Научная статья на тему 'ERKIN VOHIDOV SHEʼRIYATIDA TILNING TASVIRIY VOSITALARINING ISHLATILISHI'

ERKIN VOHIDOV SHEʼRIYATIDA TILNING TASVIRIY VOSITALARINING ISHLATILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2674
187
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
publitsist / tasviriy vositalar / Oʻzbekiston Qahramoni / tinglovchi / millat ruhi / shoir qalbi / obrazlar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Aysha Rozimbayevna Karimova

Erkin Vohidovning har bir sheʼrida davrning yorqin manzarasi, xalqning oʻlmas psixologiyasi, millatning monumental qiyofasi toʻla aks etadi. Shoir sheʼrlarida ilgari surayotgan gʻoyani oʻquvchiga majbur qilib tushuntirmaydi, satrlar zimmasiga ogʻir yuk ortmaydi. Iloji boricha, oddiygina soʻzlar va lirik qahramonning xatti-harakati orqali yengilgina taqdim etadi. Mazkur maqolada shoirning sheʼrlarida tilning tasviriy vositalarning ishlatilishi haqida gap boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ERKIN VOHIDOV SHEʼRIYATIDA TILNING TASVIRIY VOSITALARINING ISHLATILISHI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601

ERKIN VOHIDOV SHE'RIYATIDA TILNING TASVIRIY VOSITALARINING ISHLATILISHI

Aysha Rozimbayevna Karimova

Qoraqalpog'iston Respublikasi Ellikqal'a tumani 40-maktab Boshlang'ich ta'lim

o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Erkin Vohidovning har bir she'rida davrning yorqin manzarasi, xalqning o'lmas psixologiyasi, millatning monumental qiyofasi to'la aks etadi. Shoir she'rlarida ilgari surayotgan g'oyani o'quvchiga majbur qilib tushuntirmaydi, satrlar zimmasiga og'ir yuk ortmaydi. Iloji boricha, oddiygina so'zlar va lirik qahramonning xatti-harakati orqali yengilgina taqdim etadi. Mazkur maqolada shoirning she'rlarida tilning tasviriy vositalarning ishlatilishi haqida gap boradi.

Kalit so'zlar: publitsist, tasviriy vositalar, O'zbekiston Qahramoni, tinglovchi, millat ruhi, shoir qalbi, obrazlar.

KIRISH

O'zbekiston xalq shoiri, publitsist, atoqli olim Erkin Vohidovning betakror ijodi XX asr o'zbek adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa bo'lib qo'shildi. O'zbek adabiyoti va madaniyati shoir nomi bilan chambarchas bog'landi. Shoir kamalakdek serjilo ijodi bilan xalqimiz qalbiga kirib bordi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 25-avgustdagi Farmoniga binoan millatimiz ma'naviyatining yuksalishida o'ziga xos o'rin tutgan, O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, islohotlarni chuqurlashtirish, yurtimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayoti rivojiga qo'shgan salmoqli hissasi, davlatimiz va xalqimiz oldidagi ulkan xizmatlari hamda qahramonona mehnatlari uchun bir nechta yurtdoshlarimiz qatori Erkin Vohidovning ham "O'zbekiston Qahramoni" unvoniga sazovor bo'lgani shoir muxlislarining ko'ngliga mislsiz quvonch baxsh etadi.[1] Xalq o'zi sevgan qahramonlar haqida bilishni, ularni ardoqlab, faxr bilan yodga olishni xush ko'rishadi. Ularning nomlari asrlar o'tsada millat farzandlari qalbida abadiy yashayveradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tilda biror predmetning boshqa predmetlardan ajralib turadigan o'ziga xos xususiyatini ta'kidlash uchun uning maxsus belgisini ko'rsatib turuvchi so'zlardan foydalaniladi, yoki shu predmet belgisini o'zidan-uzoq gaplar vositasidan izohlab o'tirmasdan, uni boshqa biror predmetga o'xshatish bilan konkretlikka, aniqlikka erishiladi. [2]

Shoirni o'zi bayon qilayotgan fikrni tinglovchiga ixcham, aniq, ta'sirchan va tushunarli qilib yetkazib berishga harakat qiladi. Masalan, ko'pincha biror narsa, belgi,

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 ISSN: 2181-1601

xususiyatini tinglovchi yoki o'quvchiga tushunarli, aniq qilib tasvirlab berish uchun uzundan-uzoq va birdan ortiq gaplarga murojaat qilishga to'g'ri keladi. Shunday vaqtlarda so'zlovchi va yozuvchi ayni shu fikrni bayon qilib berishda aytganimizdan birdan ortiq, uzundan-uzoq gaplarni qatorlashtirib tashlashdan qochadi-yu, ammo shu fikrni boshqa vositalar bilan ifodalaydi. Bu tilshunoslik va adabiyotshunoslikda ifoda -tasviriy vositalar deyiladi.Maxsus ifoda - tasviriy vositalar troplar va figuralar deb ikkiga bo'linadi. Maxsus ifoda - tasviriy vositalar, tilda obrazlilik, hissiylikni keltirib chiqaradi. Ulardan foydalanish bilan muallif tinglovchining sezgisiga ta'sir qiladi.[6] NATIJALAR

Erkin Vohidov asarlarini o'qiganingizda, ularda inson azobini ko'rgandek bo'lasiz. Shoir she'rlarini o'qib, go'yo afsonaviy olamga tushib qolgandek bo'lasiz. Shoirning tili erkindir. U har bir so'zni o'z o'rnida ishlatishni bilgan, shoir esa so'zlarni takrorlashdan qochgan. E.Vohidov ijodining asosiy xususiyati shundan iboratki, so'zda so'zning ichki shakli yo'qolguncha tilning she'riy tabiati saqlanib qoladi va aksincha, ichki shaklning ramziy xususiyatini unutib qo'yish yoki yo'qotib qo'yish nasriy xususiyatga olib keladi. so'z. Shoir she'riyat va nasrga bo'linib, tillar o'rtasidagi farqni, bir tomondan - san'atni , ikkinchi tomondan - ma'naviyatni tushundi. Umuman san'atda bo'lgani kabi she'riy tilda ham obraz asosiy rol o'ynaydi. Demak, E.Vohidov rasmda tasvirlangan kompozitsiyani, voqea va personajlarni mazmunni ko'rsatish usuli sifatida obrazga, obrazlar tufayli yuzaga kelgan his-tuyg'u va fíkrlarni esa mazmunning o'ziga bog'laydi.[3]

MUHOKAMA

Erkin Vohidov so'zning chinakam jozibasini o'ziga xos tarzda aks ettirgan, xalqning dilidagini she'rga solib, asarlari orqali millat ruhini samimiy, o'lmas satrlarda muhrlagan qalb me'moridir:

El-ustozim, men esa tolib, So'z durlarin termoqdir ishim. Odamlarning o'zidan olib, Odamlarga bermoqdir ishim. [4,] Haqiqatan ham, shoirning hassos qalbi hamisha uni e'zozlagan Ona xalqi bilan birga bo'ldi, u xalq kechmishlarini qalban his etdi, uning dardlari bilan yondi va ularni o'ziga xos uslubda ifoda etdi:

Mayli, umrim abadiy emas, Mayli, yashay faqat bir nafas, Lekin meni oyga qilib teng, Shu'lalardan yasab koshona. Quyosh sari uzatgan xalqning Boshi uzra bo'lay parvona. [4,].

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Erkin Vohidov ijodida so'zning tufa tovlanishlari va jozibasi namoyon bo'ladi, shoir uning olmosdek rango-rang jilolari orqali xalq qalbiga kirib boradi.

O'zbekiston xalq shoiri A. Oripov shoir ijodini shunday e'tirof etadi: "Mana, bir necha o'n yillardirki, biz dilbar bir she'riyatning muattar havosidan bahramand bo'lib kelayotirmiz. Bu Erkin Vohidov she'riyatidir. Ona tilimizning ipakdek mayin, kamalakdek rang-barang shamoyili g'oyat nozik lutf, beozor qochirimlar, goh hazin, goh samimiy tabassum uyg'otuvchi tashbehlar, o'tkir xulosalar bular bari ulkan shoirimizning qalamiga mansub betakror fazilatlardir.

Xalqimiz keyingi davrlar mobaynida bosib o'tgan va o'tayotgan goh mashaqqatli, goh armonli, goh tug'yonli, goh iftixorli yo'llarning manzara va ohanglari, sadolari Erkin Vohidov she'riyatida to'la mujassamdir."[5,4] XULOSA

Erkin Vohidov hech bir she'rini shunchaki yozmaydi, balki ularning har birida hayotning muhim masalalarini, inson bilan bog'liq haqiqatning yangi-yangi qirralarini kashf etadi. Shoir she'rlarida vatanparvarlik, Vatanga, uning cheksiz kengliklariga muhabbat, ona yurtning yorug' kelajagiga ishonch mavzusi eng muhim mavzu bo'lgan va shunday bo'lib qoladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil, 25-avgustdagi Farmoni

2. Rahmonova Barno (2015). IJTIMOIY CHEGARALANGAN LEKSIKA TASNIFI mavzusidagi KURS ISHI. Andijon, 6-8 b.

3. Келдиёрова, Г. С. Язык и стиль Эркина Вахидова / Г. С. Келдиёрова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 41 (383). — С. 40-42. — URL: https://moluch.ru/archive/383/84490/ (дата обращения: 20.03.2022).

4. E. Vohidov "Muhabbat". Toshkent.G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. 1976.

5.Shukur Qurbon. Toshkent. "Ustoz saboqlari". "Sharq" nashriyoti. 2016.

5. 6.https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/yoldosh-solijonov-ruhiyatni-yoritgan-sheriyat.html

6. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). ADABIYOT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Студенческий вестник,16(161)

7. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). OTLARNING BIRLIK VA KO'PLIKDA QO'LLANILISHINI O'RGATISH. Scientific progress,.2(1)

8. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). XALQARO TADQIQOTLAR VA ULARNING ADABIYOT FANIDA TUTGAN O'RNI. Scientific progress,2(1)

9. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) O'lmas Umarbekov hayoti va ijodini o'rganishda interfaol metodlar bilan ishlash. Science andeducation,2(5)

10. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Saida Zunnunova hayoti va ijodini o'rgatishning samarali usullari. Science and education, 2(5)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.