Научная статья на тему 'SISTEMAVIY-FUNKSIONAL TILSHUNOSLIK: TARAQQIYOTI VA AMALIYOTGA TATBIQI'

SISTEMAVIY-FUNKSIONAL TILSHUNOSLIK: TARAQQIYOTI VA AMALIYOTGA TATBIQI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
7
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Conferences
Область наук
Ключевые слова
Sistema / funksiya / sistemaviy-funksional tilshunoslik / metafunksiya / badiiy asar tili / funksional grammatika / System / function / systemic-functional linguistics / metafunction / language of artistic work / functional grammar

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Bibinur Y. Medesheva

Mazkur maqolada tilshunoslik tarmoqlarining yangi yo‘nalishlaridan biri – sistemaviy-funksional tilshunoslik haqida so‘z yuritiladi. XX asrdan boshlab taraqqiy etib borayotgan ushbu yo‘nalishdan asosan, badiiy adabiyotni tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilish uchun foydalanilgan. Maqolada sistemaviy-funksional tilshunoslikning rivojlanishi, namoyandalari hamda ushbu tilshunoslik tarmog‘ining ahamiyati haqida qisqa ma’lumot beriladi. Sistemaviy-funksional tilshunoslik tilni muloqot kontekstida qanday ishlatilishini o‘rganadi. Sistemaviy-funksional tilshunoslik o‘zida 3 ta metafunksiya: shaxslararo metafunksiya (interpersonal metafunction), tajribaviy metafunksiya (experimental metafunction), matniy metafunksiya (textual metafunction)ni namoyon etadi. Ingliz tilidagi ilmiy adabiyotlarda mazkur konsepsiyaning turlicha atamalarini uchratish mumkin: “sistemaviy-funksional tilshunoslik”, “sistemaviy tilshunoslik”, “sistemaviy-funksional grammatika”, “sistemaviy grammatika”. Sistemaviy-funksional tilshunoslik nazariyasi asoschisi ingliz olimi Maykl Hallidey hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SYSTEMIC-FUNCTIONAL LINGUISTICS: DEVELOPMENT AND PRACTICAL APPLICATION

The article gives an overview about a new linguistic direction – systemic functional linguistics. This direction, which has been developing since the twentieth century, is mainly used to analyze the language of fiction from the point of view linguistics. The article gives brief information about the development of systemic functional linguistics, its representatives and the importance of this branch of linguistics. Systemic functional linguistics examines the use of language in the context of verbal communication. Systemic functional linguistics has three metafunctions: interpersonal metafunction, experimental metafunction, textual metafunction. In English-language scientific literature, one can find terms that refer to the concept: “systemic functional linguistics”, “systemic linguistics”, “systemic functional grammar”, “systemic grammar”. Founder of the theory of systemic functional linguistics is Micheal Hallidey.

Текст научной работы на тему «SISTEMAVIY-FUNKSIONAL TILSHUNOSLIK: TARAQQIYOTI VA AMALIYOTGA TATBIQI»

DOI: https://doi.org/10.24412/cl-36892-2024-28-215-223

Pages: 215-223

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS

4th INTERNATIONAL CONFERENCE

SISTEMAVIY-FUNKSIONAL TILSHUNOSLIK: TARAQQIYOTI VA

AMALIYOTGA TATBIQI

Bibinur Y. Medesheva

tayanch doktorant Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Toshkent, O'zbekiston E-mail: bibinur96me@gmail. com

_MAQOLA HAQIDA_

Kalit so'zlar: Sistema, Annotatsiya: Mazkur maqolada tilshunoslik

funksiya, sistemaviy-funksional tarmoqlarining yangi yo'nalishlaridan biri - sistemaviy-tilshunoslik, metafunksiya, funksional tilshunoslik haqida so'z yuritiladi. XX asrdan badiiy asar tili, funksional boshlab taraqqiy etib borayotgan ushbu yo'nalishdan asosan, grammatika badiiy adabiyotni tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilish

uchun foydalanilgan. Maqolada sistemaviy-funksional tilshunoslikning rivojlanishi, namoyandalari hamda ushbu tilshunoslik tarmog'ining ahamiyati haqida qisqa ma'lumot beriladi. Sistemaviy-funksional tilshunoslik tilni muloqot kontekstida qanday ishlatilishini o'rganadi. Sistemaviy-funksional tilshunoslik o'zida 3 ta metafunksiya: shaxslararo metafunksiya (interpersonal metafunction), tajribaviy metafunksiya (experimental metafunction), matniy metafunksiya (textual metafunction)ni namoyon etadi. Ingliz tilidagi ilmiy adabiyotlarda mazkur konsepsiyaning turlicha atamalarini uchratish mumkin: "sistemaviy-funksional tilshunoslik", "sistemaviy tilshunoslik", "sistemaviy-funksional grammatika", "sistemaviy grammatika". Sistemaviy-funksional tilshunoslik nazariyasi asoschisi ingliz _olimi Maykl Hallidey hisoblanadi._

SYSTEMIC-FUNCTIONAL LINGUISTICS: DEVELOPMENT AND PRACTICAL

APPLICATION

Bibinur Y. Medesheva

doctoral student Tashkent State University of Oriental Studies Tashkent, Uzbekistan E-mail: bibinur96me@gmail. com

_ABOUT ATRICLE_

Key words: System, Abstract: The article gives an overview about a new

function, systemic-functional linguistic direction - systemic functional linguistics. This linguistics, metafunction, direction, which has been developing since the twentieth

language of artistic work, century, is mainly used to analyze the language of fiction functional grammar from the point of view linguistics. The article gives brief

information about the development of systemic functional linguistics, its representatives and the importance of this branch of linguistics. Systemic functional linguistics examines the use of language in the context of verbal communication. Systemic functional linguistics has three metafunctions: interpersonal metafunction, experimental metafunction, textual metafunction. In English-language scientific literature, one can find terms that refer to the concept: "systemic functional linguistics", "systemic linguistics", "systemic functional grammar", "systemic grammar". Founder of the theory of systemic functional _linguistics is Micheal Hallidey._

СИСТЕМНО-ФУНКЦИОНАЛЬНАЯ ЛИНГВИСТИКА: РАЗВИТИЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ ПРИМЕНЕНИЕ

Бибинур E. Медешева

докторант

Ташкентский государственный университет востоковедения Ташкент, Узбекистан E-mail: bibinur96me@gmail. com

_О СТАТЬЕ_

Ключевые слова: Аннотация: В данной статье говорится о новой

Система, функция, системно- лингвистической направлении - системно-функциональная лингвистика, функциональной лингвистики. Это направление, метафункция, язык развивающееся с XX века, в основном используетя для

художественного анализа языка художественной литературы с точки

произведения, зрения лингвистики. В статье даны краткие сведения о

функциональная грамматика. развитии системно-фукциональной лингвистики, ее

представителях и значении этой направлении языкознания. Системно-функциональная лингвистика рассматривает употребление языка в контексте речевого общения. Системно-функциональная лингвистика имеет три метафункции: межличностная метафункция (interpersonal metafunction), эмпирическая метафункция (experimental metafunction), третья метафункция носит текстуальный характер (textual metafunction). В англоязычной научной литературе можно встретить разные термины, которыми называется концепция: «системно-функциональная лингвистика», «системная лингвистика», «системно-функциональная грамматика», «системная грамматика». Основатель теории системно_функциональной лингвистики — Майкл Халлидей._

Til insonga berilgan buyuk ne'matlardan biridir. Til bor ekan, aloqa bor, tarix bor, madaniyat va adabiyot bor. So'nggi yillarda o'zbek hamda jahon badiiy adabiyoti tilini o'rganish ham son, ham sifat jihatidan taraqqiy etmoqda. Ayniqsa, badiiy adabiyot tiliga e'tibor uning uslubshunoslik, sistemaviy-funksional tilshunoslik kabi fanlar bilan chambarchas rivojida ko'rinadi.

Hozirgi kunda til va nutq tadqiqotlariga yondashuvlar orasida eng fuksional tilshunoslik jadal rivojlanmoqda.

G'arb mamlakatlarida tilshunoslik taraqqiyotida ikki fundamental yo'nalish ajraladi: falsafa va mantiqqa asoslangan tilshunoslik an'analari hamda etnografiya va ritorikaga asoslangan yo'nalish. Bu ikki yo'nalish tilshunoslik taraqqiyotining turli bosqichlarida ba'zida parallel mavjud bo'lgan, ba'zida biri o'rnini ikkinchisiga bo'shatib bergan. Yuqorida qayd etilgan ikki an'anadan farqli ravishda sistemaviy-funksional tilshunoslik etnografik an'analarni hamda ritorik asoslarni o'zida namoyon etadi. Sistemaviy-funksional tilshunoslik til xususiyatlarini muloqot kontekstida o'rganadi [10, c.87].

Mazkur yo'nalish tarixiga kelsak, sistemaviy-funksional tilshunoslik struktur tilshunoslikdan ajralib chiqqan tarmoq hisoblanadi hamda ikki tushuncha - sistema va funksiyaning birlashuvidan hosil bo'lgan.

Sistemaviy-funksional tilshunoslik bu - tilshunoslik tarmoqlaridan biri bo'lib, til hodisalarini kontekst (vaziyat)da o'rganuvchi fandir. Ushbu yo'nalish bir joyda qotib qolmagan, rivojlanib kelayotgan yo'nalishlardan hisoblanadi.

"Bunday yondashuv tilga shaxslarning muloqot jarayonida shakllanuvchi manba sifatida qaraydi. Shunga ko'ra sistemaviy-funksional yondashuv til shakllarini ma'no va grammatik shakl hosil qilishi nuqtai nazaridan aniqlaydi. Bu esa og'zaki matnning ham, yozma matnning ham barcha bo'yoqlarini tushunishga imkon beradi" [2, p.125].

Ushbu yo'nalish dastavval britaniyalik antropolog va lingvist, asli polshalik Bronislav Malinovskiy tadqiqotlarida uchraydi. U funksional-kontekstual shakllarni til muhim ahamiyat kasb etadigan madaniyatni talqin qilish uchun ishlab chiqadi. Uning ushbu g'oyalari keyinchalik Buyuk Britaniyaning umumiy tilshunosligi birinchi proffesori Jon Fyors tomonidan davom ettirilgan va to'ldirilgan. J.Fyors B.Malinovskiyning g'oyalarini butunlay yangi lingvistik nazariyaga kiritgan.

Sistemaviy-funksional tilshunoslikning asoschisi Maykl Hallidey hisoblanadi, biroq uning ustozi, britaniyalik umumiy tilshunoslik bo'yicha professor Jon Rubert Fyors o'zining lingvistik tadqiqotlari va ular natijasida ishlab chiqqan nazariyalari asos bo'lgan. Uning qiziqishlari grammatika va sotsiolingvistikaga orta borib, u turli tilshunoslik maktablarini, jumladan, Praga

tilshunoslik maktabini ham o'rganib chiqqan. M.Hallidey "Mo'g'ullarning sirli tarixi" deb nomlangan dissertatsiya ishida XIV yuzlikka oid xitoy so'zlashuv tilining aniq yozma matnini tavsiflash uchun umumiy tilshunoslik nazariya va metodlaridan foydalanmoqchi bo'lgan. Qayd etish kerakki, sistemaviy-funksional grammatika paydo bo'lgach, dastavval o'zida ikki asosiy komponentni namoyon qilgan: birinchisi - gap muallifiga ustunlik beradigan paradigmatik yoki "vertikal" o'lchov bo'lib, grammatik qurilishlar keyinchalik so'zlovchining bu tanlovi natijasi sifatida qaralgan, va ikkinchisi esa - M.Hallidey modeli, eng avvalo shaklga emas, ma'noga asoslangan, ya'ni so'z va ifodalar qanday qilib ma'no berishda foydalanilishini tavsiflash maqsad qilib olingan. Til shakli bajarayotgan vazifasidan ko'ra kamroq ahamiyat kasb etgan. Shunday qilib, ushbu nazariyaning nomi - funksional grammatika kelib chiqqan. M.Hallidey nazariyasi haqidagi "Funksional grammatikaga kirish" kitobining ilk nashri 1985-yilda chop etilgan. Bu ish ham 1961-yilda e'lon qilingan "Grammatikaning nazariyalarining kategoriyalari" nomli maqolasida ilk bor grammatikaning sistemaviy-funksional nazariyasi haqida yozgan.

Tildagi tizimlar alohida-alohida vazifa bajara olishmaydi, balki bir-biriga o'zaro ta'sir qiladi. Nisbatan soddaroq tizimlar keyinchalik sistemaviy guruhlarga birlashadi, murakkabligi ortib ma'no xilma-xilligini aks ettiradi. M.Hallidey o'zi ishlab chiqqan modelda grammatikaning asosiy postulatlarini aytib o'tadi:

1) Bu tilning qanday ishlatilayotganligini tushuntirish uchun mavjud bo'lgan ma'noda funksionaldir. Har bir matn u yoki bu foydalanish kontekstida tushuniladi, aynan bu kontekstlar ko'p davrlar davomida til sistemasini shakllantirgan. Funksional grammatika - bu tabiiy grammatikadir chunki undagi har bir narsa izohlanishi mumkin.

2) Tildagi ma'noning asosiy komponentlari - bu funksional komponentlardir. Barcha tillar ma'noning ikki asosiy turiga asoslangan - tasavvuriy (ideational), yoki refleksiv (reflective), shaxslararo (interpersonal), yoki faol (active). Bu komponentlar, ya'ni metafunksiyalar lingvistik tizimning ifodalari hisoblanadi.

3) Tildagi har bir element umumiy til tizimidagi vazifasiga qarab izohlanadi. Shu nuqtai nazardan funksional grammatika tilning barcha elementlarini vazifalarning sof konfiguratsiyasi sifatida birlashtiradi. Boshqacha aytganda har bir qism butun tizimga nisbatan funksional sifatida talqin qilinadi [3, p.13].

Muloqotning har qanday akti tanlovni talab qilishi M.Hallidey uchun markaziy nazariy tamoyil bo'lgan. Til bu - sistema, tanlov esa tilning har qanday shaklida mavjud hamda "tizimlar tarmog'i"ning ishlatilishi bilan namoyon bo'ladi. Sistemaviy-funksional tilshunoslik tushunchasining ikkinchi qismi - funksionallik bo'lib, bunday yondashuv tilga til sistemasi bajaruvchi ma'lum vazifalar ta'sirida rivojlanuvchi sifatida qaraydi. Bu holatda vazifa

(funksiya)lar metafunskiyalar bilan beriluvchi til tuzilishining barcha qatlamlariga ta'sir qiladi. "Metafunksiya" atamasi sistemaviy-funksional yondashuvning funksional yondashuvdan asosiy farqlovchi elementi hisoblanib, bu tushunchani fanga M.Hallidey kiritgan. Unga ko'ra, har qanday til uch xil metafunksiyani bajaradi. M.Hallidey nazariyasiga ko'ra metafunksiyalar quyidagicha tasniflanadi: shaxslararo metafunksiya (interpersonal metafunction), tajribaviy metafunksiya (experimental metafunction), matniy metafunksiya (textual metafunction). Ayni metafunksiyalar funksional grammatikadan farqlovchi belgisi hisoblanadi. Aynan shu tufayli sistemaviy-funksional tilshunoslik funksional tilshunoslikdan farq qiladi [9, c.18]. Hallidey o'z nazariyasini ishlab chiqishda "til qanday ishlaydi?" degan savolni qo'ygan. O'z faoliyati davomida til xususiyatini ijtimoiy semiotik sistema sifatida hamda shaxslararo kontekstidagi turli va doimiy o'zgaruvchan ma'nolar manbasi sifatida o'rgangan. 2003-yilda u o'zining ko'plab til muammolari tufayli yuzaga kelgan nazariyasi tamoyillari jamlangan hujjatni e'lon qiladi. M.Hallidey: "Bu tamoyillar ma'lum muammolarni hal qilishda yondosh manba bo'lib qolishdi" [4], bular ham adabiy tahlilni ham sun'iy intellekt orqali qilingan tarjimani qamrab olgan. Uning til xususiyatini ochish nazariyasi besh tamoyilga asoslangan edi.

O'z nomiga ko'ra, sistema tushunchasi sistemaviy-funksional tilshunoslikning asosiy aspekti hisoblanadi. Tilshunoslikda sistema tushunchasi Ferdinand de Sossyur va uning belgilarga paradigmatik tushunchasiga borib taqaladi. Paradigmatik tamoyil F.de Sossyurning semiotikasida keltirilgan. Lui Yelmslev sistema tushunchasi tilni bir butunlik deb qarash uchun foydalangan, ya'ni "til sistemasi" tushunchasi bilan ifodalagan. L.Yelmslevning fikriga ko'ra, tilde bir qancha funksiyalar mavjud. Shuning uchun funksiya tiplarini belgilashga harakat qiladi. [6, b.70] Tilda har qanday jumla turlicha ifodalanishi mumkin, ya'ni ayni bir jumla turlicha substansiyalarda yuzaga chiqishiga misollar keltiradi. Shu bilan birga bular yagona birlikni ifodalaydi - buni L.Yelmslev "shakl" deb ataydi. Ya'ni tildan tashqarida mavjud bo'lgan barcha material - substansia, shakl esa bir necha munosabatlardan tashkil topgan tildir. Bu fikrlari bilan L.Yelmslev F.de Sossyurning "til bu - shakldir" degan g'oyasini qo'llab quvvatlaganini tushunishimiz mumkin. Struktur tilshunoslikning boshqa tilshunoslik maktablaridan farqli ravishda glossematiklar tilga umumiydan xususiygan, mavhumdan konkretga, deduksiyadan induksiyaga kirib borish to'g'ri yo'l degan g'oyani ilgari suradilar. L.Yelmslevning bayon qilishicha, mazmun plani va ifoda o'zaro kommunikatsiya munosabati orqali bog'langan [6, b.48]. Buni ifoda planidagi o'zgarish mazmun planidagi o'zgarishga ham olib keladi deb tushunish mumkin. Agar ifoda planidagi o'zgarish mazmun planiga olib kelmasa bu substitutsiya deb ataladi. Masalan, — Bu kabi holatdi "Guliston" asarida fe'llar zamonida

ko'rishimiz mumkin. Tarixan "mê-" old qo'shimchasi so'z ortida ham kelgan. Muloqotda ifoda

plani belgisi bilan mazmun plani belgisi sistemaning mustaqil belgisi hisoblanadi va o'zaro almashinish xususiyatiga ega bo'lgani uchun ushbu belgilar invariant hisoblanadi. Ushbu til hodisasini keyinchalik ingliz olimi M.Hallidey "til - tanlov xususiyatiga ega" degan g'oyani ilgari surib, nazariyasining asosi sifatida olgan. Bu haqida keyinroq batafsil so'z yuritamiz. Lingvistik birliklar o'rtasidagi tobe munosabatni ifodalash uchun L.Yelmslev funksiya atamasini qo'llaydi [6, b.49]. Bundan tashqari Jon Fyors tomonidan ham sistema tushunchasi fanda qo'llanilgan, unda lingvistik sistemalar struktura elementlari uchun fon sifatida ko'rsatilgan. Hallideyning ta'kidlashicha, sistemaning bunday ta'rifi J.Fyorsning lingvistik nazariyasiga xosdir [3].

M.Hallidey matnga grammatik hodisa sifatida emas, semantik hodisa sifatida qaraydi. Lekin shu bilan birga, uning fikriga ko'ra, sematika va grammatika o'zaro chambarchas bog'liq, chunki tilda ma'no formilurovkalar yoki ifoda shakllari yordamida, ya'ni aynan grammatika orqali yuzaga chiqadi. Matnning ma'nosini kuzatish uchun diskursiv grammatika bir vaqtning o'zida ham funksional, ham grammatik bo'lishi lozim, ya'ni grammatik kategoriyalar semantik modellar ifodasi sifatida talqin qilinishi kerak.

Til ham shu nuqtai nazardan ma'nolar ifodalovchi tizim, shuning uchun "semantika" atamasini til ifodalagan barcha ma'nolarni - ham grammatik, ham leksik ma'nolarni o'z ichiga olishi lozim [1]. Ma'nolar grammatik birliklar yoki sintagmalar orqali yuzaga chiqadi.

Uchta metafunksiyadan birinchisi shaxslararo metafunksiya (interpersonal metafunction), so'zlovchi va tinglovchi o'rtasidagi ijtimoiy aloqalarni ifodalash uchun mavjud bo'lgan tizimlarni birlashtiradi.

Ikkinchi metafunksiya, tajribaviy metafunksiya - so'zlovchi hodisa, holatlarni tasvirlashda tildan qanday foydalanganligini o'rganadi. Bu ma'no ba'zi yo'nalishlarda asl ma'no sifatida qaraladi. Biroq sistemaviy-funksional yo'nalishda esa bu ma'no boshqa ma'nolar qatorida ko'riladi.

Uchinchi metafunksiya matniy xususiyatni o'zida mujassam ettiradi (textual metafunction). Bu metafunkisya gapdagi ma'nolar qanday qilib o'z g'oyalariga bog'liq tuzilgan va gapning kengroq kontekstiga kiritilganligiga javob beruvchi grammatika qismini qamrab oladi.

G.Tompson ta'kidlaganidek, "sistemaviy-funksional grammatika XX asrdagi hukmron tamoyil o'rniga nisbatan to'liq ishlab chiqilgan va sintaksis, semantika, sotsiolingvistika singari til hodisalarini tavsiflash muammosini turli sohalarga ajratgan. Til - insonlar aloqa vositasi va tadqiqotning barcha etaplarida til hodisalarini bir butunlikda ko'rib chiqilgandagina tushunish mumkin" [8, p.231].

Sistemaviy-funksional grammatika nafaqat J.Fyors tamoyil va g'oyalari asosida qurilgan, balki L.Yelmslev, B.Uorf va Praga tilshunoslik maktabi qarashlarini ham o'zida namoyon qiladi. M.Hallidey tarafidan fanga kiritilgan sistemaviy-funksional grammatika ta'lim sohasida, shuningdek, tilshunoslikning yangi yo'nalishi - komputer tilshunosligida ham keng qo'llanildi. Til funksiyasining grammatik shartlilik nazariyasi kontekstning metafunksiya bilan bog'liq qator modellari rivojlanishiga olib keldi. J.Fyorsning boshqa shogirdi R.H.Robinzning fikriga ko'ra, M.Hallidey o'z talqiniga N.Xomskiy ko'pgina g'oyalaridan qo'shgan. R.H.Robinz uning nazariyasini J.Fyors nazariyasiga nisbatan noaniq deb hisoblaydi [7]. M.Hallidey qarashlarini Sidney universiteti olimasi E.Ventola o'z ishi "The Structure of Social Interaction. A systemic Approach to the Semiotics of Service Encounters" [8]da davom ettirgani diqqatga sazovordir. Kitobda yangi model - sistemaviy semiotika modeli qurilishiga harakat qilingan. Bundan tashqari J.Fyors lingvistik nazariyasi kabi M.Hallidey sistemaviy-funksional grammatika bir joyda turib qolmagan, doimiy rivojlanayotgan nazariyalardan hisoblanadi, shuningdek, bir qancha tillarga nisbatan amaliyotda qo'llangan (mazkur yo'nalishning boshqa namoyondalari -R.Hasan, J.Martin, K.Matthiesen hisoblanadi).

Sistemaviy grammatikaning ba'zi muhim jihatlarini ochishda M.Hallidey R.Haddlston (R.Huddleston), R.Hasan, G.Terner (G.Turner), S.Mattisen (S.Matthiesen), R.Hadson (R.Hudson) kabi boshqa britaniyalik olimlar bilan hamkorlikda ishlagan. Sistemaviy tahlil tamoyillari amaliyotda keng qo'llanilgan, masalan, ilmiy adabiyot hamda so'zlashuv uslubini, Osiyo va Afrika xalqlari tilini tahlil qilishda sistemaviy tahlil tamoyillaridan foydalanilgan.

Sistemaviy-funksional tilshunoslik nazariyasi o'tgan asrning 70-yillaridayoq boshqa olimlar tomonidan ham qo'llanila boshlangan. R.Foset (R.Fawset), S.Batler (S.Butler), M.Berri (M.Berry) kabi olimlar Buyuk Britaniyada, M.Gregori (M.Gregory) va uning hamkasblari esa Kanadada mazkur nazariya bo'yicha izlanish olib borgan. Ushbu nazariyadan yondosh fanlarda ham foydalanildi, chunki sistemaviy tahlil xususiy tilshunoslikdan chiqib boshqa fanlar: sun'iy intellect, bolalarning til rivojlanishi, diskurs tahlil va stilistika, til tarbiyasi kabi sohalarda nazariy asos sifatida olindi [12, с.175].

O'tgan asrning 80-yillarda sistemaviy tilshunoslik nazariyasining rivojlanishiga undan nafaqat ingliz tili, balki boshqa tillar: xitoy tili, fransuz tili, indonez tili, yapon tili, nemis tillarini tahlil qilishda ham foydalanildi. Bu o'z-o'zidan XX asrda ham J.Fyors hamda uning hamkasblari tomonidan lingvistik material tadqiqoti bilan bog'liq bo'lgan tilshunoslik an'analari saqlanib qolganligini anglatadi.

Y.V.Gavrilovaning yozishicha, 1974-yilda R.Foset Buyuk Britaniyada Vest Midlands kolleji (West Midlands College of Education)da sistemaviy tilshunoslik tadqiqotchilari ilk

seminarini tashkil etgan. O'sha paytda 16 nafar olim ishtirok etgan. Shu paytdan boshlab seminarlar har yili tashkil etiladi va to'qqizinchi seminarda xalqaro maqomini oladi. 1982-yilda Torontoda, York Universitetida (York University) o'tkaziladi. 90-yillaridan boshlab "Sistemaviy tilshunoslik bo'yicha xalqaro kongress" nomi ostida har yili kongress o'tkazilgan hamda dunyo turli nuqtalarida, jumladan, Shotlandiya, Yaponiya, Avstraliya, Kanada, Belgiya, Xitoy kabi mamlakatlarda o'tkazilgan. Mazkur fan bo'yicha bibliografik manbalar mingdan oshiq kitob va maqolalar mavjud [11, с.177]. Bundan shuni tushunishimiz mumkinki, ushbu soha yangi soha bo'lishiga qaramasdan jahon miqyosida o'z o'rnini topgan hamda bu bo'yicha izlanishlar g'arbiy tillar qatori sharqiy tillar uchun ham dolzarblik kasb etadi. Sistemaviy tilshunoslik kongressi hozirgi davrda ham o'tkazilayotgan bo'lib, o'tgan yili - 2023-yilda 48- congress Tunisning Suus shahrida tashkil etilgan.

Xulosa qilib aytganda sistemaviy tilshunoslik nazariyasi ilgari shakllangan qarashlarni qayta ko'rib chiqish bilan emas, balki o'z g'oyalarini yangi ilmiy sohalarga tadbiq etish orqali rivojlandi. Mazkur yo'nalish nazariyasi bir joyda turib qolgan emas, doimiy rivojlanishdadir. Sistemaviy nazariya britaniyalik olimlar tomonidan ishlan chiqilgan hamda Osiyo va Afrika xalqlari tili xususiyatlarini kontekstda o'rgangan tadqiqotlar mavjud. Badiiy asarni diskurs tahlil qilish, badiiy asar tilini o'rganishda sistemaviy-funksional tilshunoslik nazariy asos bo'lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Halliday M.A.K. Lexis as a Linguistic Level // In Memory of J.R. Firth / Ed. by C.E. Bazell. - London: Longmans, 1966. - P. 148-162.

2. Halliday M.A.K. Learning How to Mean. Explorations in the Development of Language. - New York: Elsevier, 1975. - 164 p.

3. Haliidey M.A.K. An introduction to Functional Grammar. - London: Arnold, 1985. -

387 p.

4. Halliday, M.A.K. 2003. Introduction: On the "architecture" of human language. In On Language and Linguistics. Volume 3 in the Collected Works of M.A.K. Halliday. Edited by Jonathan Webster. London and New York: Continuum.

5. Nurmonov A. Struktur tilshunoslik: Ildizlari va yo'nalishlari. T - 2008. 88 B.

6. Robins R.H. J.R. Firth: a Reconsideration of His Place in Twentieth-Century Linguistics // Allgemeine Sprachwissenschaft Sprachtypologie und Textlinguistik. Festschrift fur Peter Hartmann. - Tubingen: Gunter Narr Verlag, 1983. - P. 259-267.

7. Thompson G. Systemic-Functional Grammar // Key ideas in Linguistics and Philosophy of Language. - Edinburgh: Edinburgh University Press, 2009. - P. 225-232.

8. Ventola E. Th e Structure of Social Interaction. A Systemic Approach to the Semiotics of Service Encounters. - London: Frances Pinter Publishers, 1987. - 267 p.

9. Гаврилова Ю.В. Системно-функциональное направление в лингвистике Майкла Халлидея. Вестник Московского государственного областного университета. - 2014. №3. - С.16-21.

10. Гаврилова Ю.В. К вопросу о преемственности теории системной лингвистики //Евразийский Союз Ученых, 2015, №2. - С.87-88.

11. Гаврилова Ю.В. Основные аспекты теории системной лингвистики в Великобритании конца XX века. Знание. Понимание. Умение. М. - 2015 №2. C. 172-178.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.