SIYOSIY DISKURSDA TANTANALI NUTQ: SI JINPING NUTQLARI
MISOLIDA
d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-21-20-26
Dimetova Diana Murat qizi
Xitoyshunoslik fakulteti, Xitoy filologiyasi kafedrasi 1-kurs magistranti Ilmiy rahbar: DSc, dots. S.A.Nasirova
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada siyosiy diskurs tarkibida tantanali nutqning yuzaga kelishi haqida qisman ma'lumot berilgan bo'lib, tantanali nuqt publitsistik uslubning bir bo'lagi bo'lib, siyosiy-g'oyaviy, jamoaviy va madaniy sohalarda ko'p qo'llanilishi, xususan, davlar rahbarlarining nutqida tantanali ruhning ifodasi, tinglovchida qanday taassurot qoldirishi, emotsional ta'siri yoritilgan. Ma'ruzachining nutq stili, siyosiy tantanali nutqida mavjud milliy madaniy nutq stili me'yorlaridan chiqmagan holda, biroq o'z individual stilidan foydalangan holda namoyon bo'lishini rais Si Jinpingning nutqlaridan misollar keltirib ochib berishga harakat qilindi. Siyosiy diskursda yaqqol ko'zga tashlanadigan stilistik ko'rsatkichlardan bir qanchasi ajratib o 'tilgan.
Kalit so'zlar: Siyosiy diskurs, tantanali nutq, rasmiy epideyktika, epitet, parallel kontruksiya, abzats parallel strukturasi, kogerentllik zanjiri.
ABSTRACT
This article provides a partial account of the emergence of ceremonial speech in political discourse, and the ceremonial point is part of the journalistic style and is widely used in the political-ideological, collective, and cultural spheres, in particular, the expression of the solemn spirit in the speeches of the heads of states, how it will impress the listener, the emotional impact. Attempts were made to illustrate that the speaker's style of speech did not deviate from the norms of the existing national cultural speech style in his political ceremonial speech, but using his own individual style, citing examples from President Xi Jinping's speeches. There are a number of stylistic features that stand out in political discourse.
Keywords: Political discourse, ceremonial speech, formal epideictics, epithet, parallel construction, parallel paragraph structure, coherence chain.
Ma'lumki, oxirgi 10 yil mobaynida texnikaning yanada rivojlanishi tufayli, ommaviy axborot vositalarining o'rni ijtimoiy hayotimizda kuchaygani sabab, axborotlarning tez, jadal va nur tezligida tarqalishi sotsiolingvistikada yangi va dolzarb masalalarni o'rganishni talab qilmoqda. Ayniqsa mamlakatning ijtimoiy -siyosiy hayoti haqidagi ma'lumotlarning o'sha mamlakat rahbarlarining nutqlaridan yanada chuqur o'rganish imkoniyati ham tug'ilmoqda. Mazkur maqolamizda rahbar nutqlarining barcha jabhalari emas, balki faqat tantanali nutqlariga alohida to'xtaladi va tahlil qilinadi.
Tantanali nutq- biror konferensiya, majlis, ko'rgazmaning ochilish yoki yopilishida, turli premiyalar, yubileylarda so'zlanadigan nutqdir. Tantanali nutq o'z o'rnida amaldor shaxslar, ma'lum firma, tashkilot ma'muriyati biror majlis, kengash, premiya taqdimoti va boshqalarning ochilish yoki yopilishida so'zlaydilar. Bu janr anchayin standartlashtirilgan usulda ommalashtiriladi. Bu shunday janrki, unda maxsus matnga asoslanadi, shu bilan birga tinglovchining xissiyoti va emotsional holatiga ta'sir ko'rsatadi. Tantanali nutq ma'lum soha so'zlashuvining an'analarini ifodalaydi. Odatda tantanali nutq oldindan yozma ravishda tayyorlanib, matnga tayanib bayon qilinadi. Xalqaro uchrashuvlarda tarjimon uchun uchrashuv yoki konferensiyaning asosiy mazmuni haqida tushuncha paydo bo'lishiga imkon yaratadi. Tantanali nutqning emotsional-bo'yoqdorlikka boy bo'lishini ta'minlash uchun so'zlovchidan, hamda tarjimondan stilistik mahorat talab qilinadi. Nafaqat o'z ona tilida, balki tarjimaga berilgan tilning stilistik xususiyatlarini chuqur bilishi talab qilinadi. [7]
Afinada notiqlik san'atiga cheksiz qiziqish natijasida, uning yangi ko'rinishlari yuzaga kela boshladi. Shulardan biri epideyktik notiqlik, ya'ni tantanali notiqlikdir. Tantanali nutq ko'rinishi notiqlik san'atiga bo'lgan katta qiziqishning mahsulidir. Undan ko'zlangan maqsad, o'z notiqlik mahoratini namoyish etish, notiqlik san'atining barcha imkoniyatlarini ishga solib, tinglovchilarga estetik zavq bag'ishlashdan iborat edi. Tantanali nutq matnlari shu qadar go'zallik, badiiy, lingvistik bezaklarga boy holda tuzilardiki, ularni notiq og'zidan eshitish emas, hatto o'qib chiqishning o'zi katta zavq berardi. Iste'dodli notiq talqinida bu nutqlar badiiy o'qishga, ajoyib mahoratli ijrochilikka aylanib ketar va tinglovchilarga chindan ham estetik zavq bag'ishlardi. Yozma adabiyotning paydo bo'lishida notiqlik san'atining roli juda katta bo'lganidek, nafis adabiyotning go'zal, lirik shakllari yuzaga kelishida epideyktik notiqlikning ta'siri kattadir.[2.2-ma'ruza]
Tantanali nutq rasmiy epideyktik nutq tarkibiga minnatdorchilik, tabrik, maqtov, yubiley, hamdardlik bildirish, qoralash nutqlari kabi nutqlar qatorida kiradi.
Epideyktik nutq ritorikaning bir janri hisoblanib, birinchi marta Aristotelning "Ritorika" asarida uchraydi.
Tantanali nuqt publitsistik uslubning bir bo'lagi bo'lib, siyosiy-g'oyaviy, jamoaviy va madaniy sohalarda ko'p qo'llaniladi. Nutqdagi ma'lumotlar kichik mutaxassislik doiralarga mo'ljallanmay, aksincha, keng jamoat uchun mo'ljallanib, nafaqat tinglovchining aqliy salohiyatiga, balki xissiyotiga ham ta'sir etish maqsadida bayon qilinadi.
Tantanali nutqning asosiy vazifasi-tinglovchiga ma'lumot berish (yangi ma'lumot bo'lishi shart emas), tinglayotgan jamoatda mamlakatda kechayotgan holat, jamiyat hayotida uning (tinglovchining) o'rni qay darajadaligi haqida tushuncha hosil qilish, bayram shukuhini yanada ko'tarish, o'z yurti bilan faxrlanish tuyg'ularini yanada kengaytirishdir.
Tantanali nutq struktur jihatdan 3 ga bo'linadi [10]:
1. Ma'ruzachi nutqqa sabab bo'lgan voqea yoki hodisaga ishora qiladi. (Kirish)
2. Asosiy qismda voqea yoki hodisa tezisi turli dalillar bilan asoslanadi. (Asosiy qism)
3. Oxirgi qismda ma'ruzachi tilak bildiradi yoki biror harakatga undash holatlarini bildiradi. (Muqaddima)
Zamonaviy siyosiy tantanali nutqi ma'lum xalqining milliy-madaniy, aksiologik va uslubiy afzalliklarini aks ettiruvchi madaniy hodisadir. Siyosiy rahbarlarning nutqlari millatning lingvistik ongini o'rganish uchun muhim materialdir. Zamonaviy siyosiy tantanali nutqi epideyktik nutq nazariyasi va amaliyotining ko'p asrlik taraqqiyoti natijasidir. Antik davrdan, o'rta asrlar ilmiy va madaniy an'analaridan, XVIII-XIX asrlarning ritorik va stilistik asarlaridan o'zlashtirilgan tantanali nutq, XX-XXI asrlarning ijtimoiy-siyosiy nutq hodisasiga aylanmoqda. Siyosiy tantanali nutq klassik ilmlar, jumladan, ritorika, stilistika, nutq madaniyati singari ilmlar, hamda zamonaviy yo'nalishlariga kiruvchi jamoatchilik bilan aloqa, kommunikativistika, pragmalingvistika va bosh., singari ilmlar tomonidan tadqiq qilinadi. [4.6]
Tantanali nutq- bu ma'lum bir holatni aks ettiruvchi, ma'ruzachining (adresantning) individualligini ko'rsatuvchi va unga ta'sir qilish uchun ma'lum bir auditoriyaga (adresatga) qaratilgan murakkab lingvistik hodisadir. Siyosiy ritorika tomonidan ma'ruza tarkibidagi g'oyaning qadrliligi ma'ruzachi va tinglovchining bir tan-u, bir jon sifatida ma'ruzani qabul qila olishi orqali aniqlanadi. Ta'kidlab o'tish
joizki, ma'ruzada faqat o'tib ketgan voqea hodisalar emas, balki ayni damda dolazarb bo'lgan muammolarga ham to'xtalib o'tilishi muhim.[3]
Ma'ruzachining nutq stili, siyosiy tantanali nutqida mavjud milliy madaniy nutq stili me'yorlaridan chiqmagan holda, biroq o'z individual stilidan foydalangan holda namoyon bo'lishi kerak. Siyosiy ma'ruzajchining Individual nutq stili leksikada, sintaksisda, talaffuzda va tana xatti-harakatlarida yuzaga keladi. Leksikada ma'ruzachining ko'p va tez-tez uchraydigan kalit so'zlari, hamda tinglovchining e'tiborini tortuvchi yangi so'zlarida namoyon bo'ladi. Sintaksisda, ma'ruzada stilistik o'ziga xosligining xususiyatlari sifatida eng ifodali va xilma-xil nutq shakllarining ifodalanishida. Talaffuzda, tantanali nutqning talaffuz an'analariga mos ravishda ma'ruzachining o'zizga xos ohang bilan ma'ruzani so'zlashida yuzaga keladi. Paralingvistik xususiyatlarda, barchaga ma'lumki, so'zlovchining tana xatti-harakatining barcha ko'rinishlari (imo-ishoralari, mimikalari, qarashlari, turishi va boshqalar) individualdir. [4.7]
Til-siyosat-mansab kuchi (власть) har doim juda yaqin turadigan tushunchalar. Chunki til orqali siyosatni, siyosat orqali mansabni yuritish mumkin. D.Greyberning fikriga ko'ra, siyosatchi ma'lum oldiga qo'ygan maqsadiga erishishi uchun, muammolarni til yordamida hal qilaolishi kerak [6.196]. Siyosiy kommunikatsiya mamlakat boshqaruvidek jarayonlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy siyosiy diskurs esa, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonini, madaniyatini va mentalitetini o'zida qamraydi. [5.3]
Siyosiy diskurs- ijtimoiy munosabatlarning ajralmas qismidir, chunki u ular tomonidan shakllantiriladi va ayni paytda lisoniy shakl, bilim va harakatning murakkab birligi bo'lib, ularning o'zini ham shakllantiradi. Siyosiy nutqni amalga oshirish nafaqat lingvistik vositalarni, balki muloqotni belgilovchi ekstralingvistik omillarni, shuningdek, nutqning mavjudligini belgilovchi kognitiv tuzilmalarni ham o'z ichiga oladi. [1. kirish]
Siyosiy diskursda yaqqol ko'zga tashlanadigan stilistik ko'rsatkichlar (vositalar)ni quyidagilarga ajratdik:
1. Siyosiy diskursning lug'aviy xususiyatlariga kelsak, ma'ruzachining kelib chiqqan siyosiy muammoga bo'lgan munosabatini yaqqol ko'rsata oladigan ko'rsatkich epitetdir. Ya'ni epitet-bu shunday sifat, ravishdirki, unda ma'ruzachi holatga nisbatan bo'lgan munosabatini xususiyat jihatidan yoki nisbatni anglatuvchi semantika orqali ifoda qiladi yoki baholaydi, shu tariqa ma'ruzachining ma'lumotga bo'lgan pozitsiyasi aniqlanadi. [5]
Xitoyshunoslikning dolzarb masalalari: ft VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 21
"Xitoyshunoslik" fakulteti iqtidorli q ISSN 2181-1784
yoshlarning ilmiy anjumani SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
Masalan, MmBâMâT 95 +
[8.32]
Partiyamiz 95 yillik tarixni bosib o'tdi, ammo biz partiya tashkil etilgan paytda Xitoy kommunistlarining kurash ruhini abadiy saqlab qolishimiz, xalq uchun abadiy pok qalbni saqlashimiz kerak. Oldinga ildamlar ekanmiz, bosib o'tgan yo'limizni unutmasligimiz kerak, qanchalik uzoqqa bormaylik, kelajak qanchalik yorug' bo'lmasin, o'tmishimizni, nima uchun yo'lga chiqqanimizni unutmasligimiz kerak. Kelajakka yuz tutib, qiyinchiliklarga duch kelganda, partiyadagi barcha safdoshlar o'zlarining asl intilishlarini (maqsadlarini) unutmasliklari va oldinga intilishlari kerak.
Berilgan misolda ko'rishimiz mumkinki, ma'ruzachi tinglovchilarni oldinga qarab yurishgan, shu bilan birga oldinga qo'yilgan maqsadlarni, bosib o'tilgan qiyinchiliklarni hech qachon unutmay, yorug' kelajak kelsa ham o'tmishni unutmaslikka chorlaydi. Bunda ma'ruzachining aniqlovchi so'zlarni to'g'ri tanlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'ruzachi yangi ma'lumot berishni maqsad qilmagan, aksincha, barcha aniq, tanish bo'lgan nutq so'zlanmoqda, lekin nutqning ta'sir doirasini partiya a'zolarni ruhlantirish, ortga chekinmaslik singari kalit so'zlar bilan boyitib kuchaytiradi.
2. Parallel kontruksiya siyosiy faoliyatda stilistik xususiyatni ko'rsatuvchi figura sifatida. Siyosiy kommunikatsiyada ushbu sintaktik usuldan tinglovchi auditoriyaning e'tiborini yanada tortishga, takrorlash orqali berilayotgan g'oya-fikrlarini tasdiqlash maqsadida faol foydalaniladi. Yuqoridagi misolimizda parallel konstruksiyani ham ko'rishimiz mumkin.
Bu holatda zkS yong yuan-abadiy, so'zini takrorlash orqali abadiylikka chorlash; ^Mïëtâ bu neng wang ji-unutmaslik lozim, jumlasining takrori yordamida ta'kidni yanada kuchaytirish maqsad qilingan. Siyosiy rahbarlarning deyarli barchasida parallel konstruksiyadan foydalanish hodisasi stilistik o'ziga xoslik hamda umumiy xarakteristika sifatida yuzaga kelishining guvohi bo'lmoqdamiz. Masalan,
24
B.Obamaning nutqida: "Если есть хоть кто-нибудь, кто все еще сомневается в том, что Америка-это место, где все возможно; кто все еще задается вопросом, о жива ли сейчас мечта наших основателей; кто все еще ставит под сомнение силу нашей демократии, то сегодняшний вечер-это ваш ответ." (Выступление в парке Гранте Чикаго, в 04.11.2008) [5.14].
3. Abzatsni abzatsga bog'laydigan parallel struktur aloqa. Manbaa sifatida XXR Raisi Si JinPinning Xitoy va Markaziy Osiyo mamalakatlari rahbarlarining online-sammitidagi nutqi. Rahbar nutqining 30 yillik hamkorlik haqida boshlab, oldingi 5 abzatsda «30 yil mobaynida...» deb boshlangan fikrlar bildirilgan. Unda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan qator ishlarni tilga oladi.
4. Kogerent zanjir yoki tartib raqamlar bilan maqsad yoki bajarilgan ishlarni sanab o'tish. Manbaa sifatida XXR Raisi Si JinPinning Xitoy va Markaziy Osiyo mamalakatlari rahbarlarining online-sammitidagi nutqi. Unga ko'ra oxirgi 5 abzatsda 5 taklifni ilgari suradi. Birinchi,... ikkinchi, ...uchinchi,...to'rtrnchi,...beshinchi,... tariqasida bergan.
Xulosa. Maqolada tantanali nutq haqida, uning epideyktik nutq janri ichida paydo bo'lib, hozirgi kunda siyosiy diskursda ko'p uchrashi haqida turli fikrlar jamlashga erishildi. Tantanali nutq yangi ma'lumot bermasada, tinglovchining ruhiy emotsional holatiga to'g'ridan to'gri ta'sir ko'rsatish xarakteriga egaligi, hatto siyosiy rahbarlar o'z nutqlarida tantanali ruhni shakllantirish uchun turli stilistik vositalardan keng foydalanishi orqali tantanali diskurs hosil bo'lishi ko'rsatib berildi. Siyosiy diskursda ko'zga tashlanadigan bir nechi vositalar ajratildi, hamda misollar bilan yoritildi.
REFERENCES
1. С.А. Насирова «Особенности перевода метафор (на праймериз политического дискурса о коррупции)» Тош. 2020.
2. G.SH. Rixsiyeva, Sh.B. Sodiqova "O'qituvchi nutq madaniyati (ma'ruzalar kursi)" 2-ma'ruza. Tosh. 2013.
3. С.В. Меньшенина «Классификация речей, янри эпидейктичекой речи» Вестник ЮУрГУ, №7 (47), 2005. Серия «Социально-гуманитарные науки», выпуск 4.
4. Мекста Анджу «Содержательно-композиционные и стилистические особенности русской политической праздничной речи (ЮФ Вфтериале выступлений республики РФ в 2000-2010 гг.)» Диссертация. Москва 2012.
5. В Анна «Стилистические и лингвопрагматические характеристики публичной речи политических деятелей России в XX веке и начале XXI века» Автореф. ераславль 2009г.
6. D. A. Graber, (1981). Political Languages. In D. Nimmo, & K. Sanders (Eds.), Handbook of Political Communication (pp. 195-224). Beverly Hills, CA: Sage.
7. m^m. 2017.11 ФШ^Г^й 95 "2016 Щ 7 Л 1 0О Rais Si JinPingning Xitoy kommunistik partiyasining tashkil topganiga 95 yil to'ganlik munosabati bilan bo'lgan yig'ilishdagi nutqi. 1-iyul 2016 yil.
8. Выступление Председателя КНР Си Цзиньпина на онлайн- саммите глав государств Китая и государств Центральной Азии. 25 января 2022 г.
9. Nazarova, S. A. (2019). Experimental Research Results Identificating Efficiency of Teaching Students' Foreign Lexical Competence Methodology. Eastern European Scientific Journal, (1).
10. Насирова, С. А. (2020). Генезис общественно-политической терминологии китайского языка через призму истории китайской дипломатии. Modern Oriental Studies, 2(2), 22-33.