Научная статья на тему 'SIRDARYO VILOYATI TUPROQ AKTINOMITSETLARINING AYRIM TAKSONOMIK BELGILARI'

SIRDARYO VILOYATI TUPROQ AKTINOMITSETLARINING AYRIM TAKSONOMIK BELGILARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
9
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
aktinomitset / spora zanjiri / Streptomyces / tuproq / mitseliy.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ibragimov Abdulaziz Adxamovich

O‘zbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyati sobiq aerodromi tuproq namunalaridan aktinomitsetlarning 14 izolyati ajratib olindi. Ularni morfologik va kultural hususiyatlariga ko‘ra oila, avlod va turlari aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SIRDARYO VILOYATI TUPROQ AKTINOMITSETLARINING AYRIM TAKSONOMIK BELGILARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

SIRDARYO VILOYATI TUPROQ AKTINOMITSETLARINING AYRIM TAKSONOMIK BELGILARI

Ibragimov Abdulaziz Adxamovich

Stajyor-tadqiqotchi, O'zR FA Mikrobiologiya instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.13837840

Annotatsiya. O'zbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyati sobiq aerodromi tuproq namunalaridan aktinomitsetlarning 14 izolyati ajratib olindi. Ularni morfologik va kultural hususiyatlariga ko'ra oila, avlod va turlari aniqlandi.

Kalit so'zlar: aktinomitset, spora zanjiri, Streptomyces, tuproq, mitseliy.

Kirish. Aktinomitsetlar tabiatda keng tarqalgan gramm-musbat mikroorganizmlar bo'lib, ularni turli tuproqlar, suvdan, toshdan, binolardan, insondan, hayvondan va boshqa substratlardan ajratib olish mumkin.

Hozirgi vaqtda ajratib olingan aktinomitsetlar avlodining qariyb 90% miqdori tuproqdan ajratib olingan bo'lib, ular orasida dominant Streptomyces jins hisoblanadi [1,2]. Turli geografik kengliklardagi tuproq^apda 105-106/gramm aktinomitset hujayralari mavjud bo'ladi. Ozuqa yetarli bo'lganda ularning substrat mitseliylari tuproq ichki qatlami bo'ylab yoyilib o'sadi. Ozuqa kamaygan hollarda esa ular havo mitseliylarini hosil qiladilar. Ushbu mitseliylarda sporalar yetilib, aktinomitsetlar migratsiya orqali boshqa areallarni egallab ko'payishi uchun xizmat qiladi [3]. Havo mitseliylarini hosil qilish fazasida ikkilamchi metobolitlarni hosil qiladi va ular asosan o'sish uchun xizmat qilmasada, raqobatbardoshligini oshiradi. Aksariy hollarda ko'plab aktinomitsetlar vakillari pigment xosil qilishi tufayli ularning hujayralarini ultrabinafsha nurlardan himoya qilishi aniqlangan [4].

Aktinomitsetlar pestitsidlar biotransformatsiyasi va bidegradatsiyasida faol ishtirok etib, turli xil murakkab tuzilishga ega bo'lgan kimyoviy moddalarni, ya'ni, xlororganik va fosfororganik brikmalarni, s-triozin, triazinon, karbamat, orgonofasfat, atsetinilid, sulfonilkorbamidlarni parchalashi aniqlangan [5].

Tadqiqot obekti va usullari

Mazkur ishda tadqiqot ob'ekti sifatida Sirdaryo viloyati hududida joylashgan maydondan (40°23'53.9 shimoliy kenglik va 68°31'34.1 sharqiy uzunlikda joylashgan) tuproq namunalari olindi. Ushbu maydon qishloq xo'jalik kimyo tasarrufida pestitsidlar ombori sifatida foydalanib kelingan bo'lib, qariyib 30 yil davomida foydalanishga yaroqsiz bo'lib tashlandiq holga kelib qolgan.

Olingan natijalar va ularning tahlili

Tuproq namunalari 0-15 sm chuqurliklardan konvert usulida olinib steril qadoqlarda, +5 oC haroratdagi mobil sovutgichlarda laboratoriyaga olib kelindi. Tuproq maydalanib, has-choplardan tozalanib 1 mm diametrli elakdan o'tqazilib, 105 suyulish darajasigacha suyultilib va oldindan tayyorlab qo'yilgan sintetik Chapek ozuqa muhitiga (saxaroza 30.00 g, natriy nitrat 2.00 g, kaliy fosfat 1,00 g, magniy sulfat 0.50 g, kaliy xlorid 0.50 g, temir sulfat 0.01 g, agar 15.00 g, 1000.00 ml disterlangan suv, yakuniy pH (25 ° C da) 7,3 ± 0,20) petri chashkalariga 100 mkl dan solinib shpatelda yuza bo'ylab bir tekis yoyildi va 10 minut hona haroratida aralashmani agar shimib olish uchun qoldirildi, so'ng petri chashkalari to'ntarilib 30 oC haroratda 7 sutka inkubatsiya qilindi. O'sib chiqqan aktinomitsetlar qayta ekish orqali tozalanib monokoloya holiga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

keltirildi. 14 izolyat aktinomitset ajratib olindi. Saqlab qo'yish uchun qiyshiq agarlarga inokulyatsiya qilib qo'yildi.

Aktinomitsetlarni identifikatsiyalash uchun morfologik va kultural belgilari ya'ni spora zanjiri formasi, melanoid pigment mavjudligi substrat va havo mitseliylarning 7, 14, 21 kunliklaridagi namoyon qilgan rangiga ko'ra amalga oshirildi [6].

a b d e

1-rasm. Spora zanjir ko'rinisM. a,b-qisqa spiral; d-uzun notekis spiral; e-to'g'ri

Ajratib olgan izolyatlarimizni o'rganish natijasida ma'lum bo'ldiki ular Streptomycetaceae oilasi Streptomyces jinsiga mavjudligi aniqlandi. 14 ta izolyatdan Roseus bo'limiga 2 ta, Albus bo'limiga 9 ta va Cinereus bo'limiga 3 ta turlar kirishi ma'lum bo'ldi.

Aktinomitsetlardan organik birikmalarni qayta ishlashda, zaharli moddalarni zararsizlantirishda, antibiotik ishlab chiqarishda, mikrob-o'simlik konsortsiumli remidatsiya va boshqa ko'plab maqsadlarda foydalanish imkoniyati mavjud.

Shu bois, aktinomitsetlarni tabiatdan ajratish va ularning xususiyatlarini o'rganish hamda ishlab chiqarishga tadbiq etish ishlarining muhimligini e'tiborga olgan holda ushbu tadqiqot ishini davom etdirish maqsadga muvofiqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Anupama S., Aishwarya T., Anupa B., Muskan S., Prativa Sh.a, Sagar A.. "Isolation, characterization, and Screening of Antimicrobial-Producing Actinomycetes from Soil Samples". International Journal of Microbiology/Volume 2020, Issue 1/2716584

2. Okami Y, Okazaki T. "Studies on marine microorganisms. I. Isolation from the Japan Sea". J Antibiot (Tokyo). 1972 Aug;25(8):456-60. doi: 10.7164/antibiotics.25.456.

3. Biology and biotechnology of actinobacteria / Eds. J. Wink, F. Mohammadipanah, J. Hamedi. Berlin: Springer International Publishing, 2017. 395 p

4. Bibb M.J. Regulation of secondary metabolism in Streptomycetes // Current Opinion in Microbiology. 2005. V. 8. No. 2. P. 208-215.

5. И.Г. Широких, Т.Я. Ашихмина " Актинобактерии в защите окружающей среды от производственных загрязнений". "Theoretical and Applied Ecology." Issue 4 in 2022. 1421 p.

6. Ч. Болормаа, Н. Абдул Ахмад, Г.Д. Кадырова, А.В. Панкова, В.Г. Евтюгин, Ф.К. Алимова "Биоразнообразие актиномицетов рода Streptomyces, выделенных из почв республики Татарстан и их ферментативная активность" Ученые записки Казанского университета. Том 155, кн. 1 Естественные науки 2013 148-157 п.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.