Научная статья на тему 'SO‘FIZODA, MUQIMIY VA HAMZA IJODIDA ESTETIK QARASHLARINING UYG‘UNLIGI'

SO‘FIZODA, MUQIMIY VA HAMZA IJODIDA ESTETIK QARASHLARINING UYG‘UNLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
647
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muhammadsharif So‘fizoda / Muqimiy / Hamza / satira / muqoyasa / amaldorlar / boylar / din peshvolar / tanqidiy / mutaassiblik. / Muhammadsharif Sophizoda / Mukimi / Hamza / satire / comparison / officials / rich people / religious figures / criticism / fanaticism.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mamadaliyeva Gulnavoz

Ushbu maqolada Muhammadsharif So‘fizoda, Muqimiy va Hamza satirik ijod namunalarining o‘xshash taraflari muqoyasa qilingan. Davr muammolari, tekinxo‘r boylar, soxta din peshvolari, amaldorlarning xunrezliklarini achchiq satira orqali ochib berish kabi mavzu umumiyligini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, ushbu ijodkorlarning o‘z maqsadlari yo‘lida chekinmasliklari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HARMONY OF AESTHETIC VIEWS IN THE WORK OF SOFIZOD, MUKIMI AND HAMZA

This article compares the similarity of the satirical works of Muhammadsharif Sofizoda, Mukimi and Hamza. We see common themes, such as the problems of time, the greedy rich, the false priesthood, the bitter satire on the bloodshed of officials. It is also believed that these artists will not back down from their goals.

Текст научной работы на тему «SO‘FIZODA, MUQIMIY VA HAMZA IJODIDA ESTETIK QARASHLARINING UYG‘UNLIGI»

SO'FIZODA, MUQIMIY VA HAMZA IJODIDA ESTETIK QARASHLARINING

UYG'UNLIGI Mamadaliyeva Gulnavoz

NamDU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6584894 Annotatsiya. Ushbu maqolada Muhammadsharif So'fizoda, Muqimiy va Hamza satirik ijod namunalarining o'xshash taraflari muqoyasa qilingan. Davr muammolari, tekinxo'r boylar, soxta din peshvolari, amaldorlarning xunrezliklarini achchiq satira orqali ochib berish kabi mavzu umumiyligini ko'rishimiz mumkin. Shuningdek, ushbu ijodkorlarning o'z maqsadlari yo'lida chekinmasliklari haqida fikrr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Muhammadsharif So'fizoda, Muqimiy, Hamza, satira, muqoyasa, amaldorlar, boylar, din peshvolar, tanqidiy, mutaassiblik.

ГАРМОНИЯ ЭСТЕТИЧЕСКИХ ВЗГЛЯДОВ В ТВОРЧЕСТВЕ СОФИЗОДА,

МУКИМИ И ХАМЗЫ Аннотация. В данной статье сравнивается сходство сатирических произведений Мухаммадшарифа Софизоды, Мукими и Хамзы. Мы видим общие темы, такие как проблемы времени, жадные богачи, лжесвященство, горькая сатира на кровопролитие чиновников. Также считается, что эти артисты не отступят от своих целей.

Ключевые слова: Мухаммадшариф Софизода, Мукими, Хамза, сатира, сравнение, чиновники, богачи, религиозные деятели, критика, фанатизм.

HARMONY OF AESTHETIC VIEWS IN THE WORK OF SOFIZOD, MUKIMI AND

HAMZA

Abstract. This article compares the similarity of the satirical works of Muhammadsharif Sofizoda, Mukimi and Hamza. We see common themes, such as the problems of time, the greedy rich, the false priesthood, the bitter satire on the bloodshed of officials. It is also believed that these artists will not back down from their goals.

Keywords: Muhammadsharif Sophizoda, Mukimi, Hamza, satire, comparison, officials, rich people, religious figures, criticism, fanaticism.

KIRISH

Muhammadsharif So'fizoda („Vahshiy") 1869-yil 29-yanvarda Chust shahrida dunyoga keldi. U o'z savodini yoshligidan Manzura otindan chiqarishga urindi. Keyingi ta'limini esa o'z mahallasidagi eski maktabda davom ettirdi. U bolalik chog'larida Manzura otindan xalq qo'shiqlari va dostonlarini maroq bilan tinglagan edi. Ayniqsa, bu xushovoz ayolning g'azal o'qishdagi san'ati bo'lajak shoirni qattiq hayajonlantirgan, adabiyotga qiziqishini kuchaytirgan. Muqimiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Furqat singari demokratik fikrdagi qalam ahllarining ijodini qunt bilan o'rgangan, o'zi ham she'r yozishni mashq qilgan, hatto, ularning ijod yo'nalishiga o' xshash qalam tebratib, jiddiy satiralar yarata olgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

1893—1898-yillarda So'fizoda Qo'qonda yashaydi. Bu yerda u Muqimiy, Zavqiy hamda Furqatlar bilan tanishadi va ular ta'sirida ijod qila boshlaydi. Uning ,,Vahshiy" taxallusi bilan yozilgan ,,Ayting bu so'zimni", ,,Dakaning", ,,Bedanang", ,,Burgalar" kabi betakror satiralari,

,,G'ubor dardu olam", ,,O'pay" singari lirik g'azallari Muqimiy an'analari asosida shakllanganligini ko'rishimiz mumkin. Masalan:

Kirib vahdad xumiga nosovodliqni ranglanglar, Ki qilmoq, oshnolig' boridin g'ayr ila tanglanglar. Qayu masxabda ahli ishqni qatli zarur vojib, Musulmonlig' agar shul bo'lsa mo'minlar paranglanglar.

Shoir So'fizodaning mavjud ijtimoiy tuzum homiylariga qarshi bunday ochiq harakati, o'sha paytlarda Muqimiy satiralarining qaqshatqich zarbalaridan qutula olmay yurgan eski tuzumni saqlab qoluvchi guruhlar uchun yanada kattaroq tashvish bo'ldi. Shuningdek, shoirning: Muallimni quvib maktabni yopgan chustilar bizlar Berib pora prostavlarni topgan chustiylar bizlar. Duo qilsun deduk yosh qizni sotdik oqsoqollarga, Va lekin qilg'uchi olamni vayron chustiylar bizlar.

Shoirning bu satirasida boy va ruhoniylarning jirkanch basharasi ularning o'z tili orqali fosh etiladi. Albatta, shiori: ,, Yesun to'qlar eshik oldida tursun termulib ochlar,'' bo'lgan ,,ochlarga bojmonlar'' o'zlarining butun razilliklarini yashirib turgan niqobning bu taxlitda ayovsiz yirtib tashlanishiga befarq qaragan emaslar. Shoirning satirik merosi zaminida mehnatkash xalqqa, kambag'al dehqonlarga samimiy xayrixohlik, tekinxo'r tabaqa vakillariga qarshi kuchli nafrat singib ketgan. U haqiqat uchun kurashdan qaytmagan.

Shuningdek, So'fizoda zamondosh qalam ahillari ijodidan ilhomlanib satiralar yozgan. Bunga misol qilib, shoir ijodini Muqimiy, Hamza asarlari bilan solishtirib ko'ramiz. Masalan, Muqimiy ham jamiyatning ikki qutibga ajralganligi, unda ijtimoiy tengsizlik hukm surishini ko'ra oldi, o'zi yashab ijod etayotgan hayotda boylar va kambag'allar, to'qlar va ochlar, katta yer egalari va bechora dehqonlar, zavod-fabrika egalari va ular qo'lida ezilib ishlovchilar mavjudligini angladi hamda ularni o'z asarlarida aks ettirdi. Misol uchun, ,,Maskovchi'' boy Hodixo'ja va uning korxonasidagi ishlar haqidagi misralarini ko'rsatish mumkin. Shuningdek, ,,Voqei ko'r Ashurboy hoji'' asarida axloqiy-maishiy buzuq Ashurboy hojining og'ir jinoyati haqida so'zlaydi.

Qoravul, istarshi-yu, mingboshilar Chopib keldilar deb: ,,Nachuk, kor-zor?'' Bosib kirdilar: ,,Bu nachuk dod?'' deb Qoravulning uyiga beixtiyor. Ko'rib dedilar: ,,Boy ekan, qochiring!''

Muqimiy satirada hukmron sinflarning bu zo'ravonliklariga norozilik bildiradi, adolatsizlikni qattiq qoralaydi. Baytda shoir ,,boy so'zi''ning ,,zo'r e'tibor'' topishining asl sabablaridan biriga—pul, oltinning u tuzumda hal qiluvchi kuchiga ishora qiladi. TADQIQOT NATIJALARI

Shuningdek, Muqimiy satiralari mazmun jihatidan boy, mavzu jihatdan rang-barangdir. Aytish mumkinki, Muqimiy satiralari jamiyat hayotining hamma asosiy tamoyillarini, past-balandlarini qamrab oladi. U o'z satiralari orqali yovuzlarning kulgili, jirkanch tashqi qiyofalarini ochib tashladi. Uning ,,Tanobchilar'', ,,Dodxohim'', ,,Axtaring'', ,,Saylov'' asarlari mahalliy amaldorlar zulmini ko'rsatishga, ularning jirkanch basharalarini ochiq-oydin fosh etishga qaratilgan. Mahalliy boylarning kirdikorlarini ko'rsatib beruvchi satiralariga esa,

,,Maskovchi boy ta'rifida'', ,,Hajvi Viktorboy'', ,,To'yi Iqonbachcha'', ,,Hoji qadoqchi'', ,,Gap to'g'risida gap'' shu kabilar kiradi. Jamiyatda tekinxo'rlik bilan kun ko'ruvchi din ahillarini tanqid qilishga, ularning fe'l-atvorlaridagi iflosliklarni kulgili hollarni tasvirlashga bag'ishlangan satirasiga esa ,,Avliyoni'' kiritishimiz mumkin.

So'fizoda 1926-yilda ,,Qalaysizlar?'' she'rini yozdi. Ushbu she'r yer islohotiga bag'ishlangan bo'lib, yozilishi jihatidan Hamza Hakimzodaning shu haqda yaratgan satiralariga hamohangdir. She'r ikki sinf tilidan yozilgan bo'lib, har bir sinf fikri o'z tilidan ifodalanadi. So'fizoda bu she'rida ,,Qutirgan bo'ri boylar, tulki eshonlar'', ,, Ulus boshiga kulfat, elga tovonlar'' bo'lmish tekinxo'rlar bilan yuzma-yuz olishadi. Ularning sharmandali mag'lubiyatidan ayovsiz kuladi. Biz:—

Ajab bo'ldi adabsiz mutahhamlar sizga shul ham kam, Butun dunyoda batrak sinfi ushbu shevadan xurram' Osharsiz, emdidan so'ng tushda sabzi, kechqurun shalg'am. Icharsiz balki xovar jomidan suv o'rniga shabnam. Quturgan bo'ri boylar, tulki eshonlar qalaysizlar? Jahon chodir xayoli, ro'chi shaytonlar qalaysizlar? Ular:—

O'lib qoldik birodar; holimizdan qilma istifsor, Xususiy mulkimizni mahv qildi firqai abror, Maishat bodasidan mast eduk, qildilar hushyor, Jigarlar sharxa-sharxa, bag'rimiz qon, ko'nglimiz afkor. Darig'o qo'shchilar bizlarni rohatdan ayirdilar, Iloji qildilar yerdan, ziroatdan ayirdilar.

Savol-javob tarzida yozilgan mazkur dialog shaklidagi she'r 12 banddan iborat. Shoir qishloq mehnatkashlari tushunchasiga tarjimon bo'lish maqsadida ushbu shakldan juda unumli foydalangan. Satiraning har bir bandi o'ziga xos va o'zgarmay, takrorlanib keluvchi misralarga ega.

Ana endi shunga o'xshash tanqidiy satiralarni Hamza Hakimzoda misralarida ko'rib o'tamiz.

,,Hoy, boy!

Ichi g'irch-g'irch moy!

Beti dovul, burni surnay.

Bugun sendan qimmatliroqdir bir zambar loy.

Yozuvchi ushbu parchada boylarning axloqi buzuqligi, xudbinligi va birovlarning mehnati mahsulini o'zlashtirib oluvchi kabi xususiyatlarini achchiq satira orqali ochib tashlaydi.

Xuddi shu tasvirlarni Hamza ijodida ham ko'rishimiz mumkin, davr boylarning malayi bo'lgan ruhoniylarning xalq oldida kulgili ahvolga tushib qolganini, shuningdek, xalqni jaholatda saqlab, uni talash hisobiga kun kechirishga uringanliklarini ochib tashlaydi. Eshon tilidan qilib, shunday yozadi: Ro'za tutdim or uchun, Har kuni iftor uchun, Chunki har iftorchining

Bir choponi bor uchun...

Hamza Hakimzoda Niyoziy ,,Quzg'unlar'' nomli satirik asar yozib, unda boy, eshon, qozi, a'lam, mufti, hakim, folbin,o'g'ri, sudxo'r va shu kabi tekinxo'rlarni, mehnatkashlar qonini so'ruvchilarni birma-bir ko'rsatib, ularning kirdikorlarini ochib tashlaydi va ularni el boshiga bitgan quzg'unlar deydi.

XULOSA

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Hamzani ba'zan shariat-din peshvolarining ayrim nojo'ya harakatlarini fosh etgani uchun dinsiz, ateist sifatida baholab keldilar. Aslida u dinni emas, mutaassiblikni, mutaassiblarni fosh etadi.

O'z davrining sohir qalam egalari Muqimiy, Hamza, So'fizoda satiralarini muqoyasa qilar ekanmiz, ularda tekinxo'r boylar, adolatsiz amaldorlar, soxta din peshvolarining kirdikorlari ayovsiz tanqidiy ruhda yoritganlarini ko'rishimiz mumkin. Ana shu xususiyat bilan ijod namunalarining o'xshashlik tarafini ko'rishimiz mumkin. Buyuk iste'dod egalari haqiqat tarafdori bo'lganligi sababli, butun hayoti davomida quvg'in va ta'qibda yurishga majbur bo'lgan. Lekin, o'z maqsadi yo'lida chekinmagan, maslagiga sodiq qolib, ijodi orqali kurash olib borgan.

Adabiyotlar

1. Husaynxon Orifiy. Muhammadsharif So'fizoda. Namangan nashriyoti. 2007.

2. Qosimov.B., Yusupov.Sh., Dolimov.U., Rizayev.Sh., Ahmedov.S. Milliy uyg'onish davri

o'zbek adabiyoti.T.: Ma'naviyat. 2004.

3. Sultonov.Y., Imomov.B. O'zbek adabiyoti tarixi. T.: Fan. 1993.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.