Научная статья на тему 'SHO‘RLANGAN TUPROQLARDA MIKROELEMENTLAR ANOMALIYASI'

SHO‘RLANGAN TUPROQLARDA MIKROELEMENTLAR ANOMALIYASI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
litosfera / landshaft / bloklar / migratsiya / karbonatli / akkumulyatsiya / mikroelement / koeffitsiyent / konsentratsiya / eroziya / anomal / fon / ishqoriy / neytral.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Mamajonov Inomjon Noraliyevich, Yuldashev G‘Ulom

Ushbu maqolada tabiiy-geografik, tuproq-iqlimiy va boshqa sharoitlarga bog‘liq ravishda mikroelementlar har-xil darajada anomal ko‘rsatkichlarga ega bo‘lganligi shu bilan birga, ruh elementini tabiatda tarqalishi, sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarda, ya’ni karbonatli, gipsli, temirga hamda kalsiyga boy tuproqlarda uni migratsiyasi, xususan karbonat-gipsli va gleyli baryerlarda keskin pasayaib borganligi keltirilgan. Shunday qilib tuproqdagi mikroelementlarni, xususan ruhni geokimyoviy va biogeokimyoviy xossalari, tarqalishi hamma holatlarda bir hilda emasligi. Yozyovon tumani tuproqlari misolida ko‘rsatib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHO‘RLANGAN TUPROQLARDA MIKROELEMENTLAR ANOMALIYASI»

SHO 'RLANGAN TUPROQLARDA MIKROELEMENTLAR ANOMALIYASI 1Mamajonov Inomjon Noraliyevich, 2Yuldashev G'ulom

1Farg'ona davlat universiteti, doktorant 2Farg'ona davlat universiteti, Qishloq xo'jaligi fanlari doktori, professor 1ORCiD ID: https://orcid.org/0009-0007-9899-4726 https://doi.org/10.5281/zenodo.11181944

Annotatsiya. Ushbu maqolada tabiiy-geografik, tuproq-iqlimiy va boshqa sharoitlarga bog'liq ravishda mikroelementlar har-xil darajada anomal ko 'rsatkichlarga ega bo 'lganligi shu bilan birga, ruh elementini tabiatda tarqalishi, sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlarda, ya'ni karbonatli, gipsli, temirga hamda kalsiyga boy tuproqlarda uni migratsiyasi, xususan karbonat-gipsli va gleyli baryerlarda keskin pasayaib borganligi keltirilgan. Shunday qilib tuproqdagi mikroelementlarni, xususan ruhni geokimyoviy va biogeokimyoviy xossalari, tarqalishi hamma holatlarda bir hilda emasligi. Yozyovon tumani tuproqlari misolida ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'zlar: litosfera, landshaft, bloklar, migratsiya, karbonatli, akkumulyatsiya, mikroelement, koeffitsiyent, konsentratsiya, eroziya, anomal, fon, ishqoriy, neytral.

Mikroelementlar tabiiy-geografik, tuproq-iqlimiy va boshqa sharoitlarga bog'liq ravishda har-xil darajada anomal ko'rsatkichlarga ega bo'ladi. Bu holatni batafsil ruh elementi misolida ko'rib chiqamiz. Ruh elementi tabiatda yetarlicha har-xil manbalarda va ko'rinishlarda tarqalgan kimyoviy atom bo'lib, uning elementlar davriy sistemasidagi tartib raqami 30, atom massasi 65,4. Asosan ikki valentli metal tariqasida landshaft va uning bloklarida migratsiyalanadi.

Ruhning ion radiusi 0,83 nm, litosfera klarki esa 83 mg/kg, tuproq klarki 50 mg/kg dan iborat. Ruhning eng asosiy minerallari sfallerit, yani ZnS hisoblanadi. Bundan tashqari ruhning minerallari qatoriga vyurtsit-ZnS, smitsonit-ZnCO3, groslorit-ZnSO4 7H2O, dunit-ZnAhO4, franklinit- (ZnMg)Fe2O4 va boshqalar kiradi. Arid iqlimli sharoitda asosan groslorit, smitsoni -ZnSe, sinkit- ZnO, franklinit va boshqalar uchraydi [1].

Bunga asoslardan biri mintaqa tuproqlari karbonatli, sho'rlangan qolaversa xlorid-sulfatli, sulfatli tipda, temirga boy shu bois ruh ushbu tuproqlarda neytral va kuchsiz ishqoriy muhitlarda cho'kib qoladi, gidrotermal suvlarda jadal suratlarda migratsiyalanadi. Ruh xalkofil elementlar bilan birga cho'kadi, akkumulyatsiyalanadi biofil mikroelementlar qatorida asosiy ozuqa elementi bo'lib, bu borada nisbatan yaxshi o'rganilgan element hisoblanadi. Ruh qator fermentlar faoliyatida qatnashadi va o'ziga xos ta' sir qiladi. Jumladan uning yetishmasligi vitaminlar sintezini susaytiradi.

Misol uchun askarbin kislota sintezi susayadi. Uning biologik singdirish ko'rstagichi, ya'ni o'smliklar tomonidan singdirish koeffitsiyenti yuqori. Tuproqlarning ustki qatlamlarida biogen yo'llar bilan akkumulyatsiyalanadi. Gumusli tuproqlarda 45-50 mg/kg darajada akkumulyatsiyalanadi [2]. U asosan nordon muhitda yaxshi migratsiyalanadi. Uning gleyli, nordon suvlardagi migratsiya koeffitsiyenti ham yuqori. Ruhning konsentratsiyasi gilli cho'kindi jinslarda, slanslarda nisbatan yuqori, ya'ni 80-120 mg/kg. Qumtoshlarda, kuchli tuproqlarda, karbonatli gipslarda 10-30 mg/kg gacha bo'ladi. Adabiyotlarda [3.] keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra AQSH tuproqlarida 17-125 mg/kg, Janubiy-Xitoy tuproqlarida 236 mg/kg gacha akkumulyatsiyalanish holatlari kuzatiladi. Qora tuproqlarda 63-97 mg/kg atrofida mavjud.

Ruh tuproqda Zn+2, ZnCl+, ZnOH-, ZnHCO3-, ZnO-2 va boshqa shakllarda migratsiyalanishi mumkin. Organik moddalar, xususan gumus tomonidan kuchli darajada

singdiriladi, tegishli miqdorda ushlanib qoladi. Sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlarda, ya'ni karbonatli, gipsli, fosforli va temirga hamda kalsiyga boy tuproqlarda uni migratsiyasi, xususan karbonat-gipsli va gleyli baryerlarda keskin pasayadi. Shu bois tuproqda uning yalpi miqdori yetarli darajada ko'p bo'lishiga qaramasdan o'smliklar uchun bunday sharoitda defitsit holatlar yuz beradi. Shuni unutmaslik kerakki sug'oriladigan dehqonchilik sharoitidagi tuproqlarga, xususan sho'rlangan, karbonatli tuproqlarga ruh qo'shimcha ravishda mineral va mahalliy o'g'itlar bilan ko'plab kiritiladi [4].

Shunda ham uni o'smlik uchun defitsit holati kuzatiladi. Misol uchun tashlandiq, ya'ni chiqindi suvlar bilan 700-49000 mg/kg, fosforli o'g'itlar bilan 50-1450 mg/kg, hatto azotli o'g'itlar bilan 1-42 mg/kg, organik o'g'itlar bilan 15-250 mg/kg, pestitsidlar bilan esa 1,3-25 mg/kg gacha dala maydonlariga Zn kiritiladi [2,5].

Bu miqdorlar ariq iqlim mintaqa tuproqlarida ushlanib qoladi, ya'ni karbonatli, gipsli va ikki tomonlama, hamda gleyli baryerlarda akkumulyatsiyalanadi. Yillar o'tishi bilan hattoki anomal konsentratsiyalarni tashkil qiladi [6,7]. Adabiyotlarda keltirilishicha [7] fitotoksik darajasini ko'rsatishi mumkin bo'lgan ruhning tuproqdagi konsentratsiyasi 70 mg/kg dan yuqori. Shunga alohida e'tibor qaratish kerakki uning fitotoksik konsentratsiyasi qator omillarga, ya'ni harakatchan shakliga, o'smlik turiga, tuproq pH ga, karbonatliligiga, sulfatlarga hamda oltingugurtga, temirga, fosforga boyligiga va boshqa xalkofil, siderafil elementlarni birga uchrashiga, gumus miqdoriga va boshqalarga bog'liq. Lekin uni bu holatlari hali yetarli darajada, xususan sho'rlangan tuproqlarda o'rganilmagan desak to'g'ri bo'ladi. Bu holat murakkab muammolar qatoridan joy oladi.

Farg'ona viloyati Yozyovon tumanida 19583 gektar maydonda shakllangan sug'oriladigan, sho'rlangan o'tloqi saz va qumli-cho'l tuproqlari tarqalgan. Olingan natijalarni matematik-statistik tahlil dispersiya usuli bilan, ya'ni Karimov, Yuldashev hamda Samsonova usullari bilan "Microsoft Exsel" dasturi yordamida amalga oshirilganda ruh elementini haydov qatlamlari uchun miqdori Spivey, Nick usuli yordamida (ISP-OES Perkin Emler spektrofotometr Avio 200 yordamida 206.200 nm to'lqin uzunligida integratsiya vaqti 0,1-5 sekund namunani uzatish tezligi 0,8 ml/min, plazma gazini uzatilishi 8 l/min holatda aniqlangan, ma'lumotlariga ko'ra standart eritmadagi miqdor va unga tenglashtirilgan namunadagi miqdorlar o'rtasidagi korrelyatsiya koeffitsiyenti 0,99 ni tashkil qiladi.

Nazariy jihatdan o'smliklar tuproq eritmasidagi ruhning Zn++ holati bilan ozuqalanadi, ammo bunga eritmadagi boshqa elementlar, xususan Ca++ mone'lik qilishi mumkin. Lekin ruh iste'moli o'smlik tomonidan uni metabolizmi orqali boshqariladi. Chuqurroq o'ylab ko'radigan bo'lsak, nazariy jihatdan o'smliklar uchun ruhni defitsit holatini keltirib chiqaruvchi omillarga quyidagilarni: yani

- tuproqda Zn yalpi miqdorini kamligi;

- tuproqni karbonatligi;

- tuproqni gipslanganligi, ishqoriyligi;

- tuproqni gumusga kambag'alligi;

- ildiz tizimini tuproq ostida tarqalishi;

- tuproqni biologik faolligi;

- o'smlik tipi, tipchasi, o'sish fazasi;

- boshqa elementlar, ionlar bilan antagonistik holati, sug'orish rejimi;

- tuproqni ushbu element bilan ifloslanganligi va boshqalarni kiritishimiz mumkin.

Ruh xalkofil element bo'lib, zaharliligi darajasiga ko'ra birinchi guruh elementlar qatoridan joy oladi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra shuvoq o'smligi ruhni nisbatan ko'p singdiradigan o'smliklar qatoridan joy oladi. Tosh-shag'alli eroziyalangan va yuvilma tuproqlarda o'sgan shuvoq tarkibida ruh 142-160 mg/kg oralig'ida akkumulyatsiyalanadi, uning aksicha lavanda dorivor o'smligida 129 mg/kg miqdorni tashkil qiladi [8]. Shunday qilib tuproqdagi mikroelementlarni, xususan ruhni geokimyoviy va biogeokimyoviy xossalari, tarqalishi hamma holatlarda bir hilda emas. Bu holatni Yozyovon tumani tuproqlari misolida ham ko'rishimiz mumkin.

Buning uchun eng avval ruhning miqdorlari, ya'ni tahlil natijalari qayta hisoblandi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra Yangi Bo'ston, Markaziy Farg'ona, Qoratol, Yangiobod, Istiqlol, Qoratepa, Ishtirxon, Xonobod dahalari va Zn ning variatsiya koeffsiyenti, ya'ni V<10, demak ma'lumotlarni tarqalishi juda past, ammo Guliston, Qorasoqol kabi dahalarda bu ko'rsatgich 2025%, ya'ni Qorasoqolda 20%, demak V=10-20 oralikda turadi, tarqoqlik o'rtacha, Gulistonda bu ko'rsatgich 25,4% demak tarqoqlik jiddiy (1-jadval).

1-jadval

Ruhning statistik qayta ishlash asosida aniqlangan fon miqdorlari

T/p Dahalar n Fon Ô V m

1 Yangi Bo'ston 14 52,2 2,32 4,44 1,04

2 Markaziy Farg'ona (zahira yerlar) 15 64,04 4,03 6,29 1,80

3 Qoratol 18 83,025 5,44 6,55 2,72

4 Yangiobod 19 69,82 4,92 7,04 2,19

5 Guliston 21 100,83 25,61 25,39 10,45

6 Qorasoqol 20 115,0 22,99 19,99 11,49

7 Istiqlol 14 54,25 3,77 6,94 1,88

8 Qoratepa 13 90,25 3,96 4,39 1,98

9 Ishtirxon 13 101,25 8,93 8,82 4,46

10 Xonobod 19 115,25 10,84 9,41 5,42

Ammo umumiy qonuniyatga ko'ra variatsiya koeffitsiyenti kattaligi 33% dan kichik bo'lsa to'plam bir tekis hisoblanadi va undan foydalanish mumkin, demak olingan natijalar to'g'ri. O'rganilgan hudud tuproqlaridagi ruh elementi uchun bu qonuniyat saqlanib qoladi, demak olingan natijalardan foydalanish mumkin.

Tuproqdagi ruh elementining ijobiy va salbiy anomallik holatini aniqlashda fon ko'rsatkichi, o'rta kvadratik chetlanishning 3 karra miqdori va variatsiya koeffitsiyentlari katta ahamiyat kasb etadi. Shunga alohida e'tiborni qaratish lozimki qator mikroelementlarning anomal holatlari uchun individual tasniflar ishlanmagan.

Shu bois biz bunga dastlabki ko'rinishda normal, kuchsiz, o'rtacha, kuchli anomaliyalarni ijobiy va salbiy holatlari uchun tavsiya etamiz. Buning uchun eng avvalo namunalar orqali tuman tuproqlari uchun fon miqdori hisoblanadi. Tuman tuproqlari karbonatli, gipsli va sho'r bo'lganligi tufayli fon miqdor kutilganidek yuqoriroq natija ya'ni 83,8 mg/kg ni tashkil qildi.

Har bir daha uchun olingan Zn konsentratsiyasini, ya'ni fon miqdorlarini statistik qayta ishlash natijalari asosida alohida-alohida ham aniqlandi. Anomal miqdor tuproq, litosfera, biosfera klarkiga yoki fonga nisbatan aniqlanishi mumkin. Ushbu holatda, ya'ni Yozyovon tumani tuproqlaridagi Zn ning pedogeokimyoviy xususiyatlarini, xususan anomal holatini o'rganishda

sug'oriladigan tuproqlarni 0-30 sm qatlamidagi miqdori tuman tuproqlari uchun fon, hamda dunyo tuproqlari klarki asos uchun qabul qilindi.

Shuni qayd etish kerakki elementning ijobiy va salbiy anomal holatlari har xil endemik kasalliklarga olib keladi. Jumladan ruh elementining yetishmovchiligi o'smlik bo'yining o'sishiga salbiy ta'sir qiladi. Mevali daraxtlarning bargi kichiklashadi, natijada barg sathi bilan bog'liq metabolizm susayadi, oxir oqibatda hosil kamayadi, sifati buziladi. Makkajo'xori va boshqa donli ekinlarda ruhning yetishmovchiligi xlorozga olib keladi va boshqalar. Tuproqdagi kimyoviy elementlarning ijobiy va salbiy anomaliya holatlarini aniqlashda A.I.Perelman [6] ishlari qo'l keladi (2-jadval).

Anomaliyani ijobiy chegarasini aniqlash uchun A.I.Perelman [6] formulasi qulay bo'lib, u quyidagi ko'rinishga ega: Ca > Cf + 35; Ca - elementni anomal konsentratsiyasi; Cf - elementni fon ko'rsatgichi; 5 - o'rtacha kvadratik chetlanish yoki dispersiya. Kimyoviy elementni tuproqdagi miqdorini salbiy anomaliyasi Ca < Cf - 35 formula orqali hisoblanadi.

2-jadval

Cho'l mintaqa gidromorf tuproqlari uchun ruh elementining anomaliyali holatlari

T/r Dahalar Namunalar raqami 35 Anomaliyalar Anomallik dara asi

Ijobiy Salbiy Ijobiy Salbiy

1 Yangi Bo'ston 1, 2, 3, 4, 5 6,96 59,16 45,24 Yo'q Kuchsiz

2 Markaziy Farg'ona (zahirayerlar) 6, 7, 8, 9, 10, 46 12,03 76,13 51,95 Kuchsiz, o'rta, yuqori Kuchsiz

3 Qoratol 11, 12, 13, 14 16,32 99,35 66,71 O'rtacha Kuchsiz

4 Yangiobod 15, 16, 17 14,76 84,56 55,06 Kuchsiz.o'rta, kuchli Kuchsiz

5 Guliston 19, 24 76,83 177,66 24,0 kuchli Yo'q

6 Qorasoqol 18, 40, 41,42 68,97 183,97 40,03 Kuchli, yuqori Yo'q

7 Istiqlol 28, 29, 30 11,31 65,56 42,94 Yo'q Yo'q

8 Qoratepa 20, 21, 22, 23, 31, 32, 33, 34, 35 11,88 102,13 78,37 O'rtacha Kuchsiz

9 Ishtirxon 36, 37, 38,39 24,99 126,24 76,26 O'rtacha Kuchsiz

10 Xonobod 24, 25, 26,7, 43, 44, 45 32,52 147,77 82,73 Kuchli Kuchsiz

Yuqoridagi ma'lumotlardan ïamda adabiyotlarc an foydalanib, anomallik darajasi A.I

Perelman [6] formulalari asosida ijobiy va salbiy anomal holatlar uchun ishlandi va u quyidagicha tavsiya etiladi: ijobiy anomaliya holatlari uchun, < 70 anomaliya yo'q; 70-100 kuchsiz anomaliya; 100-130 o'rtacha anomaliya; 130-160 kuchli anomaliya; > 160 yuqori anomaliya.

Salbiy anomal holatlar uchun ham A.I. Perelman [7] formulasidan foydalaniladi va quyidagicha ko'rinish tavsiya etiladi: < 45 salbiy anomallik holati yo'q; 45-60 anomallik kuchsiz; 60-75 anomallik o'rtacha; 75-100 anomallik kuchli; > 100 anomallik yuqori.

Tasnifdan foydalanish jarayonidan eng avvalo ijobiy yoki salbiy holatlarni aytib, ya'ni yozib ijobiy holatlar uchun yo'q, kuchsiz, o'rtacha, kuchli, yuqori deb shartli belgilar qabul qilib tuproq xaritasiga ham kiritish mumkin.

Aynan shu ish salbiy holatlar uchun ham qaytarilishi mumkin. Ruh elementi uchun olingan natijalar asosida Yozyovon tumani tuproqlariga tuproq-geokimyoviy raqamli elektron xarita nomi tuzadigan bo'lsak u quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi (1-rasm).

Rasm - 1. Yozyovon tumani tuproq-geokimyoviy raqamli elektron xaritasi

Keltirilgan tuproq-geokimyoviy xaritanomada faqat ijobiy anomaliya holatlari keltirilgan bo'lib, unga ko'ra kuchli anomiya Xonobod, Guliston, Qoratepa, Qorasoqol dahalariga to'g'ri keladi. Xulosa qiladigan bo'lsak tuproq tarkibidagi ruh elementining anomallik holati bo'yicha o'rganilgan, ya'ni Yozyovon tuman tuproqlarida ijobiy va salbiy anomaliya holatlari namoyon

Eskidan sug'oriladigan tuproqlarda, xususan Xonobod, Guliston, Qoratepa, Qorasoqol dahalarida ijobiy anomaliya, ya'ni kuchayishiga sabab yerga g'o'za va boshqa qishloq xo'jaligi ekinlari uchun solinadigan fosforli va mahalliy o'g'itlar tarkibidagi Zn miqdori va kuchsiz ishqoriy, neytral muhitda karbonatli, gipsli sharoitda bug'lanuvchi, karbonat-gipsli ikki tomonlama baryerlarda akkumulyatsiyasini keltirish mumkin.

Demak o'g'it tarkibidagi ruhni boshqarish va salbiy anomal holatlar uchun tuproqqa hisoblangan holda o'smlik naviga bog'liq ravishda solish tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. Виноградов А.П. Геохимия редких и рассеянных химических элементов в почвах. М. 1957. - 238 с.

2. Kabata-Pendias A. and Pendias H. (2011) Trace Elements in Soils and Plants. 4 th Edition, CRC Press, Boca Raton 500 р.

3. Кузиев Р.К., Юлдашев Г., Акромов И. Тупрок бонитровкаси. Т.: 2004. 140 с.

4. Орлов Д.С., Садовникова Л.К., Суханова Н.И. Химия почв. М. 2005. 558 с.

5. Самсонова В.П., Мешалькина Ю.Л., Дядькина С.Е. Практикум н компьютерному курсу: «Математическая статистика» М. 2005. 36 с.

6. Перельман А.И. Геохимия ландшафта М. 2009-784 с.

7. Перельман А.И. Геохимия М. 1989. 419 с.

8. https://zienjournals.com/index.php/tiabs/article/view/3407/2831

9. Azimov, Z., Mamajonov, I., & Maxramxo'Jaev, S. (2022). SHO 'RLANGAN GIDROMORF TUPROQLARDA SIKLIK ELEMENTLAR MIGRATSIYASI. Science and innovation, 7(D3), 304-309.

bo'ladi.

10. Yoqubjonovich, D. D., & Noraliyevich, M. I. (2022). MINERALLASHGAN SUVLAR BILAN SUG 'ORISHDAGI TUPROQNING TUZ BALANSINING O 'ZGARISHI. Farg'ona davlat universiteti, (4), 54-54.

11. Рахимов, А. А., & Мамажонов, И. Н. (2023). АРИД МИНТА^А ТУПРО^ЛАРИДА УГЛЕРОД МИГРАЦИЯСИ. Science and innovation, 2(Special Issue 6), 973-978.

12. Yuldashev, G., Mamajonov, I., & Makhramkhujaev, S. (2023). Zinc in Irrigated Soils of The Desert. Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences, 22, 66-69.

13. Yuldashev, G., Azimov, Z., & Mamajonov, I. (2023). Ikkilamchi sho 'rxoklar morfologiyasi, shakllanishi, tuz tarkibi va evolyutsiyasi. Science and innovation, 2(Special Issue 6), 858-862.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.