Научная статья на тему 'SOG’LIQNI SAQLASH SOHASIDA TELETIBBIYOT XIZMATLARINI KOʻRSATISHNING XALQARO-HUQUQIY JIHATLARI'

SOG’LIQNI SAQLASH SOHASIDA TELETIBBIYOT XIZMATLARINI KOʻRSATISHNING XALQARO-HUQUQIY JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
14
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
teletibbiyot / raqamli texnologiyalar / raqamli transformatsiya / telesalomatlik.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Yusupova F.O.

Hozirgi vaqtda raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bilan sogʻliqni saqlash sohasida teletibbiyot va teletibbiyot usullarining rivojlanishining yangi bosqichida turibmiz. Shubhasiz, teletibbiyot xizmatlarining yanada rivojlanishi raqamli texnologiyalar rivojlanishiga bogʻliq (maʼlumotlar saqlash, sunʼiy intellekt va robototexnika texnologiyalari, kvant texnologiyalari va boshqalar), shuningdek, hali noyob tibbiy texnologiyalar va innovatsiyalar yaratilgani yoʻq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOG’LIQNI SAQLASH SOHASIDA TELETIBBIYOT XIZMATLARINI KOʻRSATISHNING XALQARO-HUQUQIY JIHATLARI»

Yusupova F. O.

Toshkent davlatyuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o'qituvchisi

ORCID: 0000-0002-8202-2160

SOG'LIQNI SAQLASH SOHASIDA TELETIBBIYOT XIZMATLARINI KO'RSATISHNING XALQARO-HUQUQIY JIHATLARI

Annotatsiya. Hozirgi vaqtda raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bilan sog'liqni saqlash sohasida teletibbiyot va teletibbiyot usullarining rivojlanishiningyangi bosqichida turibmiz. Shubhasiz, teletibbiyot xizmatlarining yanada rivojlanishi raqamli texnologiyalar rivojlanishiga bog'liq (ma'lumotlar saqlash, sun'iy intellekt va robototexnika texnologiyalari, kvant texnologiyalari va boshqalar), shuningdek, hali noyob tibbiy texnologiyalar va innovatsiyalar yaratilgani yo'q.

Kalit so'zlar: teletibbiyot, raqamli texnologiyalar, raqamli transformatsiya, telesalomatlik.

Yusupova F.O. teacher

Department of International Law and Human Rights

Tashkent State Law University ORCID: 0000-0002-8202-2160

INTERNATIONAL-LEGAL ASPECTS OF THE PROVISION OF

TELEMEDICINE SERVICES IN THE FIELD OF HEALTH CARE

Abstract. Currently, with the development of digital technologies, we are at a new stage of development of telemedicine and telemedicine methods in the field of health care. Undoubtedly, the further development of telemedicine services depends on the development of digital technologies (data storage, artificial intelligence and robotics technologies, quantum technologies, etc.), and unique medical technologies and innovations have not yet been created. In the era of globalization, many international legal documents are being developed and ratified by countries in order to apply and regulate the use of information and telecommunication technologies in the field of health care

Keywords: telemedicine, digital technologies, digital transformation, telehealth.

Sog'liqni saqlash tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish inson huquqlarini ta'minlashga qaratilgan eng muhim universal va mintaqaviy xarakterdagi deyarli barcha xalqaro hujjatlarda o'z aksini topgan. Xususan, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning 12-

moddasida sog'liqni saqlash sohasida insonlarga sog'liqni saqlash texnologiyalaridan foydalangan holda sifatli tibbiy yordam bilan ta'minlash zarurati nazarda tutilgan [1] 2000-yilda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar qo'mitasi tomonidan 14-sonli umumiy Izoh qabul qilingan unda davlatlar tomonidan insonlarning salomatlik huquqlarini ta'minlashda bir-biriga bog'liq bo'lgan bir necha element aniqlangan. Ulardan biri insonlarning sog'liqlari haqidagi ma'lumotlardan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda bemalol olishlari, izlashlari, tarqatish huquqlarini o'z ichiga oladi. Biroq ushbu ma'lumotlarning maxfiyligini saqlagan holatdagina amalga oshirishlari belgilangan [2].

Marinelli S, Basile G, Zaami fikriga ko'ra "Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti teletibbiyot sohasini huquqiy tartibga solish qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'p marotaba ta'kidlab o'tgan, bu esa uning rivojlanish omillaridan biri sifatida tavsiflangan" [3.33] deb takidlashgan.

Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori N.E. Gafurovaning fikriga ko'ra, bugungi kunda tibbiyotni raqamlashtirish deganda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, tibbiyotning barcha sohalariga bosqichma-bosqich joriy etish tushuniladi. Ammo ushbu sohaning o'ziga yarasha muammoli taraflari mavjud, ular - bemorlarning shaxsiy ma'lumotlari tarqalishi, inson huquqlari buzilishi, shaxsiy ma'lumotlarning maxfiyligini saqlovchi huquqiy jihatlar ishlab chiqilmaganligi. Shu sababli ushbu sohani raqamlashtirishda qonunchilik bazasini takomillashtirish lozim [4.34].

1986-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Rivojlanish huquqi to'g'risidagi deklaratsiyada davlatlar sog'liqni saqlash sohasini rivojlantirishi va asosiy resurslardan foydalanish orqali insonlarning ushbu huquqlardan foydalanishlari uchun o'z milliy huquq tizimlarida barcha choralarni ko'rishlari zarurligi ko'rsatilgan [5]

1994-yilda sog'liqni saqlash texnologiyalaridan foydalanish, sog'liqni saqlashning muhim elementi va inson xavfsizligi, tibbiy xizmatlarning samarali amalga oshirilishi xaqida birinchi marotaba "Inson xavfsizligining yangi o'lchovlari" haqidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturida ko'rsatilgan. Shu bilan birga, 2000-yilda Bosh Assambleya tomonidan tasdiqlangan "Mingyillik rivojlanish" Maqsadlari doirasida sog'liqni saqlash sohasida texnologiyalardan foydalanishning to'liq amalga oshirilishi lozimligi ko'rsatib o'tilgan.

1923-yilda Millatlar Ligasi qoshida sog'liqni saqlash tashkiloti tashkil etilgan, ushbu tashkilot Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti samarali ish olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uchun xizmat qilgan. Bundan tashqari, tadqiqotchilar qayd etishicha, Millatlar Ligasi qoshidagi sog'liqni saqlash tashkiloti kasalliklarni, holatni hisobga olishning statistik usullarini joriy etishgan va ular tomonidan sog'liqni saqlash bilan bog'liq xalqaro amaliyotga oid ko'plab savollar o'rganilgan [6].

Hozirgi kunda WHOdan tashqari, bir qator xalqaro nodavlat tashkilotlar mavjud, ular turli yillarda tashkil etilgan va turli xil masalalarga qaratilgan, shu jumladan, Jahon tibbiyot assotsiatsiyasi (1947), Tibbiyot huquqi bo'yicha Jahon assotsiatsiyasi (1967), Xalqaro bioetika assotsiatsiyasi (1992) va boshqalar. Bunday uyushmalarning sa'y-harakatlari bilan kongresslar, konferensiyalar o'tkaziladi, ularda tibbiyot sohasidagi qonunchilikni rivojlantirish va sog'liqni saqlashni raqamlashtirish, tartibga solish masalalari muhokama qilinadi va tegishli xalqaro hujjatlar ishlab chiqildi.

2005-yilda Jahon sog'liqni saqlash assambleyasi tomonidan electron tarzda sog'liqni saqlash bo'yicha WHA58.28 sonli rezolyutsiyasi [7] qabul qilingan, unga asosan, a'zo davlatlarni sog'liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, elektron tibbiyotdan foydalanish bo'yicha uzoq muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishga chaqiradi.

Undan tashqari, 2013-yilda Assambleya tomonidan WHA66.24 sonli rezolyutsiya [8] qabul qilindi va a'zo davlatlarni sog'liqni saqlash sohasini elektronlashtirish bo'yicha o'zaro muvofiqlik va sog'liqni saqlash sohasini standartlashtirish va qonunchilik mexanizmlarini ishlab chiqishga chaqirdi.

Yuqorida keltirilgan rezolyutsiyalarga asoslangan holda 2018-yil Jahon sog'liqni saqlash assambleyasi tomonidan Sog'liqni saqlash tizimini raqamlashtirish to'g'risida WHA71.7 sonli rezolyutsiya [9] qabul qilindi va Bosh direktorga a'zo davlatlar bilan maslahatlashgan holda sog'liqni saqlash sohasida Global strategiyani ishlab chiqish vazifalari yuklatildi.

2019-yil mart WHO va Ijroiya Kengashining 146-sessiyasi davomida 2020-2025-yillarga mo'ljallangan Global raqamli sog'liqni saqlash strategiyasi qabul qilindi. Ushbu global strategiyaning asosiy maqsadi sog'liqni saqlash sohasida raqamli telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, sog'liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, teletibbiyot rivojlantirish, bemorlar va sog'liqni saqlash xodimlarining barcha ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan.

References:

1. Varyushin M.S. Pravovoye regulirovaniye telemeditsiny v Rossii i YES: dva shaga vpered i odin nazad [Legal regulation of telemedicine in Russia and the EU: two steps forward and one back]. Law, 2018, no. 1, p. 165.

2. Elektronnyye meditsinskiye karty v yevropeyskikh stranakh [Electronic health records in European countries]. Available at: www.aksimed.ru/download/center/present/europe.pdf (accessed 11.12.2014).

3. Bashshur R.L. Telemedicine Effects: Cost, Quality, and Access. Journal of Medical Systems, 1995, vol. 19, no. 2, pp. 81-91.

4. Gafurova Nozimahon Eldarovna voprosi razvitiya I pravove regulirovanie sivravizatsii medicine v Respublike Uzbekistan vestnik yurista №4, vipusk 2 -34

5. Deklarsiya o prave na razvitie prinyata Rezolyusiye 41/128 Generalnoy Assamblei ot 4 dekabrya 1986 goda https://ww.un.org/ru/documents/decl_conv/declarations/right_to_development.s html

6. Orlov O. Rossiyskoy telemeditsine - byt' [Russian telemedicine - to be]. Available at: https://www.itweek.ru/idea/article/detail.php?ID=53109 (accessed 19.06.2021).

7. Document 7.WHA58.28 eHealth "Standardization and interoperability: sixty-sixth world health assembly agenda item 17.5 https ://apps.who. int/ gb/ebwha/pdf_files/WHA66/A66_R24-en.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.