Научная статья на тему 'SIYOSIY TILNING IJTIMOIY-MADANIY XUSUSIYATLARI'

SIYOSIY TILNING IJTIMOIY-MADANIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
493
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
siyosiy til / siyosiy mant / tabiy til / ixtisoslashgan til / siyosiy jarayonlar / siyosiy madaniyat. / political language / political text / natural language / specialized language / political processes / political culture.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Eshanova, Moxira

Mazkur maqolada siyosiy tilning oʼziga xos jihatlari, siyosiy falsafiy asoslari va diskursning mazmun-mohiyati atroflicha oʼrganilgan. Siyosiy til ijtimoiy-siyosiy oʼzgarishlarni tahlil qilish va oʼrganish uchun keng imkoniyat beradi, hodisalarni falsafiy jihatdan tadqiq etishga koʼmaklashadi. Til vositasida ifodalangan siyosiy soʼzlar yordamida siyosiy voqelikning obʼektiv mazmun-mohiyatini chuqur oʼrganib, bu borada muayyan dunyoqarashga ega boʼlamiz. Bunday tushunchalarning oʼziga xosligi murakkab xarakterdagi siyosiy voqelikning umumiy xossalarini oʼrganishga, ular zamiridagi haqiqatni idrok etishga imkon beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIO-CULTURAL FEATURES OF POLITICAL LANGUAGE

This article examines the specifics of political language, political philosophical foundations and the content of discourse.Political language provides ample opportunity to analyze and study socio-political changes, facilitating the philosophical study of events. With the help of political words expressed through language, we can deeply study the objective content of political reality and gain a certain worldview in this regard. The specificity of such concepts allows us to study the general features of political reality of a complex nature, to understand the truth behind them.

Текст научной работы на тему «SIYOSIY TILNING IJTIMOIY-MADANIY XUSUSIYATLARI»

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

SIYOSIY TILNING IJTIMOIY-MADANIY XUSUSIYATLARI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-538-544

Eshanova Moxira

Toshkent davlat yuridik universitetining "ixtisoslashtirilgan" filiali,

Katta o'qituvchi e-mail: mohiraladybird@gmail.com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada siyosiy tilning o 'ziga xos jihatlari, siyosiy falsafiy asoslari va diskursning mazmun-mohiyati atroflicha o'rganilgan. Siyosiy til ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlarni tahlil qilish va o'rganish uchun keng imkoniyat beradi, hodisalarni falsafiy jihatdan tadqiq etishga ko'maklashadi. Til vositasida ifodalangan siyosiy so 'zlar yordamida siyosiy voqelikning ob 'ektiv mazmun-mohiyatini chuqur o 'rganib, bu borada muayyan dunyoqarashga ega bo 'lamiz. Bunday tushunchalarning o 'ziga xosligi murakkab xarakterdagi siyosiy voqelikning umumiy xossalarini o 'rganishga, ular zamiridagi haqiqatni idrok etishga imkon beradi.

Kalit so'zlar: siyosiy til, siyosiy mant, tabiy til, ixtisoslashgan til, siyosiy jarayonlar, siyosiy madaniyat.

SOCIO-CULTURAL FEATURES OF POLITICAL LANGUAGE

ABSTRACT

This article examines the specifics of political language, political philosophical foundations and the content of discourse.Political language provides ample opportunity to analyze and study socio-political changes, facilitating the philosophical study of events. With the help of political words expressed through language, we can deeply study the objective content of political reality and gain a certain worldview in this regard. The specificity of such concepts allows us to study the general features of political reality of a complex nature, to understand the truth behind them.

Keywords: political language, political text, natural language, specialized language, political processes, political culture.

KIRISH

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Hozirgi kunda, buyuk qadriyatlarimizning mazmunini o'zida ifodalovchi milliy tilimizning boy imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda. Bu borada mamlakatimizda e'tiborga molik ishlar amalga oshirildi. Istiqlol yillarida o'zbek tilining qo'llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o'ziga xos xususiyatlariga bag'ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o'quv qo'llanmalari, yangi -yangi lug'atlar ko'plab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o'z hissasini qo'shmoqda.

Ayniqsa, davlat tilining xalqaro miqyosda ham faol muloqot vositasiga aylanib borayotgani e'tiborlidir. Xususan, xorijiy mamlakatlar rahbarlari bilan bo'ladigan uchrashuv va suhbatlar, muzokaralar, tegishli hujjatlarni imzolash marosimlarida, nufuzli sammitlarda, rasmiy matbuot anjumanlarida o'zbek tilining o'rni va ahamiyati ortib borayotgani hammamizga g'urur-iftixor bag'ishlaydi.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi kunda mamlakatimiz ravnaqi tilimiz rivoji va hayotga joriy etilishi bilan chambarchas bog'liqdir. Til - siyosiy hayotning asosi, binobarin, milliy til rivojlanmasa siyosiy ong ham o'smaydi. Shu nuqtai nazardan, tilning siyosiy jihatlarini, ayniqsa, siyosiy lingvistikadagi muammoli masalalarning mazmunini, ular orasidagi o'zaro bog'liqlikni va siyosiy diskursning ma'nosini belgilaydigan asosiy g'oyalarni siyosiy-falsafiy jihatdan tadqiq qilish muhim ahamiyatga ega.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Siyosat va uning institutlari jamiyatdagi til imkoniyatlarisiz o'z maqsadlarini amalga oshirolmaydi. Ayni vaqtda, tilning o'zi ham siyosatning u yoki bu tarzdagi ta'siriga uchraydi. Ma'lumki, til davlat tomonidan alohida siyosat va rejalashtirish ob'ektiga aylanib boradi. Adabiyotlarda "maxsus siyosiy til", "siyosatning funktsional uslubi", "siyosatning maxsus lug'at tarkibi", "maxsus siyosiy leksika" singari iboralar uchraydi. Bizning nazarimizda, "siyosat tili" va "siyosiy ibora" tushunchalari, birinchidan, sinonimlar, ikkinchidan, "maxsus siyosiy til" va "siyosatning funktsional uslubi" iboralariga nisbatan birmuncha umumiyroq tarzda namoyon bo'ladi. Binobarin, ular biz o'rganayotgan fenomenni imkon qadar to'la qamrab oladi. [.yMaH, H., 2001:23]

Endi siyosat tilining o'ziga xosligi nimadan iborat degan savolga javob berishga harakat qilamiz. V.Shmidt uni quyidagicha izohlaydi: "Siyosiy leksikaning umumiy alomati uning mafkuraviyligidadir" Bu fikrga qo'shilish mumkin emas deb hisoblaymiz. Chunki, birinchidan, mafkuraning siyosiy, huquqiy, diniy va boshqa

539

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

turlari mavjud. Albatta, V.Shmidt boshqacha mafkurani emas, aynan siyosiy mafkurani nazarda tutayotganligi tushunarli. Ikkinchidan, siyosiy ong siyosiy mafkuraga borib taqaladimi? Bunga ham qo'shilib bo'lmaydi. Uchinchidan, mafkura shunday ma'naviy hosilaki, unda voqelik xususiy manfaatlar prizmasi orqali aks etadi. Ongda ijtimoiy voqelikni bunday ifodalash siyosiy ongdir. Biroq bu tugal xulosa emas, chunki unda esa ijtimoiy psixologiya qaror topgan. Endi yana siyosat tiliga qaytamiz. Buning uchun umumiy o'ziga xosligini aniqlab olishimiz zarur. Til doimiy o'zgarib turuvchi, jamiyat va madaniyatda qator, ya'ni ifodalash, anglatish, o'rganish, axborot yetkazish, kommunikativ kabi vazifalarni bajaruvchi tizimdir. U axborotni saqlash, jamlash va yetkazib berish, insoniy faoliyat, fe'l-atvorni boshqarishning o'ziga xos ijtimoiy-madaniy vositasi hamdir.

Odatda, tadqiqotchilar tilning amal qilishi va rivojlanishida "ikki o'zaro bog'liq tomonlarni ajratib ko'rsatadi: til tuzilmasi va til ijtimoiy funktsiyalarining rivojlanishi jarayonlarga ongli aralashish uchun imkon yaratadi". Bizning fikrimizcha, bunday mustaqillik garchi turli tarixiy davrlar va siyosiy tartibotlar sharoitida kechiksa-da, mutlaq mustaqil hodisa emas. Chunki til ijtimoiy va ijtimoiy-tarixiy fenomen sifatida namoyon bo'ladi. Ayni vaqtda, o'z tuzilmasi yoki qurilishi jihatidan olingan til ijtimoiy vazifalariga ko'ra tanlangan tilga nisbatan mustaqilroq bo'ladi. Biroq bu barcha tillarga tegishli xususiyat sifatida qabul qilinadi. Bundan esa siyosat tilining o'ziga xosligini ajratib ololmaymiz. Endilikda tilni jamiyat va madaniyat kontekstida qarash lozim. Bu yerda bir qator tillarni ajratib ko'rsatish mumkin. Bunday o'zgaruvchan holat jamiyat va madaniyat murakkab tuzilmaga ekanligidan kelib chiqadi. Shuningdek, madaniyatning ham turli sohalari (fan, din, san'at, siyosat, huquq va h.k.) mavjud. Bunday sohalarning har birida o'z tili shakllanadi. Jamiyatdagi bu ixtisoslashgan sohalar bilan bir qatorda kundalik hayotning uncha qat'iy belgilanmagan sohasi ham mavjud. Unda "tabiiy til" deb atalmish til, ya'ni ko'plab asrlar davomida shakllangan va kishilarning kundalik hayot faoliyati va o'zaro munosabatlari vositasi bo'lib xizmat qilgan faoliyat shakli sifatida namoyon bo'ladi. Rivojlangan madaniyatda bu til ikkita asosiy, ko'pincha aniq chegaralanmagan ko'rinishda mavjud bo'ladi: 1) oddiy xalq tili ko'rinishida; 2) adabiy til ko'rinishida. Tabiiy til ixtisoslashmagani uchun funktsional bo'lmagan til hisoblanadi. [Бахтин М.М., 1979]

Jamiyatning nisbatan mustaqil sohalariga xizmat ko'rsatuvchi tillar ushbu sohalar ichida yaratiladi va shuning uchun ham ixtisoslashgan tillar deb ataladi. Albatta, bunday til tabiiy tilsiz (birinchi navbatda, adabiy tilsiz) mavjud bula

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

olmaydi. Biroq tabiiy til ham bu yerda o'zi qo'llanilayotgan til sohasiga bo'ysundirilgan bo'ladi. Ixtisoslashgan til maxsus soha va faoliyatga (kasbga, mashg'ulot turiga va h.k.) xizmat ko'rsatadi, shuning uchun funktsional tildir. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, har qanday til - funktsional til ham, funktsional bo'lmagan til ham tuzilmali va funktsional tomonlarga ega. Binobarin, mazkur holatda gap tilning funktsional tizimi to'g'risida emas, balki butun tilning funktsionalligi to'g'risida bormoqda. Siyosat tili yoki siyosiy tilning o'ziga xosligi shundan iboratki, u siyosatni amalga oshirish, siyosiy maqsadlarga erishish vositasi sanaladi. Shu jihati bilan u yuridik, ilmiy, falsafiy tibbiyot va boshqa har qanday funktsional tildan farq qiladi. Biroq siyosat tili tilning barcha qolgan qismlari, umumiy til lug'at tarkibi bilan chambarchas bog'liqdir. Ayni vaqtda, siyosat tili tibbiyot, texnika yoki yuristprudentsiya tilidek aniq ajralib turmaydi. Shu asnoda siyosat tili va umumiy til lug'at tarkibi o'rtasida doimiy o'zaro almashuv boradi: siyosiy atamalar, so'zlar va iboralar umumiy til lug'at tarkibi boyligiga aylanadi, aksincha, umumiy til lug'at tarkibidagi ko'p so'zlar va iboralar siyosat tili tarkibiga o'tadi. Shu tariqa, siyosiy atamalar u yoki bu darajada o'zining terminologik xususiyatini yo'qotadi, umumiy til lug'at tarkibidagi so'zlarga esa maxsus (siyosiy) ma'nolar beriladi. "Yuqorida keltirilgan qarama-qarshi tendentsiyalar natijasi,- deb ta'kidlaydi V.Shmidt, - siyosiy til va umumiy til omonimlarining birgalikda mavjud bo'lishidir". Siyosiy tilning o'ziga xos xususiyatlarini yana quyidagilar bilan izohlash mumkin, birinchidan, siyosat jamiyatning turli-tuman sohalari va darajalari bilan o'zaro munosabatga kirishadi, bu ko'pincha bevosita va boshqa sohalarga nisbatan ko'proq yuz beradi. Chunki siyosat butun jamiyat uchun mo'ljallangan (albatta, gap ichki siyosat to'g'risida bormoqda), siyosiy jarayonlar aholining barcha guruhlari va qatlamlarini qamrab oladi. Ikkinchidan, tilning bu shakli siyosiy kurash, munozaralarda, o'z yo'lini ishonchli qilib ko'rsatish va boshqa holatlarda ishlatiladi. Uchinchidan, siyosat tilining eng jiddiy xususiyatlaridan yana biri u kimga yo'naltirilgan bo'lsa, uni ishontirishdir.[ Шмидт В., 1979:45]

Siyosat tili bir turlik va yaxlit narsa emas. U muayyan tuzilishga ega. Bu tuzilishni: 1) yadro va uning atrofidagi bir qator jamlangan doiralar; 2) bir-biriga nisbatan bo'ysundirilgan qator bosqichlar ko'rinishida tasavvur qilish mumkin. Bizning nazarimizda, bu ikki modelb bir-birini to'ldiradi, alohida olinganda esa ular siyosat tilining butun tuzilmasini aks ettirmaydi. Birinchi modelda maxsus siyosiy atamalar asos vazifasini o'taydi. U siyosat sohasidagi muhim vazifani o'z zimmasiga oladi. M.M.Baxtin atamaning o'ziga xosligi haqida shunday yozadi: "Atamada u chet

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

tildan kirib kelmagan bo'lsa-da, ma'nolarning barqarorlashuvi, metafora kuchining zaiflashuvi yuz beradi, ko'p ma'nolilik yo'qoladi. Atamaning bir ma'noli ekanligi uni boshqa tushunchalardan alohida ajratib turadi". Bizning nazarimizda, siyosiy atamalar doimo ham qat'iy bir ma'noli bo'lavermaydi. Turli siyosiy tizimlarda aynan bir ma'noli so'zlar butunlay qarama-qarshi fikrlarni ifodalashi mumkin. Bunday holatni huquq, tibbiyot va texnika va boshqa sohalarda ham uchratish qiyin. Ma'lumki, siyosat tashqi va ichki siyosatga, ichki siyosat esa bir qator bo'limlarga (iqtisodiy siyosat, madaniy siyosat ta'lim sohasidagi siyosat va boshqalarga) bo'linadi. Shuning uchun siyosat tilining negizida, uning terminologiyasida quyidagilar yotadi: a) barcha siyosat (ya'ni ham ichki, ham tashqi siyosat) uchun umumiy bo'lgan atamalar; b) tashqi va ichki siyosatga mansub bo'lgan atamalar ajratib ko'rsatiladi. Biroq ichki siyosat, o'z navbatida, tarmoqlarga bo'linadi. Binobarin, bu yerda ham butun ichki siyosat uchun umumiy bo'lgan atamalar va uning tarmoqlaridan faqat biriga xos bo'lgan atamalar ajratib ko'rsatiladi. Siyosat tilda madaniyatning turli sohalari va aholining turli qatlamlaridan o'zlashtirilgan, targ'ibot, siyosiy tadbirlar mohiyatini izohlash, ommaga tanilish, ya'ni jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadlarida qo'llaniladigan leksika o'z ifodasini topadi.[ Бахтин М.М., 1979:36]

Siyosiy tilning yuqori bosqichini rasmiy til egallaydi. Bu tashqi siyosiy faoliyatda turli-tuman deklaratsiyalar, bayonotlar, memorandumlar, notalar, ichki siyosiy faoliyatda esa siyosiy dasturlar, dekretlar, qarorlar, farmonlar va boshqalar tilidir. Bu til qat'iy tanlab olingan, sinovdan o'tgan atamalardan tashkil topadi. Ular hissiy jihatdan betaraf va asosan tinglovchilarning intellektual darajasiga mo'ljallangan. Undan quyiroqda esa muloqotlar tili joylashadi. Uning vazifasi muloqotda ishtirok etuvchi tomonlar o'rtasida (bular boshqa davlatlar, partiyalar yoki tashkilotlarning vakillari bo'lishi mumkin) kelishuvga erishish yoxud loaqal til darajasida manfaatlar umumiyligini ta'minlashdir. Diplomatik muloqotlar tili ushbu darajaga mansubdir. Mazkur darajadagi til uncha rasmiy emas, atamalarda va shakllanishda birmuncha moslashuvchanroq. Undan yana quyida siyosiy tarbiya tili joylashadi. Uning vazifasi - me'yoriy tuzilmalarga erishish va fuqarolarda siyosiy yondashuvlarni shakllantirish hisoblanadi. Ushbu darajadagi til hissiyligi, ifodaliligi, moslashuvchanligi va dalil-isbotlarga tayanishi bilan xarakterlanadi. Siyosiy tarbiya tili ta'lim sohasida, ommaviy kommunikatsiya vositalarida keng qo'llaniladi. Siyosat tili tuzilmasining eng quyi darajasini siyosiy targ'ibot tili tashkil etadi. U siyosiy nutqlar, partiyalarning baholar va fikrlar tuzilmasini o'zgartirish yoki aksincha, ularni

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

mustahkamlash uchun targ'ibot jarayonlarida ishlatiladi. U ko'p jihatdan siyosiy tarbiya tiliga o'xshashdir, ammo undek moslashuvchan va dalillarga to'la emas. Bu tilda maxsus siyosiy atamalar deyarli qo'llanilmaydi, biroq qochirim, kesatiq, baho berishdagi mubolag'a va boshqalardan foydalaniladi. Bu til saylov kampaniyalarida, xususan, RR texnologiyalardan foydalanilayotganda keng qo'llaniladi.[Xonazarov Q, 2009:136]b

Siyosiy targ'ibot darajasidagi til ancha mavhumdir. Buning sababi u imkon qadar keng auditoriyaga mo'ljallanganligidir. Unda shiorlar alohida o'rin egallaydi. Bular o'ta funktsional so'zlardir; bular fikrlarni shakllantirish va ularni o'zgartish sohasidagi ommabop nutqning ajralmas qismidir. So'z o'z-o'zidan shiorga aylanmaydi. Masalan "demokratiya", "taraqqiyot", "birdamlik" kabi so'zlar fan tilida shior ma'nosida qo'llanilmaydi. Bular tushunchalar hisoblanadi. Shiorbop so'zlar esa tushunchalar emas, balki nutq, siyosiy nutq fenomenidir. Shu asnoda shiorbop so'zlarda ularning axborot jihati ikkinchi o'ringa tushib qoladi va hatto butunlay siqib chiqarilishi ham mumkin. Natijada, ularning o'rnini esa funktsional ahamiyatga ega bo'lgan mafkuraviy jihatlar egallaydi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, insonning siyosiy madaniyati uning lisoniy olamida muhim o'rinni egallaydi. Ya'ni uning siyosiy madaniyat darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, o'zining bu boradagi fikr-mulohazalarini ravon va mantiqiy izchillikda yetkazib beradi. Bu siyosiy g'oyalar sub'ektning o'z fikrini aniq tarzda yetkazib berish maqsadida til strukturasidan, ayniqsa, uning lisoniy qurilishidagi o'zgarishlardan samarali foydala olishida namoyon bo'ladi.

Tilda siyosiy maqsad va manfaatlar, dunyoqarash, his-tuyg'ular o'z aksini topadi. Shuningdek, til har qaysi millatning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga mos tarzda rivojlanib boradi. Ya'ni til jamiyat hayotining barcha sohalarida amalda bo'lib, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot strategiyasini belgilashga xizmat qiladi. Zero, til halqning ruhiyati, yashash tarzi mahsulidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, har bir millat o'z tilining taraqqiyoti uchun qayg'uradi, rivojlanish asoslarini mustahkamlashga harakat qiladi. Bu jarayon esa tilning siyosiy-falsafiy asoslarini tadqiq etganda yanada chuqurroq ma'no-mazmun kasb etadi.

REFERENCES

1. Луман, Н. Власть / Пер. с нем. А. Ю. Антоновского. — М.: Праксис, 2001

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

2. Луман, Н. Социальные системы. Очерк общей теории / Пер. с нем. И. Д. Газиева; под ред. Н. А. Головина. — СПб.: Наука, 2007

3. Делез Ж. Марсель Пруст и знаки. Серия: Метафизические исследования. Приложение к альманах Алетейя 2014

4. Шмидт В. Соотношение языка и политики как предмет исследования социальной эффективности языка с позиций марксизма-ленинизма // Актуальные проблемы языкознания ГДР. Язык - идеология - общество. М.,

5. Xonazarov Q. Globallashuv va til falsafasi. - T.: Falsafa va huquq instituti, 2009. - 136 b.

6. Бахтин М.М. Эстетика словесного творчества. - М.,1979

7. Барт Р. Избранные работы: Семиотика. Поэтика. - М.,1989

8. Khasanova, G. K. (2021). The success and education system of South Korea and Japan. Наука сегодня: проблемы и пути решения [Текст]: материа, 94.

9. Kh, K. G., & Kh, K. S. (2021). The role of education system in human capital development. Восточно-европейский научный журнал, (2-1 (66)), 48-51.

10. Хашимова С. On some features of teaching foreign language for students of non-philological areas at the initial stage. - 2019. - Евразийское Научное Объединение. - С. 334-338.

11. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10

12. Nasirova, S. A. (2020). CONCEPTS OF ФШ ^Ш" CHINESE DREAM" AND Щ ^ Ш ^ ^ " COMMUNITY OF THE ONE FATE OF HUMANITY"-A LINGUISTIC AREA. Journal of Central Asian Social Studies, 7(01), 05-14.

13. Abdullaevna, N. S. (2020). Lexical-semantic and cognitive specifics of political discourse (based on Si Jinping's speeches). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1086-1092.

14. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). THE INFLUENCE OF THE POLITICAL SYSTEM OF CHINA ON THE FORMATION OF SOCIAL AND POLITICAL TERMINOLOGY. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.

15. Насирова, С. А. (2022). СИСТЕМА ТИТУЛОВ В ДРЕВНЕМ КИТАЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 93-98.

1979

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.