Научная статья на тему 'SLENG TURLARI HAMDA UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI'

SLENG TURLARI HAMDA UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
483
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sleng / jargon / nutq / til / dialekt / sheva / metod. / slang / jargon / speech / language / dialect / dialect / method.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — To‘Xtasinova, Muhayyo Xabibullo Qizi, Aliyeva, Navruza Habibullayevna

Ushbu maqolada sleng hamda jargonlarning turlari, ularning qo‘llanilish holatlari, nutq jarayonida ushbu hodisaning o‘rni hamda ahamiyati muhokama etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TYPES OF SLANG AND ITS SPECIFIC ASPECTS

This article discusses the types of slang, and their usage, the role and importance of this phenomenon in speech.

Текст научной работы на тему «SLENG TURLARI HAMDA UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(5), May, 2023

SLENG TURLARI HAMDA UNING O'ZIGA XOS JIHATLARI

To'xtasinova Muhayyo Xabibullo qizi

Farg'ona davlat universiteti 2 kurs magistranti muhayyo_komilova@mail .ru Aliyeva Navruza Habibullayevna (PhD), f.f.f.d. e-mail: navrochka89@mail.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada sleng hamda jargonlarning turlari, ularning qo'llanilish holatlari, nutq jarayonida ushbu hodisaning o'rni hamda ahamiyati muhokama etiladi.

Kalit so'zlar: sleng, jargon, nutq, til, dialekt, sheva, metod.

ABSTRACT

This article discusses the types of slang, and their usage, the role and importance of this phenomenon in speech.

Key words: slang, jargon, speech, language, dialect, dialect, method.

KIRISH

O'zbek milliy adabiy tili garchi umumxalq tilidan o'sib chiqqan bo'lsa ham, unda mavjud bo'lgan dialektlar va shevalar, jargonlar, oddiy so'zlashuv tilidan, umuman, xalq tilidan ba'zi jihatlari bilan farq qiladi. Chunki umumxalq tili o'zbek tilida uchraydigan barcha elementlarni o'z ichiga oladi va ishlanmagan shaklda bo'ladi. Adabiy til esa undan o'zbek millati uchun tushunarli bo'lgan va foydalanishda qulay deb topilgan variantlarni tanlab oladi hamda ularni millat vakillari uchun me'yor sifatida tavsiya etadi.

O'tgan davr mobaynida davlat tilining qo'llanish doira, hayotimizdagi o'rni va ta'sirini kuchaytirish, uni tom ma'nodagi milliy qadriyatga aylantirish yo'lida ilgari tasavvur ham qilib bo'lmaydigan ulkan ishlar amalga oshirilayapti. O'zbekiston Respublikamiz prezidenti Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek: "Bugungi kunda biz yangi O'zbekistonni, yangi Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga erishishda hech shubhasiz". Istiqlol yillarida o'zbek tilining qo'llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o'ziga xos xususiyatlariga bag'ishlangan ilmiy ommabop kitoblar, o'quv qo'llanmalari, yangi-yangi lug'atlar ko'plab chop etilayotgan jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o'z hissasini qo'shmoqda.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA TAHLILLAR

Sleng ("slang" - ingliz tilidan olingan bo'lib jargon, oddiy, og'zaki leksikaga xos so'zlar"), umumiy sleng, maxsus sleng (jargon va argon maxsus so'zlar) hamda vulgarizm (qo'pol so'zlar) haqida so'zdir.

Har bir tildagi uslub turlari uchun umumiy bo'lgan shu tilning umumiy lug'at fondi, shakllar va sintaktik qurilmalar, erkin va turg'un birikmalar bo'ladi. Bu esa uslub turlarining hammasini bir milliy adabiy tilga birlashtiradi. So'zlashuv nutqining dolzarb harakterdagi mazmunini shakllantirish uchun ushbu uslubga xos fonetik, leksik, grammatik normalardan o'rinli foydalanish lozim bo'ladi. Adabiy tilning stilistik me'yori til birliklarining nutqda sharoit, ko'zda tutilgan maqsaddan kelib chiqib eng ma'qulini qo'llash zaruratidan paydo bo'ladi. Bu uslublarning har biriga xoslangan grammatik shakllar, so'z, so'z birikmasi, gap va intonatsion vositalar mavjud. Ana shu xoslanish o'zbek adabiy tili uslubiy me'yorlarining asosidir.

Sleng-so'zlashuv nutqi dunyo tillarining hammasiga xos hodisadir. Har qanday til jamiyatga aloqador va jamiyatdan tashqarida o'ziga, alohida rivojlana olmaydi. Til, avvalombor, jamiyatimiz odamlarning o'zaro muloqot vositasidir, shu sababli jamiyat-odamlar til leksikasining shakllanishiga bevosita aloqadordir.

So'zlashuv nutqi gaplashuvchilarining bevosita, dialogik formada so'zlagan betakalluf, erkin nutqidir. Ushbu nutq til materiallariga ko'ra adabiy, dialektal, oddiy nutq yoki qorishiq ko'rinishlariga ham ega bo'lishi mumkin. Shularni hisobga olib sleng-so'zlashuv nutqiga xosligi ko'rsatib o'tamiz. Ijtimoiy yoki professinal ravishda ajratilgan guruhning nutqi: (jargon, oddiy) og'zaki leksikaga xos so'zlar.

So'zlashuv uslubida ishlatilish doirasi chegaralangan qatlamga doir lug'aviy birliklar turlicha bo'ladi. Chegaralangan qatlam territoriyaga, kasb- korga tegishliligi bilan farqlanadi11. Shuni hisobga olib, jargonlarga xos bo'lgan so'zlarni o'rganish, o'zbek so'zlashuv nutqida qanday imkoniyatlar borligini aniqlash uchun dialektlarga, shevalarga, fantexnikaga, kasblarga tegishli so'zlarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.

So'zlashuv uslubida qo'llanish doirasiga ko'ra jargonlar quyidagi chuqurlarini ajratish mumkin:

Ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan yaratilgan umumxalq tilidan farq qiluvchi dabdabali yoki yashirin "dialekt" jargon deyiladi.

A) Sovdogarlar va olib sotarlar nutqida ishlatiladigan jargonlar: - xabar keldi. Yana Paxmoq egallab otti. Ikki vagon tushiribdi, yarim narxida sotayotgan emish. (N.Ismoilov. Mafiya sardori. 1 kitob, 77-b).

Siz chaqirishingizdan avval u bilan gaplashdim. Qirqta "ko'k"isiz bitmaydi, dedi (N.Ismoilov. Mafiya sardori. 1 kitob, 168-b).

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

-Beryun umrlin non-tuzim, bergan oq sutim tayini yo'q bola oldida sariq chaqaga arzimaskanda. (N.Ismoilov. 13-b.)

Keltirilgan gaplarimizdagi "Paxmoq" - ko'ki - pul ya'ni doller; Sofiq chaqa - hech narsaga arzimaydigan degan ma'nolarni anglatadi.

B) otarchilar nutqida ishlatiladigan jargon so'zlar:

Oychechak tangalarin-guldor katmonga soldi (Mirmuhsin. Temur Malik. O'zbek tilining izohli lug'ati. 2 tom. Toshkent, 2020, 332-b).

Shaxzodaxon bir nozin shox tashlab. Shohi aylas ko'rpalarning qatidan ketsa bir katmonni olib kelib, olginbekka ikki qo'llab uzatdi. (Komil. Yashin, Hamza. 2 tom. 332-b). Katmon so'zi. (arabcha. Yashirish, berkitish) shevada Karmon (karmonga) esing borida etagingni yon, degan mashhur naqlga amal qilmasak bo'lmas. Bir yoqdan akamning qo'ri qochayapti. (Sh.Abdullaxonov. to'fon. 101-b) 5-tom. Tangi aylantirmang. Yog'liq joy. Yakan katta bo'ladi!... "Mushtum" jurnali. 101-b) 5-tom. Keltirilgan misollarda yakan so'zi pul so'ziga to'g'ri keladi. Birinchi misolda yakan so'zi qo'ri so'zi bilan bog'lanib pulni kamayishi haqida. Ikkinchi b) o'g'rilar tilida ishlatuvchi jargonlar: "Kelib-kelib sen shoqoldan feajot istadimi?"-deya uylar edi. (N.Ismoilov. 1 kitob. Mafiya sardori. Toshkent,2013, 97-b).

-Chakkimas, bitta chiqibdi-da, lekin erta xazon bo'lasan-da, gulcha! - deb qizga tashlandi (O'sha asar. 1 kitob. 103-b).

-Sheflaring kim? - so'radi tobora uning yaqiniga kelayotgan to'daga qarata (O'sha kitob. 1 kitob, 137-b).

Onamni yil avval zo'rlagan, keyin xo'rlagan. Joylariga ham tashlagan. (O'sha asar. 1 kitob. 139-b).

-Yo'-o'q, anavi "Buratmo"dan qasdimni olishim kerak. (O'sha asar. 1 kitob. 139-b).

XULOSA VA MUNOZARA

So'ngi yillarda yoshlar tili fonomen tildek va madaniyatni egallashga yana va yana kuchli ta'sir ko'rsatib bormoqda: jargonlar nafaqat so'zlashuv nutqiga faol kirib kelmoqda va yana OAV vositalarida ham keng qo'llanilib bormoqda, zamonaviy adabiyotning yetakchi uslubiga aylanmoqda. Shu munosabat bilan til va nutq madaniyatida qator dolzarb muammolar mavjud bo'lmoqda.

Demak, til aniq ijtimoiy xarakterga ega va ko'p jihatdan uning rivojlanishini aniqlab, ijtimoiy funksiyalari uning tuzilishiga faol ta'sir ko'rsatadi. Tilni ijtimoiy hodisa sifatida ko'rib chiqadigan bo'lsak, til va jamiyatning o'zaro ta'siri turli ijtimoiy qatlamlarda, xususan, ijtimoiy va professional guruhlarda tilning ishlashini o'rganmasdan hal etilishi mumkin emasligini ta'kidlash maqsadga muvofiq bo'ladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Qo'ng'urov R., Karimov S., Qurbonov T. O'zbek tilining funksional stillari. Samarqand: SamDU, 1984, 7-bet.

2. B.O'rinboev. Hozirgi o'zbek tilining so'zlashuv uslubi. Toshkent, 1991, 25-bet.

3. Abdusaidov A. Nutq mahorati. Samarqand, 2015, 92-b.

4. B.O'rinboev. Hozirgi o'zbek tilining so'zlashuv uslubi. Toshkent, 1991, 10-b.

5. Mirmuhsin. Temur Malik. O'zbek tilining izohli lug'ati. 2 tom. Toshkent, 2020, 332-b

6. Ismoilov N. Mafiya sardori. I va II tom.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.