Научная статья на тему 'SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASINI RIVOJLANTIRISH BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI DOIRASIDA'

SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASINI RIVOJLANTIRISH BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI DOIRASIDA Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASINI RIVOJLANTIRISH BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI DOIRASIDA»

SOG'LIQNI SAQLASHSOHASINIRIVOJLANTIRISHBIRLASHGANMILLATLAR TASHKILOTINING BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI DOIRASIDA

Yusupova Faringiz O'ktam qizi,

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o'qituvchisi

e-mail: Faringiz002@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.11502403

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining (WHO) ma'lumotlariga ko'ra, teletibbiyotning barcha mamlakatlarga tarqalishi va ulardan samarali foydalanishga to'sqinlik qiladigan omil teletibbiyotni amaliyotga joriy etish uchun resurslar muammosi, infratuzilmalarning rivojlanmaganligi va texnik bilimlarning yetishmasligi va albatta, bemorlarning shaxsiy ma'lumotlarining davlatlar o'rtasida maxfiyligini saqlovchi xalqaro-huquqiy baza mavjud emasligi, teletibbiyot xizmatlarini ko'rsatishda tibbiyot mutaxassislarining javobgarligi masalalari asosiy huquqiy muammolardan biri deb hisoblangan.

BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasida belgilangan 169-ta maqsaddan 48-tasi bevosita axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarini ta'minlashga asoslangan bo'lib ushbu texnologiyalarni barcha sohalarda rivojlantirish asosiy vazifalar biri hisoblangan.

Xususan, BMTning BRM 17-maqsadida sog'liqni saqlash, fan, texnologiya va innovatsiya sohalarida BMT doirasida mavjud mexanizmlarni qo'llagan holda uch tomonlama, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni kengaytirish alohida yo'nalish sifatida ajratilgan. Ammo shunga qaramay sog'liqni saqlash sohasida teletibbiyot xizmatlaridan foydalanish tartibiga asoslantirilgan yagona universal hujjat mavjud emas.

Shu sababli tadqiqotimiz doirasida BMTning ixtisoslashgan organlari WHO va Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (ITU) tomonidan sog'liqni saqlash sohasida raqamlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash, teletibbiyot texnologiyalarini joriy etish bo'yicha qabul qilingan qarorlarini muhokama qilamiz.

2009-yilda WHO tomonidan sog'liqni saqlash sohasida axborot-telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish transmilliy loyihalarni amalga oshirish, xususan, teletibbiyot xizmatlarini ko'rsatishda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda baholash maqsadida elektron sog'liqni saqlash bo'yicha Global Observatoriya tashkiloti tashkil etilgan.

Global Observatoriya tashkiloti tomonidan 114 ta davlatda tadqiqotlar o'tkazilgan, ma'lumotlarga sog'liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, axborot-telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, teletibbiyot xizmatlaridan foydalanishda davlatlar quyidagi muammolarga duch kelishmoqda, xususan, malakali tibbiyot xodimlarining yetishmasligi, texnik imkoniyatlarning yo'qligi, rivojlangan mamlakatlarda ushbu sohada tartibga soluvchi mexanizmning yo'qligi, huquqiy jihatdan tartibga solinmaganligi eng katta muammolardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, ma'lumotlarga ko'ra, atigi 30 % mamlakatlarda sog'liqni saqlash sohasida teletibbiyot rivojlantirish agentliklari mavjud, 50 % umuman mavjud emas, 20 % mamlakatda ushbu soha bo'yicha faqat ilmiy tadqiqotlar qilishar ekan.

2005-yilda Jahon sog'liqni saqlash assambleyasining elektron sog'liqni saqlash bo'yicha WHA58.28 sonli rezolyutsiyasida davlatlarni "elektron sog'liqni saqlash tizimida uzoq muddatga amal qiluvchi strategik reja ishlab chiqish va amalga oshirishning strategik rejasini tuzishga chaqirdi. Unda asosan Elektron sog'liqni saqlash xizmatlari tizimlarini infratuzilmasini to'g'ri

loyihalash axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ularni targ'ib qilish ular taqdim etayotgan imtiyozlardan universal darajada foydalanish" talabi qo'yildi.

Mamlakatlarga va manfaatdor tomonlarga o'z sa'y-harakatlarini qo'llagan holatda elektron sog'liqni saqlash tushunchalari sohadagi milliy qonunchilik va resurslardan kelib chiqqan holda Elektron sog'liqni saqlash harakatlar rejasini (Konsepsiya) ishlab chiqish taklif etildi. Ushbu Harakatlar rejasida elektron sog'liqni saqlashni amalga oshirish asoslarini yaratish bajarilgan ishlar va erishilgan yutuqlarni monitoring qilish va baholash ko'zda tutilgan. Bunday strategik rejalar 120 ortiq a'zo davlatlarda ishlab chiqilganligini ta'kidlasak bo'ladi.

2013-yilda sog'liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, axborot telekommunikasiya texnologiyalardan foydalanish va a'zo davlatlar elektron sog'liqni saqlashda milliy qonunchilik mexanizmini yaratishga oid.Sog'liqni saqlash assambleyasi tomonidan WHA66.24 sonli rezolyutsiya qabul qilingan.

Ushbu Rezolyutsiyaga muvofiq, Jahon sog'liqni saqlash assambleyasi 2018-yil may oyida o'zining 71-sessiyasida WHA71.7 sonli rezolyutsiyani qabul qildi. Ushbu hujjatda asosan sog'liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga va davlatlarni sog'liqni saqlash sohasini raqamlashtirish uchun Global strategiya ishlab chiqishga qaratilgan.

2019-yil mart oyida WHO va Ijroiya kengashining 146-sessiyasi davomida 2020-2025-yillarga mo'ljallangan "Global sog'liqni saqlash sohasini raqamlashtirish Strategiyasi" ishlab chiqildi va Jahon sog'liqni saqlash assambleyasining 73-sessiyasida WHA73(28) son bilan tasdiqlandi. [4.35].

Global sog'liqni saqlash sohasini rivojlantirish strategiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi Jahon Sog'liqni saqlash assambleyasi rezolyutsiyalari, WHOning mintaqaviy hisobotlari shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining raqamlashtirish va innovatsiya bo'limi ekspert guruhlarining tavsiyalariga asosan ishlab chiqilgan.

Sog'liqni saqlash sohasida raqamli transformatsiya jarayoni allaqachon huquqiy tartibga solinishi kerak edi, lekin ayrim narsalar, masalan, Internet muammosi, masofaviy tibbiy yordam ko'rsatish (teletibbiyot), ma'lumotlarning maxfiyligi, elektron qurilmalarning tanqisligi, elektron platformalar va elektron ma'lumotlar bazasi tartibga solinmaganligi sababli hanuzgacha ushbu sohaning huquqiy tartibga solinmaganligi sog'liqni saqlashga asoslangan individual yondashuv mavjud emasligi ilmiy darajani oshirishni taqozo etmoqda.

Sog'liqni saqlash assambleyasining WHA71.7 sonli rezolyutsiyasida raqamli sog'liqni saqlash bo'yicha tavsiyalar, shu jumladan, ilmiy o'rganishlardan kelib chiqqan holda WHO tomonidan sog'liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo'yicha 10 ta ilmiy qo'llanma chop etilgan.

Sog'liqni saqlash tizimini raqamlashtirish konsepsiyasiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, global strategiyaning umumiy tushunchasini jadallashtirish orqali har bir insonning sog'lig'ini yaxshilash uchun mos keladigan, arzon, kengaytiriladigan va ishonchli raqamli yechimlar va individual yondashuvga asoslangan holda epidemiyalar va kasalliklar pandemiyasining oldini olish, ularni aniqlashga qaratilgan.

Bilamizki, har qanday xalqaro va milliy strategiyaning bajarishda a'zo davlatlarning qanday daromadli mamalakat ekanligidan kelib chiqan holda strategiyada ko'rsatilgan vazifalarning bajarilishi oson va samarali amalga oshiriladi, past va o'rta daromadli mamlakatlarda esa qiyinroq amalga oshadi. Shunga qaramay, Sog'liqni saqlash sohasini rivojlantirish uchun a'zo davlatlar turli mamlakatlar tajribasidan kelib chiqan holda raqamli texnologiyalardan foydalanish narxi, sifati, xavfsizligi va barqarorligini ta'minlab berishlari lozim.

Ushbu global strategiyaning asosiy maqsadi - sog'liqni saqlash tizimini mustahkamlash, raqamli sog'liqni saqlash texnologiyalarni rivojlantirish bemorlar va sog'liqni saqlash xodimlari salomatligini saqlashdan iborat. Ushbu berilgan vazifalarni bajarish davlatlarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda barcha sohalarda texnologiyalardan, tovarlardan va xizmatlardan foydalanishlari lozim.

Shifokorlar tomonidan teletibbiy xizmatlar ko'rsatilganda albatta bemorlarning ma'lumotlar bazasidan foydalanmasdan ushbu xizmatni amalga oshirib bo'lmaydi yuqorida keltirilgan Global strategiyada sog'liqni saqlash sohasida teletbbiyot xizmatlaridan foydalanganda shaxsiy ma'lumotlarning maxfiyligini saqlash uchun, ushbu sohani tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjat qabul qilish lozimligi davlatlar tomonidan ushbu shaxsiy ma'lumotlar daxlsizligini ta'minlab beradigan normativ baza shaklantirish ko'zda tutilgan. Global strategiyaning amal qilishi barcha a'zo davlatlar tomonidan sog'liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, elektron sog'liqni saqlash tizimini yo'lga qo'yish, a'zo davlatlar bemorlarning shaxsiy ma'lumotlari xavfsizligini ta'minlashlari lozim.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 25-moddasida har kim tibbiy yordam olish huquqi borligi, undan tashqari, 19-moddada va axborot izlash va olish erkinligi belgilanib o'tilgan - ushbu norma teletibbiyot sohasida xalqaro-huquqiy tartibga solishga hissa qo'shadi va tibbiy xizmatdan foydalanish va axborot olish inson huquqlarini amalga oshirish obyekti sifatida tan olinadi.

Bu sohada yetakchi rol Jahon sog'liqni saqlash tashkilotiga (WHO) tegishli [4.4] teletibbiyot rivojlanishiga hissa qo'shayotgan WHO va u bilan hamkorlikda ishlab kelayotgan Xalqaro elektr aloqa ittifoqi undan tashqari, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari - Tibbiy informatik xalqaro assotsiatsiyasi va Xalqaro elektrotexnika komissiyasi.

Teletibbiyot bilan bog'liq qoidalar Xalqaro mehnat tashkilotining Sog'liqni saqlash va dengizchilarga tibbiy yordam ko'rsatish konvensiyasining 7-moddasida belgilangan, unda dengizchilar kemalarda bo'lishganda sun'iy yo'ldosh yoki radio orqali kunning yoki tunning istalgan vaqtida mutaxassisdan tibbiy maslahat olishini ta'minlash bo'yicha davlatlarga majburiyat yuklatilgan.

Bundan tashqari, tibbiy maslahat kemalarning hududidan, ro'yxatga olinish joyidan qat'i nazar, bepul amalga oshiriladi. Konvensiyada tibbiy maslahat olish uchun kemalar portida radiostansiyalarning ro'yxati, shifokorlarning malakasi va ma'lumotlari bo'lishi lozimligi ko'rsatilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib teletibbiyotni xalqaro huquqda tartibga solish va davlatlararo teletibbiyot xizmatlaridan foydalanilganda bemorlar, shifokorlar, tibbiyot muassasalarining huquqlarini tartibga soluvchi hamda global strategiyaning asosiy maqsadi hisoblangan sog'liqni saqlash tizimini mustahkamlashda raqamli sog'liqni saqlash texnologiyalaridan foydalanish, iste'molchilar, sog'liqni saqlash xodimlari va bemorlar salomatligini saqlash O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga xalqaro hujjatlarning implementatsiya jarayonini keskin oshirish lozim.

2023-yil 21-mayda Jahon sog'liqni saqlash assambleyasining 76-sessiyasida bizning mamlakatimiz vakillari ishtirok etishdi, ushbu sessiyada ko'rilgan asosiy vazifalardan biri Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining umumiy sog'liqni saqlashni qamrab olish bo'yicha yig'ilishiga barcha davlatlarni yuqori darajada tayyorgarlik ko'rishga chaqirdi va

Sog'liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, teletibbiyot sohasini rivojlantirish masalalari bo'yicha davlatlarga tavsiyalar berdi.

Sog'liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, teletibbiyot texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha WHOdan tashqari Xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan ham ko'plab rezolyutsiyalar qabul qilingan va konferensiyalar o'tkazilgan, xususan, 1998-yilda ITU tomonidan Butunjahon telekommunikatsiyalarni rivojlantirish bo'yicha konferensiya Malta shahrida o'tkazilgan va unda davlatlarga sog'liqni saqlash sohasida telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini o'rganishni davom ettirishga chaqirdi.

1999-yilda ITU tomonidan Buenos-Ayres shahrida "Rivojlanayotgan mamlakatlar doirasida teletibbiyot rivojlantirish" bo'yicha simpoziumda davlatlarga teletibbiyotni rivojlantirish, raqamli texnologiyalardan foydalanish bo'yicha kelishuvlarni qo'llab-quvvatladi. Shuningdek, asosiy maqsad sifatida tibbiyotda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, uzoq masofadan turgan holda ma'lumotlarni uzatish va tibbiyot mutaxassislarini jalb qilish lozimligi ta'kidlangan va 2002-yilda Elektron sog'liqni saqlash to'g'risidagi rezolyutsiya imzolandi, unga asosan, Ittifoqqa a'zo davlatlarga quyidagi takliflar berildi:

Sog'liqni saqlash sohasida teletibbiyot texnologiyalarini rivojlantirish, loyihalarini ishlab chiqish, aholiga teletibbiyot xizmatlari haqidagi ma'lumotlarni yetkazish, ushbu soha bo'yicha mutaxassislarni jalb qilish va ishchi guruh tuzish belgilangan. Undan tashqari, xalqaro tashkilotlardan rivojlanayotgan davlatlarda loyihalar dasturlarini moliyalashtirishga chaqirdi.

2010-yilda ITU tomonidan Meksikada elektron sog'liqni saqlashda telekommunikatsiya tashabbuslarini kengaytirishga yuqori ustuvorlik bo'yicha konferensiya o'tkazildi. Ushbu konferensiyada 183-sonli Elektron sog'liqni saqlash bo'yicha rezolyutsiya qabul qilindi. Unga asosan, a'zo davlatlarga sog'liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, axborot-telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, ular bo'yicha standartlar ishlab chiqish taklifi berildi. Undan tashqari, konferensiya doirasida 2012-2015-yillarga mo'ljallangan Strategik reja tasdiqlandi, unga asosan quyidagilar belgilandi: rivojlanayotgan mamlakatlarga sog'liqni saqlash sohasini elektronlashtirish bo'yicha standartlarni ishlab chiqishga ko'mak berishdan iborat bo'lib ushbu sohada salohiyatni oshirish maqsadida axborot-telekommunikatsiya bo'yicha zarur o'quv adabiyotlari bilan ta'minlash, rivojlanayotgan davlatlardagi mavjud tarmoqlarni elektron sog'liqni saqlashni rivojlantirishga qaratish.

2022-yil 1-avgustda Inson huquqlari ta'minlashga qaratilgan uchta strategik maqsadni o'z ichiga olgan "2023-2030-yillarga mo'ljallangan WHO Yevropa mintaqaviy raqamli salomatlik mintaqaviy rejasi" qabul qilindi, ushbu hujjatga asosan sog'liqni saqlash sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy qilishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida standartlar va ko'rsatmalarni ishlab chiqish; sog'liqni saqlash sohasini raqamlashtirish va teletbbiyot texnologiylardan foydalanishda xorijiy mamlakatlar salohiyatini o'rganish; sog'liqni saqlash sohasini raqamlashtirishda tibbiyot xodimlarini bilimlarini oshirish maqsadida masofaviy ta'lim olish nazarda tutilgan.

2022-yil 13-sentabrda "2023-2030-yillarga mo'ljallangan Yevropa aholisining sog'lig'ini yaxshilash raqamli transformatsiyadan foydalanish" Mintaqaviy harakatlar rejasi bo'yicha rezolyutsiya tasdiqlandi, unga asosan, a'zo davlatlarni quyidagi vazifalarni bajarishga chaqirdi:

sog'liqni saqlash sohasida raqamli transformatsiyadan foydalanishga ustuvor ahamiyat berish, favqulodda vaziyatlarda zarur texnologiyalardan foydalanish bo'yicha standartlar ishlab chiqish;

sog'liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, teletibbiyot texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha milliy qonunchilik standartlarini va me'yoriy hujjatlar ishlab chiqish;

hukumatlar, tibbiyot tashkilotlari, ilmiy tadqiqot institutlari, nodavlat tashkilotlar, kompaniyalar bilan birgalikda sog'liqni saqlash standartlarini ishlab chiqish;

sog'liqni saqlash sohasini raqamlashtirishda aholining va tibbiyot muassasalari xodimlarining huquqlarini tartibga soluvchi normativ huquq bazani yaratish.

WHO Yevropa mintaqaviy direktoriga yilda ikki marotaba Mintaqaviy qo'mitaga olib borilgan ishlar bo'yicha hisobot taqdim qilishi lozimligi ko'rsatilgan.

Tadqiqotlarimiz natijasi shuni ko'rsatadiki, BMT doirasida sog'liqni saqlash sohasini raqamlashtirishda teletibbiyot texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha xalqaro mexanizmlar mavjud emasligi, bu esa kelgusida sog'liqni saqlash sohasida raqamlashtirish bo'yicha teletibbiy texnologiyalardan foydalanishda juda katta muammolarga sabab bo'lishi mumkin.

Xulosa sifatida ushbu tizimni takomillashtirish va xalqaro mexanizmni joriy qilish lozim, deb hisoblaymiz. Buni amalga oshirishda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning 12-moddasi va 2000-yilda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo'yicha qo'mita tomonidan 14-sonli umumiy Izoh asoslangan holda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo'yicha qo'mita doirasida sog'liqni saqlash sohasini raqamlashtirish va teletibbiy texnologiyalardan foydalanish bo'yicha keng ko'lamli masalalarni nazorat qiluvchi yordamchi organ tashkil etilishi maqsadga muvofiq bo'lar edi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.