Научная статья на тему 'KOGNITIV TILSHUNOSIK HAQIDAGI NAZARIY BILIMLAR'

KOGNITIV TILSHUNOSIK HAQIDAGI NAZARIY BILIMLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2361
396
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kognitiv lingvistika / psixoleksikologiya / perseptiv predikatlar / psixologik yondashuv / lingvistik yondashuv / obyektivizm / noobyektivizm / prototiplar bo‘yicha kategorizatsiyalash / sxemalar bo‘yicha kategorizatsiyalash. / cognitive linguistics / psycholexology / perceptual predicates / psychological approach / linguistic approach / objectivism / non-objectivism / categorization by prototypes / categorization by schema.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Boymurodova, Lobar Ibodulla Qizi

Мaqolada kognitiv tilshunosliknin gyuzaga kelish omillari, tarixi, shakillanishi va takomil masalalari o‘rganiladi. Mazkur fan yo‘nalishlari bo‘yicha qilingan ilmiy tadqiqotlar o‘rganilib nazariy bilimlar umumlashtiriladi. Ular ishlariga munosabat bildiriladi. Mavzuni o‘rganish jarayonida kognitiv tilshunoslikning qilinishi kerak bo‘lgan ko‘plab masalalari tadqiqot nuqtai nazardan ochiq qolib kelayotganligi asoslashga harakat qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL KNOWLEDGE OF Cognitive Linguistics

The article examines the factors of origin, history, formation and development of cognitive linguistics. Scientific research in these areas is studied and theoretical knowledge is generalized. They will be treated for their work. The study of the topic seeks to justify the fact that many of the issues that need to be addressed in cognitive linguistics remain open from a research perspective.

Текст научной работы на тему «KOGNITIV TILSHUNOSIK HAQIDAGI NAZARIY BILIMLAR»

KOGNITIV TILSHUNOSIK HAQIDAGI NAZARIY BILIMLAR

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-21-10-19

Boymurodova Lobar Ibodulla qizi

Xitoyshunoslik fakulteti, xitoy filologiyasi kafedrasi 1-kurs talabasi Ilmiy rahbar: v.b.dots., s.f.n. Shazamanov Sh. Sh.

ANNOTATSIYA

Maqolada kognitiv tilshunosliknin gyuzaga kelish omillari, tarixi, shakillanishi va takomil masalalari o 'rganiladi. Mazkur fan yo'nalishlari bo 'yicha qilingan ilmiy tadqiqotlar o 'rganilib nazariy bilimlar umumlashtiriladi. Ular ishlariga munosabat bildiriladi. Mavzuni o'rganish jarayonida kognitiv tilshunoslikning qilinishi kerak bo'lgan ko'plab masalalari tadqiqot nuqtai nazardan ochiq qolib kelayotganligi asoslashga harakat qilinadi.

Tayanch so'zlar: kognitiv lingvistika, psixoleksikologiya, perseptiv predikatlar, psixologik yondashuv, lingvistik yondashuv, obyektivizm, noobyektivizm, prototiplar bo 'yicha kategorizatsiyalash, sxemalar bo 'yicha kategorizatsiyalash.

ABSTRACT

The article examines the factors of origin, history, formation and development of cognitive linguistics. Scientific research in these areas is studied and theoretical knowledge is generalized. They will be treated for their work. The study of the topic seeks to justify the fact that many of the issues that need to be addressed in cognitive linguistics remain open from a research perspective.

Keywords: cognitive linguistics, psycholexology, perceptual predicates, psychological approach, linguistic approach, objectivism, non-objectivism, categorization by prototypes, categorization by schema.

Kognitiv lingvistika zamonaviy, ilmiy tadqiqotlarning faol rivojlanayotgan sohasidir 1 . Kognitiv tilshunoslik insonning bilish qobiliyati haqidagi fan -kognitologiyaning markaziy sohalaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Kognitiv atamasi ingliz tilidagi «cognitive - bilishga oid» so'zidan olingan bo'lib, lotin tiliga va yunon tiliga taqaladi, bilish, anglash, tafakkur tushunchalari bilan bog'liqdir. Dunyoni,

1 Скребцова, Т. Г. Когнитивная лингвистика: Курс лекций. — СПб.: Филологический факультет СПбГУ, 2011. — 6-с.

voqelikni bilish, idrok etish, ong va tilda aks ettirish, til orqali muloqotga kirish, axborot uzatish va qabul qilish oddiy hodisa emas. Kognitiv tilshunoslik falsafadagi bilish nazariyasi bilan cheklanmay, balki tilni tafakkur bilan bog'lab, uning hosil bo'lishidagi psixologik, biologik va neyrofiziologik jihatlarning ijtimoiy, madaniy, lingvistik hodisalar bilan uzviy aloqasini chuqur ilmiy tadqiq etadi. Amerikalik psixolog H. Gardner kognitiv fanlar chorrahasida olti fan sohasi (falsafa, psixologiya, tilshunoslik, antropologiya, suniy intellekt, nevrologiya) tutashishini va yagona bir ilmiy maqsad - tabiiy va sun'iy tizimlarda bilimning jamlanishi, qayta ishlanishi va qo'llanishi muammolari yechimini izlash bilan band bo'lishini qayd qilgan edi (Gardner 1987)2 .

Ikkinchi jahon urushidan keyin kibernetika vakompyuter texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan olimlar fikrlash, bilish va tushunish jarayonlariga, shuningdek, ma'lumotlarni ham inson ongida, ham kompyuter tizimida olish, saqlash, qayta ishlash va ifodalash bilan bog'liq muammolarga yangicha qarashga majbur bo'ldilar. Tarixchilarning fikricha, kognitiv inqilob deb atalgan jarayon fanda 1950-1960-yillarda sodir bo'lgan va kognitologiya maktabi shakllana boshlagan3. Garchand kibernetika va kompyuter texnologiyalari inson ongi vazifasini o'tash uchun ojizlik qilishini o'tmish tasdiqladi. Kognitiv tilshunoslik esa, o'z navbatida 1970- yillarning oxirlarida maktab sifatida shakllanishni boshlaydi.

Ko'pchilik olimlar tilshunoslikda kognitiv yondashuvning paydo bo'lishini Jorj Miller va Filipp Jonson-Leyrdlarning mashhur "Til va idrok" kitobining nashr etilishi bilan bog'laydilar (Miller, Jonson-Leyrd 1976). Uning mualliflari til tizimini va leksikani psixologik jixatdan o'rganuvchi fan - "psixoleksikologiya" fanining asoslarini yaratish vazifasini o'z oldilariga qo'ydilar. Kelajak ko'rsatganidek, psixoleksikologiya fan sifatida shakllana olmadi, lekin kognitiv tilshunoslik Miller va Jonson-Leyrd tomonidan taklif qilingan g'oyalar va yondashuvlar asosida yuzaga keldi4. Kitob nafaqat ushbu sohaning kelajakdagi predmetini - muammosini, balki bilish va til xulq-atvori bilan bog'liq masalalar (tilni o'zlashtirish, tushunish, qo'llash va h.k. masalalari)ni, amaliy boshqa fanlarni keng jalb qilishga qaratilgan uning metodologiyasini ham aniqlashga qaratilgan edi. J. Miller va F. Jonson-Leyrdning pozitsiyasi assotsiatsiya g'oyalarini qat'iyan rad etish bilan tavsiflanadi, bu ularning ushbu muammoga munosabatini belgilaydi - ularning fikricha, bu savolni noto'g'ri

2 Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. "Сангзор" нашриёти,2006 - 19-б.

3 Хаустова В. Е.,Зинченко В. А. Развитие когнитологии как научногонаправления и использование его при решении социально-экономических задач//https://www.researchgate.net/puЫicatюn/338607312, 2009. - 3-е.

4 Скребцова, Т. Г. Когнитивная лингвистика: Курс лекций. — СПб.: Филологический факультет СПбГУ, 2011. — 7-с.

qo'yish natijasidir. Ular so'zlar va idrok obyektlari o'rtasidagi barcha assotsiativ aloqalarni tushuntirish emas, balki ularning orqasida yotgan psixologik jarayonlarni o'rganish va tavsiflashni vazifa sifatida o'z oldiga maqsad qilib qo'ydilar. Ushbu tadqiqot leksik darajaga asoslanadi - chunki mualliflar nuqtayi nazaridan, leksik daraja til va idrok o'rtasidagi munosabatlarni ochib berish uchun eng yaxshi imkoniyatlarni ta'minlaydi - lekin bu bilan cheklanmaydi, chunki kontekstni hisobga olmasdan turib ma'nolarni o'rganish mumkin emas. Mualliflar so'zlarning tashqi aloqalarini (narsalar olami bilan) ham, tilning leksik tizimi doirasidagi munosabatlarini ham hisobga olish zarurligini ta'kidlaydilar. Leksik semantikaning bu jihatlari bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, Miller va Jonson-Leyrd nuqtayi nazaridan, ulardan faqat bittasini alohida ko'rib chiqish asosida ma'no nazariyasini qurishga bo'lgan barcha urinishlar muqarrar ravishda asossiz bo'lib chiqadi. Mualliflarning ta'kidlashicha, obyektlarni, ularning xususiyatlari va munosabatlarini idrok etish insonning diqqatni jamlash orqali idrok etilayotgan vaziyatning ma'lum parametrlarini ajratib ko'rsatish (boshqalarni e'tiborsiz qoldirish) va ularning xususiyatlari (davomiyligi, kuchi va boshqalar) haqida hukm chiqara olish qobiliyati bilan bog'liq. Shunday qilib, so'zlarning o'zlashtirilishi inson ongida idrok qilinayotgan obyekt va unga hamroh bo'lgan tovush majmuasi o'rtasidagi mexanik bog'lanishning mustahkamlanishi bilan bog'liq degan hamda mohiyati idrok jarayoniga idrok etilayotgan vaziyatning turli xossalari va munosabatlariga e'tibor berish aktlarini hamda ular haqidagi mulohazalarni kiritishdan iborat mazmunidagi ilgari surilgan muqobil yondashuvga ega bixevioristik nuqtayi nazar rad etiladi. Mualliflarning fikriga ko'ra, so'zlarni o'zlashtirish uchun idrok obyektlarining o'zi emas, balki ushbu diqqat va hukm harakatlari(acts of attention and judgement)ning natijalari asos bo'ladi. Ularni belgilash uchun mualliflar predikat belgisidan foydalanadilar - masalan, Red (spot) (qizil (nuqta) belgisi idrok etuvchi -subyektning diqqatini nuqtaga qaratilganini va uning nuqtayi nazaridan bu nuqtaning rangi qizil ekanligini anglatadi. Bular perseptiv predikatlar (perceptualpredicates) deb ataladi5.

Yuqorida keltirilgan olimlar o'zlari anglamagan holda kognitiv lingvistika ibtidosini boshlab berdilar. Aynan kognitiv tilshunoslik nomi ostida kognitiv tilshunoslikning yaratilishi Amerika tilshunoslari J. Lakoff, Jonson, R. Langaker, R. Jakendoff, Leonard Talmi va boshqalarning ilmiy taqiqotlariga borib taqaladi.

5 Т.Г.Скребцова. Американская школа когнитивной лингвистики. -

Санкт-Петербург, 2000. - 13-с.

Kognitiv tilshunoslikning rasmiy "tug'ilishi"ni bir vaqtning o'zida kognitiv tilshunoslik bo'yicha Birinchi xalqaro konferensiyaga aylangan, 1989-yilning bahorida Duysburgda (Germaniya) o'tkazilgan Xalqaro lingvistik simpozium bilan bog'lashadi. Simpozium ishtirokchilari Xalqaro kognitiv lingvistika assotsiatsiyasi (International Cognitive Linguistics Association)ni tuzdilar, "Kognitiv lingvistika" (Cognitive Linguistics) jurnaliga asos soldilar va "Kognitiv lingvistika tadqiqotlari" (Cognitive Linguistics Research) monografiyalari seriyasini yaratdilar, keyinchalik ular ushbu sohaning taniqli vakillarining asarlarini nashr etdilar.

Mohiyatiga ko'ra, kognitiv lingvistika ushbu konferensiyadan avvalroq, 1980-yillarning oxirlarida shakllanib bo'lgan. Bu uning fanda paydo bo'lgan davri emas, balki gullagan davri, mazkur ideologiya ruhida yaratilgan ko'plab asarlarning nashr etilgan vaqtihamdir. Kognitiv tilshunoslik maktabi rasman shakllanishi davriga kelib, keyinchalik ushbu yo'nalishning klassiklari sifatida tan olingan bir qator monografiyalar tayyorlab qo'yilgan edi (masalan, Jorj Lakoff, Jonson 1980; Jonson-Leyrd 1983, Faukonniyer 1985, Lakoff 1987, Langaker 1987 kabi olimlarning bir qancha ilmiy maqolalari va risolalari chop etib bo'lingan edi)6.

Ba'zi boshqa olimlar esa, kognitologiya fan sifatida lingvistik va psixolingvistik tadqiqotlarning nisbatan yangi sohasi sifatida, 1990-yillar boshidagina, ushbu yondashuvga bag'ishlangan birinchi "Kognitiv lingvistika" jurnali nashr etilganda shakllangan degan fikrni olg'a surishadi7.

Kognitiv tilshunoslikning asosiy maqsadi sifatida til tizimining bilish jarayonidagi ishtiroki va ulushini aniqlash belgilanadi. Til birliklarining egallanayotgan bilimning lisoniy voqelanishdagi ishtiroki hamda lisoniy faoliyatning axborotni shakllantirish va "qayta ishlash"dagi rolini aniqlash kognitiv tahlilning ko'rinishlaridan biridir. Kognitivist - tilshunos lisoniy hodisalarning tafakkur faoliyatidagi o'rni, bajaradigan vazifalari bilan qiziqadi. Lekin bu qiziqish oddiy emas. U (kognitivist) lisoniy va tafakkur faoliyatlari munosabatlarining yuzaga keltiruvchi sabablarni qidiradi va bu sabablar oqibati bo'lgan muloqot matnlari -lisoniy tuzilmalarni tarkiban va mazmunan anglashga, tahlil qilishga harakat qiladi. Demak, kognitiv tilshunoslik asosan inson lisoniy faoliyatini sabab va oqibat bog'liqligida tadqiq etuvchi, "tushuntiruvchi" fan sohasidir (Demyankov 1994)8.

6 Скребцова, Т. Г. Когнитивная лингвистика: Курс лекций. — СПб.: Филологический факультет СПбГУ, 2011. — 7-с.

7 Peter Robinson and Nick C. Ellis, Handbook of cognitive linguistics and second language acquisition: Handbook. -Taylor & Francis e-Library, 2008. - 4-p.

8 Peter Robinson and Nick C. Ellis, Handbook of cognitive linguistics and second language acquisition: Handbook. -Taylor & Francis e-Library, 2008. - 23-p.

Keyinchalik esa kognitiv tilshunoslik amerikalik kognitiv tilshunoslar Goldberg, Kazenhizer, Taylor, Gudson, Maykl Tomasello, Joan Baybi, Andrea Tayler, Yevropada ispan olimlari Kenni R. Koventri, Pedro Guijarro-Fuentes, ingliz kognitiv tishunoslari Villiam O'Greyd, Elena Liyeven tomonidan tadqiqotlar obyektiga aylandi va Osiyo mamlakatlarida ham o'z tarafdorlariga ega bo'ldi9. Hozirgi kunda chet ellarda kognitiv tilshunoslik bo'yicha qator o'quv-qo'llanmalar va xrestomatiyalar yozilgan10. O'zbek tilshunosligida bu yo'nalish namoyandalari sifatida Sh. S. Safarov, D. U. Ashurova, A. E. Mamatov, G'. M. Hoshimov bir qancha tilshunoslar ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar 11.

Xitoy kognitiv tilshunoslik maktabi Amerika va Yevropa mamlakatlari maktablaridan andoza olgan holda 90-yillar oxiri va 2000-yillarda shakllana boshladi. Xususan, Jang Min (Kognitiv tilshunoslik va xitoy tilida otli birikmalar, 1998), Tsui Siliang (Kognitiv tilshunoslik: tadqiqot sohasi va tadqiqot metodlari, 2002), Vang Yan (Kognitiv tilshunoslik, 2007) kabi tilshunos olimlar kognitiv tilshunoslikka bag'ishlangan chet elda chop etilgan asarlarni tadqiq qilgan.

Jang Min( ^ ^ Zhang Min)ning fikrlariga ko'ra, kognitiv tilshunoslik psixologiya, nevrologiya, falsafa va antropologiya kabi insonning bilish faoliyatini o'rganadigan tilshunoslikdan tashqari turli xil fanlarni, shuningdek ushbu fanlarga asoslangan kognitiv fanning tadqiqot natijalari va tahlil usullarini keng o'zlashtirdi, tilshunoslik doirasida lingvistik tipologiya va funksional tilshunoslikning tadqiqot yondashuvlarini birlashtirdi. Hatto nonobektivizm va funksionalizmning falsafiy va lingvistik qarashlarini o'zaro bog'lagan holda, inson tilining tuzilishini tavsiflaydi va tushuntiradi, shuningdek uning kognitiv funksional asoslarini tahlil qiladi12.

Tsui Siliang(M#^ Cui Xiliang) kognitiv tilshunoslikning tadqiq qilish tarixi ancha uzoq davom etgan-u, ammo, ammo kognitiv tilshunoslikning yuksalishi davrioxirgi qirq-ellik yil ekanligini ta'kidlagan. Tilshunosningfikriga ko'ra til bo'yicha kognitiv tadqiqotlarni ikki katta guruhgaajratish mumkin: biri psixologiyaga asoslangan tadqiqotlar(the psychological approach - psixologik yondashuv),yana biri tilshunoslikka asoslangan tadqiqotlar(the linguistic approach - lingvistik yondashuv). Psixologiyaga asoslangan tadqiqotlar tilni his etish, tushunish, xotirada saqlash,

9 Peter Robinson and Nick C. Ellis, Handbook of cognitive linguistics and second language acquisition: Handbook. -Taylor & Francis e-Library, 2008. - 8-p.

10 Скребцова, Т. Г. Когнитивная лингвистика: Курс лекций. — СПб.: Филологический факультет СПбГУ, 2011. — 14-с.

11 N.Z.Shayxislamov. Kognitiv tilshunoslik to'g'risida tushuncha va uning universal tabiati//Scientific progress, 2021. -409-b.

12ЗШо - 1998o - Ш 8 ^o

14

diqqat bilan bog'liq masalalarga katta e'tibor qaratsa, tilshunoslikka asoslangan tadqiqotlartil shakllari, til birliklarining ma'nosi, shakl va ma'no o'rtasidagi jarayon, ma'no - tushunchalar va tashqi dunyo o'rtasidagi aloqasi kabi masalalarni tadqiqot obyektiga aylantiradi.

Tilning kognitiv tahliliga aloqador asosiy masala bu til nima va til qanday usul va tuzilmalardan tarkib topadi degan ikkita savollarga javob topishdir. Til nima ekanligi haqida turli xil qarashlar mavjud, ularni shartli ravishda ikki katta guruhga bo'lish mumkin: bir guruh tadqiqotchilar til - obyetkiv hodisa, u insonning psixikasidan mustaqil holda mavjud, uni obyektiv tadqiqot sohasi sifatida ko'rish mumkin degan fikrda( kè guan zhü yi- obyektivizm); yana bir guruh esa til

va psixika o'zaro chambarchas bog'langan munosabatda, til obyektiv hodisa bo'la olmaydi, shu sababdan tilni tadqiqot qilayotganda til va psixika o'rtasidagi barcha aloqalarni ko'rsatish zaruriyati mavjud deya hisoblaydi( ^WM^^feikè guan zhü yi - noobyektivizm).

Tilshunoslik boshqa fanlarga o'xshamaydi, uning tadqiqot obyekti hamisha boshqa fanlar bilan bog'lanib kelgan. F. Sossyur tilshunoslikning materiallari va vazifalari haqida gapirar ekan: "Tilshunoslik materiallarini eng avvalo inson nutq faoliyatining barcha ko'rinishlari tashkil etadi." Shunday ekan, inson nutq faoliyatining namoyon bo'lishiga nimalar kirishi kerak? Albatta, birinchi navbatda. hammasi bu tilning o'zi, chunki inson nutq faoliyati tilga asoslanadi. Shuning uchun, avvalo, til nima degan eng asosiy savolga javob berishimiz kerak. Hozirgacha turli lingvistik va nolingvistik asarlarda "til"ga o'nlab ta'riflar berilgan, turlicha qarashlar tufayli yagona to'xtamga kelinmagan. Sossyur lingvistik tadqiqot obyektlarining ko'p qirraliligini payqagan va tilshunoslikning boshqa fanlardan farqi uning tadqiqot obyektlarining ko'pxususiyatliligida deb hisoblagan(F.Sossyur 1916). Kognitiv lingvistika tilni mustaqil bo'lmagan kognitiv tarmoq sifatida qaraydi (Gudson 2001), u formal kategoriyalar, kontseptual tizimlar, munosabat ifoda tizimlari va bilim tizimlarini o'z ichiga oladi.

Til qanday usul va tuzilmalardan tarkib topadi degan savolga javob berish uchun avvalo tilning qayerdaligini tushunishimiz kerak. Til o'ziga xos psixologik timsol bo'lib, u inson ongi va inson mavjudligining tashqi muhiti bilan o'ziga xos tarzda chambarchas bog'liq holatidadir. Inson mavjudligining aqli va tashqi muhiti insonning bilish qobiliyati bilan bog'liq13.

U^^M^: 2002 ^m 5 Mo -

2002 o

Bilish faoliyatida uzoq muddatli xotiraning rolini maxsus o'rgangan amerikalik psixolog J.Brunerning quyidagi fikrni bildirgan: "Til ham, tashqi ta'sirlarni boshqarishga o'rgatuvchi har qanday ta'lim ham turlar va kategoriyalar haqidagi ma'lumotdan boshqa hech qanday bilimni yetkazmaydi. Agarda biror bir idrok (qilinayotgan hodisa - Sh.S.) kategoriyalar tizimiga kiritilmasa, ya'ni ma'lum bir kategoriyadan tashqarida qolsa, u yakka shaxs tajribasining tubsiz sukunatiga ko'milgan orzudagi marvaridga, qaqnusga aylanadi" (Bruner 1977: 160).

Kategoriyalashtirish - murakkab aqliy mental va lisoniy jarayondir. Ushbu jarayon ma'lum turdagi harakat bosqichlarini qamrab oladi:

1. Stimul (qo'zg'atuvchi sabab) tanlovi. Sezgi tizimiga kiruvchi (ko'rish, eshitish, hid bilish kabi) stimullardan faqatgina diqqatni jalb qiladiganlari tanlanadi;

2.Ajratish va tasniflash. Bu harakat tanlangan stimulni xotiradagi bilim bilan qiyoslash, moslashtirish yo'li bilan bajariladi;

3.Nomlash. Hosil bo'lgan kognitiv kategoriya (konsept) nom oladi (Barsalou 1987: 102)14.

Insoniyat tili tuzilishi jihatidan quyidagi kategoriyalarga ajratiladi: (1) kontseptual tuzilma, (2) tashqi dunyo, (3) bilimlar tizimi.

Konseptual tuzilma insonning bilish tizimining asosidir. Insoniyat konseptualizatsiya jarayonisiz o'zini va dunyoni taniy olmaydi, konseptualizatsiya jarayoni qobiliyatning ikki jihatini o'z ichiga oladi: biri mavhum qobiliyat, ikkinchisi esa tasavvur qobiliyati. Konseptual tizimning tashqi ko'rinishi tildir. Konseptning o'ziga xos tuzilishi bor, lekin konseptning mavjudligi va rivojlanishi tilning mavjudligi va rivojlanishi bilan chambarchas aloqaga ega.

Tashqi dunyo obyektlar va ularning xususiyatlari sifatida namoyon bo'ladi. Tashqi olam odamlarning subyektiv bilishiga bog'liq emas, lekin tashqi olamning tavsifi va tavsifi odamlarning tushuncha tizimidan ajralmasdir. Odamlar har doim tashqi olamdagi mavjudotlarni tushunish va tan olish uchun o'zlariga tanish bo'lgan tushunchalardan foydalanadilar. Tilning shakli va ma'nosi konseptual tuzilish orqali tashqi dunyo bilan xaritalash aloqasini o'rnatadi.

Bilimlar tizimi insonning kognitiv tajribasi yig'indisidir. Inson bilimlari tizimi tashqi dunyoni tasniflash va tashqi olamdagi mavjudotlarni tanish, mavjudotlarning sifatlarini tanish va mavjudotlar o'rtasidagi munosabatlarni tanishni o'z ichiga oladi.

14 Ca^apoB ffl. KorHHTHB TH^myHOC^HK. "CaHr3op" HampHëra, 2006 - 92 6.

Bilimlar tizimini ifodasini tildan ajratib bo'lmaydi, tilni ifodalash va tushunish esa bilimlar tizimini qo'llab-quvvatlashga bog'liq.

1.1. Psixologiyaga asoslangan til tadqiqoti.

Psixologiyaga asoslangan til tadqiqotitilni asosiy kognitiv tizimlar nuqtai nazaridan o'rganadi, ular orasida hissiyot, idrok, xotira, diqqat va fikrlash bo'yicha tadqiqotlar uzoq tarixga ega. Ushbu sohadagi tadqiqotlar laboratoriya tajribalari yoki instrumental qidiruvga asoslangan. An'anaviy eksperimental texnikalar nisbatan qoloq, keyinchalik paydo bo'lganzamonaviy texnologiyaning rivojlanishi bilan tilni idrok etish uchun intuitiv anglash dalillarini taqdim eta oladigan miyani skanerlash va miya tasviri kabi psixologik tajribalarga asoslangan tadqiqotlar yordamida yangi yutuqlarga erishildi, biroq ularning tilshunoslik muammolari hal qilish imkoniyati hali hamon juda cheklangan.

1.2. Tilshunoslikka asoslangan til tadqiqoti.

Til shakllarini o'rganish tilshunoslikning asosiy vazifalaridan biridir. Kategoriyalar va kategorizatsiyalash (turkumlashtirish) muammosi shakllarni o'rganish e'tibor markazida turadi. Kognitiv tilshunoslik kategoriyalar inson ongini qanday ifodalaydi, ya'ni biz narsalarni qanday turkumlashtiramiz degan asosiy savolga e'tibor qaratadi. Kategoriyalar haqidagi an'anaviy nazariyalar umumiy atributlarga asoslanadi va yaqinda o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, kategorizatsiyalash muammosi bundan ancha murakkabroq. Ular orasida prototip nazariyasi (prototype theory)insoniyatning kategorizatsiyalanishi umumiy xususiyatlar doirasidan ancha uzoqroq bo'lgan ba'zi asosiy tamoyillarga amal qilishini aniqlaydi. Bugina emas, Langaker kategorizatsiyalashning ikkita konsepsiyasini ham aytib o'tgan: biri prototiplar bo'yicha kategorizatsiyalash (categorization by prototypes), ikkinchisi sxemalar bo'yicha kategorizatsiyalash (categorization by schema)15.

Prototipga asoslangan kategorizatsiyalashni quyidagicha ifodalash mumkin: bir guruhda bitta eng tipik vakil mavjud bo'lib, u guruhning prototipi hisoblanadi. Guruhning boshqa a'zolari prototipga o'xshashlik darajasiga ko'ra prototip bilan mos keladigan darajalariga ega. Bu o'xshashlik darajasi o'z navbatida turlicha, ba'zi a'zolar prototipga ko'proq o'xshash, ba'zi a'zolar esa prototipga kamroq o'xshashdir. Sxemaga asoslangan toifalash nazariyasi prototip nazariyasiga mutlaqo ziddir: sxema barcha a'zolarning umumiy xususiyatlariga asoslanadi, bunda har bir a'zo darajaviy emas, bir sxema sxemaning barcha a'zolarini qamrab olishi mumkin.

15 Langacker, R.W. Foundations of Cognitive Grammar , Standford : Standford University Press,1987. - 59-p.

17

Kognitiv lingvistika asosiy e'tiborni semantikaning eng asosiy kategoriyalariga qaratadi. Masalan, narsalar (things - shiwu) ikki toifaga bo'linadi: obyekt

(object - ^W kèti) va harakat (motion - ^^ dongzuo)Jismlar statik narsalarni, harakat esa dinamik narsalarni o'z ichiga oladi; obyektlarni aniq obyektlar ( concrete object -^WÉ^W juti de kèti) va mavhum obyektlar(abstract object - ÉMÉ^W chöuxiängde kèti)ga bo'lish mumkin.Harakat ikki toifaga bo'linadi: xatti-harakatlar(behavior -ÎT^ xing wéi) va faoliyat(activity - ^^ huo dong). Har bir toifani turli nuqtai nazardan tavsiflash mumkin, masalan, harakat sahna bilan bog'liq bo'lib, sahnani haqiqiy sahna (factive scene - M^ÉÉ^M zhënshfde chang jing) va o'ylab topilgan sahna (fictive scene - MMÉ^M xüni de chang jing) ga bo'lish mumkin. Harakat odatda alohida yoki uzluksiz hodisa( event-0i^ shijiàn ) sifatida tahlil qilinishi mumkin, shuningdek hodisalar boshqa bir hodisaning sababi(cause-{^ @ shiym) va oqibatlari (effect- ââ ^ jiéguo) sifatida tahlil qilinishi mumkin. Hodisalarning sabablarini kuchning manbai (source- ^ M lâiyuân), yo'nalishi ((direction-^fà fangxiàng) va maqsadi (target- mubiao) kabi kuch (force yongli)larning taqsimlanishi bilan izohlash mumkin16.

Vang Yan (ÏM Vang Yan) "Kognitiv tilshunoslik" asarida perseptual tajriba, toifalash, kognitiv model, tasvir sxemalari, metafora, metonimiya, bilish va boshqa kognitiv usullarni birma-bir muhokama qilinadi. Tilning barcha darajalarini cheklangan bilim usullari, shu jumladan fonetika, leksikologiya, sintaktika, grammatika, so'z yasalishi bilan talqin qilishni ko'zlaydigan yondashuvni tor ma'nodagi kognitiv tilshunoslikdeya ataydi. Ushbu kitob, shuningdek, eksperimental falsafa va kognitiv tilshunoslikning asosiy tamoyillarini tarjima nazariyasi va amaliyotini o'rganishda qo'llaydi 17.

Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak, maqolada rus, yevropalik, xitoylik va o'zbek tadqiqotchilarining kognitiv tilshunoslikning shakllanishi va takomil masalasiga bag'ishlangan o'ndan ortiq maqola va monografik plandagi ishlari o'rganilib, kognitiv tilshunoslik sohasida hali ko'plab izlanishlar olib borilish kerakligi haqidagi fikrga kelinadi.

REFERENCES

U^^M^: 2002 ^m 5 Mo

t^/fr, 2002 o

17Hto U^^M^o - 2007o - 681 ^o

18

1. Скребцова, Т. Г. Когнитивная лингвистика: Курс лекций. — СПб.: Филологический факультет СПбГУ, 2011. — 256 с.

2. Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. "Сангзор" нашриёти,2006 - 92 б.

3. Хаустова В. Е.,Зинченко В. А. Развитие когнитологии как научногонаправления и использование его при решении социально-экономических задач//https://www.researchgate.net/puЫicatюn/338607312, 2009.

4. Т.Г.Скребцова. Американская школа когнитивной лингвистики. - Санкт-Петербург, 2000.-204 с.

5. Peter Robinson and Nick C. Ellis, Handbook of cognitive linguistics and second language acquisition: Handbook. - Taylor & Francis e-Library, 2008. - 566 p.

6. N.Z.Shayxislamov. Kognitiv tilshunoslik to'g'risida tushuncha va uning universal tabiati//Scientific progress, 2021.

7. Langacker, R.W. Foundations of Cognitive Grammar , Standford : Standford University Press,1987. - 540 p.

8. Shozamonov, S. I., Nazarova, S. A., & Djuraev, B. B. (2021). Problems of Development of the Uzbek Language in Current Society. Open Journal of Modern Linguistics, 11(4), 613-620.

9. Артикова, З. З. (2021). LEXICO FEATURES OF THE PIECE COUNTING WORD fE ВА. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-8), 113-118.

10. Anvarovna, N. S. (2017). THE ISSUE OF LEXICAL COMPETENCE FORMATION IN THE PROCESS OF TEACHING CHINESE LANGUAGE. ББК 66.4 (5 Кит) А 251, 143.

11. Мустафаева, С. (2021). ХИТОЙ МИН ДАВРИ ЛЕКСИКАСИ ТАД^ЩИДА АСОСИЙ МАСАЛА ВА МУАММОЛАР ХУСУСИДА. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 1), 121-130.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.