SIRDARYO VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Qilichev Zoyir GulDU Ekologiya va geografiya kafedrasi o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10960795
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 8th April 2024 Accepted: 9th April 2024 Published: 11th April 2024 KEYWORDS
Ziyorat bu - o'tgan avliyolar orqali Qodir Tangriga murojaat qilish, ongi va ruhini tinchlantirish, muqaddaslik haqiqatini anglash, yolg'izlik va poklanish yo'lidan o'tish.Markaziy Osiyoda buni Ziyorat deb atashadi, bu muqaddas joylarga tashrif buyurishni anglatadi.
Ziyorat turizmi, arxeologiya, qadamjo, ziyoratgoh,
turmarshrut, yodgorlik, sardoba Kirish. Arxeologlar tomonidan qazishma ishlarining dastlabki natijalari guvohlik berishicha, Xovos 2400-2500-yillik tarixga ega nihoyatda qadimiy shaharlardan biri sanaladi. Tarixchilarning ma'lumotlariga ko'ra, Xovosda 28 ta tabarruk qadamjo bo'lgan. Hozirgi kunga qadar ulardan 12 tasi saqlanib qolgan. Shulardan biri "Xasti buzurgon" ziyoratgohi sanaladi. Bu ziyoratgohda "Xasti buzurg" laqabi bilan ulug'langan Jobir boboning qabri joylashgan. Rivoyat qilishlaricha, Jobir bobo Xovos va uning atroflariga Islom dinini yoyish uchun kelgan. Bu inson Xovosni obod qilishda qatnashgan va xalq o'rtasida ilm-ma'rifat tarqatgan. Shu sababli "Xasti buzurg" deya ulug'langan.
"Bibi ocha" ziyoratgohida Jobir boboning turmush o'rtog'i Bibi Xadicha dafn etilgan. .(1-rasm)
1-rasm. Jobir bobo maqbarasi.
Bu yerda ona yoki buviga ocha deya murojaat qilishgani sababli u kishi Bibi ocha deya e'tirof etilgan. "Yusufbobo" ziyoratgohida esa qadimda Xovosda temirchilik bilan shug'ullangan va tabiblik qilgan, keyinchalik temirchilar piri deb ulug'langan Yusufbobo maqbarasi mavjud. "Sherbobo" maqbarasida esa olis o'tmishda Xovosni dushmanlardan himoya qilgan, himoyachilarga bosh bo'lgan Ibrohim ismli sheryurak inson dafn etilgan. Qadimiy "Namozgoh" masjidini xovosliklar Jobir boboning yetuk, donishmand farzandlari sharafiga "Sa'du Sa'id" (Sayyidlarning ulug'i) nomi bilan atashgan. Bu ziyoratgohlarning aksariyati bugungi kunda obod maskanlarga aylantirilgan.
Mazkur hududda yashovchi tadbirkorlar o'z uyida oilaviy mehmon uylari hamda milliy hunarmandchilik ustaxonalarini yaratish bo'yicha takliflarini bildiryapti. Xulosa qilib aytganda, boy turistik salohiyatga ega Xovos tumani aholisi "Turizm qishlog'i" tashkil etish bo'yicha takliflar bildiryapti.
"Ko'xna Xovos" arxeologik yodgorligini respublika va chet el OAVlarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng targ'ib qilish va sayyohlar oqimini ko'paytirish.. (2rasm)
2-rasm. "Ko'xna Xovos" Arxeologik yodgorligi
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda "Ko'xna Xovos" arxeologik yodgorligini YuNESKOning Butun jahon madaniy meros ob'ektlari ro'yxatiga kiritish choralarini ko'rish. Guliston davlat universiteti tarix fani o'qituvchilari, fan nomzodlari bilan hamkorlikda viloyatda aniqlanmagan ziyoratgoh maskanlanlarni aniqlash ustida keng izlanishlar olib borish. Xovos tumani hokimligi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda "Ko'xna Xovos" arxeologik yodgorligi hududiga yaqin hududda xorijiy va mahalliy sayyohlarni uzoq muddat olib qolish maqsadida o'zbekona urf-odatlar asosida barpo etilgan oilaviy mehmon uylarini, suvenir do'konlar, milliy azaliy va yo'qolib borayotgan taomlarni tayyorlaydigan "O'zbek oshxonasi"ni tashkil etish. Respublikadagi barcha faol turoperatorlar bilan aloqalar o'rnatib, "Ko'xna Xovos" arxeologik yodgorligini turmarshrutlarga kiritish.
Sirdaryo viloyati bo'ylab sayohat bir kunlik turistik marshruti asosan avtobus orqali amalga oshiradi. Uning qisqacha mazmuni quyidagilardan iborat. Sayohat dasturi davomida, Guliston shahrida joylashgan viloyat tarixi va madaniyati muzeyi, Boyovut tumanidagi Usmon Yusupov xotira majmuasi, Yangier shahridagi "Yangier sanatoriysi", Xovos tumanidagi O'lkashunoslik muzeyiga, "Ko'xna Xovos tepaligi" arxeologik yodgorligi va muqaddas ziyoratgohlari, Sardoba tumanidagi "Yog'ochli Sardoba" arxeologik yodgorligiga sayohatlar uyushtiriladi (3-rasm).
3-rasm. Yog'ochli sardoba
Barqaror turizm ham mehmonlarning, ham ularga mezbonlik qiluvchi shaharlarning xavfsizligini ta'minlashi, atrof-muhitning ifloslanishiga va aholi tiqilinch bo'lishiga yo'l qo'ymasligi kerak. Turistlar oqimini adolatli taqsimlash ham barqarorlik uchun muhim ahamiyatga ega. Bu rivojlangan mamlakatlar uchun ham, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham birday muhim.
O'rganilgan xorijiy tajriba, egallangan nazariy bilimlar hamda bir qator me'yoriy-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish natijasida ishlab chiqilgan quyidagi taklif va tavsiyalarni keltirib o'tamiz:
✓ Guliston shahri markazidagi A.Navoiy nomidagi "Bilimdonlar maskani" atrofida rassomlar, dizaynerlar, yosh havaskor sana'tkorlar va hunarmandlar uchun mahsus joy ajratish;
✓ Guliston shahrining I.Karimov ko'chasidan O'zbekiston shoh ko'chasi bo'ylab, Xondamir ko'chasigacha bo'lgan masofada velosipedlar uchun maxsus yo'laklar barpo etish;
✓ Oqoltin tumanida yangi barpo etilgan "Yangi Toshkent" mahallasi hududida "Sardoba muzeyi"ni tashkil etish. Bunda Sardoba talofatidan ziyon ko'rgan barcha ob'ektlar, uylar, mahallalar to'g'risidagi fotojamlanmalar, video materiallar hamda talofatdan so'ng hududlarda amalga oshilgan bunyodkorlik ishlari to'g'risidagi materiallar joylashtirilishi ko'zda tutiladi.
✓ Viloyatda gastroturizmni rivojlantirish maqsadida viloyat Oshpazlar uyushmasi bilan hamkorlikda mahallalar o'rtasida "Taomlar" festivalini o'tkazish;
✓ Sayxunobod tumani, "Robot" SIU hududidagi Sayxun qo'riqxonasini Turuzmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tasarrufiga o'tkazish;
✓ Oilaviy mehmon uylarini tashkil etish va faoliyatini yahshilash maqsadida tadbirkorlar uchun imtiyozli bank kreditlarini ajratish hamda "Har bir oila-tadbirkor" davlat dasturiga kiritish;
✓ xalqaro avtomagistral yo'l bo'ylarida turistik ob'ektlarni barpo etish maqsadida tadbirkorlarga er maydonlarini auksionga qo'ymasdan Vazirlar Mahkamasi yohud viloyat hokimining tegishli qarorlari asosida ajratish;
✓ barcha tuman va shahar hokimliklarida turizm yo'nalishida bir nafar xodim uchun shtat birligini ajratish;
✓ barpo etiladigan ekoturizm ob'ektlarini davlat xususiy sherikchiligi asosida amalga oshirish;
✓ "Ko'hna Xovos" ziyoratgohini YuNESKOning Butun jahon madaniy meroslar ro'yhatiga kiritish takliflarini bildirib o'tmoqchimiz.
Bularni amalga oshirishda quyidagi muammolar to'siq bo'lib turibdi. Shuning uchun avvalo shu muammolarni xal etish zarur.
✓ turistik ob'ektlarga olib beruvchi ichki yo'llarni ta'mirlash va asfalt qoplamasini yotqizish;
✓ viloyatda mavjud turistik ob'ektlarni mahalliy teleradiokompaniyasi orqali keng yoritish bugungi kunda muammo bo'lmoqda. Bunga asosiy sabab targ'ibot ishlari uchun mablag'ning ajratilmaganligidir;
✓ barcha tuman va shaharlardan ma'lumotlar olishda muammolar yuzaga kelmoqda. Agar yuqorida aytilganidek hududlarga xodim ajratilsa mazkur muammo ijobiy hal etiladi.
Xulosa va takliflar
Xulosa o'rnida shuni alohida ta'kidlash lozimki, bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish va davlat tomonidan huquqiy tartibga solish borasida katta yutuqlarga erishildi. Mazkur sohani rivojlantirish maqsadida tadbirkorlarga juda katta imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berilganligi soha rivojining asosiy omili bo'ldi. Shu bilan bir qatorda ba'zi bir kamchilik va foydalanilmayotgan imkoniyatlar borki, ularni bartaraf etish va bu yo'lda rivojlangan xorijiy davlatlarning ijobiy tajribalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Хидиралиев, К., Киличев, З., & Хидиралиев, Э. (2024). ГЕОГРАФИЯ И ГЕОЭКОЛОГИЯ: ПРОБЛЕМА И РЕШЕНИЕ. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(1), 27-32.
2. Alimqul o'g'li, U. O., & Toxir o'g'li, Q. Z. (2023). SIRDARYO VILOYATI GEOSISTEMALARI VA ULARDAN FOYDALANISH HOLATI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(12), 154-157.
3. Toxir o'g'li, Q. Z. (2023, March). GLOBAL VA GEOEKOLOGIK MUAMMOLAR. In Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities (Vol. 2, No. 4, pp. 1-7).
4. Qilichev, Z. (2022). SIRDARYO TURIZMI HAQIDA. Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar, 1(20), 4-7.
5. Akhunbabaev, M. M., Kuliyev, T., Kilichev, Z. T., & Rakhmankulov, F. R. ECOLOGICAL AND BIOLOGICAL INDICATORS OF PLANT CHARACTERISTICS. Academicia Globe: Inderscience Research, 165.
6. Рахматов, Ф. О., & Рахматов, О. (2023). МЕТОДИКА ОПРЕДЕЛЕНИЯ ТЕПЛОВОГО БАЛАНСА И АЭРОДИНАМИЧЕСКИХ ПАРАМЕТРОВ СУШИЛЬНОЙ УСТАНОВКИ. Journal of Agriculture & Horticulture, 3(6), 90-94.
7. Артиков, А., Машарипова, З. А., & Рахматов, Ф. О. У. (2020). АВТОМАТИЗИРОВАННЫЕ РАСЧЕТЫ РАВНОВЕСИЯ ТРЕХФАЗНОЙ СИСТЕМЫ В ПРОЦЕССЕ ОБЕЗВОЖИВАНИЕ ЖИДКОГО МАТЕРИАЛА. Universum: технические науки, (12-3 (81)), 24-30.
8. Rakhmatov, O., Tukhtamishev, S. S., Khudoiberdiev, R. K., Adilov, A. А., & Rahmatov, F. O. (2023, April). Experimental and theoretical studies of the modulus of elasticity and Poisson's ratio for vegetable and melon crops. In International Conference on Digital Transformation: Informatics, Economics, and Education (DTIEE2023) (Vol. 12637, pp. 291-297). SPIE.
9. Рахматов, О. О., Рахматов, Ф. О., & Тухтамишев, С. (2017). ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ЭФФЕКТИВНОСТЬ ТЕХНОЛОГИЧЕСКОЙ ЛИНИИ ПО ПРОИЗВОДСТВУ ВЯЛЕНОЙ ДЫНИ. In Научно-практические пути повышения экологической устойчивости и социально-экономическое обеспечение сельскохозяйственного производства (pp. 1317-1320).
10. Рахматов, О., Нуриев, К. К., & Юсупов, А. М. (2013). Безотходная технология переработки остатков хлопчатника. Вестник Алтайского государственного аграрного университета, (6 (104)), 103-108.
11. Рахматов, О. (2016). К вопросу тепловой оптимизации режима эксплуатации солнечно-топливной сушильной установки конвективного типа. Вестник Алтайского государственного аграрного университета, (1 (135)), 132-138.
12. Рахматов, О. (2015). Реализация и эксплуатация гибких производственных систем комплексной безотходной переработки продуктов виноградарства. Ташкент: Изд-во «Фан.
13. Iskandarov, Z. S., Rakhmatov, O., Salomov, M. N., Akhmedov, S. K., & Rashidov, A. S. (2011). Double chamber solar and fuel drying unit for agricultural products. Applied Solar Energy, 47(1), 24.
14. Nuriev, K. K., Nuriev, M. K., Rakhmatov, O., Korabekova, S., & Bakhronova, M. A. (2022, December). Determination of the total resistance of the ploughshare when the blade is blunted. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 1112, No. 1, p. 012014). IOP Publishing.
15. Рахматов, О., Унгаров, А. А. У., Рахмонкулова, Ё. М. К., & Султонов, Н. Ш. У. (2019). Разработка трёхвалкового аппарата для пластификации вяленой дыни. Наука, техника и образование, (9 (62)), 41-43.
16. Рахматов, О. (2014). Разработка комплексной мини-линии по переработке винограда на кишмиш для сельхозпредприятий малой и средней мощности. Вестник Алтайского государственного аграрного университета, (2 (112)), 138-142.
17. РАХМАТОВ, О., НУРИЕВ, К. К., & ТОШБАЕВА, Ш. К. (2014). Безотходная комплексная переработка плодов дыни. In ТЕХНИКА И ТЕХНОЛОГИИ: ПУТИ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ (pp. 222-226).
18. Saidov, J., Matmusayeva, M., & To'rayeva, Z. (2024). AXBOROT TIZIMLARI VA ULARNING RIVOJLANISHI OMILLARI. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(4), 66-69.
19. Rakhmatov, O., & Rakhmatov, F. (2023). Experimental study of the process of drying melon slices in a chamber-convection dryer. In E3S Web of Conferences (Vol. 443, p. 02004).
EDP Sciences.
20. Saidov, J., Ishchanova, I., Temirxolova, B., & Nurmuhammedova, Z. (2024). BILIMLAR BAZASINING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA ULARGA OID LOYIHALASH. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 3(7), 23-27.