Научная статья на тему 'SIDQIY XONDAYLIQIY SHE’RIYATIDA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT'

SIDQIY XONDAYLIQIY SHE’RIYATIDA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
755
120
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Sidqiy Xondayliqiy ijodi / shaxsiyati / ijtimoiy-siyosiy hayot / hajviyot / haqgòy shoir / mardikorlik davri she’riyati / “Rusiya inqilobi”dostoni. / The work of Sidqiy Khondayliqiy / personality / social – politicallife / Comedy / a true poet / poetry of the labour period / The Epicof “the Russian Revolution”

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Tursunova Mahbuba Baxtiyarovna

Maqolada Sidqiy Xondayliqiy ijodi shaxsiyati bilan boĝlab talqin qilingan va uning asarlarida namoyon bòlgan ijtimoiy-siyosiy hayot voqeyliklari tòlaligicha aks ettirishga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIO-POLITICAL LIFE IN SIDQIY KHANDAILI'S POETRY

The article interprets the work of Sidqiy Khandayliqiy in connectionwith his personalityandtries to fully reflecttherealitiesofsocio-politicallife, whicharereflected in his works.

Текст научной работы на тему «SIDQIY XONDAYLIQIY SHE’RIYATIDA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT»

SIDQIY XONDAYLIQIY SHE'RIYATIDA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT Tursunova Mahbuba Baxtiyarovna

Chirchiq davlat pedagogika instituti 1-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6635555 Annotatsiya. Maqolada Sidqiy Xondayliqiy ijodi shaxsiyati bilan boglab talqin qilingan va uning asarlarida namoyon bolgan ijtimoiy-siyosiy hayot voqeyliklari tdlaligicha aks ettirishga harakat qilingan.

Kalit sozlar: Sidqiy Xondayliqiy ijodi,shaxsiyati,ijtimoiy-siyosiy hayot,hajviyot,haqgoy shoir,mardikorlik davri she'riyati, "Rusiya inqilobi "dostoni.

СОЦИАЛЬНО-ПОЛИТИЧЕСКАЯ ЖИЗНЬ В ПОЭЗИИ СИДКЕ ХАНДАИЛИ Аннотация. В статьетворчество Сиддики Хандайлыки интерпретируется в связи с еголичностью и делается попытканаи болееполно отразить реалии общественно-политическойжизни,отраженные в егопроизведениях.

Ключевые слова: творчество Сидкий Хандайлыкий, личность, общественно-политическая жизнь, комедия, настоящий поэт, трудовая поэзия, эпос «Русия инкилоби».

SOCIO-POLITICAL LIFE IN SIDQIY KHANDAILI'S POETRY Abstract. The article interprets the work of Sidqiy Khandayliqiy in connectionwith his personalityandtries to fully reflecttherealitiesofsocio-politicallife, whicharereflected in his works.

Key words: The work of Sidqiy Khondayliqiy, personality, social - politicallife,Comedy,a true poet,poetry of the labour period, The Epicof "the Russian Revolution"

KIRISH

Jadidchilik Turkistonda 19-asrning oxirida maydonga kelgan va 20-asrning boshlarida shakllanib,qisqa muddatda yuqori poganaga kotarilgan ijtimoiy-siyosiy hodisa ekanligi barchamizga ma'lumJadidchilik ijtimoiy turmushning barcha jabhalarini qamrab olgan.Mazkur davrda yuzaga chiqqan ijtimoiy-siyosiy,madaniy-ma'rifiy ishlarning hech biri jadidlar e'tibori va ta'sir doirasidan chetda qolmagan.Buning asosini esa mavjud mafkurani oz vaqtida va togri anglay olgan,yurt uchun nafaqat molini balki jonini ham ayamaydigan haqiqiy yurt farzandlari,ziyolilari tashkil etishgan.Munavvarqori Abdurashidxonov,Mahmudxoja Behbudiy,Siddiqiy- Ajziy,Abdulla Avloniy,Sirojiddin Sidqiy Xondayliqiy,Muhammadsharif Sofizoda,Miskin,Xislat,Tavallo kabi jonkuyar ziyoli qatlam vakillari xalqni ma'naviyatli,bilimli qilishga jon-jahdlari bilan intilishdilar.Usuli jadid maktablarini ochishib,bolalarni bepul oqitishdi.Oquvchilar uchun darsliklar yozib,joiz bolsa,xalq farzandlarini ozfarzandlaridanda ziyoda korishdi.Yoshlarni Germaniyada oqib tahsil olishlari uchun muruvvatpesha insonlar qollaridan kelgancha moddiy komak berishdi,yuragida vatanga bolgan sadoqat va muhabbat josh urgan aholi qatlami hattoki tilanchilik qilishganiga tarix guvohlik beradi.

Jadidchilik harakatining yorqin vakillaridan biri Sirojiddin Sidqiy Xondayliqiydir.Avvalambor,shoir shaxsiyatiga,zahmatli hayot yoliga bir nazar tashlamoqni joiz deb oylayman.SirojiddinSidqiy 1884-yilda tugilgan.Otasi Mirzohidoxun zamonasining oqimishli kishilaridan bolgan.Lekin Sidqiy ozi haqidagi ma'lumotlarda otasining bechoraholroq bolganligi haqida ma'lumot bergan.Atoqli adib Oybek Sidqiy haqida ma'lumot berarkan,shoir kambagal oilada tugilib osgani,qattiqchilikda qiynalib oqigani, keyinchalik esa madrasalarga joylashib

tahsilni davom ettirganligi haqida aytib ótgan.Shoiming ózi tabiatan mehnatkash,hunar va kasb órganishga moyil kishi bólgan.U she'r yozishdan tashqari xattotlik ilmi bilan ham shugillangan va bu borada ancha mohir bólgan.Ilm olish niyatida Toshkent,Fargona singari shaharlarga borib madrasalarda óqigan.U aruz ilmi,arab tili grammatikasi va sintaksisiga doir bilimlarni ham órgangan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Adabiyotga oshiqona she'rlar,ishqiy g'azallar bilan kirib kelgan shoir o'z hayoti davomida ko'plab asarlar yozdi.Ammo shoir ga'zallarining salmoqli qismini hajviyot va ijtimoiy-siyosiy mazmundagi she'rlar tashkil qilgan.Hajviy asarlarida poraxo'r qozilar,ta'magir,tovlamachi amaldorlar,riyokor shaxslar ,bir so'z bilan aytganda zamonasining chirkin insonlari haqida so'z yuritgan bo'lsa,ijtimoiy-siyosiy mavzudagi asarlarida esa davrning muhim voqealari,Birinchi jahon urishi,SSR hukumatining mustamlaka siyosati natijasida o'zbek xalqining ruhan va jismonan ezilishi singari voqealarni ro'y-rost bayon etgan.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib Sidqiy Xondayliqiy asarlarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish haqiqatdan holi bo'lmaydi,deb o'ylayman.Birinchi guruhga mansub asarlarida hajviy yo'l bilan zamona ahlidan arz qilish,ikkinchi guruhda esa butun insoniyatga xavf tug'dirayotgan kulfatlar,imperialistik davlatlar tomonidan dunyoni qayta bo'lib olish shiori ostida sodir etilgan qirg'inbarot urushlar,mustamlaka siyosatining chidab bo'lmas xunrezliklari aks ettirilgan.

Bu davrda ijod etgan shoirlarning,shu jumladan Sidqiy Xondayliqiy asarlarini ham voqelikni bayon etishiga ko'ra ya'ni ijtimoiylikni aks ettirishiga ko'ra bir-biridan farqlash mumkin.Sidqiyning "Rabotchilar namoyishi yohud Vatan qahramonlari" to'plamidan joy olgan "Muhoraba dafi uchun munojot" she'ri 1917-yil fevral inqilobidan oldin sodir bo'lgan voqealarni bayon etsa, "Sitamdiyda rabotchilar kelishi" she'rida esa 1917-yil fevral inqilobidan keyingi voqealar aks ettirilgan.Adabiyot bevosita davr bilan hamnafas yashaydi.Shunday ekan ijod ahli davr ijtimoiy o'zgarishlariga o'z asarlari orqali munosabat bildirgan.Birinchi jahon urushida turkistonliklar bevosita jang maydonlarida dushman bilan to'qnashmasalarda,front ortida mashaqqatli kurash olib borganlar.Sidqiyning "Muhoraba dafi uchun munojot"she'rida aynan birinchi jahon urushi,mardikorlikka safarbarlik voqealari,mardikorlikka olish ro'yxatlarining nohaqlik asosida tuzilganligi,boylarning farzandlari qolib,kambag'allarning bittagina o'g'li ham front ortiga safarbar etilishi,ota-onalar,ayollar,bolalar azob-uqubatda yaqinlarini olis yurtlarga kuzatishi ta'sirli aks ettirilgan.

Uch yil erurki,ketti xaloyiqni rohati, Hech bir kishini qolmadi bir dam farog'ati, Ham zuhd elining qolmadi lazzat-toati. Ortuqcha bo'ldi bizlara bu dahrning ofati, Ko'zlarda qildi yoshni qon muhoraba.

TADQIQOT NATIJALARI

Muxammas janrida yozilgan ushbu jumlalarda rohati,farog'ati,lazzat-toati,ofati so'zlari o'zaro qofiyalanib kelgan, qofiyadosh so'zlardagi raviy "t"harfidir.She'rda uch yildan buyon rohat-farog'ati qolmagan xalqning ko'z yoshlari qonga qiyoslanadi.She'r nafaqat mazmuniy jihatdan balki qofiyasining o'ziga xos ritmga egaligi bilan ijodkorning poetik mahoratini ham ochib bergan.

Endi Sidqiyning yuqoridagi she'rining voqeaviy davomi singari bitilgan "Sitamdiyda rabotchilar kelishi"she'ri orqali esa savol-javob,dialog tarzida mardikorlikdan qaytgan o'g'lonlarga murojaat qilib,ulardan ahvolini,qaylarda,qanday kunlarni ko'rganlini so'roqlab shunday yozadi.

SAVOL:

Muncha muddatlarda qoldingiz qayon,xush keldingiz?

Qaysi joyg'a bordingiz bermay nishon,xush keldingiz?

Yig'lamoqdin bo'ldi ko'zlar yoshi qon,xush keldingiz!

G'amda qad bo'ldi duto,tan notavon,xush keldingiz!

Emdi g'amgin dil uyig'a mehmon,xush keldingiz!

JAVOB:

Muncha muddatlarda biz ketduk urush maydonig'a,

Ba'zimiz to'p zovutig'a,ba'zimiz mis konig'a.

Po'rma kiyduk,olduk o'zni soldat sonig'a,

Bo'ynumiz sunduk bu zolim shohning farmonig'a.

Siz so'rang bizdin deb: "Ey, zindoniyon,xush keldingiz!"

"Sitamdiyda rabotchilar kelishi"-voqeaband asar.She'rning syujeti voqelikka asoslangan.Syujet lirik qahramon va lirik persanaj tilidan yoritilgan,Bunday usulda ko'plab asarlar yaratilgan.Bu she'rda savol beruvchi,muallif-lirik qahramon,javob beruvchi,ya'ni mardikor-lirik qahramon.Lirik qahramon va lirik personajning asardagi o'rni teng.Lirik personaj boshidan kechirgan voqea-hodisalarni izchil so'zlab beradi.

MUHOKAMA

Ko'plab ziyoli qatlam singari Sidqiy ham 1917-yil fevral inqilobi voqealariga katta umid bilan bog'lagan edi.Inqilob natijasida eski hukumat ag'darildi.Aynan shu davrda Sidqiy eski hukumatni qoralovchi,shu kunlarga yetganligi uchun shukronalik hissini anglatuvchi she'rlar paydo bo'ldi.Xususan "Eski hukumat zulmi" nomli she'rida sobiq hukumatning vayronakor,xunrez siyosatini hech qanday pardalarsiz ochiq ta'riflaydi.

Ohkim,ko'z to'kdi qon Eski hukumat dastidan Bo'ldi tanlar notavon Eski hukumat dastidan

Molimizni,jonimizni zulm ila bosib olib, Bo'ldi el muhtoji non Eski hukumat dastidan.

Shoir ijodiga,she'rlariga nazar tashlar ekanmiz,uning haq so'zni g'oyat chiroyli va ta'sirchan ifodalashiga qoyil qolmay ilojimiz yo'q.Haqiqatda ham ijodkor asarlarida ohangdorlik bilan birga dard hamohang kuylanadi.Yuqoridagi she'r masnaviy,ikkilik tarzida yozilgan, "Eski hukumat dastidan" so'zlari radif bo'lib kelgan,qofiyadosh so'zlardagi "n" harfi raviy vazifasini bajargan.She'rdagi qon,notavon,non,xonumon,chafon,fig'on singari qofiyadosh so'zlardan foydalangan.Bu she'r orqali ko'plab qo'zga'lonlarga sabab bo'lgan,bechora xalqni ayovsiz talagan,ochlikka hukm qilib, nonga zor qilgan hukumat qattiq qoralangan.Bu mavzu uning "Rusiya inqilobi"dostonida ham o'z aksini topgan.

Dostonda non deya bu yorug' dunyoni tark etgan qanchadan-qancha insonlar voqeasi ayanchli va o'ta ta'sirchan ifodalangan.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda Sidqiy Xondayliqiy boshqa xalqparvar zamondoshlari singari yurtning boshiga kelgan ishlarga befarq qarab chetdan kuzatolmagan,chunki shoirda yoniq qalb bor,bunday insonlar esa atrofida sodir bo'layotgn voqealarga befarq qaray olmaydi.Shoir asarlarining o'ziga xos jihati sodir bo'layotgan voqelikni izchillik bilan yoritilgan.Bu esa nafaqat bugungi kun adabiyoti uchun balki tarix va geografiya fanlari uchun ham ahamiyatlidir.Shoir uzoq tarix misolida o'zaro nizo va janjallarning Vatan va Millat taqdiridagi fojiali oqibatatlarini ko'rsatib beradi.Millatning hayot-mamoti hal bo'layotgan shunday bir paytda "Ittifoq"ning suv va havodek zarur ekanligi haqida bong uradi.Aslida bu g'oya juda muhim va o'lmasdir.Bu mamlakatimiz istiqlolga erishgan bugungi kunda ham dolzarb masala bo'lib turibdi.Nafaqat bizning yurtimiz,yurtdoshlarimiz uchun balki jamiki insoniyat uchun ittifoqlik,birlik davr talabidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Arziqulov A. U. (2003). Interfaol usullar. Samarqand

2. "Umumta'lim fanlari metodikasi" jurnali,2018 1-, 2-, 3-, 4-sonlar

3. Tosheva O. (2012) Taqdimot materiallaridan foydalanish usullari. Til va adabiyot ta'limi. - Toshkent,12-son.

4. Abdullayeva, O. O. (2021). Abay ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar ustida ishlash. Academic research in educational sciences, 2(3), 4-9.

5. Abdullayeva, O. O. (2021). Ibroyim Yusupov ijodi asosida o'quvchilarnmg vatanparvarlik tuyg'ularini o'stirish. Academic research in educational sciences, 2(3)

6. Botirboyev, F. P., Abdullayeva, O. O., & Shermatova, U. S. (2021). O'ljas Sulaymonov ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar ustida ishlash. Academic research in educational sciences, 2(4), 2013-2018. https://doi.org/10.24411/2181- 1385-2021-00834

7. Abdullayeva, O. (2021) Badiiy asarlarning inson ruhivatiga ta'siri. Scientific progress, 1(5), (pp. 272-275)

8. Abdullayeva, O. O. Q, (2021). O'zbek tilini o'qitishda zamonaviy texnoloyiyaiaming o'rni. Scientific progress, 1(5)

9. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). ADABIYOT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Студенческий вестник,16(161)

10. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). OTLARNING BIRLIK VA KO'PLIKDA QO'LLANILISHINI O'RGATISH. Scientific progress,2(1)

11. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). XALQARO TADQIQOTLAR VA ULARNING ADABIYOT FANIDA TUTGAN O'RNI. Scientific progress,2(1)

12. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) O'lmas Umarbekov hayoti va ijodini o'rganishda interfaol metodlar bilan ishlash. Science and education,2(5)

13. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Saida Zunnunova hayoti va ijodini o'rgatishning samarali usullari. Science and education, 2(5)

14. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Said Ahmad hikoyalarini o'rganishda interaktiv metodlar. Science and education, 2(6)

15. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Umumiy o'rta ta'limda ertak o'qitish metodikasi. Scientific progress, 2(2)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.