xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
SO'Z O'ZLASHTIRISHDA AKKUMULYATSIYA HODISASI Qo'ziyev Umidjon Yandashaliyevich
NamDUdotsenti, PhD Sobirova Madina Mahmudjon qizi
NamDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7350230
Annotatsiya. Tilda so'zlarning o'zlashuvi, ularning leksik qatlamda uzoq saqlanib qolish, lug'at tarkibidan joy olishi shunchaki mexanik hodisa emas. So'zlar tildagi o'rni o'tkinchi hodisa bo'lib, saqlanib qolish semantik akkumulyatsiya hodisasi bilan bog'liqdir. Biz maqolada akkumulatsiya hodisasining ayrim semantik va leksikografik jihatlariga e 'tibor qaratganmiz.
Kalit so'zlar: akkumulatsiya, donor til, akkumulyativ birlik, semantik birlik, variant , valentlik, fitonim, metafora, onomastik birlik, muqobillik, davlat tili.
Аннотация. Заимствование слов в языке, их длительное сохранение в лексическом слое, их место в словарном запасе - это не просто механическое явление. Место слова в языке — явление преходящее, и его сохранение связано с явлением смыслового аккумуляции. В статье мы сосредоточили внимание на некоторых семантических и лексикографических аспектах феномена аккумуляции.
Ключевые слова: аккумуляция, язык-донор, аккумулятивная единица, семантическая единица, вариант, валентность, фитоним, метафора, ономастическая единица, альтернатива, государственный язык.
Abstract. The borrowing of words in a language, their long-term preservation in the lexical layer, their place in the vocabulary is not just a mechanical phenomenon. The place of the word in language is a transient event, and its preservation is connected with the phenomenon of semantic accumulation. In the article, we focused on some semantic and lexicographic aspects of the accumulation phenomenon.
Key words: accumulation, donor language, accumulative unit, semantic unit, variant, valency, phytonym, metaphor, onomastic unit, alternative, state language.
Turkiy tillar oilasiga kiruvchi o'zbek tilining ildizi juda uzoqqa borib taqaladi. V-VII asrlardayoq bitilgan O'rxun-Enasoy yozuvlari, ularda hozir ham o'zbek tilida qo'llanilib kelayotgan so'zlarning mavjudligi so'zimning yaqqol isbotidir. Har qanday til o'sha tilda so'zlashuvchilar taraqqiy etib borgani sari turli maqsad va sabablarga ko'ra boyib boradi. Bu boyishlar ehtiyoj yuzasidan yangi so'zlar yasalishi yoki chetdan olib kirilgan so'zlar hisobiga yuz beradi. Chetdan kirib keladigan so'zlar hisobiga so'z boyligimiz ortishi qaysidir ma'noda chet tili madaniyatini, uning zamonaviy yutuqlarini, fikrlash olamini o'zbek tili kishilari hayotiga kirib kelayotganligini bildiradi. Agar rostdan o'zbek tilida tarixan mavjud bo'lmagan so'zlar chet tillaridan o'zlashtirilsa, bu o'zbek tili uchun yutuqdir. Ammo aksincha, bir so'z o'zbek tilida mavjud bo'la turib chet tilidagi muqobilidan foydalanila boshlansa, u holda yangi so'z o'zbek tilidagi so'zni unutilishiga olib keladi, ya'ni qaysidir ma'noda o'zga tilni o'zbek tildan ustun qo'yish hisoblanadi. Tilimiz sofligiga putur yetadi. Ma'lum tildagi faol qo'llanilayotgan leksemalarning boshqa tillarga ko'chib yurishi ko'plab tillar o'rtasida kuzatiladi. Va bu hodisa fanda akkumulyatsiya termini orqali izohlanadi .
Akkumulyatsiya- biror tilda faol ishlatiladigan so'z,ibora va shu kabilar ta'sirida shunday til birliklarining boshqa tillarda ham faol ishlatilishi.[1]
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
So'zlar tilga o'zlashgan vaqtida odatda doim bir ma'noli bo'ladi. Keyinchalik ularni qabul qiluvchi tilda ma'nolar qo'shilib boradi. Semantik jihatdan to'yinish ikki xil tarzda ro'y beradi: l.O'zlashgan so'zga donor tildagi boshqa tushunchalarni birlashtirish orqali. Masalan, qiyomat so'zi arab tilidagi diniy mazmun kasb etadi. Insonlarning qayta tirilish kuni, tik turish, qo'zg'olon, g'avg'o, to'polon kabi so'zlarning umumiy jamlanmasini bildiradi. Shu kabi hollarda o'zlashma so'z o'z tilidagi ko'plab tushunchalarni o'zida jamlab keladi, keyingi o'zlashmalarga ehtiyoj qolmaydi. Misol tariqasida laylat ul-qadr so'zini ham ko'rishimiz mumkin.
LAYLATULQADR: [arabcha — qadr kechasi] din. Ramazon oyining muqaddas sanaluvchi yigirma yettinchi tuni. Ramazon oyining 27-kechasi "laylatulqadr ", ya'ni "qadr kechasi " sanalar edi. [2] Laylat ul-qadr — o'zbek tilida diniy tushunchanigina bildirib qolmay, "quvonchli kun" ma'nosini ham bildiradi. Bu o'zbek tilida o'ziga xos madaniy semaga ega bo'lganini ham ko'rsatadi.
2. Qabul qiluvchi tilda o'zlashgan so'zga yangi ma'nolarning biriktirilishi. Bu metafora, metonimiya, kinoya, shuningdek, turli ijtimoiy omil va qarashlarga bog'liq jarayondir. Masalan, bugungi so'zlashuv uslubimizga doir "assalomu alaykum" lug'aviy birligi ham dastlabki o'zlashgan vaqtida insonlarni bir birga sog'lik, salomatlik tilash ma'nosida qo'llangan. Vaqtlar o'tib esa uning shaklan o'xshash lekin semantik jihatdan o'zgargan variantlari paydo bo'ladi. Akkumulyativ so'zlar jamlagan semalar lug'atlarning izoh qismidagi ko'chma ma'nolari kabi yoki omonimlar kabi alohida raqam bilan berilmaydi.
M:Assalomu alaykum! - dedim cho'zib. - Gapingni aytaver,kimsan? ...[3].
Ko'rinib turibdiki, bu o'rinda salomlashish maqsadida qo'llangan birlik sog'lik tilash bilangina cheklanmay, boshlang'ich murojaat vazifasini ham bajaryabti. Ayrim o'rinlarda kinoyaviy shaklda ham uchratishimiz mukin. Masalan: Buyog'i qanday bo'ldi degandek, zaharxanda bilan, assalomu alaykuum deb o'tdi! Akkumulyativ birliklar bildirgan semalar asos tilda mavjud bo'lmaydi. Qiziq jihati, aynan shu semalar leksikografik tavsifda muhim o'rin tutadi. Ular sema shaklida so'zning turli valentliklarini to'ldiradi. Jumladan, payt, sabab, o'rin, miqdor kabi valentliklarini.
M: Ekinlar orasida tez ko'payadigan, ildizpoyali ko'p yillik begona o't. Salomalaykum O'zbekistonning barcha sug'oriladigan hududlarida.. begona o't sifatida kop uchraydi.[4] Misoldagi fitonim so'zlashuv uslubiga kirib kelgan akkumulyativ birlikni qo'llash vaziyati nuqtayi nazaridan metaforik tarza paydo bo'lgan. Akkumulyativ birliklar qisqarib birikmadan so'zga aylanishi va iste'molda bir xil ma'noda qo'llanilishi ham mumkin. M: - Salom ! - dedim hovliqib, ertalab ko'rishgan bo'lsak ham. - Salom. Nima, uyqungiz kelmayaptimi? [5] Qisqargan shaklida ham ifoda maqsadiga qarab har xil semalarni ifodalaydi. Ayrim so'zlar semantikasida madaniy, etnografik va tarixiy ma'lumotlar yashiringan, shu sababli ham ular bir necha tushunchani birdagina nomlab keladi.
Masalan, NAVRO'Z: I [forscha — yangi kun] 1 Shamsiya yil hisobida yangi yilning birinchi kuni (mart oyining 21-kuniga to'g'ri keladi). 2 Bahor chog'i, bahor. Navro'z yomg'iri. Navro'z bayrami Eski sana hisobidagi yangi yil va bahorning boshlanishi munosabati bilan o'tkaziladigan bayram. Navro'zi ajam O'zbek mumtoz kuylaridan birining nomi. 3 Navro'z (erkaklar ismi).[6] Navro'z onomastik birlik sifatida hozirda bahor bayrami, yangilanish, yosharish fasli sifatida qo'llanilib, avvalgi yangi yilning birinchi kuni semasidan biroz uzoqlashgan. O'zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hikoyalarida ham akkumulyativ
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
birliklar o'sha davr so'zlashuv uslubini ifodalash uchun qo'llanilganini ko'rishimiz mumkin. Yozuvchining "San'atkor" nomli hikoyasi bosh qahramoni nutqida quyidagi gaplarni uchratishimiz mumkin: "...Pojarnimi, pojarningmi? Shoshma nima uchun pojarni? Pojarni albatta!..."[7] Ushbu gap tarkibida qo'llangan pojarni leksemasi hozirda o't o'chiruvchi ma'nosini beruvchi ruscha leksemadir. Va bu leksema o'zbek tilida mavjud bo'lmaganligi uchun emas, rus tilining ta'sir doirasi o'zbek tilida kengligi uchun ommalashgan. Shu jihatdan akkumulyatsiya tilning sofligini buzishga xizmat qilgan. Abdulla Qahhorning "Xotinlar" nomli hikoyasida ham quyidagicha nutq mavjud: "...Katta paxoddan keyin hozir dam olib o'tiribmiz. ..."[8] Bu harbiy xizmatdagi askarning xatidan parcha edi . Unda qo'llangan "poxod" leksemasi ham rus tilidan kirib kelgan. Misolda o'sha davrdagi tilimizda akkumulyativ birliklarni tarqalishiga kuchli ta'sir qilgan chet elda o'talgan harbiy xizmat davri xalq ongiga va nutqida qanday namoyon bo'lganini ko'rishimiz mumkin. O'z tilimizga xurmat tushunchasiga bepisand qarash oqibatida mustaqillik davrida ham ko'p o'rinlarda ruscha leksemalar so'zlashuv uslubida qo'llanilib kelinmoqda. Akkumulyatsion birliklarni biz yaqin kungacha harbiy sohalarda (smirna, nalevo, napravo...kabi buyruqlar va harbiy terminlar), tibbiyotda (naznicheniya, licheniya, medasmotr, medsestra, skory pomosh, poleklinika, bolnitsa...),ta'limda (raspisaniya, kanikul,pragul, klaskom, zacho'tka, atrabotka...), savdo- sotiqda(zaklad, zdachi, nalog, rasschot,..),kasblar nomlanishida (voditel, buxgalter, zavxo'z, axranitel, vidushi, sekretar, ..) va yana ko'p sohalarda ko'rishimiz mumkin edi. Garchi bu so'zlarni o'zbekcha muqobili mavjud bo'lsa ham .Bu esa yuqorida keltirilgan so'zlarni ya'ni akkumulyatsiyalarni yosh avlodlar xuddi o'z ona tilidek qo'llashdan hijolat tortmasligiga va buni davomiy bo'lishiga olib keldi . Abdulla Qahhorning "Dumli odamlar" nomli hikoyasida quyidagi jumlalar mavjud: Meliboy aka, pensioner, partizan jiyanim turistlar idorasida ishlaydi...[9] Misolda qo'llangan "pensioner" so'zini o'zbekcha muqobili "nafaqaxo'r" bo'la turib, asosan, 40yoshdan yuqori avlod hozirgi kunda ham pensioner shaklida qo'llab kelishadi. Quvonarlisi shuki, 1989-yil 21-oktabr kuni o'zbek tili davlat tili maqomini olganidan beri tilimiz o'zini tiklab kelmoqda! Va yangi avlod nutqidan ko'plab o'zbekona so'zlarni uchratishimiz tabiiy. "Davlat tili masalasi milliy g'oyamizning asosiy tamoyillaridan biri bo'lishi zarur. Yosh avlod qalbiga ona tilimizni bolalikdan singdirish maqsadida ta'limning barcha bosqichlarida o'zbek tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal o'rgatishga alohida e'tibor qaratishimiz lozim. Toki, bolalarimiz o'zbek tilida ravon o'qidigan, ravon yozadigan va teran fikrlaydigan insonlar bo'lib yetishsin!"- deb ta'kidlaydi muhtaram prezidentimiz. Nizomiddin Mahmudov "Tilimizning tilla sandig'i" nomli esselar to'plamida shunday fikrlarni keltiradi: "Har bir kasb egasining o'ziga hos ish quroli bor, bu qurol ishni bajarishni osonlashtirishga,qulaylashtirishga yordam beradi, shuning uchun ishni tugatgandan keyin tadbirli odam ish qurolini tozalab,tartibga keltirib,avaylabgina olib qo'yadi. San'atkor ham xuddi shunday, dutor,tor yoki boshqa cholg'u asbobini ehtiyotlab g'ilofda asraydi, ovozining ham buzilmasligi uchun tegishli tadorigini ko'rib yuradi. Ammo taassuflar bo'lsinki, eng asosiy qurollaridan bo'lmish so'zga esa aksar san'atkor benihoya sezgisiz, palapartish nopisand munosabatda bo'ladiki, bu ham bir urfga aylanib bormoqda."[10] Bu tanqidiy so'zlar ortida ona tilimiz sofligini saqlash yo'lidagi bir yo'l yashirin . San'atkor, so'z ustalari, suhandonlar, aktyorlar, jamiki xalq e'tibor markazidagi kasb sohiblarining tilimizga bo'lgan to'g'ri munosabati natijasida o'zbek tili akkumulyativ birliklarning salbiy oqibatlaridan omonda qolib,ravnaq topa oladi.
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
REFERENCES
1. Азим Х,ожиев. Тилшунослик терминларининг изошли лугати. - Тошкент: УзМЭ, 2012 . 9-бет.
2. Узбек тилининг изошли лугати. - Тошкент: УзМЭ, 2006-2008 - 485-бет.
3. Xudoyberdi To'xtaboyev. Sariq devning o'limi: qissa.— Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019. 139-bet.
4. Узбек тилининг изошли лугати. - Тошкент: УзМЭ, 2006-2008. 430-бет.
5. Умарбеков У. ^иёмат карз. Х,икоялар.— Т: Nurafshon Business, 2021. 49-бет.
6. Узбек тилининг изошли лугати. - Тошкент: УзМЭ, 2006-2008. 8-бет.
7. Abdulla Qahhor. O'g'ri. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2019. 24- bet.
8. Abdulla Qahhor. O'tmishdan ertaklar. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019. 367-bet.
9. Abdulla Qahhor. Dahshat. - Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2019. 71-bet.
10. Низомиддин Махмудов. Тилимизнинг тилла сандиги. - Тошкент: Гафур Гулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2012 .16-бет.
11. Kuziev U., Aslanova S. Y. DICTIONARIES COMPILED BASED ON NAVOI'S WORKS //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019. - Т. 1. - №. 6. - С. 319326.
12. Кузиев У. Я. About sociolects and their place in glossaries (in example Uzbek language and dictionaries) //Научные исследования: теория, методика и практика. - 2017. -С. 281-286.
13. Khashimova K., Kuziev U. PARTICIPATION OF LANGUAGES OF OTHER SYSTEMS IN THE FORMATION OF THE UZBEK LITERARY LANGUAGE //З&рник наукових праць АОГОЕ. - 2020. - С. 22-25.