Научная статья на тему 'SIYOSIY HOKIMIYAT LEGALLIGI VA LEGITIMLIGI TRANSFORMATSIYASI'

SIYOSIY HOKIMIYAT LEGALLIGI VA LEGITIMLIGI TRANSFORMATSIYASI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
legitimlik / legallik / siyosiy hokimiyat / davlat boshqaruvi / rahbar kadr / boshqaruvchi kadrlar / inson resurslari / boshqaruv tizimi / yetakchi. / legitimacy / legality / political power / state management / administrative personnel / administrative staff / human resources / government system / leader

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — K. Mirzaaxmedov

Ushbu maqolada muallif davlat boshqaruvi tizimining oʻziga xos shaklini namoyon etuvchi muhim siyosiy mexanizmlar: legallik va legitimlik tushunchalarining mazmuni, siyosiy hokimiyatning barqarorligi, uzviyligi hamda uzoq muddatga mavjudlik extiyojini ta‘minlashda legallik va legitimlikni shakllantirishning oʻzig xos texnologiyalarini konseptual tahlilini ochib bergan. Shuningdek, siyosiy hokimiyatni jamiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, uning faoliyatiga boʻlgan ishonchni mustahkamlashda legall va legitim munosabatlarining samarali yoʻnalishlarini koʻrsatib oʻtgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRANSFORMATION OF LEGALITY AND LEGITIMATION OF POLITICAL POWER

In this article, the author revealed a conceptual analysis of the important political mechanisms that manifest a unique form of the state administration system: the content of the concepts of legality and legitimacy, the specific technologies of the formation of legality and legitimacy in ensuring the stability and integrity of political power and the need for long-term existence. Also, he showed the effective directions of legal and legitimate relations in the support of the political power by the society as well as strengthening of trust in its activeness

Текст научной работы на тему «SIYOSIY HOKIMIYAT LEGALLIGI VA LEGITIMLIGI TRANSFORMATSIYASI»

SIYOSIY HOKIMIYAT LEGALLIGI VA LEGITIMLIGI TRANSFORMATSIYASI

K. Mirzaaxmedov

"Siyosatshunosoik" kafedrasi siyosiy fanlar doktori (DSc), dotsent O'zbekiston Milliy universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada muallif davlat boshqaruvi tizimining o'ziga xos shaklini namoyon etuvchi muhim siyosiy mexanizmlar: legallik va legitimlik tushunchalarining mazmuni, siyosiy hokimiyatning barqarorligi, uzviyligi hamda uzoq muddatga mavjudlik extiyojini ta'minlashda legallik va legitimlikni shakllantirishning o'zig xos texnologiyalarini konseptual tahlilini ochib bergan. Shuningdek, siyosiy hokimiyatni jamiyat tomonidan qo'llab-quvvatlash, uning faoliyatiga bo'lgan ishonchni mustahkamlashda legall va legitim munosabatlarining samarali yo'nalishlarini ko'rsatib o'tgan.

Kalit so'zlar: legitimlik, legallik, siyosiy hokimiyat, davlat boshqaruvi, rahbar kadr, boshqaruvchi kadrlar, inson resurslari, boshqaruv tizimi, yetakchi.

TRANSFORMATION OF LEGALITY AND LEGITIMATION OF

POLITICAL POWER

K. Mirzaakhmedov

Doctor of political sciences (DSc), docent of "Political science" department

National University of Uzbekistan

ABSTRACT

In this article, the author revealed a conceptual analysis of the important political mechanisms that manifest a unique form of the state administration system: the content of the concepts of legality and legitimacy, the specific technologies of the formation of legality and legitimacy in ensuring the stability and integrity of political power and the need for long-term existence. Also, he showed the effective directions of legal and legitimate relations in the support of the political power by the society as well as strengthening of trust in its activeness.

Keywords: legitimacy, legality, political power, state management, administrative personnel, administrative staff, human resources, government system, leader.

376

^_April_20,_2024_

International Scientific and Practical Conference

Kirish. Taraqqiyotning demokratik rivojlanish yo'lini tanlagan davlatlar uchun individualizm va jamoaviylikni uyg'unlashtirishning institutsional mexanizmlarini qo'llash hamda demokratik shakldagi legal va legitim siyosiy hokimiyatni ta'sis etish masalasi zamonaviy ilmiy tadqiqotlarning dolzarb yo'nalishlaridan biridir. Ushbu masalani amaliy hal etishdagi murakkabliklar ko'p jihatdan siyosiy hokimiyat va siyosiy rejimni legallashtirish va legitimlashtirishning aniq bir yo'nalishlarini ishlab chiqishga bog'liq. Chunki, davlatni boshqaruv tizimi aks ettiruvchi siyosiy tizim tomonidan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy rivojlanish maqsadlarini ishlab chiqish va amalga oshirish davlatning samarali islohotlar olib borishining asosini ifodalaydi. Bugungi amaliyot shuni ko'rsatadiki, davlat hokimiyati va siyosiy hokimiyatni legallashtirish hamda legitimlashtirishning asosiy shakli aynan siyosiy rejimdir.

Siyosiy hokimiyat o'zining ontologik va ijtimoiy tabiati tufayli legallik va legitimlikka ehtiyoj sezadi, bu unga barqarorlik, uzviylik, aloqadorlik, hamkorlik hamda uzoq muddatga mavjudlik istagini amalda ta'minlaydi. Legallik va legitimlik tushunchalari nafaqat davlat hokimiyati tizimi bilan, balki har qanday tashkilotda xodimlar va rahbar boshqaruvchilar o'rtasida yuzaga keladigan siyosiy-huquqiy munosabatlar, qo'llanishi va bo'ysunishi bo'yicha o'zaro funksiyalarni ijro etilishining sifat jihatlarini ochib beradi. Legallik va legitimlik munosabatlari -barqarorlik, barqarorlik esa, taraqqiyot asosidir. Shuning uchun davlat va jamiyat barqarorligi, rivojlanishi hamda samaradorligini ta'minlashning eng muhim asosi sifatida legitimlik va legallik omillarini o'rganish zarur. Zero, legallik va legitimlik munosabati O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "davlat boshqaruvida ochiqlikka asoslangan, samarali qarorlar qabul qilish tizimini tatbiq etish" ning [1] muhim ijtimoiy-siyosiy hamda huquqiy mexanizmlaridir.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. XIX asr o'rtalariga kelib, siyosiy hokimiyatning legalligi va legitimligini shakllantirish masalasi nemis ilmiy-tadqiqot maktabi vakillari tomonidan davlatning kelib chiqish nazariyalari bilan uzviy bog'liq holda o'rganish va ilmiy tahlil etishga jiddiy e'tibor qaratila boshlandi. Yevropa siyosat nazariyasida siyosiy hokimiyatning legalligi va legitimligi muammosi M.Veber, R.Aron, K.Shmitt, Y.Xabermas, M.Xaydegger, K.Yaspers va boshqa olimlarning "zamonaviy siyosiy hokimiyatning mavjudligi", "demokratiya va huquqiy legitimlik", "jamoatchilik konsensusi" va "me'yoriy-qiymat" kabi ilmiy nazariyalari orqali ochib berildi [2].

Siyosiy hokimiyatni legallashtirish va legitimligini ta'minlash tushunchalarining dinamik rivoji asosan XX asrga to'g'ri kelib, G'arbiy Yevropa siyosat falsafasi va konsensus g'oyasiga asoslangan liberal-demokratik tafakkur an'analariga mos ravishda ta'lqin qilish ushbu davrda ommalashdi. Hozirda ko'plab

April 20, 2024

377

y

davlatlar o'zining siyosiy rivojlanish an'analariga ko'ra, legallik va legitimlik masalasini - siyosiy hokimiyatni amalga oshirishning mazmuni, usuli va darajasi kabi tarkibiy qismlar sifatida tadqiq etishni samarali deb bilishadi. Bu esa, legallik va legitimlik nazariyasini "siyosiy hokimiyat tuzilmalari o'rtasida ijtimoiy kelishuv, hamkorlikka erishish va ularni jamiyat tomonidan qo'llab-quvvatlanishini ta'minlashga asoslangan boshqarish texnologiyasini ochib beruvchi maxsus siyosiy nazariya" sifatida talqin etishni shakllantirdi.

Tadqiqot metodologiyasi. Ma'lumki, davlat hokimiyatining funksional mohiyatidan kelib chiqib, uni quyidaga asosiy belgilarini ko'rsatish mumkin:

ommaviylik - davlat hokimiyati butun jamiyat, xalq nomidan ish ko'radi va o'z faoliyatining ommaviy manbalariga ega bo'ladi;

maxsus apparatga egalik - davlat hokimiyati yaxlit vertikal va gorizantal boshqaruv tizimini tashkil etuvchi davlat organlari orqali o'z ta'sirini amalga oshiradi;

oliy hokimiyat hisoblanadi - davlat hokimiyati siyosiy hokimiyatning oliy ko'rinishi;

suverenitet - davlat hokimiyati ichki va tashqi munosabatlarda, davlat funksiyalarini amalga oshirish sohasida mustaqil hisoblanadi;

legitimlik - davlat hokimiyatini o'z xalqi, shuningdek xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinganligini ifodalaydi;

legallik - davlat hokimiyatining huquqiy jihatdan (konstitutsiya va qonunlar asosida) shakllanganligini ko'rsatadi [3].

Legitimlashtirishning asosiy mezoni nima? Bu savolga javob berishda ikki muhim yondashuv bir-biriga to'qnash keladi.

1. Liberal-demokratik yondashuvga ko'ra, faqat demokratik tartib-qoidalar natijasida shakllanadigan siyosiy hokimiyat legitim va legal deb tan olinishi kerak. Kuch va zo'ravonlik natijasida o'rnatilgan har qanday siyosiy hokimiyat legitim va legal deb tan olinmaydi.

2. Pragmatik yondashuvga ko'ra esa, asosiy mezon nafaqat siyosiy hokimiyatni saylash yo'li orqali shakllantirilishi, balki ushbu hokimiyat tomonidan jamiyatda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy barqarorlikni saqlash qobiliyati bilan belgilanadi.

Tahlil va natijalar. Jumladan, XX asrning boshlarida siyosiy hokimiyat borasidagi qarashlari bilan fanga katta hissa qo'shgan sotsiolog olim M.Veber o'z asarlarida siyosiy hokimiyat legitimligini shakllantirishga oid muhim ilmiy-amaliy takliflarini ilgari surdi. Uning fikricha, siyosiy hokimiyat legitimligini shakllantirish quyidagi mexanizmlar orqali samarali amalga oshirish mumkin:

1) affektiv-hissiy sodiqlik asosida;

2) qadr-qimmat va maqsadga muvofiqlik asosida;

April 20, 2024

3) manfaat asosida [4].

M.Vebeming e'tirofiga ko'ra, legitimlikni tavsiflovchi ichki asoslar ham mavjud bo'lib, ular siyosiy hokimiyatning institutsional va funksional maqomi; davlat boshqaruvchilarining yetakchilik xususiyatlari; legallik va kompetentlik asosida tashkil etilgan oqilona boshqaruvdir. Bu bilan M.Veber siyosiy hokimiyat legitimligini shakllantirishga doir ilmiy nazariy konsepsiyasiga ikkita asosiy yo 'nalishni kiritadi :

- jamiyat tomonidan siyosiy hokimiyatni tan olish darajasi;

- jamiyatda boshqariladigan qatlam uchun siyosiy hokimiyatga bo'ysunish majburiyatini yaratish.

Fikrimizcha, siyosiy hokimiyatning legalligi va legitimligi prinsipi fuqarolarning boshqaruv qarorlariga bo'ysunishi uchun ixtiyoriy roziligini ta'minlashga va siyosiy hokimiyatning ta'sir ko'rsata olish huquqini tan olishga qaratilgan siyosiy jarayondir. Fuqarolar tomonidan ham, butun jahon hamjamiyati tomonidan ham siyosiy hokimiyat talabining legitimligi agar hukumat demokratik g'oyalarga sodiqligini namoyon qilsa, o'z faoliyatida qadriyatlar, an'analarga hurmat tamoyilidan kelib chiqsagina samarali amalga oshishi mumkin. Bu bilan legitimlik masalasini demokratik siyosiy hokimiyatning eng muhim xususiyati deb hisoblash mumkin.

M.Veber fikricha "hukmronlik aniq bir tartibga bo'ysunishni isloh qilish imkoniyatidir" [4, 642-b]. "Bo'ysunish motivlari" prizmasi orqali M.Veber legitimlikning uchta ideal turini ajratib ko'rsatadi:

- an'anaviy legitimlik;

- xarizmatik legitimlik;

- ratsional-huquqiy legitimlik.

Bugungi amaliyot shuni ko'rsatadiki, legitimlikning tanlangan yuqoridagi turlari bir-biriga qarama-qarshi emas, balki ular hatto bir-biriga bog'langan va bir-birini to'ldiruvchi jarayonlardir.

Hozirgi tezkor modernizatsiyalashuv bosqichida siyosiy hokimiyatning legitimligini ta'minlovchi asosiy siyosiy texnologiyalar quyidagi jarayonlarga qaratilishi lozim:

- milliy-madaniy manfaatlar, qadriyatlar va ehtiyojlarga mos keladigan siyosatni shakllantirish;

- davlat boshqaruvida boshqaruvning ma'muriy usullarini, kadrlar siyosatini samarali joriy etish hamda davlat xizmatlari ko'rsatishda xalq bilan muloqotning tashkiliy, huquqiy va siyosiy texnologiyalarini qo'llash;

379

^_AprU_20,_202£_

International Scientific and Practical Conference

- milliy xavfsizlikni ta'minlash, tahdidlar va favqulodda vaziyatlarga adekvat javob berishning siyosiy mexanizmlari sifatida inson xavfsizligi, jamoat xavfsizligi, milliy va madaniy xavfsizlikni ta'minlash;

- siyosiy institutlarning davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorligi hamda fuqarolarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini ta'minlash;

- siyosiy tizim transformatsiyasi jarayonida davlat va jamiyat rivojining milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligini oshirish.

M.Veberning siyosiy hokimiyat legitimligi konsepsiyasi bilan bir qatorda amerikalik siyosatshunos D.Istonning ilmiy-nazariy yondashuvlari ham zamonaviy siyosatshunoslikda juda mashhur. D.Iston uchun legitimlik siyosiy tizimning barcha komponent va elementlarining barqarorligini ta'minlashi mumkin bo'lgan imkoniyatdir. D.Iston "siyosiy hokimiyatning legitimligi insonlarning axloqiy tamoyillariga hamda hokimiyat tomonidan joriy etilayotgan qarorlarning adolatli va to'g'riligi haqidagi g'oyalarga rioya qilishiga bog'liq jarayondir" [5], deb ta'kidlaydi.

Siyosiy hokimiyatni legitimlashtirish manbalari sifatida D.Iston:

- g'oyaviy-mafkuraviy jarayonlar;

- davlatda o'rnatilgan siyosiy rejim;

- siyosiy liderning boshqaruv mahorati bilan bog'laydi.

Davlat va jamiyatning o'zaro aloqadorlik omilida legitimlik darajasi qancha yuqori bo'lsa, siyosiy yetakchining davlatni ichki va tashqi siyosiy faoliyatidagi mustaqil harakati shunchalik erkin bo'ladi. Chunki legitimlik qonun doirasida faoliyat yuritadigan barcha siyosiy kuchlarning tengligidir. Jumladan, konstitutsiyaviy legitimlik - butun bir davlat va jamiyatning uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy evolyuesiyasi, gumanistik tamoyillar hamda inson erkinligi, xalqning farovon turmush tarzini tub xususiyatiga aylanishi natijasidir.

Siyosiy hokimiyatni legitimlashtirish borasida yana bir fransuz siyosatshunosi J.Shabo legitimlik nazariyasi "legitimlik - boshqaruvchi rahbarlarning haqiqiy sifatlarini boshqariladiganlar tomonidan tan olinishi va aniq ifodalangan roziligidir" [6] deb, ta'riflaydi. Shuningdek, u legitimlikni to'rt: demokratik, mafkuraviy, texnokratik, ontologik turlarini ajratib ko'rsatadi.

Eng keng tarqalgani legitimlik shakli J.Shaboning fikrichaô demokratik legitimlik bo'lib, bugungi G'arbiy Yevropa davlatlari madaniyatining ajralmas qismiga aylangan ko'pchilik irodasiga, shaxs va so'z erkinligiga, kollegial qarorlarga asoslanganligi bilan izohlaydi.

Texnokratik legitimlikni esa, boshqaruv tizimida menejerlarning kasbiy mahorati va yuksak malaka darajasi sifatida tushuniladi.

Mafkuraviy legitimlik - davlat siyosiy rejimining g'oviy-mafkuralashgan shaklidir.

380

April 20, 2024

International Scientific and Practical Conference

y

Ontologik legitimlik - siyosiy-falsafiy ma'noga ega bo'lib, inson tomonidan siyosiy jarayonlarni anglash darajasining maishiy, ilmiy va texnologik belgilariga bog'liqdir.

Siyosiy hokimiyat o'zining ijtimoiy-siyosiy tabiati tufayli legitimlikka muhtoj, bu unga barqarorlik, takrorlanuvchanlik hamda uzoq muddatga mavjud bo'lish imkoniyatini ta'minlaydi. Shu bois, siyosiy hokimiyatni legitimlashtirish fenomeni butun sivilizatsiyalar doirasida uzoq tarixiy jarayon natijasida shakllandi. Siyosiy hokimiyatni legitimlashtirish haqida gap borganda, bu yo'nalishda ilmiy izlanishlar olib borgan tadqiqotchilarning konseptual qarashlarini umumlashtirib, ikki yo'nalishga: siyosiy hokimiyat subyektlarining vakolati, ishonchga asoslangan tizim sifatida e'tirof etilishi hamda siyosiy hokimiyatga nisbatan sadoqat, bo'ysunuvchi subyektlarning siyosiy hokimiyat talablariga rioya qilishi, so'zsiz bajarish qobiliyati va istagining nomoyon bo'lishi bilan bog'lab tushuntirish an'anasiga guvohi bo'lamiz. Fikrimizcha, siyosiy hokimiyatni legitimlashtirish jarayoni bir vaqtning o'zida huquqiy, hamda siyosiy sohadagi funksiyalarni o'zida ifoda etadi. Bu bilan legitimlashtirish jarayoni muayyan bir davlatning amaldagi qonunchilik talablari asosida siyosat subyektlarining boshqaruv huquqini obyektiv baholash va jamiyat fuqarolari tomonidan mazkur huquq normalarini ixtiyoriy ravishda tan olinishi tushunilishi lozim.

Legitimlik konsepsiyasining rivojiga amerikalik sotsiolog va siyosatshunos olimlardan yana biri S.M.Lipsetning hissasi katta bo'ldi. U o'z qarashlarida siyosiy tizim barqarorligini saqlash jarayonida legitimlikning roli va ahamiyatini batafsil ochib berdi. S.M.Lipset siyosiy legitimlikni "jamiyat uchun eng munosib bo'lgan siyosiy tizimning sifati aholi, turli ijtimoiy guruhlar hamda siyosiy institutlar o'rtasidagi manfaatlarni bir-biriga mos ekanligi haqidagi ishonchni saqlab qolish qobiliyatidir", [7] deb ta'kidlaydi.

Legitimlik har qanday siyosat subyektiga manipulyatsiya, tashqi ta'sir orqali yuklanishi mumkin emas. Legitimlikka aynan siyosiy hokimiyat va aholi o'rtasidagi kommunikativ va peretseptiv harakat jarayonida erishiladi. Bugungi kunda siyosiy hokimiyat legitimligini shakllantirishning eng keng tarqalgan manbai bu siyosiy tizimning demokratlashuvi va jamoatchilik fikriga rioya qilishdir.

Xulosa va takliflar. Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, legallik va legitimlik kategoriyasi davlat hokimiyati faoliyatini asoslab berish va obyektivlashtirish mexanizmi bo'lib, siyosiy hokimiyatni amal qilish usulini tahlil qilish imkoniyatini yaratib beradi. Siyosiy hokimiya legalligi va legitimligini shakllantirishning eng muhim domenantlari sifati: davlat va jamiyat o'rtasida yagona siyosiy tizim to'g'risidagi kelishuvni o'rnatish; o'rnatilgan siyosiy rejimni qo'llab -quvvatlashda ommaning faol ishtirokini ta'minlash; siyosiy hokimiyat nufuzini

April 20, 2024

oshirish va saqlab qolish uchun ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va ma'naviy resurslarni yaratishdan iboratdir.

Mazkur siyosiy mexanizmlar inson-jamiyat-siyosiy hokimiyat o'rtasidagi munosabatlar tizimini me'yoriy-oqilona o'rnatishaga qaratilgan bo'lib, davlat o'z hukumati yordamida xalqining islohotlarga daxldorlik, mas'uliyat hamda fuqaroviylik belgilari orqali ishonch va tan olish imkoniyatini yaratadi. Binobarin, siyosiy hokimiyatining legitimligi, uning faoliyat yuritishi va qonunlarga amal qilish qobiliyatida ifodalanganligi hokimiyatning legalligi uchun ham, legitimligi uchun ham asos bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES:

1. Узбекистан Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. 2017 йил 22 декабрь. // Манба: https://president.uz/uz/lists/view/1371 - Узбекистон Республикаси Президентининг расмий веб-сайти.

2. Керимов А.А. Легитимность политической власти: проблемы дефиниции и основные теоретические модели / А.А.Керимов // Известия Уральского федерального университета. Сер. 3, Общественные науки. 2015. № 1 (137). -с. 81-91.

3. Хакимов Р.Р. Давлат хокимияти тизимида парламент: назария ва амалиёт муаммолари: Монография. Узбекистон Республикаси Президенти хузуридаги Амалдаги крнун хужжатлари мониторинги институти нашриёти. - Т., - Б. 15.

4. Вебер М. Избранные произведения. - М., 1990. - C. 639-647.

5. Истон Д. Системный анализ политической жизни (1965) // Политология: хрестоматия / сост. М.А.Василик, М.С.Вершинин. - М., 2000.

6. Шабо Ж.Л. Государственная власть: конституционные пределы и порядок осуществления // Полис. - М., 1993. № 4.

7. Филиппов А.Ф. Политическая социология. Фундаментальные проблемы и основные понятия // Полития. - М., 2002. № 2.

3s2

^_Apnl_20,_2024_

International Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.