SO'NGGI YILLARDA O'ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHGA AJRATILGAN XALQARO KREDIT VA
INVESTITSIYALAR
Abiyev Davron Ilxomovich
SamISI tayanch doktoranti e-mail: [email protected]
Annotatsiya: maqolada O'zbekiston iqtisodiyotiga ajratilgan kreditlar, xalqaro investitsiyalar, sarmoyalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi tutgan o'rni va xorijiy investorlar kreditrlar duch keladigan duch muammolar va bu muammolarni hal qilish usullari ko'rib chiqiladi.
Kalit so'zlar: xalqaro kredit, investitsiya, xorijiy investitsiya, moddiy, nomoddiy, reinvestitsiya, eksport, nomenklatura, iqtisodiy zona, milliy hisoblar tizimi.
Abstract: the article examines loans allocated to the economy of Uzbekistan, international investments, the role of investments in the development of the economy, and the problems faced by foreign investors and creditors and ways to solve these problems.
Key words: international credit, investment, foreign investment, tangible, intangible, reinvestment, export, nomenclature, economic zone, system of national accounts.
Kirish. O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o'ziga xos yo'nalishini belgilab oldi. U iqtisodiyotning rivojlanishi va barqarorligida investitsiyalarning beqiyos o'rin tutishini o'z vaqtida to'g'ri anglab yetganligining natijasida investitsiyalarga, xususan, chet el investitsiyalariga bo'lgan e'tiborning kuchayishi yuz berdiki, bu esa bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi investitsiya faoliyatining rivojlantirilishiga olib keldi. Bugungi kunda rivojlangan ivestitsion faoliyatning yo'lga qo'yilishini hukumatimizning yuritayotgan oqilona investitsiya siyosatining mahsuli ekanligini ta'kidlash lozim. Zero, Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimovning "Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish sohasida belgilangan yo'nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o'tkazish bilangina ro'yobga chiqadi"[1] .O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish gullab yashnatish uchun nafaqat ichki balki xorijiy kredit va investitsiyalarning ham o'z hissasi bor. Xorijiy investitsiya va kreditlar olishdan ham asosiy maqsad iqtisodiyotimizni qoloq rivojlanmagan tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirishdan iborat.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan 2022 - 2026 - yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida ham ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida qaul qilindi , ya'ni taraqqiyot strategiyasining 7- bo'limida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash bo'yicha qator vazifalar belgilandi. Yurtimizga chet eldan investitsiya jalb qilish yoki xorijiy institutlardan kredit olish mamlakatimiz
iqtisodiyotini kengaytiriladi ishlab chiqarish , xizmat ko'rsatish kabi sohalarga yangi texnika texnologiyayalar joriy qilinadi, zamonaviy standartlarga mos mahsulotlar ishlab chiqriladi, va eksportbop tovarlar yaratiladi .
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi qonunda chet el investitsiyalariga quyidagicha ta'rif beriladi "chet el investitsiyalari — chet ellik investor tomonidan ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo'lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar". [1]
Xorijiy investitsiyalarning umumiy ta'rifi F. Xeniusning 1947 yil AQShda chop etilgan tashqi savdo lug'atining 2-nashrida quyidagicha berilgan: "Xorijiy investitsiyalar - bu bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport qilingan investitsiyalar"[2]
Bunga qo'shimcha professor J.R.Zaynalov, S.S.Aliyeva va N.X.Ruzibayevalarning kitobida investitsiya haqida quyidagicha fikr keltirilgan: investitsiya - moddiy , moliyaviy va nomoddiy boyliklarni daromad olish maqsadida muomalaga kiritish va eng ko'p natija keltiruvchi sohalar (tarmoqlar)ga joylashtirish. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya oqimlari mamlakatning uzoq muddatga mo'ljallangan strategik rejalarini oshirishda barqaror moliyaviy manbai bo'lib hisoblanadi. [3]
Sh.Q. Fozilchayev va N.G'. Xidirovlarning "Investitsiya va lizing asoslari" kitobida xorijiy investitsiyaga quyidagicha ta'rif keltirilgan: "Xorijiy investitsiyalar -bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir"[4]
R.R.Tojiyevning xalqaro valyuta - kredit munosabatlari kitobida quyidagicha ta'rif berilgan : xalqaro kredit - xalqaro iqtisodiy munosabatlar jarayonida valyuta va tovar resurslarini qaytarishlik, muddatlilik hamda foiz to'lash shartlari asosida taqdim etilishi bilan bog'liq ssuda kapitalining harakatidir. Kreditorlar va qarz oluvchilar sifatida xususiy korxona (bank, firma)lar, davlat tashkilotlari, hukumatlar, xalqaro hamda hududiy valyuta-kredit va moliyaviy tashkilotlar hisoblanadi .[5] Tahlil va natijalar
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalar va kreditlar o'rni beqiyos ular iqtisodiyotimizga kengaytirishga quyidagicha imkoniyat beradi :
— ishlab chiqarishni kengaytirish bilan zamonaviy texnika texnologiyalardan foydalaniladi bu esa o'z o'rnida resurslar va vaqtni tejaydi mehnat unumdorligini oshiradi;
— kichik biznes va xususiy tadbikorlik rivojlanib yangidan-yangi ish o'rinlari yaratiladi;
— yurtimizda ichki bozorni to'yintirish imkoniyati beradi bu esa tovarlar bozorida raqobatni o'stiradi, raqobat qancha ko'p bo'lsa tovar va mahsulot sifati ham shuncha o'sib boradi, narxlar arzonlashadi;
— Yangi texnologiyalarni joriy qilinishi oqibatida resurslarni qayta ishlash imkoniyati paydo bo'ladi bu esa global muammolardan biri bo'lgan tabiat ifloslanishini oldini oladi;
Joriy yilning 5 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov rahbarligida 2021 yildagi investitsiyalar va tashqi savdo faoliyati yakunlari hamda 2022 yilda investitsiyalarni jalb etishni yanada rag'batlantirish va eksport hajmini oshirishga qaratilgan chora tadbirlari haqida o'tkazilgan muhokamada 2021-yil yakunlari e'lon qilindi, jumladan o'zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 254 trln. so'mni ($23,5 mlrd) tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 109 foizga o'sdi, shundan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar $8,6 milliardni tashkil qildi.
Hisobot davrida davlat Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati $5,9 milliardlik 318 ta yirik investitsiyaviy loyiha, hududiy investitsiya dasturlari doirasida esa $7,4 milliardlik 15 710 investitsiyaviy loyiha amalga oshirildi. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi tufayli jami 275 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi. [6]
O'zR kafolati ostida xorijiy kreditlar6,8 %
Korxona mablag'lari8,3 %
To'g'ridan-to'g'ri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar55,2 %
Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag'lari8,8 %
1-rasm. Surxandaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida.
Asosiy kapitaliga qo'yilgan investitsiyalar 2022-yil yanvar-dekabr [7]
Yuqorida ta'kidlab o'tilagan yutuqlarga qaramay iqtisodiyotimiz oldida hali ham bir nechta muammolar bor , jumladan har qanaday moliyaviy tashkilot yoki investor boshqa bir ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish sohasiga pul tikayotganda birinchi navbatda uning moliyaviy natijalariga e'tibor qaratadi ya'ni uning moliyaviy hisobotiga . Hozirgi davrda O'zbekistonda 2022 yil yakunlaridan boshlab bir nechta
tadbirkorlik sub'yektlariga moliyaviy hisoblar tizimining xalqaro standartlariga o'tish belgilandi jumladan 2022yil yakunlaridan boshlab majburiy ravishda MHXS asosida moliyaviy hisobotni tayyorlaydigan shaxslar ro'yxati belgilandi. Unga aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug'urta tashkilotlari va yirik soliq to'lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar kiritilgan. Ular:
— 2022 yil 1 yanvardan boshlab MHXS asosida buxgalteriya hisobining yuritilishini tashkil etishlari;
— Xalqaro standartlarni sifatli qo'llash uchun yetarli bo'lgan buxgalteriya xizmati xodimlari bilan ta'minlashlari lozim bo'ladi. [8]
Ammo bu qabul qilingan qarorlar yetarli emas bu chora tadbirlarni yana takomillashtirish kerak jahon standartlariga o'tishni tezlashtirish kerak qolaversa faqat yirik tijorat tashkilotlarga emas balki kichik tadbirkorlik sub'yektlariga ham joriy qilinishi kerak, chunki iqtisodiyotimizni rivojlantirishda faqat katta bo'g'inlarni emas kichik bo'g'inlarga ham e'tibor qaratish lozim.
Bundan tashqari yurtimizda investitsion jozibadorlikni oshrish maqsadida investorlarga yetarli shart sahroitlar yaratish ularni huquqiy va iqtisodiy jihatdan qo'llab quvvatlash lozim . Bunday qo'llab quvvatlashlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining to'g'ridan - to'g'ri xorijiy investitsiyalar jalb etishni rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora - tadbilaridagi farmonida o'z aksini topdi.
Qayd etish joizki, mustaqillik yillarida O'zbekistonda qulay investitsiyaviy muhit shakllantirildi, xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo'yicha qonun yo'li bilan keng ko'lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi belgilandi.
Natijada respublikada iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingtadan ko'proq korxona tashkil qilindi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har yili 3,0 milliarddan ko'proq asosan to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar o'zlashtirilmoqda, mamlakat iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya umumiy hajmining 26,6 foizdan ko'prog'i ularning hissasiga to'g'ri keladi. Bu esa xorijiy investorlarning respublika iqtisodiyoti barqarorligi va pishiq-puxtaligiga, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganligidan yaqqol dalolat beradi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadigan muddatga kiritilgan to'g'ridan - to'g'ri xususiy chet el investitsiyalari hajmiga qarab, yer solig'i, mol-mulk solig'i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to'lashdan ozod etish tarzidagi soliq imtiyozlari beriladi. [9]
Bunday imtiyozlar o'z samarasini ko'rsatdi xusuan 2017-2021-yillarda:
— Xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 1371 tani tashkil qildi;
— O'zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan davlatlar soni 50 tadan oshdi;
— Hududlard erkin iqtisodiy zonalar soni 21 taga yetdi , respublika bo'yicha umumiy qiymati 1690,3 mln AQSH dollari bo'lgan 281 ta bo'lgan investitsiya loyohalari amalga oshirildi;
— Eksport nomenklaturasi 74 ta yangi turdagi mahsulot, geografiyasi esa 42 mamlakatga kengaygan;
[10]
2018-yilning 19-oktabr kuni Toshkentda davlat rahbarlari Vladimir Putin va Shavkat Miгziyoyev ishtiгokida bo'lib o'tgan ikki davlatning biгinchi mintaqalararo foгumi doiгasida Rossiya va O'zbekiston o'гtasida umumiy qiymati $25 milliard dollarga teng 800 ga yaqin savdo va sarmoyaviy bitim va memorandumlar imzolandi.
Rossiya va O'zbekiston 2019-2024 yillarga mo'ljallangan xuddi shunday iqtisodiy hamkorlik dasturini imzoladi. Uni amalga oshirish uchun chora-tadbirlar rejasi (15 bo'lim va 82 band) hamda 109 ta istiqbolli loyihalar ro'yxati ishlab chiqilgan.
O'zbekiston Rossiya bilan tovar ayiгboshlash bo'yicha MDH davlatlari oгasida to'гtinchi o'гinni egallab turibdi. O'tgan yili o'zaгo tovaг ayirboshlash hajmi 34 foizga o'sdi. Joriy yilning to'qqiz oyida, Miгziyoyevning so'zlariga ko'гa, bu ko'гsatkich 30 foizga oshgan, yil oxiгiga kelib esa $6 milliard dollaг bo'lishi kutilmoqda: "Biz rejalashtirganimizda hech qachon bunday ko'rsatkich bo'lmagan, bizda $5 milliard dollar - dedi O'zbekiston Prezidenti. Keyingi maqsad $10 milliard dollar. [11]
Shuning uchun bu ishlarni keskin faollashtirish lozim . Investor uchun korxona daromadidan olinadigan asosiy xarajatlar mahsulot yaratishga ketgan xomashyo, soliqlar va boshqa yig'imlar shuning uchun ham investorlarga bozorda o'z o'mini topib olgunga qadaг unga ma'lum bir imtiyozlar beгilishi kerak , zeгo bozoгda o'rnini topa olgan har bir tadbikorlik sub'yekti mamlakatimiz iqtisodiyotiga o'z hissasini qo'shadi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki savdoni moliyalashtirishga ko'maklashish dastuгi doirasida O'zbekistondagi 4 ta tijorat bankiga jami 210 mln. dollar kredit liniyasi ajratadi.
Savdoni moliyalashtiгishning yangi doimiy limitlari O'zbekistonning to,гt yirik banki — Asakabank ($60 mln.), Ipoteka-bank ($30 mln.), O'zmilliybank ($40 mln.) hamda O'zsanoatqurilishbank ($80 mln.) larga mahalliy koгxonalaгga tovar zaxiralarini yaxshiroq boshqarish va uzoqroq muddatlarda savdoni rejalashtirish maqsadida ajratiladi.
YeTTBning Savdoni moliyalashtirishga ko'maklashish dasturi hozirda O'zbekistonning yettita mahalliy banki bilan hamkorlik qilib, ularning xususiy korporativ mijozlariga, jumladan kichik va o'rta biznes vakillariga xalqaro savdo qilish uchun yordam bermoqda. 2017 yilda O'zbekistonda o'z faoliyatini qayta yo'lga qo'yganidan beri Savdoni moliyalashtirishga ko'maklashish dasturi 700 million yevrodan ortiq bo'lgan 1000 ga yaqin savdo operatsiyalarini amalga oshirishga yordam bergan.
Bugungi kunga qadar YeTTB O'zbekiston bo'ylab 108 ta loyihaga 2,92 milliard yevrodan ortiq sarmoya kiritgan. [12]
Xulosa va takliflar. Investitsiyalarning iqtisodiyotga qo'shayotgan hissasi ulkan shunung uchun ham xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilib yaratilayotgan yangi korxonalar bevosita davlatimizning bu sohani qo'llab quvvatlashga qaratilgan chora - tadbirlari natijasi . Biroq Biz bugungi kunda ushbu imtiyoz va sharoitlardan keng foydalanib yangidan yangi sarmoyador va kreditorlarni jalb qilishimiz ular uchun zaruriy investitsion muhitni joriy etib uni takomillashtirish
va rivojlantirish zarur . Bu islohotlarga qo'shimcha qilib quyidagi chora tadbirlarni amalga oshrish lozim:
— Investorlarga soliq yukini kamaytirishimiz soliq tizimini investorlar uchun soddalashtishimiz;
— Inflatsiya darajasini pasaytirishimiz ya'ni investitsiya loyihalariga ta'sirini kamaytirish;
— Investorlarni qo'llab quvvatlovchi tizim yaratishimiz;
— Moliyaviy hisobotlarni barcha mikro va makro darajadagi iqtisodiy sub'yektlarga majburiy deb belgilashimiz
— Innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga investitsiyalarni jalb qilish shartlarini kengaytirishimiz;
— Tadqiqot va innovatsion loyihalarni qo'llab quvvatlashimiz lozim. Yuqorida keltirilgan taklif va mulohazalarni qo'llab iqtisodiyotimizning
investitsion faoliyatini kengaytirishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. "Chet el investitsiyalari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining qonuni. 1998 yil 30 aprel. 3-modda.
2. Dictionary of International Trade. Global Marketing Strategies, 2015, p.82.
3. J.R.Zaynalov , S.S.Aliyeva va N.X.Ruzibayeva darslik , 2020-yil 10 bet
4. FozilchayevSh.Q., XidirovN.G'. Investitsiya va lizing asoslari. O'quv qo'llanma. - T.: Moliya, 2017 yil, 22 bet.
5. R.R/Tojiyev xalqaro valyuta kredit munosabatlari darslik 2009-yil 270 bet
6. www.mifti.uz(https://mift.uz/uz/news/investitsij alar-va-tashi-savdo-soasida-2022-jilga-mulzhallangan-dolzarb-vazifalar-muokama-ilindi )
7. www.stat.uz Surxandaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida
8. www.norma.uz
(https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/uzbekistonda_moliyaviy_hisobotnin g_halqaro_standartlariga_utish_jadallashadi
9. www.lex.uz(https://lex.uz/acts/-1994789)
10. O'zbekistonda 2017-2021-yilldagi rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi natijalari factbook byulleten 58-59 bet
11. www.gazeta.ru (https: //www.gazeta.ru/business/2018/10/19/12027277. shtml?updated)
12. www.bankers.uz(https://bankers.uz/news/ebrd-lends-210-million-to-4-banks-in-uzbekistan-dollar-credit)