Научная статья на тему 'DIAZATROF VA ENTOMOPATOGEN BAKTERIYALARINING ANTAGONISTIK XUSUSIYATI'

DIAZATROF VA ENTOMOPATOGEN BAKTERIYALARINING ANTAGONISTIK XUSUSIYATI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Antifungal faollik / Fusarium / Engyodontium / Azosprillum / Azotobacter / Bacillus / lizis / antogonistik

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Aliyev Zafar, Abdullayev Anvar, Xalilov Ilhom, Shakirov Zoir, Kadirova Gulchehra

Test-kultura sifatida tanlab olingan A. brasilense kulturasi F. chlamydosporum va E. album zamburug’lariga nisbanat antifungal faolligi mos ravishda 13-4, 27,1 va 18,6 mm, A. chroococcum esa eng yuqori antifungal faollikni ko`rsatdi, bunda mos ravishda 27,42 mm va 21,86 mm diametrdagi lizis zonalari hosil bo`ldi. Bacillus turingiensis 26 shtammi F. chlamydosporum zamburug’iga nisbatan 25,7 mm zona hosil qilganligi ma’lum bo’ldi. B. subtilis CKB-256 shtammi F. poliferatum zamburugʻidan boshqa barcha tadqiq etilgan zamburug’larga antifungal faollikni namoyon etdi. Tadqiqot davomida olingan natijalarga asosan A. brasilense 13-4, A. chroococcum, B. subtilis CKB-256 shtammlari antifungal faollikni nomoyon qilgan fitopatogen zamburug’larga qarshi qo’llashni tavsiya qilish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DIAZATROF VA ENTOMOPATOGEN BAKTERIYALARINING ANTAGONISTIK XUSUSIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

DIAZATROF VA ENTOMOPATOGEN BAKTERIYALARINING

ANTAGONISTIK XUSUSIYATI

Aliyev Zafar, Abdullayev Anvar, Xalilov Ilhom, Shakirov Zoir, Kadirova Gulchehra, Boboqulov Murodali, Safarov Husniddin, Alamuratov Rayimjon

O'zR FA Mikrobiologiya instituti, Toshkent O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.13828229 Annotatsiya. Test-kultura sifatida tanlab olingan A. brasilense kulturasi F. chlamydosporum va E. album zamburug'lariga nisbanat antifungalfaolligi mos ravishda 13-4, 27,1 va 18,6 mm, A. chroococcum esa eng yuqori antifungal faollikni ko'rsatdi, bunda mos ravishda 27,42 mm va 21,86 mm diametrdagi lizis zonalari hosil bo'ldi. Bacillus turingiensis 26 shtammi F. chlamydosporum zamburug'iga nisbatan 25,7 mm zona hosil qilganligi ma'lum bo'ldi. B. subtilis CKB-256 shtammi F. poliferatum zamburug'idan boshqa barcha tadqiq etilgan zamburug'larga antifungalfaollikni namoyon etdi. Tadqiqot davomida olingan natijalarga asosan A. brasilense 13-4, A. chroococcum, B. subtilis CKB-256 shtammlari antifungal faollikni nomoyon qilgan fitopatogen zamburug'larga qarshi qo'llashni tavsiya qilish mumkin.

Kalit so'zlar: Antifungal faollik, Fusarium, Engyodontium, Azosprillum, Azotobacter, Bacillus, lizis, antogonistik

Аннотация. Антифунгальная активность A. brasilense, отобранный в качестве тест-культуры, по отношению F. chlamydosporum и E. album составляет 13,4 мм и 18,6 мм, а наибольшую противогрибковую активность проявила A. chroococcum с зоной лизиса диаметром 27,42. мм и 21,86 мм, соответственно. Установлено, что штамм Bacillus thuringiensis 26 образует зону лизиса размером 25,7 мм по отношению F. chlamydosporum. Штамм B. subtilis CKB-256 проявляет антифунгальную активность в отношении всех изученных грибов, кроме F. poliferatum. На основании результатов, полученных в ходе исследования, можно рекомендовать использование штаммов A. brasilense 13-4, A. chroococcum, B. subtilis CKB-256 против фитопатогенных грибов.

Ключевые слова: антифунгальная активность, Fusarium, Engyodontium, Azosprillum, Azotobacter, Bacillus, лизис, антагонист

Annotation. Antifungal activity of A. brasilense selected as a test culture against F. chlamydosporum and E. album is 13.4 mm and 18.6 mm, and the highest antifungal activity was shown by A. chroococcum with a lysis zone diameter of27.42 mm and 21.86 mm, respectively. It was found that the Bacillus thuringiensis 26 strain forms a lysis zone of 25.7 mm in size against F. chlamydosporum. The B. subtilis CKB-256 strain exhibits antifungal activity against all studied fungi except F. poliferatum. Based on the results obtained during the study, it is possible to recommend the use of A. brasilense 13-4, A. chroococcum, B. subtilis CKB-256 strains against phytopathogenic fungi.

Key words: аntifungal activity, Fusarium, Engyodontium, Azosprillum, Azotobacter, Bacillus, lysis, antagonist

Kirish

Oziq- ovqat mahsulotlarini sifatli yetishtirish va mo'l hosil olish qishloq xo'jali oldidagi dolzarb yo'nalishlaridan biridir. Qishloq xo'jaligi ekinlarida uchraydigan kasalliklar va ular bilan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

bog'liq zararkunandalar, hasharotlar va fitopatogen mikroorganizmlarga qarshi kurashda biologik usullardan foydalanish eng xavfsiz va istiqbolli hisoblanadi [1].

Fusarium avlodi zamburug'lari polifaglar bo'lib, ildiz chirish kasalliklarini keltirib chiqaradi va o'simlikning so'lishiga sabab bo'ladi. O'simliklarni fitopatogenlardan himoya qilishda biologik usullardan foydalanishga asoslangan antagononistik mikroorganizmlardan foydalanish mumkin [2].

Rizosfera bakteriyalari o'simliklar rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bu bakteriyalardan fitopatologiya sohasida foydalanish mumkin, sababi ularning o'zaro ta'siri o'simliklarni atrof-muhit va patogenlar keltirib chiqaradigan omillarga chidamliligini oshiradi. Ular patogenlarga qarshi gormonlar va antagonistlar, jumladan, indol-3-sirka kislotasi (ISK), strigolaktonlar, siderofor va proteazni ajratib chiqaradi [3, 4].

So'nggi yillarda o' simliklar dunyosi patogen bakteriyalar, zamburug'lar va viruslar zarar ko'rmoqda keltirib chiqaradigan kasalliklar soni ham ortib bormoqda. Patogen mikroorganizmlarning yovvoyi hamda qishloq xo'jaligi o'simliklarida kasallik keltirib chi qarishi turli rivojlanish bosqichlarida ta'sir qiladi.

Ko'plab o'simliklarda F. proliferatumfusarium solg'unligi yoki ildiz chirish kasalliklarini keltirib chiqaradi bunga esa zamburug' sintez qiladigan turli xil mikotoksinlar sabab bo'ladi [5].

F. chlamydosporum meva chirish kasalligini keltirib chiqarib, dehqonchilik va bog'dorchilikka katta ziyon keltiradi [6].

F. cerealis butun dunyo bo'ylab mayda donli o'simliklarda kasallik keltirib chiqaruvchi zamburug'dir. U boshoqli ekinlarning boshoq qismida rivojlanib hosildorlikka katta ziyon keltiradi [7].

Abiotik omillar hamda ekinlarning fitosanitar holatiga qarab, kasalliklarning tarqalishi o'simliklar umumiy sonining 70-80% ga yetishi, ba'zi hollarda hosildorlik esa 80-98% ga pasayishi kuzatilgan holatlar ham bo'lgan. O'simliklarning fitopatogen mikroorganizmlarga immuniteti mavjud, biroq fitopatogenlar bu immunitetga chidamli bo'lishi ehtimoli bor [8].

Ushbu tadqiqotda Bacillus thuringiensis-1fo, B. thuringiensis-26, Azosprillum brasilense 13-4, Azotobakter chroococcum hamda Bacillus subtilis CKB-2569 shtammlarining fitopatogen F. poliferatum, F. chlamydosporum, E. album va F. cerealis zamburug'lariga antifungal xususiyatlari tahlil qilindi.

Material va uslublar

Fitopatogen hisoblangan Fusarium poliferatum, Fusarium chlamydosporum Engyodontiumalbum va Fusarium cerealis zamburug'lari Chapek ozuqa muhitida (Chapek-Doksa (g/l): NaNÜ3 - 3,0, KH2PO4 - 1,0, KCl -0,5, MgSÜ4 - 0,5, saxaroza - 25,0, agar - 30,0) 6 kun davomida 28-30 X haroratda o'stirildi. Test-kultura sifatida foydalanilgan bakteriyalar go'sht peptonli agar (standart PA- (%): Pepton-1,0; glyukoza- 0,6; NaCl-0,5; K2HPO4 -0,05; MgSÜ4-0,02, agar-2, (pH-7,0) ) ozuqa muhitida 3 kun, 28-30 X haroratda o'stirildi [9, 10, 11].

Bakteriya shtammlarining antagonistik faolligini aniqlash uchun PA ozuqa muhitidan foydalanildi. Petri chashkasiga solingan ushbu ozuqa muhitlariga fitopatogen zamburug'lar 0,1 ml (106 spora/ml) va bakteriyalar 0,1 ml (109 -1010 spora/ml) miqdordan shisha shpatel yordamida gazon usulida ekildi. So'ngra antifungal faolligi tekshirilayotgan bakteriya shtammlari PA ozuqa muhitida 16-17 soat davomida o'stirilgan namunalardan diametri 0,8 sm bloklar kesib olindi va har bir petriga 3 ta blokdan fitopatogenlar ekilgan ozuqa muhitlarining ustiga j oylashtirib chiqildi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

Bunda yuzasi 7850 mm2 bo'lgan petri idishlaridan foydalanildi. Tajriba 3 takroriy nisbatda olib borildi. Namunalar 28-30°C haroratda 5 kun davomida inkubatsiya qilindi [12]. Olingan natijalar

Tajribada test-kultura sifatida foydalanilgan Bacillus thuringiensis-1fo, B. thuringiensis-26, Azosprillum brasilense 13-4, Azotobakter chroococcum hamda Bacillus subtilis CKB-2569 bakteriyalarining antifungal xususiyatlari tahlil qilindi.

A. brasilense 13-4 shtammi F. poliferatum zamburug'ida o'rtacha 5.25 mm, F. chlamydosporum ni 27,1 mm va E. album zamburug'ida 18.6 mm lizis zona hosil qilganligi aniqlandi (1-rasm).

1-rasm. A. brasilense 13-4 bakteriya shtammining A) F. poliferatum, B) E. album va C) F. chlamydosporum zamburug'lariga qarshi antogonistik faolligi

A.chroococcum shtammi F. poliferatum zamburug'ida diametri 17 mm, F. chlamydosporum qarshi 27,42 mm va E. album ga - 21,86 mm bo'lgan lizis zonasini hosil qildi. B. thuringiensis 26 shtammi F. poliferatum zamburug'ida 4,88 mm va F. chlamydosporum da 25,7 mm diametrdagi lizis zonasini hosil qilgan bo'lsa, E. album zamburug'iga esa ta'sirchanlik nomoyon qilmadi.

B. thuringiensis 1fo shtammi F. chlamydosporum zamburug'ida 6,38 mm va E. album da 15,3 mm lizis zonasini hosil qilgan bo'lsa F. poliferatum zamburug'iga ta'sirchanlik nomoyon qilmadi. B. subtilis CKB256 shtammi F. chlamydosporum o'rtacha 19,2 mm E. album da o'rtacha 15,3 mm diametrda lizis zonasini hosil qilganligi aniqlandi F. poliferatum zamburug'ida lizis zona hosil qilmadi (1-jadval).

F. cerealis zamburug'iga faqat B. subtilis CKB256 shtammining antifungal faolligi tekshirildi, bunda B. subtilis CKB256 shtammi F. cerealis zamburug'ida 18,8 mm diametrda lizis zonasini hosil qildi (3-rasm).

1-jadval

Fitopatogen zamburug'larga qarshi tanlab olingan bakteriyalarning antifungal faolligi

(hosil qilgan lizis zonasi (mm)

Kulturalar Nazorat A. brasilense A. chroococcum Bt 26 Bt 1fo B. subtilis

F. poliferatum 0 5,25 17 0 0 0

F. 0 27,1 27,42 25,7 6,38 19,2

chlamydosporum

E. album 0 18,6 21,86 4,88 15,3 15,3

F. cerealis 0 0 0 0 0 18,8

Ushbu tadqiqotdan xulosa shuki A. brasilense shtammi F. chlamydosporum va E. album zamburug'lariga antifungal faollikni mos ravishda 13,4 mm, 27,1mm va 18,6 mm, A. chroococcum kulturasi esa eng yuqori ko'rsatkichni ko'rsatdi, bunda mos ravishda diametri 27,42 mm va 21,86 mm diametrda lizis zona hosil qilgan bo'lsa, Bt26 shtammi F. chlamydosporum zamburug'ida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS"

_25-26 SEPTEMBER, 2024_

25,7 mm zona hosil qilganligi ma'lum bo'ldi (3-rasm). B. subtilis CKB-256 shtammi F.

poliferatum zamburug'idan boshqa barcha zamburug'larga antifungal faollikni namoyon qildi.

Tadqiqot davomida A. brasilense 13-4, A. chroococcum hamda B. subtilis CKB-256 shtammlari

antifungal faollik nomoyon qilganligini inobatga olib kelajakda o'simlikshunoslik sohasida

fitopatogen zamburug'larga qarshi qo'llashni tavsiya qilish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Калмыкова Г.В., Горобей И.М., Осипова Г.М. Перспективы использования Bacillus thuringiensis как биологического агента защиты растений // Биотехнология №№4, 2016. -С. 12-19.

2. Зенова Г.М. Почвенные актиномицеты. М.: МГУ, 1992. 78 с.

3. Kim, HS; Kim, J.-Y.; Li, SM; Park, H.-J.; Li, S.-H.; Jang, JS; Li, MH Bacillus sp.ning turli shtammlarini izolyatsiyasi va xarakteri stikasi. Fitopatogen zamburug'larga qarshi antagonistik ta'sirga ega. Mikrobiol. Biotexnologiya. Lett. 2019, 47, 603-613. [Google Scholar] [CrossRef]

4. Ons, L.; Bylemans, D.; Thevissen, K.; Cammue, BP o'simlik qo'ziqorin kasalliklarini integratsiyalashgan nazorat qilish uchun kimyoviy fungitsidlar bilan biokontrol agentlarini birlashtiradi. Mikroorganizmlar 2020, 8, 1930. [Google Scholar] [CrossRef] [PubMed]

5. Turabekova D., Khujamshukurov N., Salomova S. GROWTH DYNAMICS OF Fusarium proliferatum IN DIFFERENT NUTRIENT MEDIA ISOLATED FROM GRAPEVINE // Universum: химия и биология: электрон. научн. журн. 2022. 11(101). URL: https://7universum .com/ru/nature/ archive/item/14429

6. Abdel-Kader M. M. et al. Management of Fusarium fruit rot of Luffa cylindrical, a new occurred disease at North Egypt caused by Fusarium incarnatum and Fusarium chlamydosporum. - 2023.

7. Palacios S. A. et al. Fusarium cerealis causing Fusarium head blight of durum wheat and its associated mycotoxins //International Journal of Food Microbiology. - 2021. - Т. 346. - С. 109161.

8. Shakirov, Z. S., Mamanazarova, К. S., Sherembetov, A. G., & Azimova, N. S. (2022). Antifungal properties of rhizobacterial strains in relation to fungi of agricultural crops. Biosystems Diversity, 30(4), 430-435. doi:10.15421/012242

9. Е. И. Корниенко, Л. Ю. Кокаева, Е. Н. Биланенко, В. Л. Мокеева, Т. С. Шаркова 1, А. А.Осмоловский //Sarocladium strictum - перспективный продуцент протеолитических ферментов с выраженной фибринолитической активностью// Микология и фитопатология, 2020, T. 54, № 3, стр. 206-213

10. Safarov Husniddin, Xalilov Ilxom, Abdullayev Anvar, Aliyev Zafar, Boboqulov Murodali, Alamuratov Rayimjon. (2023). AZOTLI, FOSFORLI O'G'ITLAR HAMDA PESTITSIDLAR KO'P QO'LLANILADIGAN TUPROQDA YASHAB QOLUVCHI FOYDALI MIKROORGANIZMLAR. https://doi.org/10.5281/zenodo.8361117

11. Мардонов И.Х., Азимова Н.Ш., Тураева С.Ш., Назарова М.Х., Кобилов Ф.Б., Абдуллаев А.К., Халилов И.М. Антифунгальная и антибактериальная активность бактерий штаммов Bacillus thuringiensis против фитопатогенных микроорганизмов // Universum: химия и биология: электрон. науч. журн. 2021. № 12 (90).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.