INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_
PSEUDOMONAS CHLORORAPHIS BAKTERIYASINING ANTAGONISTIK VA MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
1Qalandarova Madina Andrey qizi, 2Xusanov Tohir Sunnatovich, 3Normuhamedova Mohira Kamolitdin qizi, 4Mirzakarimova Xurriyatxon Daminjonovna, 5Norboboyeva
Risolat Botirovna
1TDPU o'qituvchisi 2PhD, Katta ilmiy hodim, O'zR FA Mikrobiologiya instituti 3O'zR FA Mikrobiologiya instituti tayanch doktaranti 4Katta ilmiy hodim O'zR FA Botanika instituti 5TDPU katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13836992
Annotatsiya. Ushbu maqolada Pseudomonas chlororaphis bakteriya shtamining fltopatogen zamburug 'lar bilan o 'zaro cmtogcmizim va morfologik xususiyatlari o 'rgcmildi. Unga ko 'ra Pseudomonas chlororaphis bakeriyasi Fusarium solani, Aspergillus orchaceus, Fusarium cidmorium, Pénicillium sp., Fusarium oxysporium, Alternaria alternata fltopatogen zamburug 'lariga nisbatan antaganistikfaollikni namoyon qildi.
Kalit so'zlar: fltopatogen zamburug'lar, Pseudomonas chlororaphis, Fusarium oxysporium, Aspergillus flavus, Fusarium verticillioides, Penicillium chrysogenium.
Fitopatogen mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar, mikoplazmalar, zamburug'lar) tabiatda keng tarqalgan. Ularning 40000 dan ortiq turi mavjud bo'lib, ular kelib chiqishi, parazitlik xususiyati, patogenligi, ixtisoslashuviga ko'ra bir biridan keskin farq qiladi. Fitopatogen mikroorganizmlar bir yillik, ikki yillik, ko'p yillik o'tlar, daraxtlarni kasallantirib, ularning yer usti va yer osti organlarini zararlaydi. Kasallik keng tarqalganda, butun o'simlikni nobud qiladi. Shuning uchun o'simlik kasalliklari qishloq xo'jaligiga katta zarar yetkazib, hosilning haddan tashqari ko'p nobud bo'lishiga olib kelmoqda [1, 3].
Fitopatogenlarga qarshi kimyoviy vositalar qo'llanilganda ularni bir qancha zararli tomonlari bo'ladi. Bu holat bir tomondan atrof-muhitning ifloslanishini keltirib chiqaradi va odamlarning sog'lig'iga ham tahdid soladi. Pestitsidlar saraton kasalliklarini va asab tizimining buzilishini keltirib chiqaradi. Pestitsidlar va ularning parchalanish mahsulotlarida zaharli kimyoviy moddalar mavjud. Darhaqiqat, parchalanish mahsulotlarining bir qismi asosiy pestitsidga qaraganda ancha barqaror va toksikroqdir. Noto'g'ri qo'llanilishi natijasida tuproq, suv va havo ifloslanadi. Shuningdek, o'simlik o'sishi uchun zarur bo'lgan foydali organizmlar bu vaqtda nobud bo'ladi [2].
Hozirgi kunda alternativ zararsiz kurash usulidan biri: foydali bakteriyalar, ularning ikkilamchi metabolitlaridan foydalanish usullari ishlab chiqilmoqda va bu juda samarali va ijobiy hisoblanadi. Bu jarayon mikrooorganizmlarning o'zaro antoganistik munosabatini xisobga amalga oshadi [4].
Pseudomonas turkumi juda xilma-xil va hamma joyda tarqalgan va u tuproq, suv, havo va cho'kindi kabi ko'plab turli muhitlardan ajratilgan. Pseudomonas chlororaphis turkumi o'simlikning o'sishini rag'batlantiruvchi xususiyatlari va ayniqsa, o'simlikni zamburug'lar, nematodalar va hasharotlardan himoya qiluvchi ikkilamchi metabolitlarni ishlab chiqaradi. U
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_
fenazin tipidagi antibiotiklar ishlab chiqarish orqali o'simliklar fitopatogen zamburug'lariga qarshi bionazorat agenti sifatida ta'sir qilishi mumkin [5].
Yuqoridagiladan kelib chiqqan holda tadqiqotimizda Pseudomonas chlororaphis shtammining fitopatogen zamburug'lar: Fusarium oxysporium, Aspergillus flavus, Fusarium verticillioides, Penicillium chrysogenium, Alternaria alternata, Alternaria tenuissima, Fusarium solani, Fusarium culmorium, Aspergillus orchaceus, Cladosporium sp. larga nisbatan antagonistik xususiyatlarini o'rganishni maqsad qilib oldik.
Tadqiqotda lunka-diffuzion usul qo'llanildi. Petri idishiga 20 ml agarli ozuqa muhit solindi va agar qatlamining 2/3 qalinligida lunka hosil qilindi. Shundan so'ng fitopatogen zamburug'lar gazon usulida ekildi va lunkaga kultural suyuqlik solindi. Har bir tajriba uch marta takrorlandi. Inkubatsiya 30°C haroratda 3-7 kun davomida o'tkazildi, so'ngra fitopatogen zamburug'lar o'sishini ingibirlanish zonasi o'lchandi. Zamburug'lar o'sishini ingibirlanish qilish zonalari millimetrda o'lchandi va u qancha katta bo'lsa, kulturaning fungitsid faolligi shunchalik yuqori bo'ladi. .Pseudomonas chlororaphisni morfologiyasi mpa va chapek ozuqa muhitlarida o'rganildi [6].
Olingan natijalarga ko'ra Pseudomonas chlororaphis bakteriya shtammi Fusarium solani, Aspergillus orchaceus, Fusarium culmorium fitopatogen zamburug'lariga nisbatan yuqori (34-28 mm), Penicillium sp. , Fusarium oxysporium, Alternaria alternata zamburug'lariga o' rtacha antagonistic faollikni namoyon qildi. Lekin Cladosporium sp., Aspergillus flavus, Fusarium verticillioides, Alternaria tenuissima fitopatogen zamburug'lariga nisbatan antagonistik faollik namoyon qilmadi (1-jadval, 1-rasm).
1-jadval. Pseudomonas chlororaphis bakteriyasi ta'sirida fitopatogen zamburug'larning
ingibirlanish zonasi diametri.
Fitopatogen zamburug'lar Ingibirlanish zonasi diametri, mm
Fusarium solani 34
Aspergillus orchaceus 29
Fusarium culmorium 28
Penicillium sp. 15
Fusarium oxysporium 14
Alternaria alternata 13
Cladosporium sp. -
Aspergillus flavus -
Fusarium verticillioides -
Alternaria tenuissima -
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024
1-rasm. Pseudomonas chlororaphis bakteriyasiningfitopatogen zamburug'larga ta'siri
Pseudomonas chlororaphis chapek ozuqa muhitida oq rangli silliq, mpa ozuqa muhitida sariq rangli silliq koloniyalar hosil bo'ldi. Mikroskop ostida gramm manfiy, spora hosil qilmaydigan, kichik tayoqsimon shaklni namoyon qildi (2-rasm).
2- rasm Pseudomonas chlororaphis ning morfologiyasi: A) chapek ozuqa muhitida; B) MPA
ozuqa muhitida; S) mikkroskop ostida.
Tajribamizdan xulosa qilib aytganda, Pseudomonas chlororaphis bakeriyasi Fusarium solani, Aspergillus orchaceus, Fusarium culmorium, Penicillium sp., Fusarium oxysporium, Alternaria alternata fitopatogen zamburug'lariga nisbatan antagonistik faollikni namoyon qildi, lekin Cladosporium sp., Aspergillus flavus, Fusarium verticillioides va Alternaria tenuissima fitopatogen zamburug'lariga nisbatan antagonistik faollik namoyon qilmadi. Pseudomonas chlororaphis chapek ozuqa muhitida oq rangli silliq, mpa ozuqa muhitida sariq rangli silliq koloniyalar hosil bo'ldi. Mikroskop ostida gramm manfiy, spora hosil qilmaydigan, kichik tayoqsimon shaklni namoyon qildi. Shunday qilib, kelgusida Pseudomonas chlororaphis shtammi fitopatogen zamburug'larga nisbatan qarshi kurashishda biologik nazorat sifatida foydalanish mumkun.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Vahobov A.H. Virusologiya asoslari. Toshkent: Universitet, 2017. page 289-297.
2. NizametdinovaYa.F., MansurovaM.L., Muzaffarova I.A., Kondrateva K.V.. Vahobov A.H. Mikrobiologiyadan amaliy mashg'ulotlar. Metodik qo'llanma. Toshkent, ToshDU, 1992.
3. Burxonova X.K., Murodov M.M. Mikrobiologiya. Toshkent, "O'qituvchi", 1975.
4. Synergistic antifungal mechanism of cinnamaldehyde and nonanal against Aspergillus flavus and its application in food preservation, Food Microbiology, 104524 (2024).
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS"
_25-26 SEPTEMBER, 2024_
5. A. Abbas, S.U. Khan, W.U. Khan, Antagonist effects of strains of Bacillus spp. against Rhizoctonia solani for their protection against several plant diseases: Alternatives to chemical pesticides, Comptes Rendus Biologies, 342, 138-145 (2019).
6. Нармухамедова M.K, Хусанов Т.С., Жумаёров Ш.И., Кадырова Г.Х., ^аландарова М. А., Выделение и идентификация Bacillus subtilis и ее потенциал в биоконтроле фитопатогенных грибов, журнал E3S Web of Conferences, III Международной научно-практической конференции «Вопросы сельского хозяйства, экологии, пишевого производства и дистанционного зондирования земли».