Научная статья на тему 'SISTEM-FUNKSIONAL GRAMMATIKA TARIXIGA NAZAR'

SISTEM-FUNKSIONAL GRAMMATIKA TARIXIGA NAZAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
system lingvistika / system-funksional grammatika / London maktabi / M.Hallidey / matn / shakl. / системная лингвистика / системно-функциональная грамматика / Лондонская школа / текст / форма.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Medesheva Bibinur Yerkebek Qizi

Maqola XX asr Britaniya tilshunosligi rivojlanishining ba’zi xususiyatlarini yoritadi va fanning oldingi tarmoqlari bilan aloqasi haqida ma’lumot beradi. XX Buyuk Britaniya tilshunosligining asosiy konsepsiyasi London maktabi bo‘lgan va keyingi g‘oyalar mazkur maktab asosida shakllangan. Sistem-funksional lingvistika tilga nutq yoki yozuv kontekstida qaraydi, ularning ma’nosiga ko‘ra til shakllarini izohlaydi. Ingliz tilidagi ilmiy adabiyotlarda mazkur tushuncha “sistem-funksional lingvistika”, “sistem linvstika”, “sistem-funksional grammatika”, “sistem grammatika” singari ataladi. Sistem-funksional lingvistikaning asoschisi – Maykl Hallidey bo‘lib, nazariyaning asosiy komponentlari paradigmatik o‘lchov hamda shaklga emas, ma’noga e’tibor qaratishdir. Shuningdek, lingvistik sistema asoslanadigan metafunksiyalar ham ajratilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: shaxslararo metafunksiya, tajribaviy metafunksiya, matniy metafunksiya.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВЗГЛЯД НА ИСТОРИЮ СИСТЕМНО-ФУНКЦИОНАЛЬНОЙ ГРАММАТИКИ

В статье освещаются некоторые особенности развития британского языкознания XX века и представлена информация о связи с предыдущими отраслями науки. Основная концепцией британского языкознания XX века была Лондонская школа, на основе этой школы формировались последующие идеи. Системно-функциональная лингвистика рассматрывает язык в контексте речи или письма, иртерпретирует языковые формы в соответствии с их значением. В англоязычной научной литературе это понятие называется как “системно-функциональная лингвистика”, “системная лингвистика”, “системно-функциональная грамматика”, “системная грамматика”. Основателем системно-функциональной лингвистики является Майкл Халлидей, основными компонентами теории являются парадигма языкового измерения и ориентация на смысл, а не на форму. Также выделяют метафункции, на которых основана лингвистическая система: межличностная, эмперическая, текстуальная метафункция.

Текст научной работы на тему «SISTEM-FUNKSIONAL GRAMMATIKA TARIXIGA NAZAR»

SISTEM-FUNKSIONAL GRAMMATIKA TARIXIGA NAZAR Medesheva Bibinur Yerkebek qizi

TDSHU tayanch doktoranti E-mail: Bibinur96me@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.12519393

Annotatsiya: Maqola XX asr Britaniya tilshunosligi rivojlanishining ba'zi xususiyatlarini yoritadi va fanning oldingi tarmoqlari bilan aloqasi haqida ma'lumot beradi. XX Buyuk Britaniya tilshunosligining asosiy konsepsiyasi London maktabi bo'lgan va keyingi g'oyalar mazkur maktab asosida shakllangan.

Sistem-funksional lingvistika tilga nutq yoki yozuv kontekstida qaraydi, ularning ma'nosiga ko'ra til shakllarini izohlaydi. Ingliz tilidagi ilmiy adabiyotlarda mazkur tushuncha "sistem-funksional lingvistika", "sistem linvstika", "sistem-funksional grammatika", "sistem grammatika" singari ataladi.

Sistem-funksional lingvistikaning asoschisi - Maykl Hallidey bo'lib, nazariyaning asosiy komponentlari paradigmatik o'lchov hamda shaklga emas, ma'noga e'tibor qaratishdir. Shuningdek, lingvistik sistema asoslanadigan metafunksiyalar ham ajratilgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat: shaxslararo metafunksiya, tajribaviy metafunksiya, matniy metafunksiya.

Kalit so'zlar: system lingvistika, system-funksional grammatika, London maktabi, M.Hallidey, matn, shakl.

ВЗГЛЯД НА ИСТОРИЮ СИСТЕМНО-ФУНКЦИОНАЛЬНОЙ

ГРАММАТИКИ

Аннотация: В статье освещаются некоторые особенности развития британского языкознания XX века и представлена информация о связи с предыдущими отраслями науки. Основная концепцией британского языкознания XX века была Лондонская школа, на основе этой школы формировались последующие идеи.

Системно-функциональная лингвистика рассматрывает язык в контексте речи или письма, иртерпретирует языковые формы в соответствии с их значением. В англоязычной научной литературе это понятие называется как "системно-функциональная лингвистика", "системная лингвистика", "системно-функциональная грамматика", "системная грамматика".

Основателем системно-функциональной лингвистики является Майкл Халлидей, основными компонентами теории являются парадигма языкового измерения и ориентация на смысл, а не на форму. Также выделяют метафункции, на которых основана лингвистическая система: межличностная, эмперическая, текстуальная метафункция.

Ключевые слова: системная лингвистика, системно-функциональная грамматика, Лондонская школа, текст, форма.

A LOOK AT THE HISTORY OF SYSTEM-FUNCTIONAL GRAMMAR

Abstract:The article highlights some features of the development of British linguistics in the 20th century and information is provided on connections with previous branches of science. The main concept of British linguistics of the 20th century was the London school, and subsequent ideas were formed on the basis of this school.

Systemic-functional linguistics considers language in the context of speech or text and interprets linguistic forms in accordance with their meaning. In research literature in English this

concept is called as "systemic-functional linguistics", "systemic linguistics", "systemic-functional grammar", "systemic grammar".

The founder of systemic-functional linguistics is Michael Halliday, the main components of the theory are the paradigm of linguistic measurement and an orientation towards meaning rather than form. Metafunctions on which the linguistic system is based are also identified: interpersonal, experiential and textual metafuntion.

Key words: systemic linguistics, systemic-functional grammar, London school, M.Halliday, text, form.

KIRISH

Hozirgi vaqtda tilshunoslik taraqqiyotini turli maktab va yo'nalishlarning, til va nutqqa yondashuvlarning xilma-xilligi bilan izohlash mumkin. Ular orasida istiqboli bor bo'lgan yo'nalish - funksionalizm bo'lib, tilda inson omiliga asosiy e'tibor qaratiladi. XX asr tilshunoslik rivojlanishi haqida gapirilganda, shubhasiz, amerikalik olim Noam Xomskiyning grammatikasi eng ahamiyatlilardan bo'lgan. Olim ko'pincha "tilshunoslik revolyutsiyasi" (Sampson, 1980:130) deb atashadi. N.Xomskiyning g'oyalari amaliyotga tatbiq etildi va turli davlatlarda rivojlandi [6, c.173].

Buyuk Britaniyada XX asrda eng mashhur va ahamiyatli konsepsiya Jon Fyers tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya hisoblanadi. Sistem-fuksional lingvistika taraqqiyoti ham J.Fyers nomi bilan bog'liq. J.Fyers M.Hallideyning ustozi bo'lgan.

J.Fyers kiritgan sintaksisni o'rganishdagi til tamoyillari tahlili bilan uning izdoshlari: M.Hallidey (M.Hallidey) va R.Hadson (R.Hudson) shug'ullangan. System-funksional tahlil nazariyasi asoschisi M.Hallidey sanaladi.

Ilk bor 1961-yilda "Grammatika nazariyalari kategoriyalari" nomli maqola mazkur nazariyaning rasmiy ravishda ommaga taqdim etilgan [1].

Avvaliga sistem-funksional grammatika o'zida ikki komponentni namoyon qilgan: birinchisi - paradigmatik o'lchov bo'lib, bunda muallifga ustunlik beriladi. Grammatik strukturalar so'zlovchi tanlovi natijasi sifatida qaralgan; ikkichisi esa shaklga emas, ma'noga e'tibor bo'lib, bunda maqsad so'z va iboralarni ma'no berish uchun qanday ishlatishni tavsiflash bo'lgan.

Sistem-funksional lingvistika tamoyillari amaliyotda keng qo'llanilgan. Masalan, ilmiy adabiyot va so'zlashuv tili tahlilida, Osiyo va Afrika xalqlarining qator tillarini tahlil qilishda, system fonologiya asoslarini formulirovka qilishda amaliyotga tatbiq etilgan. Mazkur yo'nalish doimiy rivojlanishdagi yo'nalishlardan hisoblanadi va qator ilmiy fanlar rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi.

Sistem-funksional lingvistika grammatika, leksikologiya, fonetika, semantikakabi qator ilmiy fanlar bilan aloqador.

METOD METODOLOGIYA

M.Hallidey 1985-yildagi ilmiy ishining so'zboshisida funsional grammatika xususiyatlarini keltirib o'tadi:

1) grammatika til qanday ishlatilayotganini izohlash uchun funksionaldir. Har qanday matn u yoki bu kontekstda tushuniladi, aynan ushbu kontekstlar ko'p davrlar mobaynida til sistemasini tashkil etgan. Funksional grammatika- tabiiy grammatika bo'lib, unda hamma narsa izohlanishi mumkin.

2) tilda ma'noning fundamental komponentlari bu - funksional komponentlardir. Barcha tillar ma'noning ikki asosiy turiga asoslanadi - g'oyaviy (ideantional) yoki reflektiv (reflective) hamda shaxslararo (interpersonal) yoki faol (active). Mazkur komponentlar ya'ni metafunksiyalar lingvistik sistema ifodalari hisoblanadi.

3) tilda har qanday element uning umumiy til sistemasidagi vazifasiga ko'ra talqin qilinadi. Shu nuqtai nazardan funksional grammatika tilning barcha elementlarini funksiyaning konfiguratsiyalari sifatida birlashtiradi. Har bir qism sistemaga funksional sifatida aloqadordir [6, c.175].

MUHOKAMA

M.Halliday matnga butunlay grammatik hodisa emas semantik hodisa sifatida qaragan va semantika grammatika bilan chambarchas bog'liq deb, bunga sabab tilda ma'no formulirovkalar yoki ifoda shakllari orqali yuzaga chiqadi deb hisoblagan. Matn ma'nosini bilish uchun grammatika bir paytning o'zida ham funksional ham semantic bo'lishi lozim, ya'ni grammatik kategoriyalar semantik modellar sifatida tushunlishi lozim deb yozadi.

Metafunksiyalar sistem-funksional grammatikaning asosiy ko'rsatkichi hisoblanadi. M.Hallidey o'zining nazariyasida uch asosiy metafunksiyani ajratgan: shaxslararo (interpersonal), tajribaviy (experiental), matniy (textual) metafunksiya.

Shaxslararo metafunksiya so'zlovchi va adresat o'rtasidagi ijtimoiy aloqalarni ifodalovchi sistemalarni birlashtiradi.

Ikkinchi metafunksiya tajribaviy metafunksiya bo'lib, tilga voqea-hodisa, holatlarni qanday tasvirlanayotgani hamda so'zlovchining til manzarasining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan qaraydi.

Uchinchi metafunksiya esa matniy xususiyatni o'zida mujassam etadi va jumlalarda ma'no ularni o'rab turgan g'oyalar bilan aloqasini o'rganadi va gapning kengroq kontekstiga kiritilgan.

M.Hallidey tomonidan ishlab chiqilgan mazkur nazariya o'tgan asrning 80-yillaridan boshqa tillarga keng tatbiq qilina boshlangan.

XULOSA

Maqolada aytib o'tilganidek, sistem-funksional grammatika bir joyda turib qolmay, doimiy to'ldirib borilgan va taraqqiy etib borgan nazariya hisoblanib, universal xarakterga ega hamda har qanday til tahlili uchun, jumladan, ekzotik tillar uchun ham foydalana bo'ladi. Sistem-funksional nazariya asosida badiiy asarni tilshunoslik nuqtai nazaridan o'rganish, muallif mahoratini, o'y-fikrlarini, so'z tanlay olish kabi mahoratlarini ochib beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Halliday, M.A.K. Categories of the theory of grammar // Word, 1961. No. 17. Р. 241-292.

2. Halliday, M.A.K. Learning how to mean. Explorations in the development of language. E. Arnold, 1975. 164 p.

3. Halliday, M.A.K. An introduction to functional grammar. L. : E. Arnold, 1985. 387 p.

4. Hudson, R.A. English complex sentences. An Introduction to systemic grammar. Amsterdam ; L. : North-Holland Publishing Company, 1971. 387 p.

5. Eggins S. An introduction to Systemic Functional Linguistics. 2nd edition. New York, 2004. P. 2-3.

6. Гаврилова Ю.В. Основные аспекты теории системной лингвистики в Великобритании конца XX века // Знание. Понимание, Умение. Москва. 2015. - №2. С. 172-180.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.