваны горят. -М., -Т.,
8. Maxamatjonovich, N. O., & Burxoniddin o'g'li, K. F. (2022). Legal Education Is the Basis for the Development of Society. Journal of Ethics and Diversity in International Communication, 2(2), 5-8.
9. Valijonoivna Q.M., & Burxoniddin o'g'li, K. F. (2022). SOBIQ SOVET ITTIFOQI DAVRIDA TURKISTON HUDUDIDA AMALGA OSHIRILGAN "HUJUM" HARAKATI TAVSILOTLARI VA UNING OQIBATLARI. Innovative Developments and Research in Education, 3(2), 172-178
1931.
April, 2022