Научная статья на тему 'SIRDARYO VILOYATIDA YER RESURSLARIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISHNING MUAMMOLARI VA ASOSIY YO’NALISHLARI'

SIRDARYO VILOYATIDA YER RESURSLARIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISHNING MUAMMOLARI VA ASOSIY YO’NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
yer resurslari / qishloq xoʻjaligi / rejalashtirish / iqtisodiy samaradorlik.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Safiyeva Nigora Nurmuxamadovna

Ushbu maqolada qishloq xoʻjaligida yer resurslari bilan bog’liq muammolar,yer resurslaridan foydalanishni takomillashtirish va uning asosiy yo’nalishlari,undagi oʻzgarishlarni oʻrganishga,yer resurslaridan foydalanishning tashkiliy iqtisodiy asoslari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SIRDARYO VILOYATIDA YER RESURSLARIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISHNING MUAMMOLARI VA ASOSIY YO’NALISHLARI»

SIRDARYO VILOYATIDA YER RESURSLARIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISHNING MUAMMOLARI VA ASOSIY YO'NALISHLARI

Safiyeva Nigora Nurmuxamadovna

Doktorant Guliston davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11185204

Annotatsiya. Ushbu maqolada qishloq xo'jaligida yer resurslari bilan bog'liq muammolar,yer resurslaridan foydalanishni takomillashtirish va uning asosiy yo'nalishlari,undagi o'zgarishlarni o'rganishga,yer resurslaridan foydalanishning tashkiliy iqtisodiy asoslari yoritilgan.

Kalit so'zlar: yer resurslari, qishloq xo'jaligi, rejalashtirish,iqtisodiy samaradorlik.

Аннотация. В данной статье освещены проблемы, связанные с земельными ресурсами в сельском хозяйстве, совершенствование использования земельных ресурсов и его основные направления, исследование изменений в нем, организационно-экономические основы использования земельных ресурсов.

Ключевые слова: земельные ресурсы, сельское хозяйство, планирование, экономическая эффективность.

Abstract. In this article, the problems related to land resources in agriculture, the improvement of the use of land resources and its main directions, the study of changes in it, the organizational economic foundations of the use of land resources are highlighted.

Keywords: land resources, agriculture, indicator, planning, economic efficiency.

Kirish.

O'zbekiston Respublikasining qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasiga ko'ra yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo'shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda kadrlar salohiyatini oshirish qishloq xo'jaligini rivojlantirishning ustuvor vazifalaridandir. [1]

Hozirgi vaqtda yerdan unumli foydalanish muammosi,shuningdek qishloq xo'jaligida yerdan samarasiz foydalanish holatlari aniqlanmoqda.Ayniqsa,oziq ovqat bozorida raqobatning ortib borishi, aholining farovonligi va mamlakatning itisodiy xavfsizligida yer resursalaridan samarali foydalanishni taqozo qilmoqda.Mahalliy qishloq xo'jaligining raqobatbardoshligini oshirishda institutsional muhit va qishloq xo'jaligi maqsadlarida tuproq unumdorligini saqlash asosiy vazifalarimizdan biriga aylanmoqda.Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo'jaligi yerlaridan oqilona foydalanishni rejalashtirish va uni takomillashtirish zarurdir.

Mavzuga oid dabiyotlar sharhi

Tadqiqotning nazariy asosini mahalliy va horijiy olimlarning hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning boshqaruv nazariyasiga oid ishlari tashkil qiladi.Ushbu ishda O'zbekiston Respublikasining yer resurslaridan foydalanish tizimini modernizatsiya qilishni takomillashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan meyoriy huquqiy hujjatlar tahlili o'rin olgan.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi "Qishloq xo'jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora tadbirlari to'g'risida"gi PF-5742 son Farmonida hozirgi kunda 20 mln. gektardan ortiq yer

resurslari qishloq xo'jaligida foydalaniladi.Shundan 3.2 mln. gektar yer sug'oriladigan yer resurslari hisoblanib,aholining ehtiyojlari uchun oziq ovqat mahsulotlari,iqtisodiyot tarmoqlari uchun zaruriy hom ashyo yetishtirmoqda.[Farmon 2019].

Mamlakatimizda yer resurslaridan foydalanish tizimini takomillashtirish va uni rag'batlantirishning ilmiy-amaliy jihatlari iqtisodchi-olimlar F.Q.Qayumov, R.H.Husanov, Q.A.Choriyev, F.Q.Jo'rayev, A.S.Altiyev,Sh.T.Xasanov, B.Sultanov, Ch.P.Xo'jageldiyev va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida keng yoritilgan. Xasanov o'zining ilmiy ishlarida qishloq xo'jaligida cheklangan resurslardan samarali foydalanish,ularning iqtisodiy samaradorligini baholashni,asosiy ekinlar hosildorligini iqtisodiy baholash va qishloq xo'jaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirishda ekinlar tarkibini takomillashtirishni bashorat ko'rsatkichlarini ilmiy asoslab bergan.[Xasanov 2017]

Xo'jageldiyev "Sug'oriladigan qishloq xo'jaligi yerlarining unumdorligini oshirishni rag'batlantirish" mavzusidagi ilmiy ishlarida dexqon xo'jaliklarida daromad va xarajatlarni va prognozlashtirish maqsadida yerlarni bonitirovkalash xizmatlarini joriy etish mexanizmi joriy etilgan.[Xo'jageldiyev 2022]

Tadqiqot metodologiyasi

ilmiy tadqiqotimiz davomida biz ushbu maqolada statistik ma'lumotlar tahlili, analitik tahli va qiyosiy tahlil usullaridan foydalangan holda mamlakatimizda yer resurslaridan foydalanish tizimi va uning samaradorligini oshirishda mahalliy olimlar ilmiy ishlaridan foydalangan holda tahlil qildik. Maqolada agrar iqtisodchi olimlarning qishloq xo'jaligida dolzarb masalalardan yer resurslaridan foydalanish tizimini takomillashtirish va uni amalga oshirishning strategik va taktik yo'nalishlari bilan bog'liq ilmiy tadqiqot usullaridan keng foydalanib tahlil qilingan.

Natija va muhokamalar

Hozirgi kunda olib borilayotgan chora-tadbirlar sug'oriladigan yerlarning unumdorligini oshirishga qaratilmoqda. Qishloq xo'jaligida yer resurslari bilan bog'liq quyidagi muammolar uchramoqda:

1.Mavjud foydalanishdagi yerlarning strukturaviy tuzulishining buzulib ketganligi

2.Gumus(foydali hosildor qism) qatlamning kamayib ketganligi

3.Yerlarning sho'rlanib ketishi

4.Foydalanishdagi yerlardan boshqa maqsadlarda foydalanish(masalan qurilish,binolar

qurish)

5.Yerlarni sug'orishdagi muammolar,suv tanqisligi

6.Yer resurslaridan foydalanishdagi normativ huquqiy hujjatlarni takomillashtirish.

Ushbu muammolarni hal qilishda yer resurslarini yaxshilashning asosiy yo'nalishlari

quyidagilardan iborat: tashkiliy-iqtisodiy,meliorativ,ijtimoiy-iqtisodiy,biologik va ekologik.Bu yo'nalishlarning har biri o'z chora tadbirlariga ega.Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish murakkab muammo va bu ilgari o'z maqsadi bo'yicha foydalanilgan yerlarni o'zlashtirish,shudgorlash hisobiga ham amalga oshiriladi.

O'simliklar tuproqdan zarur oziq moddalarni olishi va o'zlashtirishi uchun tuproqdagi ozuqa moddalarining tarkibini oshirish,biologik faollikni yaxshilash choralarini ko'rish zarur.

Yuqori mahsuldor o'simlik navlarini joriy etish,faol intensiv resurs tejovchi texnologiyalardan foydalanish,kasalliklar,zararkunandalarga qarshi kurash katta ahamiyatga egadir.

So'nggi vaqtlarda mavjud qishloq xo'jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda, shuni ta'kidlab o'tish kerakki bu holat hozirgi paytda qishloq xo'jaligi tarmog'i yerdan foydalanuvchi hodimlarining javobgarligini oshirish choralari bilan bog'liqdir .

Sirdaryo viloyatida qishloq xo'jaligining asosiy ko'rsatkichlari

1-jadval

2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023-yil yanvar- dekabr 2) 2024-yil yanvar- mart 2)

Qishloq xo'jaligi ekinlari ekin maydoni, ming gektar 214,6 207,3 181,6 197,3 196,5 214,8 X X

Qishloq xo'jaligi mahsuloti, mlrd. so'm 5074,0 5654,3 7401,5 8002,0 9755,0 11523,3 13372,2 1291,3

shu jumladan:

Dehqonchilik 3116,8 3071,6 4355,1 4424,4 5566,5 6871,5 7713,5 112,3

Chorvachilik 1957,2 2582,7 3046,4 3577,6 4188,5 4651,8 5658,7 1179,0

Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o'sish sur'ati, o'tgan yilga nisbatan foizda 93,0 96,5 108,4 101,8 103,8 103,9 106,2 104,2

shu jumladan:

Dehqonchilik 87,5 91,9 113,1 102,7 102,9 104,7 108,4 104,8

Chorvachilik 101,5 103,9 102,8 100,6 104,9 102,9 102,9 104,1

Zamonaviy bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishning asosini raqobatbardoshlikni oshirish tashkil etib, bunga erishish uchun asoslangan zamonaviy texnologiyalarni qishloq xo'jaligiga joriy etish va ekinlarni yetishtirish texnologiyasining resurs tejovchi usullari ishlab chiqarish bazasini modernizatsiya qilish zarurdir.Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish jarayoniga turli omillar ta'siri etadi va bu qishloq xo'jaligining iqtisodiy samaradorligining o'ziga xos ko'rsatkichlarida namoyon bo'ladi.Ko'rsatkichlar tizimi yordamida qishloq xo'jaligining iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo'nalishlari ishlab chiqish va har tomonlama tahlil qilish va asosli xulosalar chiqarish mumkin. Yuqoridagi jadvaldan ko'rishimiz mumkinki Sirdaryo viloyatda qishloq xo'jaligi mahsulot yetishtirish birmuncha o'sgan,lekin uni jadal rivojlantirish sezilarli darajada oshishini taminlash uchun qishloq xo'jaligida aqilli texnologiyalarni qo'llash,yerdan foydalanishni tashkil etishni

takomillashtirishda davlatning yetakchi ro'lini kuchaytirish,qishloq xo'jaligida yerdan samarali foydalanish uchun ishlab chiqarishda axborotlashtirishni keng joriy etish maqsadga muvofiqdir.

Xulosa va takliflar

Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini baholashda unga ta'sir qiluvchi xususiyatlarni hisobga olib,taklif etilayotgan chora tadbirlarni tizimli amalga oshirish quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:1.Yer tekislash ishlarini izchil amalga oshirish,lazer yordamida tekislashni keng joriy qilish;

2.Almashinib ekishni,yerni boyitishni kengaytirish;

3.Sug'orish ishlarini meyorlash,suv sarfini meyorini nazoratini yo'lga qo'yish,dehqon fermer xo'jaliklarining malakasini oshirib borishni yo'lga qo'yish kerak;

4.Boshqa maqsadda foydalanilayotgan yerlarni,qishloq xo'jaligida foydalanishni joriy qilish maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 -yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi "Qishloq xo'jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora tadbirlari to'g'risida"gi PF-5742 son Farmoni

3. T.Xasanov "Qishloq xo'jaligida cheklangan resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishni takomillashtirish" mavzusidagi ilmiy ishi.T.2019

4. CH.P.Xo'jageldiyev "Sug'oriladigan qishloq xo'jaligi yerlarining unumdorligini oshirishni rag'batlantirish" mavzusidagi ilmiy ishi.T.2022

5. Babajanov B.,Tojiyev T.Z "Yer resurslarini boshqarish tizimining mavjud holati va uni takomillashtirish" T.2022

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi axborotnomasi. O'zbekiston qishloq xo'jaligi 2018-2021. Toshkent - 2022. www.stat.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.